- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ҚУРЪОНИ КАРИМДАГИ «ИЛМ» СЎЗИ ВА УНИНГ ТАРЖИМАЛАРИ ҚИЁСИЙ ТАҲЛИЛИ
Bahrom DAMINOV (Muallif)Мақолада «илм» сўзи ва шу ўзакдан ясалган сўзларнинг Қуръони каримнинг ўзбек тилидаги учта таржимаси ва тафсири: Абдулазиз Мансур, Алоуддин Мансур ҳамда Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф томонидан амалга оширилган таржималардаги вариантлари, улар ўртасидаги ўхшашликлар ва фарқлар ҳамда ушбу вариантлар ичидаги энг мосроқ қўлланган сўзлар қиёсий таҳлил қилинган. Таҳлилда Қуръони карим оятларига динимизнинг етук уламолари қилган тафсирлар, ўзбек тилининг изоҳли луғати, шунингдек уламоларнинг оятлар борасида билдирган фикрлари асосида қисқача мулоҳазалар юритилган. Илм сўзи Қуръони каримда жуда кўп маротаба такрорланган бўлиб, ушбу мақолада асосан уларнинг 4 таси атрофида мулоҳаза билдирилган. Улар: «Тоҳо» сурасининг 52, «Нисо» сурасининг 166, «Аҳзоб» сурасининг 63, «Шуаро» сурасининг 112-оятларидир. Зеро, ушбу ояти карималарнинг ўзбек тилидаги таржималарида ўзига хос фарқланишларни кузатиш мумкин. Таҳлилдан кўзланган асосий мақсад бир таржимани мақтаб, бошқасини қоралаш эмас, балки таржима вариантлари ичидаги аслиятга ҳам шаклан, ҳам маънан мосроқ келадиганини аниқлашдан иборат. Қиёслашда аввал аслиятнинг арабий матни келтирилади, унинг кетидан учта таржимоннинг берган вариантлари келтирилиб, сўнгра улар таҳлил қилинади.
24-283062426-06-2026 -
O‘RTA ASR DINLAR TARIXIGA OID MANBALARDA YAHUDIYLIK OQIMLARI E’TIDOQLARINING AKS ETISHI
Mumin Mirzo Murodjon ugli ABDUPATTAYEV, Bibigulnar Amalbaevna ERBOSYNOVA (Muallif)Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri boʼlgan Yahudiylik taxminan mil.avv. 2-ming yillikda Misrda paydo boʼlgan. Ushbu din taʼlimotiga koʼra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay togʼida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Yahudiylikning muqaddas kitobi Tavrotga ko‘ra, barcha insonlar bir ajdoddan tarqalgan bo‘lib, Nuh payg‘ambar o‘g‘illari davrigacha odamlar o‘rtasida irqiy kamsitish bo‘lmagan. An’anaviy yahudiy tushunchasiga ko‘ra, Nuh payg‘ambarning Xom, Som va Yofas ismli uchta o‘g‘li bor edi. Ularning har biri bir xalqning ajdodlariga aylandi. Xom xomiylar (qora tanlilar)ning ajdodi, Som somiylar (arab va yahudiylar)ning ajdodi, Yofas esa ajamlarning ajdodi edi. Ular orasida Som va uning nasl-nasabi boshqalardan ajralib turgan. Som avlodidan bo‘lgan Abar Ibrohim payg‘ambarning katta bobosi edi. Shuning uchun Ibrohim payg‘ambar ibroniy (ibri) ya’ni “Abar avlodi” deb atalgan va u gapiradigan til ibroniy (ivrit) deb nomlangan.
Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va paygʼambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik oʼzaro birlashib ketgan boʼlib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas. Barcha dinlarda boʼlgani kabi yahudiylikda ham uzoq tarixiy taraqqiyot davomida ichki boʼlinishlar yuzaga kelgan.
O‘rta asrlarda faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy kabi musulmon dinshunos olimlarining dinlar tarixiga oid asarlarida milliy din hisoblangan yahudiylik dini doirasida paydo bo‘lgan oqimlar e’tiqodlari ham zikr qilingan. Bunda olimlar “73 firqa hadisiga” tayanishgan. Oqimlar aqidasi esa ularning Tavrot va “xaloskor” (Messiah, Meyshah)ga bo‘lgan ishonchlari asosida yoritilgan.
Ushbu maqolada o‘rta asr manbalari asosida yahudiylik oqimlari e’tiqodlarining o‘xshash va farqli jihatlari tahlil etilgan.
78-852462318-07-2026 -
“ТАНҚИҲ АЛ-УСУЛ” АСАРИ ВА УНИНГ ШАРҲИДА МУАЛЛИФ МАҲОРАТИ
Nematullo NASRULLAEV (Muallif)Ушбу мақолада Убайдуллоҳ ибн Масъуд Садр аш-шариъа қаламига оид “Танқиҳ ал-усул” ва унинг шарҳи “Ат-Тавзиҳ фи ҳалли ғавамиз ат-Танқиҳ” ҳақида сўз боради. Бу асарлар ислом дунёсида машҳур бўлиб, фиқҳ усули бўйича ишончли матн ҳисобланади. Садр аш-шариъа мазҳаб қарашлари марказида ҳанафийлар уч имоми – Абу Ҳанифа, Абу Юсуф ва Муҳаммад Шайбоний ғоялари ётади. Асар ҳанафий ва шофеъий мазҳабига хос муштараклик билан баён этилган.
Садр аш-шариъа манба сифатида Фаҳрул ислом Баздавийнинг “Усул”, Фахруддин Розийнинг “ал-Маҳсул”, Ибнул Ҳожибнинг “Усули Ибнул Ҳожиб” асарларидан фойдаланган.
“Танқиҳ” ва унинг шарҳи “Тавзиҳ” усул, мантиқ ва тил қоидаларига мувофиқ тартибланган. Унда айрим тасаввуф ва фалсафий масалалар ҳам зикр этилган. Бу икки матн Имом Аъзам ва унинг мазҳабини мудофаа этишга қаратилган. Садр аш-шариъа шофеъий олими Фахруддин Розийни чиройли услуб билан танқид қилади. Ибнул Ҳожиб ҳақида сўз юритишда унга мўътадил ёндашади. Умуман бировга қарши фикр билдиришда унга самимий тилаклар изҳор этиб, рақибининг хатосига узур қидирган ҳолда нозик иборалар билан мунозаларга интилади. Садр аш-шариъа усул таркибларидан бўлган фиқҳни таърифлар экан, Абу Ҳанифанинг таърифини афзал кўрган. Уни бошқа илмлардан ҳоли этиш учун “амал хусусида” иборасини қийл ўлароқ зикр этган.
Бир илмнинг бирдан ортиқ мавзуси бўлиши мумкинми? Баҳс-мунозарасига Садр аш-шариъа ҳам киришган. Мовароуннаҳр машойихларига кўра, усули фиқҳ фақат фиқҳ билан боғланган илмдир. Калом, мантиқ ва фалсафа билан ҳеч алоқаси йўқ. Бу мавзуда ўлка машойихларидан фарқли фикрлаган Садр аш-шариъа, мутлақ эмас, балки нисбий бир илмнинг бирдан ортиқ мавзуда бўлишини инкор этмайди. Садр аш-шариъа бу мавзуда Абу Ҳомид Ғаззолийдан таъсирланган.
Садр аш-шариъа, ҳукмни шаръий ва ғайри шаръий икки турга бўлади. Унга кўра, “Ҳукм ақлга эмас ҳукм қилувчига муҳтож, ҳоким эса Аллоҳдир”. Рухсат – масаласини: айни ҳақиқий, ҳақиқий, мажозий ва айни мажозий деб тўртга тақсим этиб, уни кенг ёритиб беради. Муаллиф матн ва унинг шарҳида яна бир қатор масалаларга кириб боради.
Демак, “Танқиҳ ал-усул” ва унинг шари ҳанафий мазҳаби асосида аралаш методга кўра ёзилган. Садр аш-шариъа асар таснифида Баздавий, Розий ва Ибнул Ҳожибларнинг усул китобларига таянган. Муаллиф томонидан бу матнлардаги ўхшашлик ва фарқлилик, янгилик ва такрорлар муқояса йўли билан таҳлил этилган. Ўз ўрнида мазкур матнларга қатор шарҳ, ҳошия, таржима ва таълиқалар битилган. Матн ва унинг шарҳи узоқ йиллар мадрасаларда ўқитилиб келинмоқда.
13-212562317-07-2026 -
OVQATDAGI KASHRUT VA HALOL MASALASIDA YAHUDIYLIK VA ISLOM DININING XUSUSIYATLARI
Aziza QURBONOVA (Muallif)Dinlarning asosiy omillaridan biri oziq-ovqat tizimi bo’lib, u geografik, tarixiy, ijtimoiy va madaniy kabi ko’plab jihatlarni qamrab oladi. Umuman dinga qiziqish ortib borayotgan bir sharoitda anʼanaviy diniy
konfessiyalarning samoidentifikatsiyasi, jumladan, diniy jamoalarning birligi va yaxlitligini qoʻllab-quvvatlovchi meʼyoriy mexanizmlarni aniqlashtirish masalalari ayniqsa dolzarb boʻlib qoldi. Har qanday etnik guruhning ovqatlanish tartibi oziq-ovqat uchun ishlatiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, mahsulotlarni tayyorlash va saqlash usullari, ulardan tayyorlanadigan taomlarning navlari, oziq-ovqatning etnik o’ziga xosligi, ular bilan bog’liq urf-odatlar, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va pishirish usullari, oziq-ovqat cheklovlari, taqiqlar va afzalliklar, ovqatlanish tartibi va ovqatlar tayyorlanadigan va iste’mol qilinadigan joylar, oziq-ovqat mahsulotlarining milliy xususiyatlari va an’analaridan iborat.
Islom va yahudiylik kabi dinlarda oziq iste’moli qaysidir ma’noda o’xshashdir. Islomda, shuningdek, yahudiylik (iudaizm) dinlarida oziq-ovqat alohida o’rin tutadi va bu xalqlarning ovqatlanish madaniyati ularning diniy manbalarida bayon etilgan ko’plab me’yorlar bilan tartibga solinadi. Shunga qaramay, ushbu dinlar e’tiqodchilarining ovqatlanish madaniyatida diniy omilning rolini har tomonlama va muvofiqlashtirilgan o’rganish haligacha amalga oshirilmagani ushbu yo’nalishdagi tadqiqotlarning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada islom va yahudiylik dinlaridagi asosiy oziq-ovqat ko’rsatmalarini, ularning paydo bo’lishi va rivojlanishi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot mavzusi dolzarb va ilmiy ahamiyatga ega, chunki oziq-ovqat ko’rsatmalari diniy tizimlarning muhim tarkibiy qismidir. Turli e’tiqodlarning ovqatlanish madaniyatini tahlil qilish ular o’rtasidagi bog’liqlik, o’xshashlik va farqli jihatlarini topishga imkon beradi, bu umuman dinni, xususan, uning jamiyatda faoliyat ko’rsatish mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Tadqiqotning maqsadi – islom va yahudiylikda ovqatlanish madaniyatidagi diniy omilni tahlil qilishdir. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi: islom va yahudiylik dinlarida iste’mol madaniyatiga oid birlamchi tushunchalarni aniqlash, din va ovqat iste’mol qilish madaniyatini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini aniqlash, taqqoslash, diniy an’analarda halol va kashrutning umumiy tamoyillarini tadqiq qilishdir.
78-882352218-09-2026 -
JEWS’ ENTRY INTO CENTRAL ASIA AND THE FORMATION OF JEWISH DIASPORA
Jamaliddin KARIMOV (Muallif)Since ancient times, the territory of Central Asia, particularly Uzbekistan, has become an abode for representatives of various nations and nationalities, which lived under the same sky and have become an integral part of our homeland. Among them should be noted the Jewish community. The article is devoted to analysis of views on the appearance of Jews in the Central Asia, formation, characteristics and social life of Jewish communities. Also are disclosed relationships of the Jews with local people (Persians, Tajiks, Uzbeks, and others.), customs, and rites, the similarities and differences in the costumes.
1851826-06-2026 -
QIROATLARDAGI MUTAVOTIRLIK SHARTLARI BORASIDAGI QARASHLAR TAHLILI
Sirojiddin SHODMONOV (Muallif)Mazkur maqolada mutavotir qiroat tushunchasi, ta 'rifi va bu boradagi ulamolarning qarashlari tadqiq qilingan. Keltirilgan qarashlar orasidagi farqli va о ‘xshash jihatlar tahlil hamda ulardan kelib chiqadigan xulosalar taqqoslash asosida о ‘rganib chiqilgan. Qur ’on qiroatlarining sahih deb e ’tirofetilishi uchun talab qilinadigan uchta asosiy shartlarning oxirgisiga oid qarashlardagi ixtilofning sahablari va bu boradagi tadqiqotchi hamda olimlarningfikrlari bayon qilingan.
Shu bilan bir qatorda, Ibn Mujohidning "Kitobus sab 'a ” asari atrofidagi fikrlar va qarashlar, mazkur asarda keltirilgan qiroatlarning "yetti half” hadisiga aloqasi bar yoki yo ‘qligi kabilar fundamental asarlar va zamonaviy tadqiqot hamda tahqiqlar asosida tahlil qilingan.
Bundan tashqari, "yetti harf” hadisi aynan yetti qiroatni anglatmasligi, bu tushuncha na hadis matnida na islom ulamolarining asarlarida zikr qilinmagani, insonlar о ‘rtasida buxato tushunchaning shakllanishiga ta ’sirqilgan asosiy omillardan biri Ibn Mujohidning "Kitobus Sab ’a ” asari hisoblanishi, ushbu asar faqat yetti qiroat bilan cheklanganligi va uning keng shuhrat qozonishi natijasida, oddiy insonlar orasida ushbu yetti qiroat hadisda kelgan "yetti harf” degan asossiz xulosalarga kelinishiga sabab bo jgani bayon qilingan.30-382932918-05-2026
