- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ABUL MAOLIY MUHAMMAD IBN UBAYDULLOHNING “BAYONUL ADYON” ASARI – SHARQ QIYOSIY DINSHUNOSLIGI MANBASI SIFATIDA
Mumin Mirzo ABDUPATTAEV (Muallif)Mazkur maqola XI asrda Xurosonda yashagan olim Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh Husayniy Alaviyning fors tilidagi ilk qiyosiy dinshunoslik asari hisoblangan «Bayonul adyon» tahliliga bag‘ishlangan.
Muallif Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning hayoti haqida manbalarda ma’lumotlar cheklangan bo‘lsa-da, asarning mazmuni va unda keltirilgan ayrim ma’lumotlar olimning G‘aznaviylar saroyiga yaqin, jamiyatda yuksak mavqega ega va chuqur ratsionalistik tafakkurli olim bo‘lganini ko‘rsatadi. Asarda muallifning turli din va firqalarni xolis tahlil qilishi, ayniqsa, “73 firqa” hadisi asosida islomdagi guruhlarni tasniflash uslubi ko‘rib chiqilgan. Maqolada Abul Maoliyning o‘zi sunniy-hanafiy an’anasiga mansubligi asardagi fiqhiy va aqidaviy ishoralar orqali dalillangan.
Maqolada asarning qo‘lyozma nusxalari taqdiri, xususan, eronlik mashhur muarrix Abbos Iqbol Ashtiyoniy tomonidan amalga oshirilgan ilk tanqidiy nashr va keyinchalik Muhammad Taqiy Donishpajuh tomonidan asarning to‘liq nusxasi topilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar ham batafsil bayon etilgan. «Bayonul adyon» asari umumiy besh bobdan iborat bo‘lib, u nafaqat diniy ta’limotlar, balki XI asr musulmon dunyosining geografik va antropologik tasavvurlarini ham o‘zida aks ettiradi. Ayniqsa, muallifning turli xalqlar, jumladan, islomdan avvalgi turklar va hindlarning iloh haqidagi tasavvurlari borasidagi kuzatuvlari diqqatga sazovordir. Asar fors tilining eng go‘zal va nodir namunalaridan biri sifatida islom mazhablari tarixi (maqolot) an’anasida o‘chmas iz qoldirgan.
Shuningdek, “Bayonul adyon” asarining manbalari sifatida Abu Zayd Maqdisiy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Horun Varroq va Abul Hasan Muhammad ibn Yusuf Amiriy Nishopuriy kabi mutafakkirlarning asarlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot yakunida asarning besh bobdan iborat tarkibi, undagi islomdan oldingi dinlar (zardushtiylik, yahudiylik, nasroniylik) hamda g‘ayriilmiy da’volar bilan chiqqan soxta payg‘ambarlar haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati ochib berilgan.
43-492742624-07-2026 -
“AL-FIQH AL-ABSAT” ASARIDA AQIDAVIY MAVZULARNING YORITILISHI
Soatmurod PRIMOV (Muallif)Annotatsiya: Islom dini das flab Arabis ton yarim orolida paydo bo ‘Igan bo ‘Isakeyinchalikxulofoiroshidinlardavrida Fors va Shorn diyorlarigayetib bordi hamda о‘sha yerdagi mahalliy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘Idi. Umar (r.a.) davrida Fors mamlakati fath etildi. Shu qatorida Iroq hududlariga islom dini kirib bordi. Vaholanki, Iroq hududi - ikki daryo oralig'i qadimdan madaniyat markazlaridan biri hisoblanagan. В и mintaqada turli mill at va din vakil lari yashagan. Mahallaiy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘lishganidan keyin boshqa din va ta ’limoti vaikllari bilan muayyan e 'tiqodiy masalalar borasida turli ixtiloflar kelib chiqdi. Islom diniga mansub asosiy va dastlabki firqalar ham aynan Iroq hududida paydo bo ‘Igan. Xavorij, mo ‘tazila va shia kabi firqalar.
Hanqfiy mazhab asoschisi — I mom Abu Hanifa ham aynan mana shu zaminda yashagan va ijod qilgan. I mom Abu Hanifa ко ‘plab shogirdlariga fiqh va aqida imlarini о ‘rgatish barobarida о ‘sha vaqtda mavjud bo ‘Igan ко ‘plab firqa vakillari bahs-munozalar olib borgan hamda ahli sunna val jamoa aqidasni himoya qilgan. Manhalarda zikr qilinishicha Imom Abu Hanifa turli adashgan firqa vakillari bilan bahs-munozra qilish uchun yigirmadan ortiq marotaba Basra shahriga borgan. Imom Abu Hanifa aqoid ilmiga oid asarlarida ahli sunnaning sof e 'tiqodiy qarashlarni bayon qilish bilan birga adashgan firqalarga raddiyalar bergan. Mana shunday asarlaridan ibri "al-Fiqh al-absat" asari bo‘lib, savol-javoh shaklida aqidaviy masalalar bayon qilingan. Mazkur maqolada dastlab asarning muallifi borasidagi qarashlar tahlil qilingan. Shuningdek, bir nechta ulamolar nisbati berilgan yagona sharhi haqida muhim ma’lumotlar taqdim etilgan. “Al-Fiqh al-absat” asarida bahs yuililgan asosiy aqidaviy masalalar talqiniyoritib berilgan. Imom Abu Hanifa ко ‘plab о ‘rinlarda adashgan firqalaming noto ‘g‘ri aqidalariga raddiya berishda naqliy dalillar birga aqliy dalillarni keltirib о ‘tganini kuzatish mumkin. Asanring e’tiborlijihatlaridan biri uning savol-Javob shaklida yozilganligi. В и holat о 'quvchida aqidaviy masalalarni yanada tushunarli bo ‘lishiga va yodda qolishiga yordam beradi. Mazkur osar hanafiy mazhabiga oid dastlabki aqida matnlari sifatida e 'tirofetilgan.18-262913201-04-2026
