- الرئيسية
- إبحث
إبحث
إبحث ضمن النتائج
-
MUSULMОN DINSHUNОSLIGIDА ISRОILIYОT QISSАLАRINING TАDQIQ ETILISHI
Dilorom MUMINJONOVA (Muallif)Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, maʼrifiy tarixini o‘z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. Dinshunoslik fanining yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr Sharqida ham alohida o‘rganilgan va bu fanning ilk asoschilari aynan Sharq zaminidan yetishib chiqqan. Sharq musulmon jamiyatida, dinlarni qiyosiy o‘rganishdagi omillardan biri, rost va yolg‘on xabar va rivoyatlarni ajratish hisoblangan. Bu borada ikki xil qarash mavjud bo‘lib, birinchi qarashga ko‘ra, islom dinini haq din ekanligini isbotlash bo‘lsa, keyingi qarashga ko‘ra, islom dini,xususan, Qur’on tafsirlari va hadislarga kirib kelgan isroiliyot rivoyatlarini tekshirish, ularning ishonchliligini aniqlash uchun yahudiylik va xristianlik manbalari o‘rganilgan. Shu sabablarga asoslangan holda, musulmonlar tomonidan yozilgan asarlarda isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada Qur’on tafsirlari va hadislarni kengroq sharhlash maqsadida yahudiylik va nasroniylik manbalari asosidagi isroiliyot qissalarining kirib kelish sabablari o‘rganilgan. Isroiliyot qissalarining islom dini manblariga kirib kelishining asosiy sababi, Qur’onda zikr etilgan qissalarni kengroq o‘rganish va tahlil qilish hisoblangan. Sahobalar davrida isroiliyot rivoyatlari, Qur’onda keltirilgan qissalarni kengroq tushunish uchun Madinada istiqomat qiluvchi yahudiy va nasroniylardan yoki islom dinini qabul qilgan, dastlab e’tiqod qilgan dinlarining muqaddas manblaridan xabardor bo‘lgan musulmonlardan so‘rab o‘rganishlik natijasida kirib kelgan. Tobeinlar davriga kelib, ishonchsiz xabarlar va qissalardan foydalanish natijasida, keyinchalik barcha isroiliyot roviylari tomonidan rivoyat qilingan qissalardan foydalanilgan tafsirlar ishonchlilik darajasini yo‘qotgan. Ammo, bunga qaramasdan yahudiylik, xristianlik va islom dinlarning asosi va ildizlari bir bo‘lganligi sababli, ushbu dinlarning muqaddas manbalarini qiyosiy tahlil etishda isroiliyot qissalari muhim hisoblanadi.
Musulmon olimlari tomonidan isroiliyot qissalari uch qisimga ajratilgan:
- Mavquf xabarlar. Ularning sahihligi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) hadislari orqali tasdiq etilgan bo‘lib, bunga misol sifatida Qur’ondagi Muso payg‘ambar bilan solih kishi qissasidagi shaxsning Xizr payg‘ambar ekanligi Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda keltirilgan.
- Sukut qilinadigan xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma'lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va ibrat uchun hikoya qilingan. Lekin ularning sahihligiga iymon keltirilmaydi, yolg‘onga ham chiqarilmaydi.
- Inkor etiladigan xabarlar. Bunday xabarlar islom dini aqidasiga zid kelganligi sababli bunday rivoyatlar tasdiq etilmaydi. Bunga misol sifatida, Iso payg‘ambarning xochga mixlangani haqidagi rivoyat.
Maqolada, shuningdek, Qur’on tafsirlarida keng foydalanilgan, isroiliyot qissalari va ularni rivoyat qilgan roviylar haqida ma’lumot berilgan. Bir necha isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
49-582742016-09-2026 -
“AL-FIQH AL-ABSAT” ASARIDA AQIDAVIY MAVZULARNING YORITILISHI
Soatmurod PRIMOV (Muallif)Annotatsiya: Islom dini das flab Arabis ton yarim orolida paydo bo ‘Igan bo ‘Isakeyinchalikxulofoiroshidinlardavrida Fors va Shorn diyorlarigayetib bordi hamda о‘sha yerdagi mahalliy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘Idi. Umar (r.a.) davrida Fors mamlakati fath etildi. Shu qatorida Iroq hududlariga islom dini kirib bordi. Vaholanki, Iroq hududi - ikki daryo oralig'i qadimdan madaniyat markazlaridan biri hisoblanagan. В и mintaqada turli mill at va din vakil lari yashagan. Mahallaiy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘lishganidan keyin boshqa din va ta ’limoti vaikllari bilan muayyan e 'tiqodiy masalalar borasida turli ixtiloflar kelib chiqdi. Islom diniga mansub asosiy va dastlabki firqalar ham aynan Iroq hududida paydo bo ‘Igan. Xavorij, mo ‘tazila va shia kabi firqalar.
Hanqfiy mazhab asoschisi — I mom Abu Hanifa ham aynan mana shu zaminda yashagan va ijod qilgan. I mom Abu Hanifa ко ‘plab shogirdlariga fiqh va aqida imlarini о ‘rgatish barobarida о ‘sha vaqtda mavjud bo ‘Igan ко ‘plab firqa vakillari bahs-munozalar olib borgan hamda ahli sunna val jamoa aqidasni himoya qilgan. Manhalarda zikr qilinishicha Imom Abu Hanifa turli adashgan firqa vakillari bilan bahs-munozra qilish uchun yigirmadan ortiq marotaba Basra shahriga borgan. Imom Abu Hanifa aqoid ilmiga oid asarlarida ahli sunnaning sof e 'tiqodiy qarashlarni bayon qilish bilan birga adashgan firqalarga raddiyalar bergan. Mana shunday asarlaridan ibri "al-Fiqh al-absat" asari bo‘lib, savol-javoh shaklida aqidaviy masalalar bayon qilingan. Mazkur maqolada dastlab asarning muallifi borasidagi qarashlar tahlil qilingan. Shuningdek, bir nechta ulamolar nisbati berilgan yagona sharhi haqida muhim ma’lumotlar taqdim etilgan. “Al-Fiqh al-absat” asarida bahs yuililgan asosiy aqidaviy masalalar talqiniyoritib berilgan. Imom Abu Hanifa ко ‘plab о ‘rinlarda adashgan firqalaming noto ‘g‘ri aqidalariga raddiya berishda naqliy dalillar birga aqliy dalillarni keltirib о ‘tganini kuzatish mumkin. Asanring e’tiborlijihatlaridan biri uning savol-Javob shaklida yozilganligi. В и holat о 'quvchida aqidaviy masalalarni yanada tushunarli bo ‘lishiga va yodda qolishiga yordam beradi. Mazkur osar hanafiy mazhabiga oid dastlabki aqida matnlari sifatida e 'tirofetilgan.18-262893001-04-2026 -
XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDAISLOM OMILI VA YAQIN SHARQMINTAQASIDAGI GEOSIYOSIYJARAYONLARNING O‘ZIGA XOSXUSUSIYATLARI
Kamronbek ABDULAZIMOV (Muallif)Bugungi kunga kelib xalqaro munosabatlar tizimida islom omili va uning ta’siri ortib bormoqda. Jahon siyosatida yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, eng ko‘p murojaat etilayotgan mavzulardan biri bu islom omili va xususan Yaqin Sharq mintaqasi hisoblanadi.
Maqola mazmun jihatidan asosan ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismida islom omili ahamiyatining ortishi; e’tiqod qiluvchilarining demografik o‘sishi, musulmon davlatlarining iqtisodiy, ilmiy, siyosiy jihatdan rivojlanayotganligi; bu davlatlarda islomning siyosiylashuvi, so‘nggi yillarda arab davlatlari orasida bo‘lib o‘tayotgan voqealar izohlanadi.
Ikkinchi qismda geosiyosat tushunchasiga ta’rif berish, Yaqin Sharq mintaqasiga kiruvchi davlatlarning turli siyosiy maktablar tomonidan turlicha belgilanishiga urg‘u berilgan bo‘lsa, undan keyin mintaqaning geosiyosiy jihatdan shakllanishida muhim o‘ringa ega bo‘lgan AQSH, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning pozitsiyalarini aniq asoslarga ko‘ra yoritishga harakat qilingan. Yaqin Sharq mintaqasi oxirgi ikki asr davomida turli tashqi kuchlar ta’sir doirasining muhim obyektiga aylandi. Mintaqadagi geosiyosiy vaziyat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tashqi kuchlar mintaqadagi diniy konfessiya va millatlararo ziddiyat, qarama-qarshiliklardan mohirona foydalanganlar.
So‘nggi paytlarda ushbu tashqi kuchlarning o‘z manfaatlari yo‘lida olib borayotgan geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobati mintaqadagi vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keldi. Bularga misol sifatida “Arab bahori”, Suriya va Yamandagi qurolli mojarolar, Isroil va Falastin o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, AQSHning Eronga nisbatan hozirgi munosabatlarini ko‘rsatish mumkin.
23-303172122-06-2026 -
ВКЛАД СТРУКТУРНЫХ ПОДРАЗДЕЛЕНИЙ И ПРИХОДОВ ДУМ В СОЦИАЛЬНУЮ ЖИЗНЬ РЕСПУБЛИКИ ТАТАРСТАН
Ramil ADYGAMOV (Muallif)Роль религии в современном мире значительно возросла, и мусульманские религиозные организации оказывают все большее влияние на социальную жизнь различных регионов России ,в целом, и Татарстана, в частности. На сегодняшний день в Республике Татарстан работает ряд социальных проектов. Часть из них является инициативой непосредственно духовного управления и его структурных подразделений, а вторая часть проектов развивается под патронажем иных общественных организаций. Однако, они также воплощаются в жизнь при поддержке духовного управления. Под структурными подразделениями духовного управления в данном исследовании имеются в виду отдел пропаганды, фонд «Закят», казыяты, мухтасибаты и приходы. Развитием второго направления благотворительности заняты такие организации как Ассоциация предпринимателей мусульман Российской Федерации. Однако, в рамках данного исследования они не рассматриваются, так как выходят за рамки темы исследования. Изучение и анализ материалов исследования показал, что на сегодняшний день деятельность религиозных организаций многогранна. Оказывая влияние на сферу образования, спорта, культурно-массовых мероприятий, благотворительность и др., они оказывают значительное содействие государству в решении различных социальных проблем современного общества. В этой связи дальнейшее взаимодействие государственных органов и исламских религиозных организаций в вопросах благотворительности, организации досуга, обучении и воспитании мусульман может оказать значительно влияние на сохранение и укрепление стабильности в регионе.
Цель исследования: выявление вклада мусульманских религиозных организаций в социальную жизнь Республики Татарстан.
Материалы исследования: источниковую базу исследования преимущественно составили публикации о деятельности исламских религиозных организаций в сети интернет, а также полевые исследования автора.
Результаты исследования: в результате нашего исследования были установлены основные направления деятельности религиозных организаций в Республике Татарстан и их влияние на социальную жизнь.
Новизна исследования: в рамках данного исследования впервые был проведен комплексный анализ материалов о деятельности исламских религиозных организаций в Республике Татарстан.
40 - 452471906-07-2026 -
HADIS TO‘PLAMLARIDA AXLOQ VA TARBIYAGA OID TERMINLARNING LUG‘AVIY VA ISTILOHIY TAHLILI
Muhabbatxon AGZAMOVA (Muallif)Islom dini о zining asosiy manbalari Qur 'oni karim va hadislar orqali nafaqat ihodat masalalarini, balki axloqiy fazilatlar, jamiyatda tinch-totuv hayot kechirish, о ‘zaro hurmat, insof sabr, halollik kabi umuminsoniy qadriyatlami ham keng targ ‘ih etadi. Payg ‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning “Men go'zal xulqni mukammallashtirish uchun yuborildim ” — degan so ‘zlari hu dinning markazida axloqiy tarhiyaning turganini aniq ifodalaydi va hadis ilmidagi axloqiy-tarbiyaviy terminlarni о ‘rganish mustaqil ilmiy yo ‘nalish sifatida shakllangan. Hadis to ‘plamlarida keng o‘rin olgan “Kitob al-Adab” bohlari orqali Rasululloh (s.a.v.)ning axloqiy fazilatlari, insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosahatlarga old ко ‘rsatmalari, kundalik hayotga tathiq etilishi lozim ho ‘Igan odob-axloq me ’yorlari hayon etiladi.
Hadis to ‘plamlarida axloqiy-tarbiyaviy mazmundagi rivoyatlar alohida kitohlar va boblar shaklida jamlangan. Masalan, Imom Buxoriy о ‘zining “al-Jome ‘ as-Sahih ” asarida “Kitob al-Adab ” bobida J28 kichik bob ostida 250 gayaqin hadis keltirgan ho ‘Isa, “al-Adah al-Mufrad” nomli alohida asarini hutkul axloqiy mavzularga hag ‘ishlagan. Shuningdek, Imom Termiziyda “Kitob al-hirr va as-sila ”, Imom Muslimda “Kitob al-birr”, Imom Abu Dovudda “Kitob al-adab ”, Imom Dorimiyda “Kitab al-raqoiq ” kabi boblar mavjud ho ‘lib, ularda axloqiy-tarbiyaviy hadislarjamlangan.
Bu hoblarda ко ‘p uchraydigan asosiy tushunchalar - adah, birr, raqoiq, zuhd, xulq, rahm, sabr, shukr kabi lug ‘aviy va istilohiy jihatdan hoy ma ’noga ega terminlar asosida shakllangan. Masalan, “adah ” lug ‘atda “go ‘zal odoh, muomala madaniyati, axloqiy go ‘zallik ” ma 'nolarini hildiradi. Istilohda esa hu - Rasululloh (s.a.v.) sunnatiga asoslangan axloqiy amallar tizimini anglatadi. “Birr ” esa “yaxshilik, ezgulik qilish ” degani bo ‘Isa, istilohda buAllohga itoat, ota-onaga ehtirom, yetimlarga mehr-shafqat kabi keng ijtimoiy xulq-atvorlarni qamrab oladi.
Turli tnuhaddislar tomonidan tuzilgan mashhur hadis majmualari, jumladan, “Kutub as-sitta ” (old ishonchli hadis to ‘plamijda ushbu mavzuning alohida yoritilishi hadis ilmi doirasida “adab” tushunchasi qanday diniy, axloqiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini yaqqol namoyon etadi. Bu asarlarda faqat fiqhiy уoki aqidaviy masalalar emas, balki axloqiy fazilatlar, odob-axloq qoidalari, ijtimoiy muomala madaniyati va shaxsiy komillik haqidagi hadislar ham alohida bo ‘Hmlardajamlangan. Mazkur bo ‘Hmlarda axloqiy mavzular doirasi juda keng bo jib, rostgo ‘ylik, halollik, sabr-toqat, tavoze, shukr va qanoat, mehr-oqibat, saxovat, о 'zini tiyish, qo ‘shnichilik va qarindoshlik rishtalari, ota-onaga hurmat, bolalar tarbiyasi, jamiyatda tinch-totuvyashash kabi ко ‘plab axloqiy qadriyatlar atroflicha yoritilgan. Bunday mavzularning sahih hadislar asosida yoritilishi ularning din asosidagi muhim о 'rni va zamonaviy axloqning qanday ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ко ‘rsatadi.
Ushbu maqolada hadis to ‘plamlarida axloq va tarbiyaga oid terminlar, tushunchalar lug ‘aviy va istilohiy tahlili qilingan.20-293813018-05-2026
