Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • GLOBALLASHUV SHAROITIDA IJTIMOIY TARMOQ TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI

    Zoirkhuja ULMASKHUJAYEV (Muallif)

    Jahonda kechayotgan keskin globallashuv jarayonlarida axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etilmoqda. Jumladan, zamonaviy ommaviy kommunikatsiyalar hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim voqeligiga aylangan, taraqqiy etgan davlatlarda muhim ehtiyoj vositasi hamda ommaviy muloqot subyekti darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda axborot makoni gomogenlashuvining yuzaga kelishi ilmiy-texnikaviy va texnologik yutuqlarning keng tarqalishi, ularning umumiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning mamlakat imijini shakllantirishdagi ya’ni, davlatlarning qo‘lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ‘ib qilishdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Biroq, inson qadriyatini noaxloqiy yo‘nalgan ko‘rinishlarining ommalashishi, shaxs dunyoqarashiga nisbatan yot g‘oyalar bilan ta’sir ko‘rsatish insoniyatning milliy zamini va o‘zligidan begonalashuviga olib kelmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu omillarni shaxs dunyoqarashiga ta’siri, oqibati va tahdid yo‘nalishlarini aniqlash dolzarb ahamiyatga ega.


    Rivojlangan davlatlarda fuqarolarning siyosiy madaniyati, xulq-atvori hamda ijtimoiylashuvi jarayonlarini qamrab olgan siyosiy ong, siyosiy qadriyatlar, jamiyatda ishonch omilini mustahkamlovchi fenomen sifatida mafkuraviy tarbiya hamda ijtimoiy tarmoqlar vositasida mamlakat imijini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnolgiyalarni kashf etish va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda dunyoda globallashuv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan g‘oyaviy tuzoqlar va ularning madaniyat omiliga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongini manipulyatsiya qilish hamda har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarga raxna solish, siyosiy qadriyatlarga tajovuz qilish, insoniyatning tarixiy xotirasini buzishga urinishlarning oldini olishning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yechimlarini tadqiq etish ustuvor ahamiyat kasb etgan. Bu borada axborotlashgan jamiyatni yaratish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, ushbu sohalarning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir.


    Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini ijobiy tomonga o‘zgartirish, ma’naviy va mafkuraviy qadriyatlar uyg‘unligida amalga oshirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jumladan, mamlakat tarixi va hozirgi yutuqlarini butun dunyoga targ‘ib qilishda va shu orqali davlat imiji, obro‘sini oshirishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, hozirda rivojlanishning yangi davrini boshlagan mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadigan shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini tizimli ravishda tadqiq etish ehtiyoji ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi.


    Ushbu maqolada globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoq tushunchasi mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlardagi ijtimoiy-siyosiy, diniy-mafkuraviy, ommaviy madaniyatning turli ko‘rinishlari va uning jamiyat xavfsizligiga ta’siri masalalari tadqiq qilingan.

    89-99
    298
    22
    17-09-2026
  • ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLARDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI (INDONEZIYA, MALAYZIYA VA TURKIYA MISOLIDA)

    Mirodil KHAYDAROV, Jasurbek ABDUKADIROV (Muallif)

    Bugungi kunda har bir sohani isloh qilish bilan birga, yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqish yangilanayotgan O’zbekiston davlatining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar mamlakat iqtisodiyotini, aholi turmush tarzini, shuningdek, O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’sini oshirishga xizmat qiladi. Ana shunday sohalardan biri turizmning “Ziyorat turizmi” tarmog’idir.


    2020 yilda O’zbekistonga 1 mln 504 ming turist tashrif buyurib, ularga 261 mln dollarlik xizmat ko’rsatilishiga erishildi. O’zbekiston dunyoga qadimiy va ekzotik shaharlari bilan ziyorat turizmi infratuzilmasini barpo etish, sayyohlar uchun barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratish, ziyorat turizmi brendini ishlab chiqish bo’yicha yetarli salohiyatga ega mamlakat hisoblanadi.


    O’zbekistondagi ko’plab madaniy yodgorliklarning YuNESKO tomonidan butunjahon madaniy meroslari sifatida ro’yxatga olingani e’tirofga loyiqdir.


    Bugungi kunda Dunyoning Halol turizm boyicha ixtisoslashgan yetakchi tashkilotlaridan biri Crescent Rating taxminiy ma‘lumotlariga ko‘ra 2026-yilga kelib ziyorat maqsadida sayohat qiluvchilarning soni 230 mln. kishini tashkil etishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu esa kelajakda ziyorat turizmi jahon turizmining yetakchi yo‘nalishlaridan biriga aylanishi hamda ziyorat turizmi tarmog‘i dunyo davlatlari iqtisodining ajralmas bir qismiga aylanib borayotganligini ko‘rsatadi. Jumladan, Islom hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlarda ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘l harakati strategiyasi” nomli qo‘llanmaning nashr qilinganligi ham so‘zimiz isbotidir.


