DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2023/4/36-41Kalit so‘zlar:
fe’l fe’l zamonlari fe’l mayllari prefiks so‘z turkumiAnnotasiya
O‘rta asarlarning buyuk tilshunos olimi, Movarounnahr arab tilshunoslik maktabining asoschisi Mahmud Zamaxshariy 80 ga yaqin ilmiy asarlar muallifi hisoblanadi. Uning qalamiga mansub asarlarning aksariyati davrimizga qadar yetib kelgan, qo‘lyozmalari dunyoning mashhur fondlarida saqlanadi.
Allomaning arab tilshunosligiga oid yirik asari “Al-Mufassal fi san’ati-l-e’rob” deb nomlanadi. Mazkur asarda grammatik qoidalar arab tildagi so‘z turkumlari bo‘yicha tushuntiriladi. Shuningdek allomaning sharq madrasalari uchun mo‘ljallngan “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” o‘quv risolasi, ko‘p tilli lug‘ati “Muqaddamatu-l-adab”ning 4 va 5-boblari hamda olimning yaqinda topilgan “Al-Mufid fi-t-tasrif” asarlarida ham fe’l so‘z turkumi va uning katoriyalariga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
Arab tilida so‘zlar fe’l o‘zaklaridan yasalishini inobatga oladigan bo‘lsak, fe’l so‘z turkumi alohida, jiddiy tadqiq qilishga sabab bo‘lishi oydinlashadi.
Arab tilida fe’l turkumi boshqa so‘z turkumlari ichida eng salmoqli o‘rinni egallaydi. Arab tilidagi fe’llarning morfologik xususiyatlarini bilmay turib, boshqa turkumlarga xos ko‘pgina grammatik qoidalarni o‘zlashtirish mumkin emas.
Arab tilida fe’llar ikki guruhga: asosiy va yordamchi, aniqrog‘i ko‘makchi fe’llarga bo‘linadi. Ko‘makchi fe’llar “sub’yektning ish harakatini bildiruvchi yetakchi fe’l bilan birga kelib, unga turlicha qo‘shimcha ma’no beruvchi fe’llar. Arab tilida ko‘makchi fe’llar mavzusi juda keng va murakkab mavzulardan hisoblanadi. Ular ““Bo‘lish” va ”bo‘lib qolish” mazmunini ifodalovchi fe’llar”, “Mulohaza fe’llari”, “O‘zgarish yoki aylanib qolishni ifodalovchi fe’llar”, “Ish-harakatning boshlanishini ifoda etuvchi fe’llar”, “Bo‘sag‘a mazmunini ifodalovchi fe’llar” kabi semantik guruhlarga bo‘linib, asosiy fe’lga mazkur ma’nolarni yuklaydi”(Nasirova,2020:141)
Shuningdek, arab tilidagi fe’llarning turli mayl shakllari ham mavjud bo‘lib, mazkur maqolada ularning asnifi masalasi ilmiy asoslangan. Unga ko‘ra fe’llar darak yoki aniqlik, shart, buyruq, istak hamda kuchaytirma mayl shakllarga ega.
Ushbu maqolada arab tilidagi fe’l mayllari Mahmud Zamaxshariy asarlari asosida tadqiq qilingan
Yuklab olishlar
Bibliografik manbalar
1. Grade B.M. (1963) Kurs arabskoy grammatiki v sravnitelno-istoricheskom osvyashenii. - Мoskva.
2. Girgas V (1873). Ocherk grammaticheskoy sistemi arabov . SPb.: Tipografiya Imperatorskoy Akademii Nauk.
3. Ibrohimov N.,Yusupov M. (1997) Arab tili grammatikasi. -Toshkent
4. Lebedev V.V. (1985). Zadachi sopostavitelnogo izucheniya glagolnix system arabskogo i russkogo yazikov. Vestnik MGU. № 1. – Мoskva
5. Маgomedov М.М. (2000) Glagol bitiya «каnа« v literaturnom arabskom yazike (na маteriale Коrana). Аvtoreferat diss. …na soiskanie uch. step. kand. filol. nauk - Мoskva.
6. a. Nasirova, Malika (2019). “Scientific heritage of Makhmud Zamakhshari and actual questions of the studies of Mavarennakhr`s linguistic school” The Light of Islam: Vol. 2019: Iss. 1, Article 15. Available at: https:// uzjournals. edu.uz/iiau/ vol 2019/ iss1/15
7. b. Nasirova, Malika (2019) “INCOMPLETE CONJUNCTION OF WORDS IN THE ARABIC GRAMMAR,” The Light of Islam: Vol. 2019 : Iss. 4 , Article 15. Available at: https://uzjournals.edu.uz/iiau/vol2019/iss4/15
8. NASIROVA, Malika (2020) “SEMANTIC CLASSIFICATION OF AUXILIARY VERBS IN ARABIC LANGUAGE”. The Light of Islam: Vol. 2020: Iss.1 Article16. Availableat: ttps://uzjournals.edu.uz/iiau/ vol 2020/ iss.1./ 16
9. Nosirova, Malika (2013) “Аf”аlu-sh-shuru’ va-l-muqoraba” fe’llari // O’zbek sharqshunosligi: buguni va ertasi. -Т.: ТDShI.
10. Nosirova, Malika (2005) Mahmud Zamaxshariyning “Аl-unmuzaj fi-n-nahv” risolasi. –Т.: ТDShI
11. Starinin V.P.(1963). Struktura semitskogo slova –Moskva.
12. Qosimova, Sarvinoz (2019). XI-XIII asrlarda Movarounnahr tilshunoslarining arab grammatik nazariyasi bo’yicha ilmiy tadqiqotlari. Мonografiya. -Т.:ТDShI.
13. Yakovenko E.V.( 2000) Spryajenie nepravilnix glagolov v arabskom yazike. -Мoskva.
14. Abu Bakr Ali Abd al-Alim (2002). Maktabat al-usrati fi an-nahv.-Al-Qohira.: Dar al-G’ad al-jadid. (in arabic)
15. Abu Bakr Ali Abd al-Alim (2002). Durus fi an-nahv li at-tullab va al-muallimiyn. .-Al-Qohira.:maktabat al-Qur’an. (in arabic)
16. Antuan el-Dahdah (1992). Mujam qavaid al-arabiyya al-alamiyya. -Lubnan. (in arabic)
17. Abbas Hasan(2004). An-nahv al-vafi. -Misr. (in arabic)
18. Imil Bari Yakub (2001) . Sharh al-Mufassal li Mahmud az-Zamakshari –Bayrut.: Dar al-kitab al- ilmiyya. (in arabic)
19. Ma’luf, Luis . (2005) Al-Munjid fi allugat va al-a’lam. - Bayrut.:dar al-mashriq. (in arabic)
20. Mahmud az-Zamahshariy (2013). Al-Mufassal fi san’ati al-i’rab.-Al-Qohira. (in arabic)
21. Mustafo al-G’alayiyni (2001). Jami’ ad-durus al-arabiyya.-Al-Qohira.: Al-maktaba al-asriyya. (in arabic)
22. Fuad, Ni’mat (1973). Mulahhas qavaid al-lagati al-arabiyyati.- Misr.: Nahda.
23. Fadil Solih as-Samiraniy (2016). Abu al-Barakat ibn al-Anbariy va dirasatuhu an-nahviyya.-Bayrut, Lubnan. (in arabic)
24. As-Sayyid Xalifa, Tahir Sulayman(2013). Al-Kafi fi an-nahv. –Al-Qohira.: Dar al-taqva. (in arabic)
25. www.arabdict.com
26. www.drmosad.com
27. www.al-ahram.org
28. www.al-axbar.org

