- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ARAB TILIDAGI FE’L MAYLLARI TASNIFI
Malika NASIROVA (Muallif)O‘rta asarlarning buyuk tilshunos olimi, Movarounnahr arab tilshunoslik maktabining asoschisi Mahmud Zamaxshariy 80 ga yaqin ilmiy asarlar muallifi hisoblanadi. Uning qalamiga mansub asarlarning aksariyati davrimizga qadar yetib kelgan, qo‘lyozmalari dunyoning mashhur fondlarida saqlanadi.
Allomaning arab tilshunosligiga oid yirik asari “Al-Mufassal fi san’ati-l-e’rob” deb nomlanadi. Mazkur asarda grammatik qoidalar arab tildagi so‘z turkumlari bo‘yicha tushuntiriladi. Shuningdek allomaning sharq madrasalari uchun mo‘ljallngan “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” o‘quv risolasi, ko‘p tilli lug‘ati “Muqaddamatu-l-adab”ning 4 va 5-boblari hamda olimning yaqinda topilgan “Al-Mufid fi-t-tasrif” asarlarida ham fe’l so‘z turkumi va uning katoriyalariga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
Arab tilida so‘zlar fe’l o‘zaklaridan yasalishini inobatga oladigan bo‘lsak, fe’l so‘z turkumi alohida, jiddiy tadqiq qilishga sabab bo‘lishi oydinlashadi.
Arab tilida fe’l turkumi boshqa so‘z turkumlari ichida eng salmoqli o‘rinni egallaydi. Arab tilidagi fe’llarning morfologik xususiyatlarini bilmay turib, boshqa turkumlarga xos ko‘pgina grammatik qoidalarni o‘zlashtirish mumkin emas.
Arab tilida fe’llar ikki guruhga: asosiy va yordamchi, aniqrog‘i ko‘makchi fe’llarga bo‘linadi. Ko‘makchi fe’llar “sub’yektning ish harakatini bildiruvchi yetakchi fe’l bilan birga kelib, unga turlicha qo‘shimcha ma’no beruvchi fe’llar. Arab tilida ko‘makchi fe’llar mavzusi juda keng va murakkab mavzulardan hisoblanadi. Ular ““Bo‘lish” va ”bo‘lib qolish” mazmunini ifodalovchi fe’llar”, “Mulohaza fe’llari”, “O‘zgarish yoki aylanib qolishni ifodalovchi fe’llar”, “Ish-harakatning boshlanishini ifoda etuvchi fe’llar”, “Bo‘sag‘a mazmunini ifodalovchi fe’llar” kabi semantik guruhlarga bo‘linib, asosiy fe’lga mazkur ma’nolarni yuklaydi”(Nasirova,2020:141)
Shuningdek, arab tilidagi fe’llarning turli mayl shakllari ham mavjud bo‘lib, mazkur maqolada ularning asnifi masalasi ilmiy asoslangan. Unga ko‘ra fe’llar darak yoki aniqlik, shart, buyruq, istak hamda kuchaytirma mayl shakllarga ega.
Ushbu maqolada arab tilidagi fe’l mayllari Mahmud Zamaxshariy asarlari asosida tadqiq qilingan
36-412262218-09-2026 -
ARAB TILIDA TUB KO’MAKCHILARNING MA’NOLARI (AL-MUFASSAL ASARI MISOLIDA )
Malika NASIROVA (Muallif)Mahmud Zamakhshariy arab tili grammatikasini so‘z turkumlari bo‘yicha bayon qilgan “al-Mufassal fi san’ati-l-i’rab” asarida arab tilidagi “harf” so‘z turkumi haqida shunday fikrni bildirgan: “الحرف ما دل على معنى في غيره و من ثم لم ينفك من اسم وفعل يصحبه الا في مواضع مخصوصة حذف فيها الفعل و اقتصر على الحرف فجرى مجرى النائب –Harf [bu shunday so‘z turkumi-ki] uning ma’nosi boshqa so‘z turkumida topiladi. Shuningdek, u ism va fe’l ma’nosidan holi bo‘lgan so‘z bo‘lib, ba’zi holatlarda fe’l tushib qolganda, harf uning o‘rnida keladi va ma’nosini saqlab qoladi”. Harf, ya’ni yordamchi so‘zlar tasnifi asarning 3-bobida bayon etilgan. Bob 23 ta faclga bo‘lingan bo‘lib, ularda arab tilidagi yuklama, bog‘lovchi, old ko‘makchilar haqida ma’lumot beradi. (Nasirova, Malika. 2021:6650)
Ularning tasnifi quyidagicha:
حروف الإضاف– ismlarni qaratqich kelishigida boshqaradigan old ko‘makchilar; والحروف المشبهة بالفعل- fe’llarga o‘xshash yuklamalar, deb nomlangan mazkur turga oltita yuklama kiradi, ular o‘zidan keyin fe’l kabi tushum kelishigini talab qiladi; حروف العطف – bog‘lovchilar; حروف النفي – inkor yuklamalari; حروف التنبيه – ogohlantirish ma’nosidagi yuklamalar; حروف النداء– undov yuklamalar; حروف التصديق– tasdiq yuklamalar; حروف الاستثناء – istisno yuklamalar; حرفا الخطاب– xitob yuklamalari; حروف الصلة– nisbiy olmoshlar; حرفا التفسير– tushuntirish, izoh berish yuklamalari; الحرفان المصدريان– ikki masdar yuklamasi (fe’llarning otlashishiga sabab bo‘ladigan yuklamalar) ; حروف التحضيض – undash, da’vat yuklamalari; حرف التقريب–yaqinlatiruvchi yuklama; حروف الاستقبال – kelasi zamon yuklamalari; حرفا الاستفهام – [ikki] so‘roq yuklamasi; حرفا الشرط– [ikki] shart yuklamasi; حرف التعليل– maqsad, sabab yuklamasi; حرف الردع – qat’iy inkor yuklamasi; اللامات– [ turli vazifalarda keluvsi] ل yuklamasi; تاء التأنيث الساكنة– o‘tgan zamon birlik, muannas jins uchinchi shaxs, fe’liga qo‘shiladigan ت harfi; النون المؤكدة – fe’llarga qo‘shiladigan ta’kidni anglatuvchi ن harfi, هاء السكت– pauzal “h” harfi (pauzada qo‘llanadigan ه harfi.).
Ushbu maqoada arab tilida tub ko’makchilarning ma’nolari Zamaxshariyning “al-mufassal” asari misolida tadqiq qilingan.
4-102352416-07-2026
