Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDAISLOM OMILI VA YAQIN SHARQMINTAQASIDAGI GEOSIYOSIYJARAYONLARNING O‘ZIGA XOSXUSUSIYATLARI

    Kamronbek ABDULAZIMOV (Muallif)

    Bugungi kunga kelib xalqaro munosabatlar tizimida islom omili va uning ta’siri ortib bormoqda. Jahon siyosatida yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, eng ko‘p murojaat etilayotgan mavzulardan biri bu islom omili va xususan Yaqin Sharq mintaqasi hisoblanadi.


    Maqola mazmun jihatidan asosan ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismida islom omili ahamiyatining ortishi; e’tiqod qiluvchilarining demografik o‘sishi, musulmon davlatlarining iqtisodiy, ilmiy, siyosiy jihatdan rivojlanayotganligi; bu davlatlarda islomning siyosiylashuvi, so‘nggi yillarda arab davlatlari orasida bo‘lib o‘tayotgan voqealar izohlanadi.


    Ikkinchi qismda geosiyosat tushunchasiga ta’rif berish, Yaqin Sharq mintaqasiga kiruvchi davlatlarning turli siyosiy maktablar tomonidan turlicha belgilanishiga urg‘u berilgan bo‘lsa, undan keyin mintaqaning geosiyosiy jihatdan shakllanishida muhim o‘ringa ega bo‘lgan AQSH, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning pozitsiyalarini aniq asoslarga ko‘ra yoritishga harakat qilingan. Yaqin Sharq mintaqasi oxirgi ikki asr davomida turli tashqi kuchlar ta’sir doirasining muhim obyektiga aylandi. Mintaqadagi geosiyosiy vaziyat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tashqi kuchlar mintaqadagi diniy konfessiya va millatlararo ziddiyat, qarama-qarshiliklardan mohirona foydalanganlar.


    So‘nggi paytlarda ushbu tashqi kuchlarning o‘z manfaatlari yo‘lida olib borayotgan geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobati mintaqadagi vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keldi. Bularga misol sifatida “Arab bahori”, Suriya va Yamandagi qurolli mojarolar, Isroil va Falastin o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, AQSHning Eronga nisbatan hozirgi munosabatlarini ko‘rsatish mumkin.

    23-30
    319
    21
    22-06-2026
  • АРАБ ДАВЛАТЛАРИДА ДУНЁВИЙЛИК ВА ДИНИЙЛИК ТАМОЙИЛЛАРИНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МУАММОЛАРИ

    Mukhammadolim MUKHAMMADSIDIQOV (Muallif)

    Ижтимоий-сиёсий трансформация тўлқини 2010 йил декабрь ойида Тунис ва Жазоир давлатларида бошланиб, «Араб баҳори» воқеалари мураккаб ички вазиятга қаршилик ҳаракати эканлиги, бу ҳодисаларни ҳаракатга келтирувчи ички ва ташқи сабаблар мавжудлигини исботлаш мазкур мақоланинг мақсади ҳисобланади.


    Мақолада сиёсийлашган исломнинг араб давлатларидаги модернизация жараёнларига, ижтимоий-сиёсий ва геосиёсий жараёнларга таъсир даражаси аниқланди. Беқарорлик ўчоғига айланаётган Африка араб давлатларида рўй бераётган сиёсий воқеликларни, диний муносабатларни тартибга солишнинг илмий асосларини яратиш заруратини ўрганади. Шу нуқтаи назардан Шимолий Африка ва Яқин Шарқдаги сиёсий жараёнлар тадқиқ этилган. Ижтимоий-сиёсий трансформация жараёни  минтақадаги Тунис, Миср, Ливия ва Форс кўрфазидаги бошқа мамлакатларга ўз таъсирини кўрсатди.


    Бунда минтақадаги ҳар бир давлат ичидаги ижтимоий-сиёсий вазиятнинг ўзгариши қўшни давлатларга тўғридан-тўғри таъсир этади. Яқин Шарқ ва Шимолий Африкада сўнгги йилларда содир бўлган ўзгаришлар янада қийин ва ўзаро боғлиқ вазиятни вужудга келтириб, нафақат қўшни минтақалар, балки жаҳонда хавфсизлик ва барқарорлик нисбатининг ўзгаришига олиб келади.


    Шунингдек, бу ижтимоий ва диний ҳаракатлар натижаси бўлиб, Тунис, Миср, Ливиядаги амалдаги режимлар қулаши, Ямандаги ҳокимият элитасидаги ўзгаришлар ва бугунги кунга қадар давом этаётган Суриядаги расмий ҳокимият ва мухолифат ўртасидаги кураш номаълум муддатгача давом этаётганини келтириш мумкин. Агар Тунис, Миср ва Яманда амалдаги режимга қарши намойишлар ички омиллар, ижтимоий-иқтисодий инқироз, ҳукмрон элитанинг коррупцияга ботиб кетгани, ҳақиқий демократик эркинликларнинг йўқлиги, этноконфессионал қарама-қаршиликларга асосланган бўлса, Ливия ва Сурияда эса ҳал қилувчи омилни мухолиф кучларнинг ташқаридан қўллаб-қувватланиши ташкил этди.


    Араб баҳорининг Шимолий Африка ва Яқин Шарқ мамлакатларига таъсир даражаси турлича бўлди. Шартли равишда Араб баҳори ижтимоий-сиёсий ларзалари давлатлар сиёсий жараёнлари характерида чуқур из қолдирган Тунис, Миср, Яман, Баҳрайн, Ливия, Сурияни ва бу ҳодисалар ижтимоий-сиёсий ва иқтисодий жараёнларга қисман таъсир кўрсатган Марокаш, Иордания, Ливан, Жазоир, Қувайт, Саудия Арабистони, Ўмон каби давлатларни келтириш мумкин.


    Бу воқеалар Сомали, Мавритания ва Қумур ороллари Республикасидан ташқари барча араб дунёсини қамраб олиб, давлатларнинг кейинги сиёсий тақдирини ўзгартириш билан бирга уларнинг сиёсий тизимлари ва тузумларида янгиланишлар олиб келди.

    185 - 191
    171
    17
    24-06-2026
  • TEMURIYLAR DAVLATI TASHQI SIYOSATI ARAB MANBALARIDA: TEMURIYLAR VA MAMLUKLAR

    Elyorbek TURDIMIRZAYEV (Muallif)

    Temuriylar davri bilan bog‘liq manbalarning ko‘pi fors tilida bo‘lishi bilan birgalikda arab manbalarida ham bu davr bo‘yicha muhim ma’lumotlar mavjud. Xususan, temuriylar va mamluklar o‘rtasidagi munosabatlar ham keng va ancha batafsil yoritilgan. Bu ishimizda ko‘proq arab tarixchilarining asarlariga tayandik. Shaxsan Amir Temur bilan uchrashgan yoki u bilan bir davrda yashagan arab tarixchilarining asarlaridan foydalandik.


    Ma’lumki, XIV asr oxiri XV asr boshida Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Yaqin Sharq va Onado‘lida to‘rtta buyuk davlat bor edi. Bulardan birinchisi Movarunnahr va Eronda hukmron temuriylar, ikkinchisi Dashti Qipchoqda Oltin O‘rda xonligi, uchinchisi Misr va Suriyada mamluklar davlati, to‘rtinchisi Onado‘lida usmoniylar davlatidir.


    Bizning tadqiqot mavzuyimiz temuriylar va mamluklar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar bo‘lishiga qaramasdan har ikki davlatga qo‘shni bo‘lgan va bevosita ular bilan diplomatik aloqada bo‘lgan davlatlarning munosabatlarini ham o‘rganishdan iborat.


    Ushbu maqolada Amir Temur o‘zi tug‘ilib o‘sgan mintaqada hokimiyatni qo‘lga olib, uni mustahkamlagandan so‘ng, butun e’tiborini mamluk davlati hukmronligi ostida bo‘lgan Sharqiy Onado‘li va Suriya mintaqasiga qaratishi sabablarini o‘rganilgan.


    Maqolada bu ikki davlatning o‘zaro aloqalari qachon boshlanganligi, bu davlatlar orasidagi munosabatlarni taranglashtirgan omillar, bu ikki davlatning bir-biriga qarshi tuzgan ittiqfoqchiliklar, elchilik aloqalari, o‘zaro maktub almashinuvlari va ular o‘rtasida sodir bo‘lgan harbiy harakatlar ochib berilgan. Bundan tashqari, bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlari va o‘zaro ilmiy faoliyatlari qanday bo‘lganligi tadqiq etilgan.

    12-20
    172
    20
    18-07-2026
  • 2011-2012 YILLARDA MISRDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY NOROZILIKLARNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI.

    Guzal KADIROVA (Muallif)

    Maqolada “Arab bahori” voqealari tahlil qilingan bo‘lib, uning sabablarining murakkabligi va “demokratiya paradoksi”ning dolzarbligi qayd etilgan. Mazkur maqola 2010-yillarda Yaqin Sharq va Mag‘rib mamlakatlarida hukumatga qarshi bir qator norozilik namoyishlari ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan “Arab bahori” hodisasiga bag‘ishlangan. G‘arb siyosatchilarining fikriga ko‘ra, “Arab bahori” demokratik va adolatli jamiyat qurishga qaratilgan edi. Mintaqa davlatlarida ommaviy noroziliklarga iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sabablar asos bo‘lgan. Aytish mumkinki, ularni ichki siyosiy inqiroz va hokimiyat bilan to‘qnashuv kabi yomon holatlar qo‘zg‘atdi.  


    Maqolada 2010 yilning ikkinchi yarmida yakka tartibdagi norozilik namoyishlari shaklida boshlangan, ammo keyinchalik 2011 yil yanvarida ommaviy namoyishlarga aylangan Misrdagi mazkur jarayon ko‘rilib, tadqiq qilingan.  Misrdagi rejim o‘zgarishi AQShning o‘sha paytda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi asosiy tashqi siyosat aktori sifatidagi faol pozitsiyasi asosida yuz berdi. Muxolifat kuchlarining dastlabki maqsadi amalga oshganligi, ya’ni – H.Muborakning iste’foga chiqishi va G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanganiga qaramay, Misrdagi “Arab bahori” siyosiy va iqtisodiy hayotda kutilgan demokratiyalashuv va liberal islohotlarni olib kelmadi. Misrda “jamiyatni demokratlashtirish” kontseptsiyasini qo‘llagan muxolifat islohotchilari birinchi bosqichda avtokratik yoki harbiy tuzumdan demokratik hukumatga o‘tishni talab qildilar. Norozilik namoyishlari asta-sekin katta va katta jamoatchilik doiralarini jalb qildi, bu esa Misrda deyarli 30 yil davomida mamlakatni boshqargan prezidentning ag‘darilishi va iqtisodiyotning tanazzulga uchrashiga sabab bo‘lgan inqilobga olib keldi. Misrda “Arab bahori”ning ikkinchi bosqichida harbiy kuchlarning bosimi natijasida ikkinchi marotaba hokimiyat almashdi. Tahlil natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, Misrdagi voqealar “demokratiya paradoksiga” olib keldi, ya’ni demokratik jarayonlarning kuchayishi hokimiyatga nodemokratik, bu holda islomiy kuchlarni olib keldi.

    35-45
    305
    27
    17-07-2026
  • ЎРТА ШАРҚ ВА ЎРТА ОСИЁДА ПЕДАГОГИК ФИКР ВА ТАЪЛИМ (IХ-ХII АСРЛАР)

    Bahromkhuzha MAHAMADHODZHAEV (Muallif)

    Мақолада IX-XII асрларда яқин Шарқ ва Ўрта Осиё халқлари таълим ва маданиятининг жадал ривожланиш жараёнлари тадқиқ қилинган. Ушбу даврда буюк мутафаккирлар ал-Хоразмий, Ал-Фарғоний, ал-Фаробий, Ибн Сино, Беруний, Ибн Ироқ ғоялари ривожланиб, Европада фан ва таълим-тарбиянинг кенг тарқалишига йўл очиб берган.


    Ислом Араб халифалиги, Византия, Ҳиндистон ва Хитой мамлакатларининг маданиятлари уйғун ва узвий равишда ривожланган. Ислом дунёси антик фалсафани, хусусан, Платон ва Аристотелни қабул қилди ва ўзлаштирди, ундан инсонни рационалистик нуқтаи назарини ўзлаштирган.


    Араб халифалигида фан ва маърифатнинг ривожланиши, ижтимоий-иқтисодий тараққиётга, Уйғониш даврининг Мовароуннаҳр ва Хуросонда бошланишига Шарқ Ренессансига олиб келган. Бу Ренессанс даврида дунёда инсоннинг умумий таълим-тарбия усуллари ва такомиллашуви ҳақида ўлмас таълимот ва илмий мерос қолдирган кўплаб олим ва файласуф, мунажжим ва устозлар етишиб чиққан.


    Шуни алоҳида таъкидлаш лозимки, ўрта аср мутафаккирларининг кейинги авлодлар илмий тафаккури билан тобланган ва бойитилган педагогик ғоялари замонавий педагогик тушунчаларда ўз аксини топиб, замонавий шахсни тарбиялаш ва тарбиялаш усуллари, йўналишлари ва тамойилларини ишлаб чиқишга замин яратди. Мақолада ушбу жараёнлар таҳлил қилинган.

    159 - 166
    117
    28
    29-06-2026
1 - 5 from 5

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling