Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ЁШЛАРНИ БУЗҒУНЧИ ҒОЯЛАРДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШДА ТАРБИЯНИНГ ЎРНИ

    Durbek A. RAKHIMDJANOV (Muallif)

    Бугунги глобаллашув даврида ёшларни ватанга садоқат, миллий ва диний қадриятларга ҳурмат руҳида тарбиялаш учун уларни аждодларимиздан қолган бой маънавий меросдан унумли фойдаланган ҳолда тарбиялаш зиёлилар олдида турган долзарб вазифалардан ҳисобланади. Бунинг учун ёзма манбаларда акс этган ҳикматлар, тўғри ҳаётий кўрсатмалар билан бирга инсоннинг ички дунёсини ўрганиш, психологик ҳолатини ҳисобга олиш ҳам муҳим ўрин тутади. Мақолада мамлакатимизда ёшларнинг турли деструктив оқимлар таъсирига берилиб қолмасликлари учун ҳаётнинг илк остонасидан бошлаб уларга бериладиган билимларнинг инсон камолотига қаратилган бўлиши, уларда мустақил равишда ахборотларни қабул қилиш, қайта ишлаш, саралаш, яхшисини ёмонидан ажрата билиш малака ва кўникмаларини шакллантириш учун нималарга эътиборни қаратиш лозимлиги ҳақида сўз боради. Хусусан, ёшларда атроф-муҳитга, ота-она ва қадрдонларга нисбатан меҳр кўрсата билиш фазилатини шакллантириш учун уларга ҳаётга теран назар ташлаш, дунёдаги ҳар бир воқеа-ҳодисага ҳикмат назари билан қараш кўникма ва малакаларини шакллантиришга асосий эътибор қаратилган. Шунингдек, кейинги йилларда мамлакатимизда ёшларга қаратилаётган эътибор, уларнинг ҳақиқий инсон бўлиб етишишлари, кун сайин ўзгариб бораётган дунёдаги тараққиёт олдида барча талабаларга рақобатбардош бўлиб вояга етишлари учун кўрсатилаётган ғамхўрлик ёрқин мисолларда кўрсатиб ўтилган. Жумладан, турли ёт ғоялар таъсирига берилиб, ўз юртини ташлаб дунёнинг “қайноқ нуқталари”га йўл олган, бундай ношукурчилик оқибатида қилган қилмишининг жабрини кўрганидан сўнг ўз ишидан пушаймон бўлган кишиларнинг юртимизга қайтарилиши, уларга кўрсатилган меҳр ва ғамхўрлик мисоли бўлган “меҳр” операцияларининг моҳияти ҳақида тўхталиб ўтилган. Мақолада нотўғри йўлга адашиб кириб қолган кишиларни ижтимоий реабилитация қилиш, уларни қайта тарбиялаб, жамиятнинг фаол аъзосига айлантириш учун нималарга эътибор бериш лозимлигига асосий эътибор қаратилган. Бунда давлат органлари, маҳалла ва умуман, шу инсон билан боғлиқ барчанинг масъул экани кўрсатилган. Бу масалада хорижий тажриба нималарни кўрсатиши ёритиб берилган. Экстремистик гуруҳлар ўзларининг бузғунчи ғояларига кишиларни эргаштириш учун қандай усуллардан фойдаланиши мақолада яққол мисоллар билан келтириб ўтилган. Уларнинг бу каби найрангларига қандай йўл билан қарши туриш мумкинлиги, бу каби салбий таъсирларга берилган кишиларни бу йўлдан қандай қилиб олиб чиқиш мумкинлиги мақоланинг кульминацион нуқтасини белгилайди. Диний манбалар, Қуръон оятларини ўз манфаатлари йўлида бузиб талқин этаётган гуруҳларнинг асл мақсадлари нима-ю, уларнинг иддаолари нималардан иборат эканлиги кўрсатиб ўтилган

    26-34
    261
    26
    04-07-2026
  • ISLOM TA’LIMOTIDA INSON SALOMATLIGI VA MUSULMON MAMLAKATLARIDA SHIFOXONALAR EVOLYUTSIYASI

    Lazizaxon Abbasovna ALIDJANOVA, Lazzat Kasymbekovna RYSBEKOVA (Muallif)

    Jahonda sodir bo‘layotgan global jarayonlar insonning ruhiy va jismoniy salomatligi masalasiga uyg‘un holda yondashuvni talab etmoqda. Zamonaviy tibbiyot amaliyotida diniy ta’limotlarga asoslangan tibbiy-ruhiy muolajalar orqali mavjud muammolarga yechim topish mumkin. Jahon dinlaridan hisoblangan xristianlik va islom ta’limotida ko‘p mingyillik tarix davomida insonning nafaqat ma’naviy, balki tibbiy salomatligi masalasini ham tartibga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va ular hayotga tatbiq qilib kelinmoqda. 2020-yil dunyoda yuz bergan COVID-19 bilan bog‘liq pandemiya sharoitida tibbiy muolaja bilan birgalikda, ruhiy-psixologik davolash jarayonlarining ommalashuvi diniy tibbiyotning ahamiyatini oshirdi. Shu jihatdan, ularning inson salomatligi masalalariga doir e’tiqodiy-ijtimoiy asoslarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.


