- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
“FONIY DEVON”IDA TASAVVUFIY QARASHLARNING TALQINI
Nargiza SHOALIYEVA, Hojjatollah JAVANI (Muallif)Mir Alisher Navoiy XV asrning musulmon olamida atoqli, mashhur shoiri va mutafakkiri hisoblanadi. Navoiy asarlaridan soʻfiylik ta’limoti va irfoniy qarashlari uning baytlarida oʻz aksini topgan. Shuningdek, Navoiy oʻz ijodida tasavvufiy ilm va adabiyotiga koʻplab murojaat qilganligini asarlari guvohlik beradi.
Soʻfiylar va tasavvuf ta’limoti islom dunyosida azaldan muhim oʻrin tutib kelgan. Bu ta’limotlar odamlarning idroki va botiniga ta’sir koʻrsatib, oʻzlikni anglash, nafs va irodani sayqallash va ruhan yuksalish natijasida insonparvarlik, bagʻrikenglik xatti-harakatlarining asosiga xizmat qilgan. Soʻfiy shoir va mutafakkirlar hamda tasaffuv adabiyoti namoyondalari tasavvufiy ta’limotlarning gʻoyalarini taqdim etish orqali odamlarning tafakkuri va ijtimoiy faollik darajasini yuksaltirishga, insonning ma’rifati va ma’naviyati boyitishga harakat qilganlar. Alisher Navoiy koʻzga koʻringan musulmon shoir bolib, uning dunyoqarashi bilan tanishsak, soʻfiylar ta’limotini oʻta puxta va sinchkovlik bilan egallaganini va oʻz asarlarida bu haqda fikrlar yuritganini koʻrsatadi. Darhaqiqat, u soʻfiylar ta’limotining eng quyi darajasi, ya’ni tavbadan tortib, tasavvufning eng yuksak darajalarigacha, ya’ni fano, vahdat (birlik), hayratni oʻz asarlarida, ayniqsa, “Foniy” devonida oʻziga xos va ta’sirchan ifodalaganini guvohi boʻlamiz. Albatta, buning ajablanarli joyi yoʻq, chunki u hazrati Jomiyning shogirdi boʻlishi bilan bir qatorda, Hofiz, Sa’diy, Mavlaviyning qarashlari va ijodidan bahra olgan ogoh ijodkor boʻlgan. Uning oʻzidan oldingi salaflar izidan borishi adabiy uslubdagi mahoratini hamda irfoniy adabiyotga boʻlgan yaqinligini koʻrsatadi.
Ushbu maqolada Navoiyning “Devon-e Foniy” dagi ayrim gʻazallar baytlarini tahlil qilish asnosida, shoir maqom va holatlarni (Maqomot va Ahvol) hamda koʻplab tasavvufiy atamalarni ishlatgani aniqlangan. Navoiyning forsiy baytlarida yuksak badiiy mahoratdan tashqari tasavvufiy istilohotlar yordamida, mavjudlikning asosi boʻlgan azaliy va abadiy ishqni insonga roʻpara qiladi, insonni tafakkur qilishga undaydi, borliqqa oshiqona qarashga, xudbinlik tamoyilidan xalos boʻlishga chorlaydi, natijada Hofizga oʻxshab rindlikni pesha qilgan inson, ya’ni hurfikrli peshqadam, bagʻrikeng inson uning qahramoni sifatida namoyon boʻladi. U har qanday riyokorlik, xudbinlik, munofiqlikdan xoli boʻlib, har qanaqa nizo va qaygʻulardan qutulib, xudo huzurini anglagan, tavhid va faqru fanoga yetgan inson sifatida gavdalanadi.
25-382891820-07-2026
