Mualliflar

  • Zokir ARIFDJANOV International Islamic Academy of Uzbekistan Muallif

Kalit so‘zlar:

sodda fe’llar, prefiksli fe’llar, qo‘shma fe’llar, برداشتن [bar-dāštan] fe’li, leksik-semantik variantlar, leksik variant, funksional ekvivalent, formal variant, ko‘pma’nolilik, ma’no guruhlari

Annotasiya

Maqolada tildagi variantlashuv hodisasida muhim o‘rin tutadigan funksional ekvivalentlik munosabatlari haqida so‘z yuritiladi. Mavzu doirasida yetuk tilshunos olimlarning fikrlari keltiriladi, tahlil qilinadi va xulosalar beriladi. Funksional ekvivalentlar tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda asosiy rollardan birini o‘ynashligi haqida ta’kidlanadi va fors tilidagi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan prefiksli fe’llardan biri sifatida برداشتن [bar-dāštan] fe’li tadqiqot obyekti sifatida keng tadqiq qilinadi, uning leksik-semantik variantlari aniqlanadi. Leksik-semantik variantlari klassifikatsiya qilinib, ma’no guruhlariga ajratiladi va har bir ma’no guruhining funksional-ekvivalentlari aniqlanadi. Aniqlangan funksional ekvivalentlar manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida برداشتن [bar-dāštan] prefiksli fe’lining 18ta leksik-semantik variantlari aniqlanib, ularni to‘rt ma’no guruhiga ajratilada va har bir ma’no guruhining funksionalekvivalentlari taqdim etiladi. Keyingi o‘rinda maqola hajmidan kelib chiqgan holda faqatgina uning ma’nolarining birinchi – “olish” ma’no guruhiga tegishli bo‘lgan (joyidan) olmoq, (joyidan ko‘tarib) olmoq, (qo‘liga) olmoq ma’nosidagi funksional ekvivalentlari to‘g‘risida batafsilroq so‘z yuritiladi. Tadqiqot so‘ngida natijalardan kelib chiqqan holda fors tilida sodda va qo‘shma fe’llarga nisbatan soni ancha kam hisoblangan prefiksli fe’llar ham ko‘pma’nolilik hususiyatiga ega ekanligi haqida xulosa qilinadi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Tegishli maqolalar

Abduvali ISADJANOV, Ilyos GULMURATOV, O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA MILLIY USTUVORLIKLAR , Islom ziyosi: Jild 3 № 1 (2020)

Anvar XUDOYАROV, ТУРИЗМ ИНДУСТРИЯСИДА ЗИЁРАТ ТУРИЗМИ  САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА КЛАСТЕРЛИ ЁНДАШУВДАН ФОЙДАЛАНИШ ИМКОНИЯТЛАРИ ВА ХУСУСИЯТЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 3 № 1 (2020)

Guzal QODIROVA, MUSULMON MAMLAKATLARI TASHQI SIYOSATINI SIYOSIY TAHLIL QILISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Nodirbek KOMILOV, ТУРКИСТОН ЖАДИДЛАРИДАН ОБИДЖОН МАҲМУДОВ ФАОЛИЯТИ МАҲАЛЛИЙ ВА ЧЕТ ОЛИМЛАРИ НИГОҲИДА , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Farrukh KUSHBAYEV, RISOLAT TUSHUNCHASI VA UNING TARIXIY, SIYOSIY VA GʼOYAVIY ROLI , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Matlyuba QAHHOROVA, Mavluda RAXIMSHIKOVA, АХЛОҚИЙ ВОРИСЛИК – ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ, ТАРИХИЙ ҲОДИСА СИФАТИДА , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Mukhammadolim MUKHAMMADSIDIQOV, Abrar TURAEV, АҚШ НЕОКОНСЕРВАТИЗМИНИНГ МИЛЛИЙ ХАВФСИЗЛИК ПАРАДИГМАЛАРИ ШАКЛЛАНИШИГА ТАЪСИРИ , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Asliddin SULTONOV, НЕМИС НОКЛАССИК ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ КОНЦЕПЦИЯЛАРИ ВА ИСЛОМ МАДАНИЯТИ , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Mirzaqul NORQOBILOV, САЪДУДДИН ТАФТАЗОНИЙНИНГ “ШАРҲ АЛ-АҚОИД” АСАРИДАГИ СОФИСТИК ТАФАККУРНИНГ ФАЛСАФИЙ-МАНТИҚИЙ ТАҲЛИЛИ , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Malika NASIROVA, AРАБ ТИЛИДАГИ КЎМАКЧИ ФЕЪЛЛАРНИНГ СЕМАНТИК ТАСНИФИ , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.