- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ABUL QOSIM SOID IBN AHMAD AL-ANDALUSIYNING “TABOQOT AL-UMAM” ASARIDA DINSHUNOSLIK MASALALARINING YORITILISHI
Abdurakhmon Anvarjon ogli TURSUNALIYEV (Muallif)Ushbu maqolada XI asr Andalusiya qozisi, mashhur astronom va tarixchi olim Abul Qosim Soid ibn Ahmad al-Andalusiyning hayoti, ilmiy faoliyati hamda uning 1068-yilda yozilgan va bizgacha to‘liq holda yetib kelgan yagona asari “Taboqot al-umam” (Xalqlar tasnifi) asarida zikr etilgan dinlar va diniy guruhlar qiyosiy dinshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Maqolada avvalo, olimning Toledo ilmiy muhitidagi faoliyati, “Toledo jadvallari” tuzilishidagi ishtiroki hamda unda boshqa dinlarga nisbatan xolis munosabat shakllanishiga sabab bo‘lgan ko‘p millatli ijtimoiy muhit qisqacha tavsiflangan. Tadqiqot birlamchi manba asosida olib borilgan bo‘lib, unda muallifning xalqlarni ilm-fanga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikki katta guruhga (birinchi guruh – ilm-fanga e’tibor qaratgan xalqlar, ikkinchisi – ilm-fanga e’tibor qaratmagan xalqlar) ajratish metodologiyasi batafsil yoritilgan.
Maqolada, jumladan, qadimiy “yetti xalq” konsepsiyasi, sobiiylar (Harron shahridagi yulduzga sig‘inuvchilar hamda muallif tomonidan qadimgi xalqlarga nisbatan qo‘llanilgan umumiy toifa)ning asardagi ikki xil ma’nosi, hind xalqining barohimalik va sobiiylik e’tiqodlari, forslarning haniflik, sobiiylik va majusiylik (zardushtiylik) bosqichlari, qadimgi Bobil va Mesopotamiya xalqlarining astral-diniy qarashlari, shuningdek Namrud va Germes (Idris alayhissalom) obrazlari misolida ko‘rsatilgan diniy sinkretizm masalasi ko‘rib chiqilgan. Alohida o‘rinda misrliklarning sobiiylikdan xristianlikka, so‘ngra qisman islomga o‘tish jarayoni, yahudiylarning ilohiy vahiyga asoslangan ilmiy-diniy merosi, rimliklar misolida xristianlikning yoritilishi hamda Andalusiya va arab xalqining islom davridagi ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilingan.
Maqolada, shuningdek, islomgacha bo‘lgan arab qabilalarining diniy xaritasi (astrolatriya va ibtidoiy butparastlik, yahudiylik, xristianlik, zardushtiylik va moniylikning turli qabilalar orasida tarqalishi) tizimlashtirilib ko‘rsatilgan. Tadqiqotda qo‘llanilgan qiyosiy-tarixiy, tipologik, germenevtik hamda tavsifiy tahlil metodlari yordamida Soid al-Andalusiyning manbashunoslik va tarixiy-falsafiy yondashuvi ochib berilgan. Tadqiqot Soid al-Andalusiyning diniy guruhlarga nisbatan xolis, ilmiy-tahliliy va bag‘rikeng yondashuvini, uning turli e’tiqod vakillari bilan bevosita ilmiy muloqotda bo‘lgan Toledo muhitidan ta’sirlangan dunyoqarashini ko‘rsatib beradi hamda “Taboqot al-umam” asarining “milal va nihal” janri va umuman qiyosiy dinshunoslik fanining rivojiga qo‘shgan hissasini baholaydi. Shuningdek, maqolada Soid al-Andalusiyning boshqa yo‘qolgan asarlari (“Javomi’ axbor al-umam”, “Maqolot ahl al-milal van-nihal” va “Isloh harakot al-kavokib”) haqidagi ma’lumotlar ham qisqacha tilga olinib, ularning “Taboqot al-umam” bilan mazmuniy bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Maqola o‘zbek dinshunosligida ushbu asar bo‘yicha yozilgan birinchi maxsus tadqiqotlardan biri sifatida ilmiy yangilikka ega bo‘lib, “Taboqot al-umam”ni o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilish zaruratini ham ta’kidlaydi.
57-651561114-10-2026 -
MUSULMON OLIMLARINING DINLARNI TADQIQ ETISHDAGI USLUBLARI
Muborakxon IBROHIMOVA (Muallif)Ushbu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari tarixiy, nazariy va metodologik jihatdan keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan dinshunoslik yondashuvlarining manbalari, rivojlanish bosqichlari hamda ularning zamonaviy dinshunoslikfanidagi о ‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Xususan, Qur’on va hadisda boshqa dinlarga munosabat masalasi, ilk musulmon olimlarining ilmiy xolislik va bag ‘rikenglik tamoyillariga asoslangan qarashlari tadqiq etilgan.
Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy, Shahristoniy, Ibn Hazm, Farobiy, Ibn Sino kabi buyuk musulmon mutafakkirlarining asarlari asosida tarixiy-taqqoshlash, manbashunoslik, filologik-tahliliy, ratsional-falsafiy, empirik va fenomenologik uslublarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida qo ‘llangan empirik va qiyosiy metodlar, Shahristoniyning «Al-Milal va-n-nihal» asaridagi tizimli tasniflash uslubi, Ibn Hazmning matnshunoslikka asoslangan tanqidiyyondashuvi alohida ilmiy tahlil qilingan. Musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari G'arb dinshunosligi metodlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, ularning zamonaviy diniy tadqiqotlar, konfessiyalararo muloqot va diniy bag ‘rikenglikni ta ’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bugungi globallashuv sharoitida diniy ekstremizm va mutaassiblikka qarshi ilmiy yondashuvlarni rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kash etadi.
Mazkiir maqola dinshunoslik, islomshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda mutaxassislar uchun ilmiy-uslubiy manba ho ‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ushhu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari keng qamrovli va ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan metodologik yondashuvlar, xususan, isnod va rivoyat tanqidi, usul al-fiqhga tayangan matn tahlili, maqosid ash-shari'a konsepsiyasi, bahs va munozara madaniyati hamda polemik adabiyot an ’analari batafsil yoritilgan. О ‘z navbatida, dinlarni tarixiy, ijtimoiy, huquqiy va siyosiy kontekstda о ‘rganishga asoslangan yondashuvlar ham tahlil qilingan. Maqolada musulmon olimlarining boshqa dinlarga oid ma ’lumotlami asl manbalar orqali о ‘rganishga intilgani, ilmiy xolislik, mantiqiy dalillash va metodologik aniqlik tamoyillariga amal qilgani asoslab berilgan. Tadqiqotjar ayonida dinlarningjamiyat hayotidagi о ‘rni, diniy ta 'limotlarning ijtimoiy va axloqiy funksiyalari ham e’tiborga olingan. Maqola musulmon dinshunoslik merosining zamonaviy qiyosiy dinlar tadqiqoti va umumiy dinshunoslikfanini rivojlantirishdagi nazariy va metodologik ahamiyatini ochib berilgan.66-763963223-05-2026
