DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2024/3/78-86Kalit so‘zlar:
Globallashuv etno-milliy konfliktlar ommaviy axborot vositalari siyosiy kommunikatsiya hududiy yaxlitlik axborot siyosiy barqarorlik siyosiy beqarorlik geopolitik maqsadlar polietnik mamlakatlar konfliktogen muhit.Annotasiya
Ushbu maqolada polietnik davlatlarning eng asosiy muammosi bo‘lgan milliy va etnik konfliktlar jarayoniga siyosiy kommunikatsiyaning muhim subyekti bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining o‘ziga xos ta’siri turli mamlakatlar misolida qiyosiy tadqiq etilgan. Etno-milliy konfliktlarning barchasi strukturaviy jihatdan bir-biridan farq qilganligi uchun ularni matbuotda yoritish jarayonida yondoshuvlarning qanday bo‘lganligi va ularning natijalari haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Ommaviy axborot vositalarining faoliyati milliy-etnik konfliktlar davomida muayyan qoidalarga asoslanishi lozimligi, aks holda konflikt fazasini o‘zgarishiga jiddiy ta’sir etish mumkinligi solishtirma misollar orqali asoslab berilgan. Postsovet mintaqadagi etno-milliy konfliktlarning kelib chiqishidagi o‘zaro o‘xshashlik misolida ommaviy axborot vositalarining ulardagi ishtirokining salbiy jihatlari, ayrim mamlakatlardagi matbuotda konfliktogen xususiyatga ega ma’lumotlarning e’lon qilinishi oqibatida milliy va etnik barqarorlikka bo‘layotgan tahdidlar qiyosiy tahlil qilingan.
Maqolada ommaviy axborot vositalarining polietnik mamlakatlardagi milliy barqarorlikka destruktiv ta’sir o‘tkazmasliklari uchun amal qilishi mumkin bo‘lgan ba’zi tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga rioya qilish orqali etno-milliy muhitni sog’lomlashtirish imkoniyati yuzaga kelishi asoslangan. Polietnik mamlakatlardagi ommaviy axborot vositalarining milliy-etnik konfliktlar davridagi samarali faoliyatidagi o‘ziga xos jihatlar mamlakatlarning hududiy yaxlitligi, siyosiy barqarorligini saqlab qolishga yordam berganligiga alohida e’tibor qaratilgan. Etnik mavzuda axborot yetkazuvchi manbalarning faoliyatida axborot oluvchilar tafakkurida konstruktiv qarashlarni shakllantirishni maqsad qilgan ma’lumotlar yetkazishning ahamiyati, etnojurnalistika prinsiplariga rioya qilishning muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilingan.
Polietnik mamlakatlardagi siyosiy tizim elementlarini samarali ishlashi uchun ommaviy axborot vositalarining bajarishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalari mazmuni, ularni amalga oshirishda konfliktogen muhitni yuzaga keltirishdan saqlanishning ahamiyati muhokama qilingan. Ommaviy axborot vositalarining etno-milliy konfliktlarga ta’sirining konstruktiv va destruktiv jihatlariga yondoshuvni ko‘rsatish bilan bir qatorda qanday holatlarda matbuot o‘zining konstruktiv funksiyasini saqlab qolishi mumkinligiga oid takliflar berilgan.
Yuklab olishlar
Bibliografik manbalar
1. Achkasov V. A. (2014). Etnopolitologiya: uchebnik dlya bakalavrov. Moskva : Yurayt.
2. Bokayev S. Rol SMI v sozdanii «atmosferi mira i soglasiya» pri osveshenii voprosov mejetnicheskogo xaraktera. URL : https://online.zakon.kz/
3. Vershinina N. V. Kurdskaya problema v sovremennoy Turtsii. URL : https://cyberleninka.ru/
4. Karimsakova R. D. (2010). Osveshay, no ne razjigay / Posobiye dlya jurnalistov. Almati : Fond «Ədіl sөz».
5. Klusova Yu.D. Osvesheniye etnokonfessionalnix konfliktov v sovremennoy presse Sudana. URL : https://age-info.com/
6. Lixachev V. (2002). Yazik vrajdi v oppozitsionnix politicheskix periodicheskix izdaniyax. Moskva : Sentr «Panorama».
7. Malkov V. K. Etnichnost i tolerantnost v sovremennix rossiyskix SMI. URL : https://eo.iea.ras.ru/
8. Morozova Ye. V. Osobennosti vozniknoveniya turetskoy jurnalistiki i yeyo vzaimodeystviya s politicheskoy vlastyu. URL : https://age-info.com/
9. Rostova N. Pervaya televizionnaya voyna. URL : http://www.yeltsinmedia.com/
10. Rtveladze E. V., Sagdullayev A. S. (2006). Sovremenniye mifi o dalekom proshlom narodov Sentralnoy Azii. Tashkent: Uzbekistan.
11. Savinov L. Natsionalniy vopros v Turtsii. URL : https://www.google.com/
12. Tishkov V. A., Shabayev Yu.P. (2011). Etnopolitologiya: politicheskiye funksii etnichnosti. Moskva : Izdatelstvo Moskovskogo universiteta.
13. Xubetsova Z. F. (2017). Politicheskaya kommunikatsiya. Teoriya, obrazovaniya opit. Moskva : Smeliy dizayn.
14. Chibirov L. A. O prichinax, vizvavshix osetino-ingushskoye protivostoyaniye. URL : https://cyberleninka.ru/
15. Chudinov A. P. (2009). Sovremennaya politicheskaya kommunikatsiya. Yekaterinburg : Uralskiy gosudarstvenniy pedagogicheskiy universitet.
16. Esenov M. Rol SMI v osveshenii etnicheskoy tematiki na primere publikatsiy jurnala «Sentralnaya Aziya i Kavkaz». URL : https://cyberleninka.ru/
17. Osetino-ingushskiy konflikt. URL : https://ru.wikipedia.org/
18. SMI k vostoku ot Grinvicha. Vek informatsii. Sbornik nauchnix statey. 2015. № 4. Sankt-Peterburgskiy gosudarstvenniy universitet.
19. Cottle S. (2000). Ethnik Minorities and the Media: Changing Cultural Boundariyes. Buckingham Open University Press. URL : https://www.researchgate.net/
20. Lolagul Kallixanova wasiyati. URL : https://www.youtube.com/
21. Teun A. van Dijk. New(s) racism: A discourse analytical approach. URL : https://discourses.org/
22. Myurrey D. Northern Ireland Chronicle – The Political Beat. URL : https://www.bbc.co.uk/
23. An “army” of illegal immigrants is arriving in the UK every year. URL : https://www.migrationwatchuk.org/

