- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
“ADIBLAR XIYOBONI - MA’NAVIYAT MASKANI” VEB-SAYTI LOYIHASINING AHAMIYATI
MAVLUDA Xodjayeva, NILUFAR Turopova (Muallif)Maqola Adiblar xiyoboni yagona interaktiv portali veb-saytini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, asosiy ko‘zlangan maqsad – Аdiblar xiyobonida qad rostlagan adabiyot nomoyondalari ilmiy va ijodiy faoliyatini bugungi kun zamonaviy veb-dasturlash sohasi imkoniyatlari bilan raqamlashtirishdan iboratdir. Unda milliy adabiyotimiz xazinasini internetda targʻib etish, zamonaviy texnologiya va dasturiy taʼminot sohasida maʼlumotlarni ulashishning eng qulay, tezkor va samarali uslublaridan foydalanish masalasi ko‘rilgan. Bunda Adiblar xiyoboni veb-saytini yaratish va unda Аdiblar xiyobonidagi barcha shoir va mutafakkirlar hayoti, ijodidagi boy ilmiy merosini yahlit bir tizimda umumlashtirish, loyihani ishlab chiqishni bir necha bosqichlarda amalga oshirish, ya‘ni, veb-saytini ishlab chiqish jarayoni bosqichlarini aniq vaqtlari bilan rejalashtirish uchun GanttPRO diagrammasi, rejalashtirish, sayt xaritasi va vireframe yaratish, dizayn, sahifalar tartibi, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash davri, kontentni yozish va yig‘ish, zamonaviy dasturlash texnologiyalaridan Python dasturlash tilining Django frameworki dan foydalaish,, ishlab chiqilgan loyihani sinovdan o ‘tkazish, ko‘rib chiqish va ishga tushirish, xizmat bosqichida fikrni monitoring qilish, muntazam yangilash jarayonlari keltirilgan. Shuningdek, Veb sayt mijoz va server qismini yaratish uchun foydalaniladigan texnologiyalar: Veb-saytning foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qiladigan qismi “Frontend”dan, u ilovaning “mijoz tomoni”, veb-saytning server tomoni qismi uchun Backend texnologiyasidan foydalanish, Adiblar xiyoboni veb-sayti va uning ma’lumotlar bazasi xavfsizligi ta’minlash modeli, uning asosiy elementi, ishlab chiqariladigan tizim xavfsizligi siyosatining forma spetsifikatsiyasini (tafsilotlarini ro‘yxatini) tuzish, himoya vositalarini amalga oshirish mexanizmlarni belgilovchi himoyalangan tizim arxitekturasining bazaviy prinsiplarini tanlash va asoslash jarayonlari bayon etilgan.
Zamonaviy texnologiya va dasturiy taʼminot sohasida maʼlumotlarni ulashishning eng qulay, tezkor va samarali uslubi shubhasiz internet va veb ilovalar hisoblanadi. Natijada, adiblar xiyobonidagi adabiyotimizning yirik namoyondalari ilmiy ijodini keng targ‘ib etish uchun veb ilovalarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.
92 - 1002372308-07-2026 -
PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISHDA PSIXOLOG KASBIY-ETIKAVIY TAMOYILLARGA AMAL QILISHINING AHAMIYATI
Nilufar RASULOVA, Dildorakhon ULMASOVA (Muallif)Bugungi kunda insonlarning psixolog hamdapsixoterapevtgamurojaatiyanahamommalashmoqda. Odamlar har kuni stressga tushiradigan, o’zi hal qilishi qiyin bo’lgan turli muammolar bilan to’qnash kelmoqdalar. Inson har doim ham o’zini qiynayotgan muammolarni yaqin insonlariga ayta olmagani bois psixologik xizmatga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham bugun yurtimizda ham psixologik xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirishha alohida e’tibor qaratilmoqda. xususan, Yoshlar ittifoqi muassisligda ham psixologik xizmat ko’rsatish markazlari tashkil etildi. vaziralar Mahkamasining 472-son 07.06.2019-yildagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra Respublikada bosqichma-bosqich reja asosida aholiga psixologik xizmat ko’rsatish sifatini oshirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilishi belgilab qo’yildi. Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatlarning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash uchun “Psixologik xizmat” konsepsiyasini yaratish, bolalar, kattalar ruhiyatidagi o‘zgarishlarni tezda aniqlash, bunga olib kelgan sabablarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida psixolog mutaxassislarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari huzurida “Psixologik xizmat ko‘rsatish labaratoriyalari”ni tashkil etish hamda ular uchun o‘quv va metodik adabiyotlar yaratilishini tashkil etish kabi chora tadbirlari ishlab chiqildi. Maqolada psixologik xizmat ko’rsatishning sifatli hamda samarali bo’lishi bevosita psixolog faoliyatiga bog’liqligi tadqiq etilgan. Psixolog faoliyatining samaradorligi uning shaxsiy sifalari, kasbiy malakasi hamda etikaviy tamoyillarga qanchalik amal qilgani bilan o’lchanadi. Etika masalasi psixologiyaning terapiya va tadqiqotlar bilan bog’liq bo’lgan sohasida muhimdir. Patsientlar bilan ishlash va psixologik tadqiqotlar o’tkazish turli xil axloqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Amerika psixologlar assotsiatsiyasining etikaviy kodeksi psixologiya sohasida ishlaydigan mutaxassislar ish jarayonida axloqiy dilemmalarga duch kelganda nima qilish kerakligi haqida yaxshiroq ma’lumotga ega bo’lishlari uchun ko’rsatmalar beradi. Etikaviy tamoyillar psixologlar duch keladigan ko’pgina holatlar va umumiy qoidalarni qamrab olish orqali ularni turli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishini ta’minlashga mo’ljallangan. Eng yuqori xulq-atvor standartlariga intilish har bir psixologning shaxsiy burchidir. Shuning uchun ham ushbu maqolada Amerika psixologlar assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 5 asosiy punktdan iborat psixologning etikaviy tamoyillari tizimli tahlil etiladi. Bundan tashqari turli olimlar ilmiy izlanishlari asosida psixologik maslahat jarayonida psixolog ega bo’lishi lozim bo’lgan shaxsiy sifatlar hamda kasbiy malakalar bayon etiladi.
