- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
GLOBALLASHUV SHAROTIDA HUQUQIY- DEMOKRATIK ISLOHOTLARDA LIBERAL MAFKURANING JAMIYATGA TA’SIRI
Matluba YULDASHEVA (Muallif)Annotatsiya: O'zbekistonda milliy mafkuraning zamonaviy jamiyatdagi о 'rni va ahamiyatini aniqlash, uning asosiyfunks iyalar ini tahlil qilish va ularning ijtimoiy-falsafiyjihatdan qanday о ‘zgarishlar va transformatsiyalarni boshdan kechirganligini о ‘rganishdir. О ‘zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlarida milliy mafkuraning roli, uning milliy о ‘zlikni anglash, ijtimoiy barqarorlikni ta ’miniash, yoshlar tarbiyasida va ma ’naviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi hissasini chuqur о ‘rganishni maqsad qiladi. Shu bilan birga, milliy mafkurani globalizatsiya, axborot xurujlari va zamonaviy tahdidlar sharoitida qayta talqin qilish, yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashtirish va uning istiqboldagi rivojlanish yo jlarini aniqlash ham tadqiqotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, maqolada analiz va sintez, kompleks yondashuv, tizimli-funksional yondashuv, kontent analiz, retrospektiv tahlil, di a I ekt ik, sinergetik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanilgan hamda quyidagi amaliy natijatari ко 'rsatib о ‘lilgan: “ijtimoiy-siyosiy islohotlar ”ning g ‘oyaviy-majkuraviy mazmun-mohiyatifalsafaning alohidal ik va umumiylik kategoriyalari vositasida nazariy jihatdan asoslangan; jamiyat hayotidagi ijtimoiy-liberal о ‘zgarishlar-majkuraviy transformatsiyasining muhim omili ekanligining kompromistik, demokratik tendensiyalari, obyektiv va subyektiv omillari aniqlangan hamda uni boshqarishning institusional tizimini takomillashtirishga oid metodologik taklifva tavsiyalar ishlab chiqilgan; hozirgi davrda liberal va konservativ mafkuraning uyg 'unlashuvidagi metodologik muammolar tizimli yondashuv asosida turkumlashtirilgan va ularning milliy, mintaqaviy xususiyatlari ochib berilgan.
Maqolada о ‘zbek xalqi milliy mqfkurasi rivojining ma ’naviy-majkuraviy va ijtimoiy-madaniy yo ‘nalishlariga mas ’ul tashkilotlarning nazariy-metodologik, о 'quv-uslubiy faoliyatini innovatsion tarzda takomillashtirishga doir ilmiy xulosalar ishlab chiqilganligi va hozirgi global о ‘zgarishlar sharoitida liberal mafkuraning ijtimoiy ahamiyatijamiyatning murakkabliklariga moslashuvchanligi, О 'zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy-demokratik islohotlarda liberal mafkuraning namoyon bo ‘lishi demokratiya, inson huquqlari, qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvi tamoyillarini ilgari surishga intilishi tadqiq etilgan.52-593772101-04-2026 -
BADIIY DIALOGNING KOGNITIV VA MADANIY TAHLILI
Gulkhayo ABDUGAFFAROVA (Muallif)Ushbu maqolada kognitiv va madaniy tilshunoslik nuqtai nazaridan badiiy dialogdagi konseptni tahlil qilish ko’ribchiqilgan. Kognitivvamadaniytilshunoslik tilga nisbatan antropotsentrik paradigma natijasida yuzaga kelgan tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari hisoblanadi. Ushbu yondashuvda eng asosiysi til va inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlar turadi. Shuni ta’kidlashsh joizki, kognitiv va madaniy tilshunoslik o’zining asosiy tushunchalariga egadir va “konsept” tushunchasi kognitiv va madaniy tilshunoslikning asosiy