Mualliflar

  • Utkirbek HASANBOYEV INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2026/2/23-29

Kalit so‘zlar:

Diniy vaziyat diniy omil din va davlat munosabatlari sekulyarizm vijdon erkinligi konfessiyalararo muloqot diniy barqarorlik radikallashuv deradikalizatsiya milliy xavfsizlik.

Annotasiya

Mazkur maqolada “diniy vaziyat” tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda diniy vaziyat tushunchasining zamonaviy dinshunoslik, sotsiologiya va siyosatshunoslikdagi talqinlari o‘rganilib, Pol Tilik, A.N. Leshinskiy, R.A. Lopatkin kabi olimlarning nazariy qarashlari asosida ushbu tushunchaning mohiyati yoritilgan. Muallif diniy vaziyatni muayyan hudud va davrda din bilan bog‘liq jarayonlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy munosabatlar barqarorligiga ta’siri bilan bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa sifatida tavsiflaydi.

Maqolada diniy vaziyatning obyekti, predmeti, subyektlari, ichki va tashqi omillari tizimli ravishda tahlil qilinib, davlat va din munosabatlari, konfessiyalararo aloqalar, diniy tashkilotlar faoliyati, ommaviy axborot vositalari va internet makonidagi diniy kontentlarning ta’siri yoritilgan.

Tadqiqot davomida diniy vaziyatni monitoring qilish, baholash va tahlil etishning milliy xavfsizlik hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Misr, Saudiya Arabistoni va Singapurdagi diniy-siyosiy jarayonlarni tadqiq etuvchi ilmiy markazlar faoliyati misol tariqasida keltirilgan. Shuningdek, diniy vaziyat barqarorligini ta’minlashning asosiy omillari sifatida dunyoviylik tamoyilini mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, diniy sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish, ma’rifiy islom g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda radikallashuv va ekstremizmning oldini olish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari diniy vaziyatni ilmiy asosda boshqarish jamiyatdagi bag‘rikenglik, fuqarolik birdamligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biri ekanini ko‘rsatadi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Paul Tillich. The Religious Situation. P. 13-15. https://media.sabda.org/alkitab-2/Religion Online.org%20Books/Tillich%2C%20Paul%20%20The%20Religious%20Situation.pdf. Murojaat sanasi: 27.07.2025-y.

2. M.Ebertz. Relegionssoziologie, Uhr, in: Staatslexikon8 online, Version 08.06.2022, https://www.staatslexikon-online.de/Lexikon/Religionssoziologie. Murojaat sanasi: 25.07.2025-y.

3. Leщinskiy A. N. (2004) Veroispovednaya politika i religioznaya situatsiya v sovremennoy Rossii // Sotsialnaya politika i sotsiologiya. №2. – S.90/

4. Lopatkin R. A. Sotsiologicheskaya interpretatsiya ponyatiya “Religioznaya situatsiya”.https://studme.org/151963/sotsiologiya/metodologiya_izucheniya_religioznosti_religioznoy_situatsii. Murojaat sanasi: 24.07.2025-y.

5. Meщeryakova A. F. (2024) Obespecheniye religioznoy bezopasnosti v usloviyax ideologicheskogo plyuralizma i svetskogo gosudarstva // Elektronnыy nauchnыy jurnal “Nauka. Obщestvo. Gosudarstvo”. T. 12, № 3. S. 53–62.

6. Vыdrina G.A. Religioznaya situatsiya kak obyekt gosudarstvennogo regulirovaniya: Na materialax Xantы-Mansiyskogo avtonomnogo okruga. https://www.dissercat.com/content/religioznaya-situatsiya-kak-obekt-gosudarstvennogo-regulirovaniya-na-materialakh-khanty-mans . Murojaat sanasi 28.07.2025-y.

7. Ye.Elbakayan, V.Storchak. Issledovaniye sostoyaniya religioznosti i religioznoy situatsii. https://studme.org/151965/sotsiologiya/issledovanie_sostoyaniya_religioznosti_religioznoy_situatsii. Murojaat sanasi: 25.07.2025-y.

21. ansar-aktobe.kz.

Tegishli maqolalar

Ezozakhon Ramazon qizi MIRDJALALOVA , ХIХ АСР ОХИРИ – ХХ АСРНИНГ ЎРТАЛАРИГА ҚАДАР РУС ИНСТИТУТЛАРИ ВА ИСЛОМ ОЛИМЛАРИ ТОМОНИДАН АРАБ-МУСУЛМОН МАДАНИЯТИНИНГ ЎРГАНИЛИШИ , Islom ziyosi: Jild 7 № 3 (2024)

Guzal KADIROVA , HUSNI MUBORAKNING ISLOM OMILI PRIZMASI ORQALI OLIB BROGAN TASHQI SIYOSATI HOSNI , Islom ziyosi: Jild 4 № 1 (2021)

Jakhongir TURDIMIRZAYEV, “NASOYIH-I  SHOHRUXIY” ASARINING MANBASHUNOSLIK TAHLILI , Islom ziyosi: Jild 8 № 4 (2025)

Bakhromjon MAMADIEV, FATVOLAR VA MUSULMON MAMLAKATLARIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY MUAMMOLARNI HAL QILISHDAGI ULARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLI , Islom ziyosi: Jild 4 № 3 (2021)

Dr, ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA ISLOM IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI , Islom ziyosi: Jild 7 № 3 (2024)

Saidumarxon BURGUTXONOV, IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI , Islom ziyosi: Jild 5 № 4 (2022)

Rustam DJUMAEV, ZAMONAVIY IJTIMOIY-SIYOSIY O’ZGARISHLARNING DOLZARB MASALALARINI TRANSFORMATSI YASI , Islom ziyosi: Jild 4 № 2 (2021)

Mohira ABDULLAYEVA, Ibrohim NIGʻMATULLAYEV, KIBERMAKONDA XRISTIANLIKKA OID DINIY JARAYONLARNI O‘RGANISHNING ILMIY ASOSLARI , Islom ziyosi: Jild 6 № 2 (2023)

Shahzoda ABDURAIMOVA, GERMANIYA VEB-SAYTLARINING DINIY MEDIAKONTENLARINI AUDIO HAMDA VIDEO FORMATDAGI MAVZULARI TAHLILI , Islom ziyosi: Jild 7 № 3 (2024)

Yunusjon Sh. AKHMEDOV, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING SIYOSIY KOMMUNIKATSIYA SUBYEKTI  SIFATIDA ETNO-MILLIY KONFLIKTLARGA TA’SIRI , Islom ziyosi: Jild 7 № 3 (2024)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.