- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ARAB MAQOLLARI ULARNING XUSUSIYATLARI, AHAMIYATI, TANLASH MEZONLARI VA ARAB TILIDA SO‘ZLASHMAYDIGANLARGA O‘RGATISH USULLARI
MOHAMED ALI ABDELWAHID (Muallif)Maqollar arab tili va adabiyotining ajralmas qismi, arab madaniyatining ko‘zgusi bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida ham muhim rolga ega. Chunki u fikrlarni yaqinlashtiradi, tushunchalarni oydinlashtiradi va vaziyatlarni tushunishga yordam beradi. Shuning uchun u arab tilini o‘rgatish uchun har qanday akademik tarkibda ajralmas hisoblanadi. Bu jihatdan ushbu tadqiqot maqollarning arab tilida so‘zlashmaydiganlarga o‘rgatishdagi ahamiyatini ko‘rsatib, uning arab tili o‘quvchilari uchun boy va foydali o‘quv materiali bo‘lishini ta’minlaydigan xususiyatlarini oydinlashtirib beradi. Shuningdek, arab tilida so‘zlashmaydiganlar bilishlari kerak bo‘lgan maqollarni tanlashni amalga oshiradigan ba’zi me’yorlarni aniqlashtirib, ularni o‘rgatish uchun mos usullarning ba’zisini tanlash bayon qilinadi.
Ushby tadqiqotning ba’zi natijalarini ochiqlaydigan bo‘lsa, jumladan, maqollar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular arab tilini ona tili bo‘lmaganlarga o‘rgatishda, ularni o‘quvchi o‘rganayotgan lingvistik materialga integratsiyalashda muhim o‘quv materiali bo‘lib, ular darajasi va mazmuniga ko‘ra o‘zlariga mos mavzular bo‘yicha taqsimlanadi – ma’lumotlarni boyitadi va rivojlantiradi.
O‘quvchilarning lingvistik, kommunikativ va madaniy kompetentsiyalarini oshiradi. Maqollarning arab tilini ona tili bo‘lmaganlarga o‘rgatishdagi ahamiyati tilning adabiyoti va madaniyatining muhim bo‘lagi ekanligidan kelib chiqadi va o‘quvchiga so‘zlarni tuzatish va kerak bo‘lganda ularni eslab qolish imkonini beradi. Arab madaniyati va adabiyotini tushunishga yordam beradi. Unga yuksak qadriyatlar va chuqur tajribalar berib, bevosita hayot san’atini o‘rgatadi.
Maqollarga tarbiyaviy nuqtai nazardan yondashishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning lingvistik, kommunikativ va madaniy kompetensiyalarini egallashda maqolning ta’sirchanligiga qaratilishi kerak. Shuning uchun ham tadqiqot davomida maqollarning ta’lim-tarbiyaviy jihatdan tanlab olinadigan
bir qator mezonlari aniqlandi. Bu mezonlar maqollarni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishning samarali usulidir.
Maqollarni o‘rgatishda o‘qituvchining roli faqat ma’nosini tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki arab tilida so‘zlashmaydigan o‘quvchilarga turli o‘rin va sharoitlarga ko‘ra ulardan foydalanish uchun zarur ko‘nikma hosil qilishi kerak. Bu asosga ko‘ra, mazkur tadqiqotda o‘qitish usullari, o‘rgatish texnologiyalari keltiriladi.
Bulardan o‘qituvchi maqollarni til sohiblari bo‘lmagan o‘quvchilarga o‘rgatishda foydalanishi mumkin.19 - 302412407-07-2026