192-2001932303-07-2026 -
DEZINFORMATSIYA AXBOROT PSIXOLOGIK TA’SIR USULI SIFATIDA (ZAMONAVIY XORIJIY TADQIQOTLAR ASOSIDA)
Azamat IBRAKHIMOV, Zuhra IBRAKHIMOVA (Muallif)Mazkur maqolada ayni vaqtda eng dolzarb muammoga aylangan – dezinformatsiya axborot psixologik ta’sir vositasi sifatidagi ilmiy xulosalar zamonaviy xorij tadqiqotlari asosida tadqiq qilingan. Ommaviy axborot vosita(OAv)lari tomonidan berib borilayotgan ma’lumotlar amalda o’z mazmunidan ajrab, ta’sir o’tkazish vositasiga aylanib qoldi. Hayotning nihoyatda jadal suratlari, OAvlari xabar qiladigan voqealarni o’rganishga vaqtning yo’qligi, ba’zida esa bu xabarlarni tahlil etishga shaxs malakasining yetishmasligi shunday holga keldiki, keng auditoriya materiallarni axborot kanallari qay tarzda taqdim etsa, shu zaylda qabul etmoqdalar. Maqolada «dizinformatsiya»ning media muhitda hosil qilinishi, tarqalishini va ularning kognitiv(bilish) jarayonlariga ta’sirini nazariy anglashga harakat qilingan. “Dezinformatsiy” (Misinformation) atamasini keng ma’nosini to’liq ochib berishga va shuningdek, uning inson ongiga qay darajada ta’sir qilishi va psixologik xususiyatlari tadqiq qilingan. Agar “dezinformatsiya” atamasini nazariy tadqiq etadigan bo’lsak - bu stilistik nuqtayi nazaridan haqiqiydek hosil qilingan xabar bo’lib, aslida esa qisman yoki to’liq yolg’on bo’lib, insonlarni manipulyatsiya qilish uchun hosil qiligan soxta xabarlardir. Yolg’on va haqqoniy xabarlar; vaqt va makon haqiqiyligi nuqtayi nazaridan ma’lumotning haqqoniyligi; yangiliklarning muallifi va manbasi nuqtayi nazaridan; xabarlardagi esga olinuvchi shaxslar nuqtayi nazaridan; yangilikni vujudga keltiruvchi psixologik maqsadlardan kelib chiqqan holda; «yangilik»ni qabul etilishi; dezinformatsion (feyk xabarlar) ma’lumotlarning natijasida inson kognitiv jarayonlari holati va o’zgarishi natijasida feyk xabarlar klassifikatsiyasini taqdim etaman deganidir. Maqolada internet manbaalar va turli OAv dan yaqqol misollar bilan keltirilgan. “Feyk xabarlar” ning oldini olish va ularni neytralizatsiya qilish uchun psixologik ma’lumotlar keltirilgan. Olingan natija va xulosalardan talabalar, psixolog va sotsiologlar, shuningdek, OAvlari xodimlari foydalanishlari ko’zda tutilgan. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi fеyk xabarlarning global miqyosda yoyilishiga keng imkon yaratmoqda va bu o’z navbatida axborot xavfsizligi sohasidagi tadqiqotlarning dolzarblgini oshirmoqda.
183-1922703203-07-2026 -
TA'LIM JARAYONIDA TEST TUZISHNING O'RNI
Dilbar KHASANOVA, Hugh CARTWRIGHT (Muallif)Deyarli har doim "test" so'zi deganda ko’z oldimizga to'rt yoki besh javobga ega savol gavdalanadi. O'quvchilarga test sinovlari topshirish haqida aytilganda, ular odatda bir nechta javobga ega savollarni tushunishadi. Aslida test deganda har xil savol shakllari orqali o'quvchilar bilimini tekshirishga aytiladi. Ushbu maqolada, O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyati tomonidan litsey va kollejlarning 2-kurs o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan oraliq test sinovlari haqida so’z boradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi - sinov savollarini o’rganib chiqish va agar ularning test jarayonlarida olingan natijalari sababi baholash printsiplari bilan bog'liq bo'lsa, ularning alternativ variantini taklif qilishdan iborat. Har ikkala oraliq testlar O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyatining mezonlariga asoslangan testlar sifatida ishlab chiqilgan. Tuzilgan testlar baholashga oson va aniq, shuningdek o'quv rejasiga asoslanganligi, hamda to’rt til kompetensiyasini tekshirishga mo’ljallangan bo’lganligi uchun, bu testni ishonchli va amaliy, testing to’rt prinsipidan ikkitasi rioya qilgan deb aytsak bo’ladi. Shuni aytish joizki, testing qolgan ikkita spetsifikatsiyasi, ya’ni ishlash uchun qulaylik hamda autentiklik darajasi test talablaridan, bizning fikrimizcha biroz uzoq. Garchi oraliq test sinov savollari to'rtta qobiliyatni tekshirishga qaratilgan bo'lsa-da, ushbu tadqiqot faqat talabalarga ishlashda qiyinchilik tug’diradigan qismini o’rganishga yo’naltirilgan, ya’ni o’qib tushunishni tekshirish qism savollarini rijojlantirishga. Maqolada yuqorida qayd etilgan test bo’limlari savollari tilshunos olimlar qarashlarini e’tiborga olgan va test prinsiplariga muvofiq bo’lgan holda tahlil qilinadi. Ingliz tili o'qituvchilari uchun ushbu test tahlili loyihasining ahamiyati shundaki, savollarni test prinsiplari va talablari asosida tuzilish, bo’lajak yoki kutilayotgan natijalarida muhim o’rin kasb etishini ko’rsaib beradi. Tushunarli bo'lishi uchun tayyor testlar va o'zgartirilgan variantlar o'rtasidagi farqlar quyidagi bosqichma bosqich test spetsifikatsiyalariga muvofiq tahlil qilinadi.
166-1742122403-07-2026 -
AYOLLAR HADIS ROVIYALAR SIFATIDA: ULARNING “SAHIHU-L-BUXORIY” TO‘PLAMIDAGI O‘RNI
Хабибулло САГДИЕВ, Дияра МИРЗАГАНИЕВА (Muallif)Ay oil ar ilk islom davrida diniy bilimlarni tarqatish va saqlashda muhim o‘rin egallagan, islom ta’limotining ajralmas qismiga aylangan, payg'amhar Muhammad (s.a.v.) hayotining asosli rivoyatlari bo‘Igan hadislarni o'rgatish hamda yetkazishda faol ishtirok etgan insonlar hisoblanishadi. Ularpayg ‘ambarning shaxsiy hayoti, ayollar bilan bo ‘Igan munosabatlari, hayotining kundalik jabhalari - ovqatlanish, marosimlarni o*tkazish, namoz, uyqu va oila munosahatlariga oid hadislarni yetkazishda muhim о ‘rin о ‘ynaganlar. Ayollar tomonidan rivoyat qilingan bu hadislar alohida ahamiyatga ega, chunki payg 'amhar hayotining ко p jabhalari ahli-ayollari uchun ochiq bo ’Isa, erkak sahobalar uchun to ’liq ma ’lumotga ega bo jmagan. Ularning ishtirokidagi eng muhim jihati shundaki, ayollar payg‘ambarning safarlarida va harbiyyurishlarida hamroh bo ‘lib, bu davrda nozil bo ‘Igan oyatlarni, shuningdek, uning so ‘zlari hamda ishlarini yod olish imkoniga ega ho ‘lishgan. В и voqealar ularning xotirasida saqlanib, kelajak avlodlar uchun muhim bilim manbalariga aylandi.
Oisha hinti Abu Bakr, Amra hinti Aburahmon, Zaynab binti Abu Salama, Hafsa hinti Sirin va hoshqalar kabi ilk musulmon ayollar о *z izdoshlariga diniy ilm olishga chinakam intilishlarini namoyon etdilar. Ular nqfaqat bilim olishga intilihgina qolmay, balki olgan hilimlarini faol ravishda saqlah qolishgan va о ‘tkazishgan, uni ma ’naviy amaliyotining hir qismiga aylantirganlar. Bu ayollar muslima ayol uchun ilm egallashi, uni qalhi va xotirasida saqlashi, shu orqali islom tarixida salmoqli iz qoldirgan betakror olima ayollar avlodini yaratishda naqadar muhim ekanliginingjonli namunasi bo ‘Idi.
Maqolada Imom al-Buxoriy muallifligidagi eng nufuzli hadislar to ‘plami “al-Jomi 'u-s-sahih "da roviy ayollarning о ‘rni tadqiq qilingan. Maqolada roviy ayollarning umumiy soni va ularning qisqacha tarjimai hollari ко 'rib chiqiladi: har hir roviya tomonidan rivoyat qilingan hadislar soni, shuningdek, ushhu roviyalar tomonidan rivoyat qilingan to ’plamdagi kitoblar (ho ’limlar)dagi hadislar adadi tahlil qilingan.55-663763512-05-2026
