- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
“РАБИЪУЛ-АБРОР” АСАРИДАГИ ҲАДИСЛАРНИНГ АСОСЛИЛИГИ
Bakhodir PIRMUKHAMEDOV (Muallif)Zamaxshariy o'z zamondoshlari, hattoki, o'zidan keyin kelgan olimlar orasida peshqadam va zamonaviy olim edi. U arab kutubxonasini islom ilmlarining turli yo'nalishlariga oid bebaho asarlari bilan boyitdi. Zamaxshariyga zamondoshlari va undan keyin ijod qilgan olimlarning tomonidan qilingan tanqid va malomatlar allomaning ilmiy o'rni va muvaffaqiyatidan dalolat qiladi.
Zamaxshariy o'z asarlarida o'ziga xos yo'l tutgan, u o'z fikri q qadrlanishi va mantiqiy natijalarga erishish uchun axloqiy va didaktik ahamiyatga ega bulgan. Uning ko'pgina asarlari hadis, she'r va aforizmlardan ko'plab iqtiboslarni o'z ichiga oladi. Allomaning hadis ilmiga xos asarlari bo'lib, ulardan biri - “al-Foiq fi g'aribi-l-hadis” asaridir. Asar g'arib hadislar uchun eng muhim lug'atlaridan biridir. Hadis ilmining mukammal bilishi, bizni u ko'pgina asarlarida “zaif” va “mavzu” hadislarga tayanadi deydiganlarga qarshi turishga chorlaydi. Ularga javob berish uchun odob-axloq kitoblari sarasidagi muhim kitoblardan hisoblanuvchi “Rabi'u-l-abror va nususu-l-axyor” kitobidagi namunalar asosida izlandik. Alloma bu asarini hadis nabaviy, sahoba, tobe'in, shoir va donishmandlarning fikrlari asosida yaratgan.
31-3714718-07-2026 -
MUSULMОN DINSHUNОSLIGIDА ISRОILIYОT QISSАLАRINING TАDQIQ ETILISHI
Dilorom MUMINJONOVA (Muallif)Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, maʼrifiy tarixini o‘z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. Dinshunoslik fanining yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr Sharqida ham alohida o‘rganilgan va bu fanning ilk asoschilari aynan Sharq zaminidan yetishib chiqqan. Sharq musulmon jamiyatida, dinlarni qiyosiy o‘rganishdagi omillardan biri, rost va yolg‘on xabar va rivoyatlarni ajratish hisoblangan. Bu borada ikki xil qarash mavjud bo‘lib, birinchi qarashga ko‘ra, islom dinini haq din ekanligini isbotlash bo‘lsa, keyingi qarashga ko‘ra, islom dini,xususan, Qur’on tafsirlari va hadislarga kirib kelgan isroiliyot rivoyatlarini tekshirish, ularning ishonchliligini aniqlash uchun yahudiylik va xristianlik manbalari o‘rganilgan. Shu sabablarga asoslangan holda, musulmonlar tomonidan yozilgan asarlarda isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada Qur’on tafsirlari va hadislarni kengroq sharhlash maqsadida yahudiylik va nasroniylik manbalari asosidagi isroiliyot qissalarining kirib kelish sabablari o‘rganilgan. Isroiliyot qissalarining islom dini manblariga kirib kelishining asosiy sababi, Qur’onda zikr etilgan qissalarni kengroq o‘rganish va tahlil qilish hisoblangan. Sahobalar davrida isroiliyot rivoyatlari, Qur’onda keltirilgan qissalarni kengroq tushunish uchun Madinada istiqomat qiluvchi yahudiy va nasroniylardan yoki islom dinini qabul qilgan, dastlab e’tiqod qilgan dinlarining muqaddas manblaridan xabardor bo‘lgan musulmonlardan so‘rab o‘rganishlik natijasida kirib kelgan. Tobeinlar davriga kelib, ishonchsiz xabarlar va qissalardan foydalanish natijasida, keyinchalik barcha isroiliyot roviylari tomonidan rivoyat qilingan qissalardan foydalanilgan tafsirlar ishonchlilik darajasini yo‘qotgan. Ammo, bunga qaramasdan yahudiylik, xristianlik va islom dinlarning asosi va ildizlari bir bo‘lganligi sababli, ushbu dinlarning muqaddas manbalarini qiyosiy tahlil etishda isroiliyot qissalari muhim hisoblanadi.
Musulmon olimlari tomonidan isroiliyot qissalari uch qisimga ajratilgan:
- Mavquf xabarlar. Ularning sahihligi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) hadislari orqali tasdiq etilgan bo‘lib, bunga misol sifatida Qur’ondagi Muso payg‘ambar bilan solih kishi qissasidagi shaxsning Xizr payg‘ambar ekanligi Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda keltirilgan.
- Sukut qilinadigan xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma'lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va ibrat uchun hikoya qilingan. Lekin ularning sahihligiga iymon keltirilmaydi, yolg‘onga ham chiqarilmaydi.
- Inkor etiladigan xabarlar. Bunday xabarlar islom dini aqidasiga zid kelganligi sababli bunday rivoyatlar tasdiq etilmaydi. Bunga misol sifatida, Iso payg‘ambarning xochga mixlangani haqidagi rivoyat.
Maqolada, shuningdek, Qur’on tafsirlarida keng foydalanilgan, isroiliyot qissalari va ularni rivoyat qilgan roviylar haqida ma’lumot berilgan. Bir necha isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
49-585116-09-2026 -
DEZINFORMATSIYA AXBOROT PSIXOLOGIK TA’SIR USULI SIFATIDA (ZAMONAVIY XORIJIY TADQIQOTLAR ASOSIDA)
Azamat IBRAKHIMOV, Zuhra IBRAKHIMOVA (Muallif)Mazkur maqolada ayni vaqtda eng dolzarb muammoga aylangan – dezinformatsiya axborot psixologik ta’sir vositasi sifatidagi ilmiy xulosalar zamonaviy xorij tadqiqotlari asosida tadqiq qilingan. Ommaviy axborot vosita(OAv)lari tomonidan berib borilayotgan ma’lumotlar amalda o’z mazmunidan ajrab, ta’sir o’tkazish vositasiga aylanib qoldi. Hayotning nihoyatda jadal suratlari, OAvlari xabar qiladigan voqealarni o’rganishga vaqtning yo’qligi, ba’zida esa bu xabarlarni tahlil etishga shaxs malakasining yetishmasligi shunday holga keldiki, keng auditoriya materiallarni axborot kanallari qay tarzda taqdim etsa, shu zaylda qabul etmoqdalar. Maqolada «dizinformatsiya»ning media muhitda hosil qilinishi, tarqalishini va ularning kognitiv(bilish) jarayonlariga ta’sirini nazariy anglashga harakat qilingan. “Dezinformatsiy” (Misinformation) atamasini keng ma’nosini to’liq ochib berishga va shuningdek, uning inson ongiga qay darajada ta’sir qilishi va psixologik xususiyatlari tadqiq qilingan. Agar “dezinformatsiya” atamasini nazariy tadqiq etadigan bo’lsak - bu stilistik nuqtayi nazaridan haqiqiydek hosil qilingan xabar bo’lib, aslida esa qisman yoki to’liq yolg’on bo’lib, insonlarni manipulyatsiya qilish uchun hosil qiligan soxta xabarlardir. Yolg’on va haqqoniy xabarlar; vaqt va makon haqiqiyligi nuqtayi nazaridan ma’lumotning haqqoniyligi; yangiliklarning muallifi va manbasi nuqtayi nazaridan; xabarlardagi esga olinuvchi shaxslar nuqtayi nazaridan; yangilikni vujudga keltiruvchi psixologik maqsadlardan kelib chiqqan holda; «yangilik»ni qabul etilishi; dezinformatsion (feyk xabarlar) ma’lumotlarning natijasida inson kognitiv jarayonlari holati va o’zgarishi natijasida feyk xabarlar klassifikatsiyasini taqdim etaman deganidir. Maqolada internet manbaalar va turli OAv dan yaqqol misollar bilan keltirilgan. “Feyk xabarlar” ning oldini olish va ularni neytralizatsiya qilish uchun psixologik ma’lumotlar keltirilgan. Olingan natija va xulosalardan talabalar, psixolog va sotsiologlar, shuningdek, OAvlari xodimlari foydalanishlari ko’zda tutilgan. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi fеyk xabarlarning global miqyosda yoyilishiga keng imkon yaratmoqda va bu o’z navbatida axborot xavfsizligi sohasidagi tadqiqotlarning dolzarblgini oshirmoqda.
183-19226603-07-2026 -
TA'LIM JARAYONIDA TEST TUZISHNING O'RNI
Dilbar KHASANOVA, Hugh CARTWRIGHT (Muallif)Deyarli har doim "test" so'zi deganda ko’z oldimizga to'rt yoki besh javobga ega savol gavdalanadi. O'quvchilarga test sinovlari topshirish haqida aytilganda, ular odatda bir nechta javobga ega savollarni tushunishadi. Aslida test deganda har xil savol shakllari orqali o'quvchilar bilimini tekshirishga aytiladi. Ushbu maqolada, O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyati tomonidan litsey va kollejlarning 2-kurs o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan oraliq test sinovlari haqida so’z boradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi - sinov savollarini o’rganib chiqish va agar ularning test jarayonlarida olingan natijalari sababi baholash printsiplari bilan bog'liq bo'lsa, ularning alternativ variantini taklif qilishdan iborat. Har ikkala oraliq testlar O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyatining mezonlariga asoslangan testlar sifatida ishlab chiqilgan. Tuzilgan testlar baholashga oson va aniq, shuningdek o'quv rejasiga asoslanganligi, hamda to’rt til kompetensiyasini tekshirishga mo’ljallangan bo’lganligi uchun, bu testni ishonchli va amaliy, testing to’rt prinsipidan ikkitasi rioya qilgan deb aytsak bo’ladi. Shuni aytish joizki, testing qolgan ikkita spetsifikatsiyasi, ya’ni ishlash uchun qulaylik hamda autentiklik darajasi test talablaridan, bizning fikrimizcha biroz uzoq. Garchi oraliq test sinov savollari to'rtta qobiliyatni tekshirishga qaratilgan bo'lsa-da, ushbu tadqiqot faqat talabalarga ishlashda qiyinchilik tug’diradigan qismini o’rganishga yo’naltirilgan, ya’ni o’qib tushunishni tekshirish qism savollarini rijojlantirishga. Maqolada yuqorida qayd etilgan test bo’limlari savollari tilshunos olimlar qarashlarini e’tiborga olgan va test prinsiplariga muvofiq bo’lgan holda tahlil qilinadi. Ingliz tili o'qituvchilari uchun ushbu test tahlili loyihasining ahamiyati shundaki, savollarni test prinsiplari va talablari asosida tuzilish, bo’lajak yoki kutilayotgan natijalarida muhim o’rin kasb etishini ko’rsaib beradi. Tushunarli bo'lishi uchun tayyor testlar va o'zgartirilgan variantlar o'rtasidagi farqlar quyidagi bosqichma bosqich test spetsifikatsiyalariga muvofiq tahlil qilinadi.
166-17421303-07-2026 -
ИМОМ БУХОРИЙНИНГ ҲАДИСЛАРНИ ҚАБУЛ ВА РИВОЯТ ҚИЛИШДАГИ УСЛУБЛАРИ
Nodir QOBILOV (Muallif)Мазкур мақолада и слом илмлари тарихида алоҳида мавқега зга бўлган Имам Мухаммад ибн Исмоил Бухорийнинг (810-870) ҳадис ривоят цилишдаги услублари таҳлил қилинган. Муаллифнинг ровийдан ҳадис қабул қилиш ва етказишдаги цатъий шартлари, ҳадисларни тўплаш вауларни таснифлаш жараёнидаги ровийларни танлаш услуби, саҳиҳлик шартларининг айримлари, “Ал-Жомеъ ас-саҳиҳ ” асарининг ёзилиш услуби ва асарнинг номланишиш сабаблари баён қилинган. Жумладан, муҳаддиснинг устозларни танлаш ва санад ровийлари ҳақидаги ёндашувларни уз ичига олади.
Шунингдек, мақолада муаллифнинг санад ва матн танқидини олиб бориш йўллари ҳамда ривоятдаги ишончлилик мезонлари илмии нуқтаи назардан кўриб чиқилади. Имом Бухорийнинг “Ал-Жомиь ас-Саиҳ ” ва бошқа асарларида ривоят қилиш услублари мисоллар орцали ёритилади.
Бундан ташқари, Имом Бухорий қўллаган услуб таҳлил қилиниб, амалда қўлланилиши ҳақида муҳим маълумотлар берилган. Имом Бухорийнинг ҳадисларни қабул ва ривоят ҳамда тасниф қилишдаги услублари ҳадис илмида ҳанузгача номаълум бўлган бир қатор илмий, амалий ва назарий методларни очиқлашга ёрдам беради.
Жумладан, мақола Имом Бухорийнинг ҳадисшунослик илмидаги илмий мероси, унинг услублари и слом илмлари ривожида тутган ўрни ва ҳозирги замон исломшуносликдаги аҳамиятини очиб беришга қаратилган.
Мақола том маънода Имом Бухорийнинг ҳадис илми соҳасидаги даражасининг буюклигини амалий жиҳатдан исбот ўлароқ кўрсатиб бериб, муҳаддиснинг шаънига турли асоссиз сўзларни айтувчи тоифаларга раддия сифатида муҳим далил ва манбаларни тақдим этади.38-4465214-05-2026
