- الرئيسية
- إبحث
إبحث
إبحث ضمن النتائج
-
HADIS TO‘PLAMLARIDA AXLOQ VA TARBIYAGA OID TERMINLARNING LUG‘AVIY VA ISTILOHIY TAHLILI
Muhabbatxon AGZAMOVA (Muallif)Islom dini о zining asosiy manbalari Qur 'oni karim va hadislar orqali nafaqat ihodat masalalarini, balki axloqiy fazilatlar, jamiyatda tinch-totuv hayot kechirish, о ‘zaro hurmat, insof sabr, halollik kabi umuminsoniy qadriyatlami ham keng targ ‘ih etadi. Payg ‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning “Men go'zal xulqni mukammallashtirish uchun yuborildim ” — degan so ‘zlari hu dinning markazida axloqiy tarhiyaning turganini aniq ifodalaydi va hadis ilmidagi axloqiy-tarbiyaviy terminlarni о ‘rganish mustaqil ilmiy yo ‘nalish sifatida shakllangan. Hadis to ‘plamlarida keng o‘rin olgan “Kitob al-Adab” bohlari orqali Rasululloh (s.a.v.)ning axloqiy fazilatlari, insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosahatlarga old ко ‘rsatmalari, kundalik hayotga tathiq etilishi lozim ho ‘Igan odob-axloq me ’yorlari hayon etiladi.
Hadis to ‘plamlarida axloqiy-tarbiyaviy mazmundagi rivoyatlar alohida kitohlar va boblar shaklida jamlangan. Masalan, Imom Buxoriy о ‘zining “al-Jome ‘ as-Sahih ” asarida “Kitob al-Adab ” bobida J28 kichik bob ostida 250 gayaqin hadis keltirgan ho ‘Isa, “al-Adah al-Mufrad” nomli alohida asarini hutkul axloqiy mavzularga hag ‘ishlagan. Shuningdek, Imom Termiziyda “Kitob al-hirr va as-sila ”, Imom Muslimda “Kitob al-birr”, Imom Abu Dovudda “Kitob al-adab ”, Imom Dorimiyda “Kitab al-raqoiq ” kabi boblar mavjud ho ‘lib, ularda axloqiy-tarbiyaviy hadislarjamlangan.
Bu hoblarda ко ‘p uchraydigan asosiy tushunchalar - adah, birr, raqoiq, zuhd, xulq, rahm, sabr, shukr kabi lug ‘aviy va istilohiy jihatdan hoy ma ’noga ega terminlar asosida shakllangan. Masalan, “adah ” lug ‘atda “go ‘zal odoh, muomala madaniyati, axloqiy go ‘zallik ” ma 'nolarini hildiradi. Istilohda esa hu - Rasululloh (s.a.v.) sunnatiga asoslangan axloqiy amallar tizimini anglatadi. “Birr ” esa “yaxshilik, ezgulik qilish ” degani bo ‘Isa, istilohda buAllohga itoat, ota-onaga ehtirom, yetimlarga mehr-shafqat kabi keng ijtimoiy xulq-atvorlarni qamrab oladi.
Turli tnuhaddislar tomonidan tuzilgan mashhur hadis majmualari, jumladan, “Kutub as-sitta ” (old ishonchli hadis to ‘plamijda ushbu mavzuning alohida yoritilishi hadis ilmi doirasida “adab” tushunchasi qanday diniy, axloqiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini yaqqol namoyon etadi. Bu asarlarda faqat fiqhiy уoki aqidaviy masalalar emas, balki axloqiy fazilatlar, odob-axloq qoidalari, ijtimoiy muomala madaniyati va shaxsiy komillik haqidagi hadislar ham alohida bo ‘Hmlardajamlangan. Mazkur bo ‘Hmlarda axloqiy mavzular doirasi juda keng bo jib, rostgo ‘ylik, halollik, sabr-toqat, tavoze, shukr va qanoat, mehr-oqibat, saxovat, о 'zini tiyish, qo ‘shnichilik va qarindoshlik rishtalari, ota-onaga hurmat, bolalar tarbiyasi, jamiyatda tinch-totuvyashash kabi ко ‘plab axloqiy qadriyatlar atroflicha yoritilgan. Bunday mavzularning sahih hadislar asosida yoritilishi ularning din asosidagi muhim о 'rni va zamonaviy axloqning qanday ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ко ‘rsatadi.
Ushbu maqolada hadis to ‘plamlarida axloq va tarbiyaga oid terminlar, tushunchalar lug ‘aviy va istilohiy tahlili qilingan.20-293813018-05-2026 -
INSON FAOLIYATIDA AXLOQIY MEZON VA ME’YORNI SHAKLLANTIPISH TAMOYILLARI
Matlyuba KAKHKHAROVA، Bakhtiyor ABSATTOROV (Muallif)Ushbu maqolada bugungi kun kishisidagi odob, xulq-atvor qoidalari asrlar davomida tarkib topib, takomillashib borganligi va uning o‘ziga xos kumulyativ jihatlari asoslangan. Soddaroq qilib aytganda, insonning hatti-harakati, xulq-atvori va yurish-turishi hamda ularni doimo nazorat qila olish darajasi, kishilar o‘rtasidagi muomala madaniyati munosabatlarining asosiy belgilari va harakatlantiruvchi indikatorlari tizimlashtirilgan. Maqolada axloqiy madaniyat va insonning o‘z xatti-harakatlarining me’yorini anglash bosqichiga oid ilmiy xulosa munozaraga tashlangan bo‘lib, inson o‘z xatti-harakatini me’yorlarini tanlash jarayonidagi axloqiy tanlov masalasi muhokama qilingan. Axloqiy tanlov – insonning har qanday faoliyati sohasida muhim bosqich va bir vaqtning o‘zida shaxs uchun jiddiy sinov. Uning mohiyati shundaki, individ ichki ishonchiga ko‘ra, gohida avtomatik tarzda qadriyatlar tizimiga nisbatan g‘oyalar va ularni aniq bir xatti-harakat yoki butun xulqiga qanday tatbiq qilishni o‘zi uchun belgilab olishi bilan izohlanadi.
Maqolada huquqiy va axloqiy mezon va me’yorlarning ob’yektlari bir-biriga juda yaqinligi qiyosiy tahlil qilingan. Huquqiy normalar birinchi navbatda jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni tartibga keltiradi ishlab chiqarishni tashkil etishning yuridik asoslarini, shuningdek, ijtimoiy hayotning barcha jihatlari barqarorligini ta’minlasa, axloqiy mezon va me’yorlarning obyekti ham huquqiy normalarniki bilan bir xil, biroq ularning ta’siri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni manzilli tartibga solishga qaratilganligi bilan asoslanadi. Bu ikki normativ tizimning xususiyatlari bir-birlaridan nafaqat tartibga solish obyektlari, balki uni amalga oshirish usullari bilan ham farq qilishi izohlangan.
Bundan tashrari yangi tipdagi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi jarayonida axloqiy mezon va me’yorlarning roli ortib borishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mualliflar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida ayniqsa, ichki, o‘z-o‘zini boshqarish xatti-harakatlarda axloqiy talablarga asoslanish (tashqi regulyatorlarning, ya’ni, huquqiy, ma’muriy va tashkiliy normativlarning insonlar xatti-xapakatlariga ta’sirining susayishi hisobiga amalga oshmasligi) muhim ahamiyatga ega bo‘lishi tahlili amalga oshirilgan.
27-382742216-07-2026 -
XATIB BAG‘DODIYNING “ALJOME” ASARIDA RIHLA MASALASI AKS ETISHI
Muxriddin JO‘RAYEV (Muallif)Ushbu maqolada hadisshunoslikning “mutaqaddimun " (Hadis ilmining shakllanishjarayoni sahih hadislar to ‘plangan davr — hijriy III (milodiy IX) asr oxiri va IV (milodiy X) asr boshlarida yakunlangan) bosqichida muhim о 'rin tutgan, hadis ilmi odoblari va ta 'Um metodikasiga bag ‘ishlangan Xatib al-Bag ‘dodiyning (392/1002-463/1071) «Al-Jome Ti axlaq ar-roviy va adab as-some ’» (“Roviylarning axloqi va tinglovchilarning odobi to ‘plami”) nomH asari tadqiq etilgan. «Al-Jome *» asari hadis ilmi, rivoyat odoblari va muhaddislarning axloqi haqida qimmatli manbalardan biri sanaladi.
Ushbu maqolada «Al-Jome'» asarining mazmuni, rivoyatlarning sanad va matn jihatlari chuqur о ‘rganilgan va an ’anaviy hadis ta 'lim-tarbiya odoblari va rihla masalasi tizimli ravishda tahlil qilingan. Bu esa hadis ilmi va uning odob-axloqiy tamoyillarini yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Maqolada mazkur manbaning tuzilishi, unda ilgari surilgan ilmiy safar - rihla tushunchasi hamda ustoz va shogird о ‘rtasidagi о ‘zaro munosabatlar masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, asarda keltirilgan hadis roviylarining ma'naviy-axloqiy qiyofasiga doir talablar va ilm talab qilishdagi ijtimoiy-madaniy me ’yorlar ilmiy nuqtayi nazardan yoritib berilgan. Tadqiqot natijasida Xatib al-Bag'dodiy asarining bugungi kunda hadisshunoslik metodologiyasini о ‘rganishdagi ahamiyali asoslab berilgan.41-493203822-05-2026 -
АБУ ҲАНИФАГА НИСБАТ БЕРИЛГАН МАНОҚИБ ВА МУСНАДЛАРИНИНГ УРФ-ОДАТЛАРНИ ЎРГАНИШДАГИ АҲАМИЯТИ
Raziya Baltabayevna MATIBAYEVA (Muallif)Мазкур мақола Имом Абу Ҳанифа ҳаётига бағишланган маноқиб ва муснад асарларининг урф-одатлар ва миллий қадриятларни сақлашдаги аҳамиятини таҳлил қилади. Абу Ҳанифа ҳақидаги маноқиб ва муснадларда унинг илм олиши, фазилатлари, саҳобийлар билан учрашгани, ҳадислар эшитгани, фиқҳий илмдаги ютуқлари ёритилган бўлиб, бу асарлар ҳанафий мазҳабининг шаклланиши ва унга ҳурмат шаклланишига ҳисса қўшган. Мақолада Абу Ҳанифа ҳақидаги илк давр, ўрта давр ва замонавий маноқиблар келтирилган, уларнинг ўзига хос хусусиятлари таҳлил қилинган.
Маноқиб асарлари Абу Ҳанифанинг шахсиятини исломий анъаналар асосида тасвирлаб, мусулмон жамиятидаги ижтимоий ва маънавий қадриятларни сақлашда муҳим ўрин тутган. Абу Ҳанифанинг қўшничилик, меҳмондўстлик, ҳурмат, бағрикенглик каби хислатлари ҳақидаги ҳикоятлар урф-одатларнинг аҳамиятини кўрсатиб, ушбу қадриятларнинг авлодлардан авлодларга ўтишида салмоқли ҳисса қўшган. Бу асарлар орқали ҳанафий мазҳабининг ҳаётга, жамият ва шахслараро муносабатларга таъсири кўрсатилган.
Тадқиқотда ҳанафий уламолар томонидан ёзилган маноқиб ва муснадларнинг исломий одоб-ахлоқ қоидалари билан биргаликда аҳли сунна мазҳабининг ижтимоий ҳаётга татбиқ этилиши ҳақидаги маълумотлар келтирилган. Шунингдек, маноқиб ва муснадлар фақат диний манба сифатида эмас, балки жамиятда урф-одатларни қўллаб-қувватловчи маънавий мерос сифатида ҳам қимматлидир. Асарларда келтирилган маълумотлар ҳанафий мазҳабининг урф-одатларга нисбатан ёндашуви, унинг ижтимоий қадриятлар ва анъаналарга таъсирини очиб беради.
Ушбу мақолада ҳанафий мазҳабининг ўзига хос диний услублари, уларнинг аҳамияти ва жамият ҳаётидаги урф-одатларни сақлашдаги аҳамияти ҳақида хулосалар келтирилган. Тадқиқот ҳанафий маноқиб ва муснадларнинг ижтимоий ҳаётга таъсирини ва ушбу мазҳабнинг ислом илмлари тарихида тутган ўрнини янада чуқурроқ тушунишга ёрдам беради.
69-782781820-07-2026 -
حُجِية الأحاديث في كتاب ربيع الأبرار
Bakhodir PIRMUKHAMEDOV (Muallif): كان الزمخشري حديث معاصريه وحديث كل العلماء الذين جاؤوا بعده، ولكنه بلا شك أفاد المكتبة العربية عظيم الفائدة بما أضاف من مؤلفات في جميع مجالات العلوم الإسلامية، وما أثير حول الزمخشري من قبل معاصريه أو لاحقيه يرد في كثير منه إلى نجاحه ومكانته العلمية التي لا يسلم جل من وصل إليها من حسد غيره من العلماء.
وقد سلك الزمخشري طريقًا منفردًا في مؤلفاته، فهو رجل يعتز بفكره ويعطي لعقله مساحة كبيرة في التفكير للوصول إلى نتائج منطقية، كما أنه ضمَّن مؤلفاته استشهادات كثيرة من الحديث والشعر والأقوال المأثورة، وله مؤلفات خاصة بعلم الحديث، ككتاب الفائق في غريب الحديث الذي يعد واحدًا من أهم معاجم غريب الحديث، وإن غزارة علمه في الحديث تجعلنا نقف مدافعين أمام من يدعي اعتماده على الأحاديث الضعيفة والموضوعة في معظم مؤلفاته، وستقتصر ردودنا على هنا على نماذج مما جاء في كتاب "ربيع الأبرار ونصوص الأخيار" ذلك الكتاب الذي يعد عمدة في كتب الرقائق والأخلاق، واتخذ من الأحاديث النبوية عمادًا أقام عليه ما ذكره من أقوال الصحابة والتابعين والشعراء والحكماء.
31-37842418-07-2026