tushunchalaridan biri sifatida qaraladi, shuningdek u tilshunoslikning bir nechta fan sohalarining ham diqqat markazida turadi. “Konsept” tushunchasini aniqlashtirish maqsadida unga turli xil ta’riflar berilgan. Konsept insonning dunyoni idrok etish jarayonida olgan hissiy, jismoniy, tarixiy, shaxsiy va ijtimoiy tajribasi orqali shakllanadi. Konsept tushunchasiga berilgan yana bir ta’rif shundan iboratki, u butun ruhiy shaxsga yoki butun jamoaga tegishli bo’lgan kontseptual dunyo rasmining tarkibiy qismi sifatida, shuningdek murakkab aqliy mohiyatdir. Hozirgi vaqtda kontsept tushunchasiga bir nechta yondashuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Kontsept tushunchasiga ikkita yondashuv mavjud: kognitiv va madaniy. Kognitiv yondashuvga ko’ra, kontsept bu dunyo haqidagi ma’lumotlar, biron bir shaxs yoki jamoat dunyo ob’ektlarini bilishi, taklif qilishi va o’ylashidir. Madaniy yondashuvga ko’ra, kontsept madaniyatga xos va milliy yo’naltirilgan birlik, milliy imidj ko’taruvchi va baholovchi qatlamlardan tashkil topgan va hissiy, ekspressiv komponentlar va assotsiativ aloqalar bilan tavsiflangan ko’p qirrali aqliy tuzilma sifatida tavsiflanadi. Ushbu maqolada, Go’zallik va Sevgi tushunchalari o’rganilishiga ko’ra, tushuncha, tasviriy va baholovchi qatlamlari bilan tahlil qilinadi. Maqolada tuzilishning tarkibiy qismini tashkil etadigan konseptual xususiyatlar tahlilning har bir bosqichida aniqlanadi. Shu munosabat bilan, ikkita tushuncha avvalo lug’aviy ta’riflarga ko’ra tahlil qilinadi. Tasviriy va baholovchi qatlamlar matnlarning badiiy dialoglari qismlarida konseptning xususiyatlariga asoslanadi. Bundan tashqari, kontekstual tahlil lug’at tahlili va frazeologik tahlil darajasida topilmagan kontseptual xususiyatlarni ochib beradi.
174-1822552003-07-2026 -
TRENER MALAKASI HAMDA TASHKILIY MASALALAR PSIXOLOGIK TRENINGLARNI SAMARALI O‘TKAZILISHINI TA’MINLOVCHI OMIL SIFATIDA
Laylo TOYIROVA, Dildorakhon ULMASOVA (Muallif)Bugungi davrimiz insonlardan katta miqdordagi ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlashni hamda ijtimoiy va tabiiy muhitning yangi sharoitlariga tezroq moslashishni talab etmoqda. Tabiiyki, ushbu vaziyatda insonlarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularga stressni yengishlarida ko‘mak berishda ko‘proq nazariy yo‘nalgan eski usul va faoliyat turlari kamroq samara beradi. Shu sababli ham amaliy psixologiyada insonlarga ta’sir etishning faol guruhiy usullaridan foydalanishga qiziqish ortib bormoqda. So‘nggi 10-15 yil ichida sotsial psixologik trening psixologik amaliyotning eng keng tarqalgan shakllaridan biriga aylandi. Sotsial psixologik trening insonlar o‘rtasidagi sog‘lom komunikativ jarayonlar hamda munosabatlarning bo‘lishiga erishishni maqsad qilib qo‘yar ekan, uni o‘tkazuvchi shaxs o‘z ishini mukammal bilishi faoliyat samarasini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Shu sababli ham ushbu ilmiy maqolada sotsial psixologik treningni samarali o‘tkazilishiga ta’sir qiluvchi omillar sifatida trener malakasi hamda tashkiliy masalalar alohida ajratibtib ko‘rsatilgan. Psixologik treninglarni muvaffaqiyatli olib borish uchun trener qanday kasbiy hamda shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi lozimligi tahlil etilgan hamda kerakli tavsiyalar berilgan.
152 - 1582321429-06-2026 -
SIYOSIY MADANIYATNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDAGI AHAMIYATI
Bakhtiyor ARABOV (Muallif)Annotatsiya. Hozirgi kunda korrupsiya global muammo sifatida nafaqat ayrim davlatlar, halki jahon hamjamiyatining barqaror rivojlanishiga tahdid solayotgan illatga aylanib ulgurdi. Korrupsiya jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida, turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumlarda turlicha ko'rinishlarda namoyon bo‘lib kelgan. Afsuski, bu hodisa barcha davlatlarga xos bo ‘lib, bugungi kunda ham rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ham uchramoqda.
Darhaqiqat, korrupsiya barcha davlatlar uchun jiddiy muammo hisoblanadi, и iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini ishdan chiqaradi, ijtimoiy adolat tamoyillarini buzadi va demokratiya asoslarini yemiradi. Hech bir davlat ushbu illatdan butunlay xalos bo'lmagan, biroq ba'zi davlatlar korrupsiya darajasini sezilarli darajada pasaytirishga erishganlar. Bu jarayonda albatta, jamiyat siyosiy madaniyati muhim ahamiyat kash etadi.
Jamiyat siyosiy madaniyati - bu jamiyatning siyosiy tizimga bo ‘Igan munosabati, uning me yorlarini qabul qilishi, siyosiy faollikning turli shakllari, siyosiy faoliyatning ijobiy va salbiy ко ‘rinishlariga munosabatini о ‘z ichiga oladi. Shu jihatdan, siyosiy madaniyatningyuksak darajasi jamiyatning korrupsiyaga bo 'Igan salbiy munosabati, korrupsiyaga qarshi kurashdagi faol ishtiroki, shaffofiik va ochiqlikka bo'lgan intilishini ta ’minlaydi.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish faqat huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishnigina emas, balki jamiyatning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirishni ham talab etadi. Chunk! siyosiy ong va madaniyat yuksak bo ‘Igan jamiyatda har bir fuqaro о ‘zini davlat va jamiyat ishlarining faol ishtirokchisi deb his etadi, davlat organlari faoliyatining shaffofligini talab qiladi va korrupsiyaga mutlaqo yo 7 qo ‘ymaydi.
Siyosiy madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyatini, uning jamiyat hayotidagi о ‘rni va ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Siyosiy madaniyat - bu nafaqat siyosiy bilim va qarashlaryig ‘indisi, balki fuqaroning siyosiy faoliyatga, davlat boshqaruviga bo ‘Igan munosabati, unga nisbatan mas 'uliyat hissi va ishonch darajasini ifodalaydi. Bugungi globallashuv va tezkor siyosiy jarayonlar sharoitida siyosiy madaniyat darajasining yuksak bo ‘lishi - davlat va jamiyat о ‘rtasida barqaror, sog 'lorn aloqalarni ta 'minlovchi muhim omillardan biridir.
Maqolada korrupsiyaning chuqur ildiz otgan jamiyatlarda siyosiy befarqlik, fuqarolarning huquqiy va siyosiy ongining pastligi ushbu illatning ildiz otishiga zamin yaratishini ta 'kidlayman. Shu bois, men siyosiy madaniyatni oshirish - fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz qarashni shakllantirish, adolatga intilish va davlat ishlarida faol ishtirok etish madaniyatini rivojlantirish orqali bu illatga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
Maqolada 0‘zbekiston tajribasi asosida olib borilayotgan siyosiy va huquqiy islohotlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi, davlat organlari ochiqligi va hisobdorligini ta'minlashdagi о‘rni tahlil qilingan. Korrupsiyaga qarshi kurashda faqat jazoga asoslangan yondashuv emas, balki ijtimoiy ongni, xususan, siyosiy madaniyatni yuksaltirish orqali barqaror va samarali natijalarga erishish mumkinligi ilgari surilgan.67-752432615-05-2026