    Maqolada Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda xalqaro ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati, xususan, mamlakatlardagi ziyorat turizmi rivoji uchun zarur bo‘lgan tarixiy sharoit, uning bugungi ziyorat turizmi obyekti sifatidagi o‘rni, bu boradagi o‘z yechimini kutayotgan vazifalar va istiqboldagi natijalar asosiy muhomaka mavzusi hisoblanadi. Jumladan, IHT ga a’zo Indoneziya, Malayziya va Turkiya davlatlarida ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlarning bayoni keltirilgan. Shuningdek, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

    127 - 134
    194
    21
    06-07-2026
  • TOSHKENT VILOYATI SANOATINI RIVOJLANISHINING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI

    Nilufar Sherkulovna BATIROVA (Muallif)

    Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida viloyat sanoat korxonalarining samarali faoliyat yuritishi davlat boshqaruvining barcha tuzilmalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etdi. Har bir sanoat korxonasi uchun qulay innovatsion sarmoyaviy muhitni ta’minlash, samarali mexanizm yaratish orqaligina viloyat yangilanish va taraqqiyot yo‘liga kirishi mumkin edi. Maqolada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida mintaqa sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish yo‘nalishlari bayon etilgan. Bir qator mexanizmlar va ularning o‘lchovlari berilgan. Innovasion faoliyatni hududiy boshqaruv organlari tomonidan qo‘llab quvvatlash imkoniyatlari keng yoritilgan. Xususan, moliyaviy xavfsizlik va soliq imtiyozlari masalasiga alohida to‘xtalgan. Shuningdek, innovasion markazlarning ahamiyati, texnologik transfer markazlarni ochish zaruriyati batafsil yoritilgan. Texnologik transfer markazlarining vazifalari va ushbu yo‘nalishda qilinadigan ishlar ketma ketligiga ham to‘xtab o‘tilgan. Shuningdek, rivojlantirish fondini tashkil etish, fondning maqsad va vazifalari, faoliyat doirasi hamda bu sohadagi bir qator dasturlar taklif etilgan. Maqolada hudud sanoati majmuasining innovasion tuzilmasi tahlil qilingan bo‘lib, uning bozor, resurs, moliyaviy, innovasion hamda motivasion bloklarning tarkibiy qismlari yoritilgan. Hudud sanoatining rivojlanishi uch bosqichda (boshlang‘ich, o‘rta va yakuniy) batafsil tushuntirilgan. Mintaqa sanoatini rivojlantirish modelini ishlab chiqish zaruriyati va muammolarni qo‘yilish darajasi asoslangan. Hududiy sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Asosiy prinsiplari, mexanizm va vositalari ishlab chiqilgan. Hududiy sanoat klasterlarining faoliyariga sifat va miqdor jihatdan baho berilgan. Shuningdek, hududiy sanoatni rivojlantirish modelining tizimli tahlili amalga oshirilgan. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Xulosa o‘rnida sanoatni rivojlantirish bo‘yiha qo‘yilgan vazifalar hamda ularni amalga oshirish yo‘nalishlari doirasida takliflar berilgan. Shuningdek, viloyatda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini o‘z ichiga olgan. Chora-tadbirlar hudud tarkibiga kiruvchi tuman va shaharlar o‘rtsidagi tavofutni qisqartirishga qaratilgan.

    68-76
    203
    22
    23-07-2026
  • HUSNI MUBORAKNING ISLOM OMILI PRIZMASI ORQALI OLIB BROGAN TASHQI SIYOSATI HOSNI

    Guzal KADIROVA (Muallif)

    Maqolada sobiq davlat rahbari A.Sodat radikal islomchilar tomonidan o’ldirilganidan keyin H.Muborak tomonidan xalqaro miqyosda islomiy birdamlik bilan bevosita bog’liq tashqi siyosati tufayli meros bo’lib o’tgan qiyin ichki va tashqi siyosiy vaziyat ko’rib chiqiladi. H. Muborakning tashqi siyosati ichki siyosatning davomi edi. U islomchilar orasida tarafdorlarini jalb qilishga, shu bilan birga, islomiy muxolifatni kuchsizlantirish uchun repressiyalardan keng foydalanishga harakat qildi va shu bilan birga, mamlakatning islomiy xarakterini ko’rsatish uchun ishlab chiqilgan davlat islomini targ’ib qilish siyosatini olib borishga va shu tariqa tashabbusni islomiy muxolifatdan tortib olishga intildi. Misrning arab va islom dunyosidagi mavqeini tiklagan X.Muborak, hukmronligining so’nggi o’n yilligida Falastin- Isroil mojarosiga qarshi muvaffaqiyatsiz qadamlar natijasida yana uning yo’nalishi tanqidiga uchradi. Bu mamlakat ichidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishiga qaratilgan edi va H. Muborak o’z hukmronligining so’nggi bosqichida hal qilishga uringan dilemma klassik «demokratiya paradoksiga» o’xshab qoldi, demokratlashtirish jarayonlari boshlanishi esa islomiy kuchlarni kuchaytirishga sabab bo’ldi. Islomiy omil X. Muborak davrida olib borilgan tashqi siyosatda namoyon bo’lgan yana bir o’lchov xalqaro terrorizmga qarshi kurash edi. Misr uchun bu muammo 1990-yillarda kuchaygan. Radikal islomga qarshi chiqish 2001 yilda AQShda yuz bergan teraktlar va Misr ishtirokchisiga aylangan «terrorizmga qarshi global urush» e’lon qilingandan so’ng yangi darajaga ko’tarildi. Ushbu davrda al-Qoida Misrni “global jihod” yo’nalishlaridan biri sifatida ko’rib chiqdi. Misr hukumatining xatti-harakatlari va ushbu mamlakatga qarshi uyushtirilgan terrorchilik harakatlari natijasida qandaydir tarzda Al-Qoida va “global jihod” bilan identifikatsiya qilingan ilgari noma’lum guruhlar aniqlandi.

    45-52
    287
    22
    04-07-2026
  • MALAYZIYA TARIXIDA  DINIY SINKRETIZM VA  MILLIY  O’ZIGA XOSLIKNING  SHAKLLANISHI

    Guzal SHARIPOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada Malayziyada diniy sinkretizmning evolyutsiyasi va uning ibtidoiy kommunal tizimdan postkolonial davrgacha bo ‘Igan tarixiy davomiylik bo'yicha milliy o'ziga xoslikning shakllanishiga ta’siri о ‘rganilgan. TadqiqotKota Tampan, Nya vaSungai Batudan topilgan arxeologik dalillar, jumladan, assimilyatsiya, migratsiya va madaniyatlararo almashinuvning dastlabki mexanizmlarini ко ‘rsatuvchi artefaktlar bilan tasdiqlangan ko‘p madaniyatli muhit dinamikasiga qaratilgan. Bu jarayonlar Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq bilan savdo aloqalari orqali hinduiylik, buddaviylik va islom bilan animistik qarashlarning sintezini osonlashtirdi.
    Maqolada milodiy I-V asrlarda qabila jamiyatidan Ganga Negara va Langkasuka kabi dastlabki davlat shakllanishiga o'tish batafsil bayon etilgan, bu yerda urbanizatsiya va ijtimoiy tabaqalanish diniy sinkretizmni rag'batlantirgan. Mustamlakachilikdavrida, XVI-XIXasrlar oralig ’ida, xitoylik, hind va yavalik migrantlarning oqimi bilan etnik xilma-xillik kuchaydi, ammo 1874-yilgi Pangora shartnomasida mustahkamlangan sultonlarning diniy avtonomiyasi tufayli bag ’rikenglik an ’analari saqlanib qoldi. 1957-yildan beri mustaqillikdan keyingi davr konstitutsiyaviy islohotlar, Yangi iqtisodiy siyosat va mo ‘tadil shofiiy mazhabi, dinlararo uyg'unlik va malaylashtirish asosida o'ziga xoslikni mustahkamlagan va ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishga yordam bergan Rukunegara dasturi bilan tavsiflanadi.
    Tadqiqotning metodologik asosi tarixiylik, qiyosiy tarixiy va tizimli tahlil, muammo-xronologik usul va fanlararo yondashuv tamoyillariga asoslangan. Bu esa о z navbatida, Majid Z., Higham C., AndayaB. va boshqalar kabi mutaxassislarning asarlarini, shuningdek, arxiv manbalarini integratsiyalashga yordam beradi.
    Tadqiqot natijalari mandakatning IK.IM va SYARAK kabi davlat institutlarining rolini, mamlakatning tashqi siyosat strategiyalarini vaASEANdagi ishtirokini ta 'kidlaydi. ZOPFAN konsepsiyasiga va lining ко ‘p madaniyatli birga yashashning barqaror modelini ta’minlashdagi roliga alohida e ’tibor qaratish lozim. Yuqoridagi barcha omillar Malayziyaning hozirgi paytda uyg ‘unlik va tinchlik asosiy maqsadlar bo ‘Igan rivojlangan davlat tizimiga ega mamlakat sifatidagi mavqeiga hissa qo ‘shadi.

    58-65
    70
    26
    23-05-2026
1 - 5 from 5

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling