- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ABU ISO TERMIZIYNING AQIDA VA FIQHDAGI MAZHABI
Ahmad SAAD Al-DAMANHURI (Muallif)Ushbu maqola “as-Sunan” nomi bilan mashhur boʻlgan “Jome” kitobining muallifi Imom Abu Iso at-Termiziy shaxsiga bagʻishlangan boʻlsa-da, unda asosan olimning aqidaviy va fiqhiy qarashlari borasidagi haqiqatini ochib berishga e’tibor qaratilgan. Bunda ba’zilar tasavvur qilganidek, Imom Termiziy qarashlari Ahli Sunnaga zidmi yoki yo’qmi degan savolga javob izlangan.
Mazkur jihatlar maqolada uch band asosida ko’rib chiqilgan. Birinchi band “Imom Termiziyning ilmdagi maqomi va “al-Jome’ as-Sahih” kitobining ahamiyati” deb nomlanadi. Bu bandda Imom Termiziyning maqomiga ta’rif berilib, undan meros qolgan “Jome’” kitobining ahamiyati ochib berilgan.
“Imom Termiziyning aqidasi” nomli ikkinchi bandda Imom Termiziyning ahli hadis mazhabida bo’lgani ta’kidlangan. Bu bandda olim ba’zi oyatlarni ta’vil qilish yo’lidan borgani ochib berilgan bo’lib, bu Ahli Sunnaning ham yo’li hisoblanadi. Shuningdek, Imom Termiziyning gunohi kabira qilgan kishi, imon masalasi hamda amal imonning kamolot sharti ekani borasidagi qarashlari Ahli sunnaga muvofiqdir.
“Imom Termiziyning fiqhi” deb nomlangan uchinchi bandda olimning fiqhiy masalalar borasida tutgan yo’li o’rganib chiqilgan. Bu o’rinda Imom Termiziyning hadis va fiqhni jamlagan olim bo’lgani, lekin hadis ilmiga ko’proq e’tibor qaratgani, sahoba va tobeinlarning fiqhga doir so’zlarini, mazhablarning dalillarini naql qilgani va ular orasidan ba’zilarini afzal bilgani ko’rsatib berilgan.
Tadqiqot so’ngida Imom Termiziy Abu Hanifa va Shofeiylar kabi mutlaq mustaqil mujtahid emas, balki hadisga tayanib tarjih qila oluvchi mujtahid olim bo’lgani to’g’risidagi xulosaga kelingan. So’ngra natijalar birga muhim fikr va xulosalar ham taqdim qilingan.
4 - 9462106-07-2026