    Islom ta’limotiga ko‘ra, har bir inson o‘z umri davomida bir qancha sinovlardan, jumladan, hosildorlik, qurg‘oqchilik, befarzandlik, boylik va boshqa yo‘llar bilan sinovdan o‘tadilar. Alloh tomonidan yuborilgan eng katta sinovlardan biri bu inson salomatligi va bemorligidir. Bu kabi sinovli kasalliklardan biri vabo bo‘lib, bu kasallik insoniyat tarixida katta jamiyatlarga ulkan tahdidlar solgan. XXI asrga kelib, Yer yuzida katta xavf solgan COVID-19 ham shu kabi vabo kasalligidandir. Shunga ko‘ra 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4668-son Prezident qarorida “Salomatlik, osoyishtalik, insonlarga qaratilgan tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatishni ta’minlash, tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan yalpi qamrab olishni kengaytirish hamda iste’molchilarga o‘z sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish borasida ongli tanlov uchun imkoniyatlar yaratishda xalq tabobatining salohiyatidan foydalanish” belgilab qo‘yildi.


    Islom ta’limotida inson hayoti davomida uchraydigan barcha muammolarning yechimi ochiq bayon etilgan. Shuningdek, kasallik Alloh tomonidan berilganidek, uning shifosi va davosini ham Alloh taoloning o‘zi beradi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: “Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning o‘zi” (Shuaro surasi, 80-oyat). Shuningdek, kasallikdan saqlanish usullari ham Muhammad (s.a.v.) tomonidan Tibb an-Nabaviyda ochiq yoritib berilgan. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.)dan shunday deyayotganini eshitdim: “Idishlarning ustini yopib qo‘yinglar, suv meshlarni og‘zini mahkamlanglar, chunki yilning bir kechasida vabo tushadi. U usti yopilmagan idishlar va og‘zi ochiq meshlarga albatta tushadi” (Imom Muslim va imom Bayhaqiy rivoyati).


    Ushbu maqolada islom ta’limotida inson salomatligi va musulmon mamlakatlarida shifoxonalar tarixi va evolyutsiyasi jarayonlari tadqiq etilgan.


     

    47-58
    257
    22
    18-07-2026
  • MUSULMON MAMLAKATLARIDA AHOLINI DERADIKALIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN FATVOLARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLINI ILMIY-USLUBIY O‘RGANISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI

    Bakhromjon MAMADIEV (Muallif)

    Maqolada musulmon mamlakatlarida aholini deradikalizatsiya qilishda qo‘llaniladigan fatvolarning tartibga soluvchi rolini ilmiy-uslubiy tadqiq qilish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot ob’ekti – Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni Podshohligi ulamolari tomonidan aholi ongini deradikalizatsiya qilishga qaratilgan fatvolar va predmeti – fatvolarni tartibga soluvchi roli va qo’llash jarayonlari.


    Mavzuni o’rganish tarixiy, teologik, huquqiy, ijtimoiy-psixologik va siyosiy jihatlarni taqdim etadi va qo’yilgan vazifalarni hal qilish uchun bir qator ilmiy yondashuv va usullarni talab qiladi. Teologik va akademik yondashuvlarni qo’llashning ahamiyati asoslanadi.


    Teologik yondashuvga ko’ra, ijtimoiy va boshqa barcha jarayonlar ilohiy nuqtai nazardan izohlanadi. Shuning uchun, asosan, jamiyatning real hayoti emas, balki diniy manbalarning tegishli normalari o‘rganiladi. Bu ilmiy yondashuv islom hukmlari va ularning asosiy tarkibiy qismlarini o‘rganishda qo‘l keladi. Tanlangan fatvoning har bir asosi – sura, Qur’on oyati, hadis yoki nufuzli ulamolarning xulosasi avvalo, diniy nuqtai nazardan tahlil va ko’rib chiqilishi kerak. Ammo, agar tadqiqot teologik jihat bilan bir qatorda tadqiqot ob’ekti va predmetining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa xususiyatlarini o’rganishni talab qiladigan radikallashuv muammosini nazarda tutsa, bu yondashuv amaliy xulosalar bermaydi. Shunday qilib, ilohiy yondashuv bilan bir qatorda akademik islomshunoslik yondashuvlarini ham qo‘llash muhim ahamiyatga ega.


    Fatvolarning umumiy shakllari, turlari, munosabatlari, qoida va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ularning shakllanishi, qo‘llanilishi va samaradorligi bo‘yicha to‘plangan tajribalarni o‘rganuvchi qiyosiy metod ushbu tadqiqotning ilmiy-uslubiy asosining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usul fatvolarning oʻxshash shakllarini, shuningdek, oʻrganilayotgan har bir davlatning holati va sharoitiga qarab farqlarini ochib beradi.


    Fatvolarni shakllantirish xususiyatlarini aniqlash uchun genetik usulni qo’llash kerak, ya’ni, ijtimoiy hodisalarni ularning rivojlanishini tahlil qilish asosida o‘rganish usuli. Ushbu ilmiy usulni qo’llashning ahamiyati birlamchi muammoni - ma’lum bir diniy masala bo’yicha paydo bo’lgan tushunmovchilik yoki nizoni aniqlash zaruratidadir.Fatvoning muhim tarkibiy qismi Qur’on me’yorlari, sunnat va nufuzli ulamolar xulosalariga tayanish bo’lib, chuqur tahlil qilish uchun rivoyat, mazmun tahlili usullarini, shuningdek, empirik yondashuvni qo’llash maqsadga muvofiqdir.

    46 - 55
    438
    25
    06-07-2026
1 - 3 from 3

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling