Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • FIQHIY MAZHABLARDA OHOD XABARNING HUJJAT SIFATIDAGI O‘RNI

    Nigora Alisherovna KHAKIMOVA, Soliha Obidjon qizi YODGOROVA (Muallif)

    Mazkur maqolada ohod xabar tushunchasi va uning fiqhiy mazhablarda hujjat sifatidagi o‘rni va uni qabul qilishdagi metodologik mezonlar ilmiy-nazariy jihatdan keng qamrovli tahlil qilingan. Ohod xabar (xabar al-vohid) islom huquqi manbalari tizimida zonniy (ehtimoliy) dalil sifatida baholanishiga qaramay, amaliy-shar’iy hukmlarni chiqarishda muhim o‘rin egallashi ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqotda hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhablarining ohod xabarni qabul qilish mezonlari va metodologik yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Ohod xabarni qabul qilishning beshta ittifoq qilingan sharti (roviyning musulmon, oqil, adolatli, rostgo‘y va zabt sohibi bo‘lishi) hamda hanafiy va molikiylarning qo‘shimcha talablari batafsil yoritilgan. Molikiylar Madina ahli amaliyotiga (amal ahli Madina) zid bo‘lgan xabarlarni rad etgan bo‘lsalar, hanafiylar xabarning umum al-balvo (har bir musulmonga tegishli masala bo‘lib uning hukmini bilishga butun jamiyat muhtoj bo‘lishi) doirasida bo‘lmasligi, roviyning faqih bo‘lishi, rivoyatning qat’iy sobit bo‘lgan shar’iy asoslarga  zid  bo‘lmasligi kabi qo‘shimcha shartlarni ilgari surganlar. Shofeiy va hanbaliy mazhablari esa sahih isnodni asosiy shart deb bilgan holda, ohod xabarni nisbatan kengroq doirada qabul qilganlar.


    Shuningdek, maqolada ahli ra’y va ahli hadis maktablari o‘rtasidagi metodologik farqlar atroflicha yoritilgan. Ohod xabarning qiyos bilan o‘zaro munosabati, xususan, hanafiy mazhabida Karxiy va Dabusiy o‘rtasidagi roviy faqihligi haqidagi nazariy ixtiloflar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida, mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflarning hadisni inkor etishdan emas, balki uni talqin qilish va huquqiy dalil sifatida qo‘llashdagi yondashuvlardan kelib chiqqani asoslab berilgan.


    Natijada, ohod xabar islom huquqi manbalari tizimida muhim dalil sifatida o‘z o‘rniga ega ekani va mazhabdagi tafovutlar fiqhiy qarashlarning boyligini namoyon etishi xulosa qilingan.

    17-22
    5
    5
    24-07-2026
  • МОВАРОУННАҲРДА ФИҚҲ ИЛМИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШИ ВА РИВОЖЛАНИШИ

    Muzaffar Murodovich KAMILOV (Muallif)

    Ушбу мақолада Марказий Осиёда ҳанафийлик мазҳаби бошқа исломий мазҳаблар, фирқалар, мактаблар, тариқатлар орасида ўзига хос мавқени эгаллагани таҳлил этилган. Тадқиқ этилган манбалар шуни кўрсатадики, Мовароуннаҳрда IX асрдан бошлаб то XIII аср охиригача ҳанафийлик мазҳабида узлуксиз доимий анъаналар давом этган. Мақолада айнан мана шу жиҳатларга алоҳида урғу қаратилган. Ушбу мақолада мазҳабнинг буюк намоёндалари доираси - муфтийлар, мужтаҳидлар, устозлар, мўътабар матн, асарлар муаллифлари, ўз даврининг кўзга кўринган диний арбоблари шахсиятлари аниқланган. Улар ҳақида маълумотлар тўпланган. Биринчидан, ҳанафийлар анъаналарига суянган ҳолда, иккинчидан, йиғилган маълумотлар таҳлили натижаларига қараб, ушбу мактаблар тарихи бўйича янги илмий хулосалар илгари сурилган.


    Мақолада Мовароуннаҳрда шаклланган Самарқанд, Бухоро, Шош, Фарғона, Хоразм ва Устуршана мактабларида етишиб чиққан фақиҳлар тўғрисида библиографий маълумотлар тақдим этилган бўлиб, уларга тегишли асарларнинг минтақа фиқҳ илми ривожидаги аҳамиятига ҳам тўхтаб ўтилган. Мазкур олимларнинг етишиб чиқиши ҳамда улар томонидан ёзилган асарларнинг мусулмон дунёсининг турли минтақаларига тарқалишда муҳим рол ўйнаган минтақадаги сиёсий-ижтимоий ҳолат ҳам таҳлил этилган. Ушбу омиллар Мовароуннаҳр минтақаси XI-XIV асрлар оралиғида ҳанафий мазҳаби ривожланишининг марказига айланишига сабаб бўлгани мисоллар асосида тадқиқ этилган.

    4-16
    20
    14
    24-07-2026
  • МИСРЛИК ТАРИХЧИ ТОЖУДДИН СУБКИЙ «ТАБАҚОТ АШ-ШОФИЪИЯ  АЛ-КУБРА» АСАРИДА ШОШ (ТОШКЕНТ) ОЛИМЛАРИ ФАОЛИЯТИНИНГ ЁРИТИЛИШИ

    Nematullo MUKHAMEDOV (Muallif)

    Фиқҳ – ислом ҳуқуқшунослиги соҳаси сифатида VIII-X асрларда шаклланди ва унинг методологияси вужудга келди. Фиқҳ илми мустақил ҳуқуқшунослик соҳаси сифатида ривожлана бориб, ижтимоий ҳаётнинг барча соҳаларига оид масалаларни қамраб олди. Бу жараён икки ярим аср давом этиб, ислом ҳуқуқшунослигининг шаклланишида “олтин аср” деб номланади. Мовароуннаҳр фиқҳ мактаби олимлари ёзган асарлар туфайли ривожланган Ислом қонуншунослиги халқимиз маънавий­ҳуқуқий меросининг ажралмас қисми сифатида асрлар давомида Марказий Осиё халқлари ҳаётида муҳим омил бўлиб хизмат қилган.


    IX – XII асрлар Марказий Осиёда илм­фан ва маданият, айниқса, ислом илмлари тараққий қилган. Бинобарин, юртимиздаги Бухоро, Самарқанд, Насаф (Қарши), Термиз, Хива, Шош (Тошкент) каби қадимий шаҳарлар ислом дунёсидаги илм­фан ва маданият марказлари сифатида машҳур бўлган. Жумладан, Тошкент – ўрта аср манбаларида Шош деб номланиб, бу ердан ҳадис, фиқҳ каби ислом илмларида кўплаб таниқли олимлар етишиб чиққан.


    Мақолада мисрлик тарихчи Тожуддин Абу Наср Абдулваҳҳоб Субкийнинг “Табақот аш-шофиъия ал-кубра” номли асарида ўрта (IX-XII) асрларда яшаган Шошлик фақиҳларнинг минтақа илмий марказларидаги фаолияти таҳлил қилинган.  Шунингдек, Шош воҳасида фиқҳ илмининг ривожланишида ўрта асрлардаги анъанага мувофиқ Самарқанд, Бухоро, Насаф, Термиз ҳамда минтақадаги Марв, Бағдод каби турли шаҳарлардаги мадрасаларда  фаолият кўрсатган олимлар  ўртасидаги илмий ҳамкорлик масалалари тадқиқ этилган.

    4-11
    19
    1
    18-07-2026
  • ABU YUSUF – BUYUK FAQIH

    Dr Abduqahhor (Muallif)

    Аbu Yusuf VIII asrning so‘nggi choragida yashagan islom olamidagi eng muhim shaxslaridan biridir. U islom ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan mujtahid olim sifatida fiqh ilmi maktablaridan biri bo‘lgan hanafiylik mazhabining nazariy asoslarining shakllanishida beqiyos o’ringa ega.


    Ushbu maqolada Аbu Yusuf yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhit, ilmiy-ma’naviy holat, uning tavalludi va nasl-nasabi, yoshligi, hayoti-faoliyati va ilmiy merosi, kimlardan qanday talim olganligi, shogirdlari, qozilik davri va ayrim fiqhiy qarashlari tadqiq etilgan.


    Abu Yusuf hanafiylik mazhabida Abu Hanifadan keyingi hurmatga sazovor shaxs bo‘lgan va mazhabning usulini belgilovchi juda muhim faqihdir. Afsuski, Abbosiylar davlatida bosh qozi bo‘lib ishlagan, ayni paytda mazhab uslubini bevosita tatbiq etgan va uni qo‘llashning ilk namunalarini ko‘rsatgan Abu Yusuf haqida mamlakatimizda ko‘p tadqiqotlar olib borilmaganini ko‘rishimiz mumkin.


    Yurtimiz musulmonlarining aksariyati hanafiy mazhabiga mansub ekanini hisobga olsak, hanafiy mazhabini keng targ‘ib qilgan imom Abu Yusufning ilmiy merosi va uning fiqh ilmini chuqur bilishi muhim sanaladi. Abu Yusuf nafaqat Abu Hanifaning eng zabardast shogirdi edi, balki u Abu Hanifa usulini amaliy hayotga tatbiq qiluvchi mazhab nazariyotchisi hamdir. U islom olamida ulkan davlat bo‘lgan Abbosiylar xalifaligi davrida bosh qozi sifatida davlat boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan. U 100 ga yaqin  shogirdlarni yetishtirgan. Abu Yusufning mana shunday yuksak fazilatlari uning ilmiy merosini har tomonlama tadqiq etishni talab qiladi. Biroq uni bir maqola doirasida har tomonlama ochib berishning iloji yo‘q. Shu bois maqolada u zotning hayoti, ijodi va fiqhiy qarashlari tadqiq etiladi.

    47-56
    15
    1
    17-07-2026
  • АБУ ЖАЪФАР МУҲАММАД ИБН ЖАРИР ТАБАРИЙНИНГ ИЛМИЙ МЕРОСИ

    Muhabbatxon AGZAMOVA (Muallif)

    Абу Жаъфар Табарий ҳаёти Аббосийлар давлати заифлашиб, парчаланаётган, халифаликнинг турли ҳудудларида тўқнашувлар, келишмовчиликлар юз берган даврда ўтди. Мана шундай ҳолатга қарамай илм-маърифат ривожланиб, турли соҳаларда мўътабар асарлар ёзилди.


    Абу Жаъфар Муҳаммад ибн Жарир Табарий исломшунослик хусусан, тафсир, фиқҳ, адаб, тарих каби соҳаларга оид муҳим асарларни яратди. Мақолада олимнинг ҳаёти ва илмий меросининг кенг қамровли таҳлили амалга оширилган. Табарий асарларининг манбашунослик таснифи келтирилиб, асарларининг ўзига хос жиҳатлари илмий ўрганилган. Олимнинг “Китоб таҳзиб ул-осор”, “Жомеъ ул-баён фи тафсир ал-Қуръон”, “Жомеъ ул-қироат мин-аш-шуҳур ва-ш-шозз”, “Китоб ихтилоф ал-фуқаҳо”, “Китоб ул-вақф”, “Китоб ал-латиф ал-қавл фий ахком шариал ислом”, “ал-Хафиф фи аҳком шаръия ислом”, “Адаб ал-қузот”, “Адаб ал-маносик”, “Басит ул-қавл фи аҳками шараиъул ислами”, “Китоб шарҳ ас-сунна”, “Китоб ат-табсир фи усул ад-дин”, “Адаб ан-нуфус ал-жаййида вал ахлоқ ан-нафиса” каби асарлари амалга оширилган тавсифлари билан илмий истифадага киритилган.


    Абу Жаъфар Табарий илмий меросида тарих ҳам алоҳида ўрин эгаллайди. Унинг ислом дунёсида машҳур бўлган ва кўпгина олимлар томонидан ўрганилган “Тарих ар-русул ва-л-мулук” – “Пайғамбарлар ва подшоҳлар тарихи” номли асари катта илмий аҳамиятга эга. Мазкур асар олимнинг ислом илмлари билан бирга исломгача бўлган қадимги давр тарихи, адабиёти, халқ оғзаки ижодини мукаммал билганлигини кўрсатади. Табарий мазкур манбаларни асарда усталик билан истифода эта олган, маълумотларнинг илмий аҳамияти ҳозирги кунда ўз долзарблигини йўқотмаган. Алломанинг ушбу асарига кўплаб кейинги давр олимлари бирламчи манба сифатида мурожаат қилганлар.

    33 - 39
    42
    9
    06-07-2026
  • MОVERANAXR XALQLARINING ISLOM FANI VA MADANIYATIGA QO’SHGAN HISSASI

    Shuxrat YOVQOCHEV (Muallif)

    Bugungi kunda Movarounnahr hududida yashab, islom ilm-fan va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlar merosi va ijodini o’rganish postsovet hududidagi yosh mustaqil davlatlarning o’zini-o’zi anglashidagi asosiy nuqtalardan biridir. Qolaversa, bu asarlar yosh avlod tarbiyasiga ko’maklashish bilan birga, diniy radikalizmga qarshi kurashishda ajoyib faktik va amaliy material bo’lib xizmat qilmoqda.


    Maqolaning maqsadi Movaraunnahrning buyuk allomalari merosi naqadar boy ekanligini, undan nafaqat islom ilmlarini o’rganishda, balki yangi zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda, diniy ekstremizmga adekvat javob berishda ham foydalanish mumkinligini ko’rsatishdan iborat. Shuningdek, Movaraunnahr olimlarining islom madaniyati va fanlari rivojida qanday rol o’ynaganligini ko’rsatish. Ishda birlamchi manbalardan ham, XX-XXI asr boshlari olimlarining ikkilamchi tadqiqotlaridan ham foydalanilgan. Metodologiya asosi sifatida tarixiy va qiyosiy tahlillar olindi, xronologiya bo’yicha tizimlashtirish keng qo’llanildi. Maqolaning asosiy natijasi va xulosalaridan biri shundaki, u islom dinining mintaqa va undan tashqarida tarqalishi va rivojlanishida Movaraunnahr ulamo va zohidlarining mehnatlari, serqirra iste’dodlari naqadar ulkan bo’lganini haqiqatda yana bir bor isbotlaydi.


    Maqolada Movaraunnahr xalqlarining islom ilm-fan va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasining ahamiyatini ko’rsatishga harakat qilingan. Ishda ko’rib chiqilgan asosiy mavzular mavzusi bo’yicha ishlar va ularning qisqacha tavsifi berilgan. Bugungi kunga qadar islom ilmlari va musulmon madaniyatining bayrog’i bo’lib kelayotgan ulamo va olimlarning asosiy asarlariga alohida e’tibor qaratilgan. Arablarning mintaqaga kirishi va ularning keyingi faoliyatiga imkon qadar tanqidiy va xolisona qaraladi. Maqolada o’rta asr olimlari faoliyatining bugungi kun bilan bog’liqligi ham tahlil qilishga harakat qilinadi. Maqolaning oxirida maqola bo’yicha umumiy xulosalar berilgan.

    4 - 14
    21
    13
    06-07-2026
  • ШОШЛИК ФАҚИҲЛАРНИНГ МИНТАҚА ИЛМИЙ МАРКАЗЛАРИДАГИ ФАОЛИЯТИ

    Nematullo MUKHAMEDOV (Muallif)

    Ислом анъаналари асрлар давомида Марказий Осиё халқлари бой маданий мероси билан қўшилиб, бу ерда ижтимоий-маънавий ҳаётда акс эт- ган ҳамда фан ва таълимнинг ривожланишига беқиёс ҳисса қўшган мусулмон маданияти шаклланишига кў- маклашди. Бу тарихий жараёнларда Ўзбекистон ҳамда унинг етакчи маданий марказлар сифатида бутун мусул- мон оламида шухрат қозонган Бухоро, Самарқанд, Насаф (Қарши), Термиз, Хива, Шош (Тошкент) ва бошқа шаҳарлари алоҳида ўрин эгаллади. IX – XII асрлар Марказий Осиёда илмфан ва мада- ният, айниқса, ислом илмлари тараққий қилган. Биноба- рин, юртимиздаги Бухоро, Самарқанд, Насаф (Қарши), Термиз, Хива, Шош (Тошкент) каби қадимий шаҳарлар ислом дунёсидаги илмфан ва маданият марказлари си- фатида машҳур бўлган. Жумладан, Тошкент – ўрта аср манбаларида Шош деб номланиб, бу ердан ҳадис, фиқҳ каби ислом илмларида кўплаб таниқли олимлар етишиб чиққан. Милодий IX аср фиқҳ илмида катта ютуқлар қўлга киритилгани боис “фиқҳ илмининг олтин асри” деб юритилади. Мақолада ўрта (IX-XII) асрларда яшаган Шошлик фақиҳларнинг минтақа илмий марказларидаги фаолия- ти таҳлил қилинган. Шунингдек, Шош воҳасида фиқҳ илмининг ривожланишида ўрта асрлардаги анъанага мувофиқ Самарқанд, Бухоро, Насаф, Термиз ҳамда мин- тақадаги Марв, Бағдод каби турли шаҳарлардаги мадра- саларда фаолият кўрсатган олимлар ўртасидаги илмий ҳамкорлик масалалари тадқиқ этилган.

    4-15
    31
    4
    30-06-2026
  • ИСЛОМДА ҚОЗИЛИК МАҲКАМАЛАРИ ФАОЛИЯТИ (X-XIII АСРЛАР)

    Ilhomjon BEKMIRZAEV (Muallif)

    Maqola dunyo islom va tarixiy ilm-fanning so'nggi yutuqlari, xulosalari va usullariga asoslangan. Tarixiy-qiyosiy usul manbalarni, shu jumladan Hanafiy qonunining turli qo'lyozmalarini va arab tilida yozilgan boshqa manbalarni o'rganish uchun ishlatilgan, ular O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Qo'lyozmalar fondida mavjud.


    Maqola mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning etakchi olimlari Jozef Mine, Monika Gronke, Ulrich Rebstok, Chexata Chafik, Emil Tyan, Chalmeta P tomonidan ilgari surilgan O'rta Osiyo tsivilizatsiyasi tarixiga oid tavsiyalar, tadqiqot natijalari va tushunchalariga asoslanadi; Carriente F., Riberta J., Asin, Janette A. Wakin, Michael Thung, Wael Xallak, Karl Brockelmann.


    Maqolaning maqsadi X-XIII asrlarda Transoksiyada ilohiyotshunoslik fanining rivojlanishida huquqiy hujjatlarga oid adabiyotlarning rolini ta'kidlash. Bundan tashqari, ushbu ishning jamiyatimiz madaniy hayotidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhimligini ta'kidlash. X-XIII asrlarda Islom dunyosida va transoksiyaliklarda jamoat hayotining muhim qismi bo'lgan huquqiy hujjatlarning tarixiy-huquqiy shakllari, nazariy va amaliy asoslarini yoritib berishdir.


     

    98 - 109
    36
    10
    28-06-2026
  • РОЖИЙ МАРҒИНОНИЙ ТАЪРИХЛАРИ ТАРИХИЙ МАНБА СИФАТИДА

    Nodirjon ABDULAHATOV (Muallif)

    Мақолада фақиҳ ва шоир Хожажон Хожа – Рожий Марғиноний (1834–1918) таърихлари ҳақида маълумот берилган. ХIХ аср охири 0Ц ХХ аср бошларидаги Марғилон адабий муҳитининг истеъдодли вакилларидан бири етук олим, маърифатпарвар шоир Рожий Марғиноний эди. Хожажон қози шеъриятда «Рожий» (арабчада «умидвор») тахаллуси билан ижод қилган.  Рожий адабий мероси Ўрта Осиё маданиятига хос бўлган умумий хусусиятлар билан бир қаторда ўзига хос ранг ва ўзига хосликни ҳам ўз ичига олади. Рожий иккинчи солиҳ халифа Умар бин Хаттоб авлодидан ҳисобланади. Рожийнинг аждодлари бир неча ўн йиллар давомида Фарғона водийсида бообрў хонадон аҳллари орасида этакчи ўринларни эгаллаб келганлар. Улар Марғилонда энг юқори юридик ҳокимиятдаги қози-калон лавозимларида фаолият юртиб келганлар. Рожий шоир сифатида ўзининг ўтмишдошларининг энг яхши анъаналарини давом эттирди ва ривожлантирди. Рожий асарларида халқ золимларининг сатирик образлари бутун галереяси яратилган. Сатира аслида Рожийнинг асосий чақириғи. Фарғона водийси (қози-калонлар) бошлиғи сифатида у қозихонанинг сирларини, қозиларнинг ҳийлаларини билар эди. Рожийнинг кўпгина шеърлари, хусусан, маснавий (жуфтлик), марcия - таърих (хронограмма) табиатан фалсафий характерга эга. Шоир инсон ҳаётининг моҳияти, унинг ўтмиши ҳақида мулоҳаза юритади. Рожий Марғиноний фаолияти ва мероси Фарғона водийси халқларининг маънавий ва маданий ҳаётини ўрганишда муҳим аҳамият касб этади.

    130 - 138
    16
    4
    23-06-2026
1 - 9 from 9

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling