Mualliflar

  • Shahzoda ABDURAIMOVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2024/3/73-77

Kalit so‘zlar:

Germaniya veb-saytlari diniy mediakontentlar audi video statistic tahlil bag’rikenglik “de”domeni.

Annotasiya

Yurtimizda konfessiyalar o‘rtasidagi bag’rikenglikni mustahkamlash, jamiyatda diniy tolerantlikni ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu borada aytishimiz mumkinki, dinlarning kibermakondagi, virtual hayotdagi o’rnini ham tahlil qilish, o’rganish nafaqat dinshunoslikda balki jamiyatni tinch-totuv yashashini ta’minlash nuqtai nazaridan ham dolzarb masala hisoblanadi.

Germaniya veb-saytlaridagi diniy mediakontentni tadqiq etishning amaliy ahamiyati rivojlangan, dunyoviy davlatlarda diniy ma’lumotlar saytlar orqali qanday tarqatilishi, har bir dinning o’zi yashab turgan joydagi barcha dindor hamda dindor bo’lmagan vakillarini hurmat qilgan holda o’z e’tiqodini qanday targ’ib qilishlarini yoritib berilishida namoyon bo‘ladi.

Ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar nazariy, tarixiy va qiyoslash singari metodlar yordamida ochib berilgan.

Virtual olamdagi axborotlarni, ayniqsa, diniy ma’lumotlarni tahlil qilish mushkul vazifalardan biridir, chunki veb-makondagi axborotning cheki yo’q, ularning mavzulari ham turli xil. Shu sababdan zamonaviy dinshunoslar kibermakondagi dinni, diniy materiallarni tarqalish jarayonlarini turli yondashuvlar bilan o‘rgandilar: raqamli, tarixiy, antropologik kabi yondashuvlar shular jumlasidandir.

Ushbu maqolada diniy mediakontentning video va audio formatlari tarixiy, qiyosiy,raqamli, fenomenologik yondashuvlar orqali tahlil qilinib,nemis veb-saytlarining ko‘p qirrali manzarasi yoritib berilgan. Shu bilanbirqatorda mavjud kontent turlari, ularning shaxslar va jamoalarga ta'siri ko’rib chiqilgan. Audio va video formatlarning texnik, statistik jihatlarini o'rgangan holda, ushbu tadqiqot nemis jamiyatida diniy ommaviy axborot vositalarining roli haqida qimmatli fikrlarni taqdim etadi.

Kibermakondagi dinni o’rganishda Germaniya tajribasini ko’rib chiqish ayniqsa muhim, chunki Germaniya diniy bag'rikenglikning boy tarixiga ega dunyoviy davlatdir. Qolaversa, turli millat va din vakillari o’z hamda o’zgalar qadriyatlarini hurmat qilgan holda bir necha asrlardan beri tinch-totuv yashab kelmoqda. Maqola diniy ommaviy axborot vositalaridan dialogni rivojlantirish, bag’rikenglikni targ'ib qilish va yanada inklyuziv jamiyatga hissa qo'shish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak ekanligini ochishga qaratilgan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Mirziyoyev Sh.M. (2018). Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. T. : «O‘zbekiston» NMIU.

2. Alimova M., Ernazarov O. (2023) Millatlararo va diniy bag‘rikenglik – samarali hamkorlikning muhim omili. Toshkent : O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.

3. Klaus K. (2013).Content Analyses. London : Sage Publications ltd copyright.

4. Krieg G. A. (2006). Religious Art in a Secular Age: Aesthetics, Ideology, and the Critical Study of Visual Culture. Ashgate Publishing.

5. Heinig H.M. (2009). Law on Churches and Religion in the European Legal Area. German Law journal 8.

6. Karl Ch. (2006). Mass Media, Culture and Society in Twentieth-Century Germany. Palgrave : Macmillan.

7. Muratov D., Alimova M., Karimov J. (2019). DINSHUNOSLIK / darslik. – Toshkent : Navruz.

8. Mukhamedov, N., & Turambetov, N. (2022). METHODOLOGIES EMPLOYED BY AL BERUNI IN THE ANALYSIS OF RELIGIOUS SYSTEMS // Asian Journal of Multidimensional Research ISSN: 2278-4853 Vol. 12, Issue 12, December 2023 SJIF 2022 = 8.179 -P.105-110.

9. Mc Combs M. (2004). Setting the agenda: The Mass Media and Public opinion. Cambridge : Polity Press.

10. Neil P. (2005). Amusing ourselves to death Public discourse in the age of show business. New York : Penguin books.

11. Nematullo Mukhamedov, Nurulloh Turambetov. (2013). THE DEVELOPMENT OF ACADEMIC APPROACHES IN EARLY GERMAN RELIGIOUS STUDIES // EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR). Peer Reviewed Journal. DOI: 10.36713/epra2013. — P.267-270.

12. Paroma L. (2011). Religion and Social media. Green Bay.

13. Hussain M. Syed F.A. (2020). Media, Religion, and Society: A Global Perspective. Routledge.

14. Helland.Ch. (2004). Religion on the internet: A sociological inquiry into participation and community online. Toronto : University of Toronto.

15. Hendershot H. (2016). Religion in the digital Age. Fordham university.

16. Couldry N. (2003). Media Rituals: A critical approach. London : Routledge.

17. Sharonov D.I (2008). O kommunikativnom smisle mediatizatsii” // Vestnik VGU. Seriya: Filologiya.

Tegishli maqolalar

Asliddin SULTONOV, НЕМИС НОКЛАССИК ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ КОНЦЕПЦИЯЛАРИ ВА ИСЛОМ МАДАНИЯТИ , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Utkirbek HASANBOYEV, DINIY VAZIYATNI O‘RGANISH, TAHLIL ETISH VA BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Islom ziyosi: Jild 9 № 2 (2026)

Saidafzal SAIDJALOLOV, “МАЪРИФАТ ВА ДИНИЙ БАҒРИКЕНГЛИК” РЕЗОЛЮЦИЯСИНИНГ МАЗМУН-МОҲИЯТИ ҲАҚИДА , Islom ziyosi: Jild 3 № 1 (2020)

Utkirbek HASANBOYEV, ДИН ВА ДИНИЙ ТАШКИЛОТЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ-МАЪНАВИЙ МУҲИТНИ СОҒЛОМЛАШТИРИШДАГИ ЎРНИ , Islom ziyosi: Jild 9 № 3 (2026)

Aziza NOSIROVA, ДИНИЙ КСЕНОФОБИЯНИ ОЛДИНИ ОЛИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 6 № 4 (2023)

Zebo KASIMOVA, ТАЛАБАЛАРДА ДИНИЙ МАЗМУНДАГИ АХБОРОТЛАРНИ ИДРОК ЭТИШГА РАЦИОНАЛ ЁНДАШУВ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ , Islom ziyosi: Jild 6 № 1 (2023)

Jasur NAJMIDDINOV, ЗАМОНАВИЙ МИССИОНЕРЛИК УСЛУБЛАРИ ВА АМАЛГА ОШИРИШ ВОСИТАЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 5 № 1 (2022)

Gulchakhra TULEMETOVA, ДИНИЙ МАВЗУДАГИ МАТЕРИАЛЛАРНИНГ ЭКСПЕРТИЗАСИДА ИСЛОМ ИЛОҲИЁТИНИНГ РАЦИОНАЛИСТИК УСЛУБЛАРИНИ ҚЎЛЛАШ ИСТИҚБОЛЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 5 № 4 (2022)

Timur AHMEDOV , ЎЗБЕКИСТОНДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАРДА ДИНИЙ ЭРКИНЛИКЛАРНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ ЎРНИ , Islom ziyosi: Jild 6 № 1 (2023)

Muborakxon IBROHIMOVA, MUSULMON  OLIMLARINING  DINLARNI TADQIQ  ETISHDAGI  USLUBLARI , Islom ziyosi: Jild 9 № 1 (2026)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.