- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
HADIS TO‘PLAMLARIDA AXLOQ VA TARBIYAGA OID TERMINLARNING LUG‘AVIY VA ISTILOHIY TAHLILI
Muhabbatxon AGZAMOVA (Muallif)Islom dini о zining asosiy manbalari Qur 'oni karim va hadislar orqali nafaqat ihodat masalalarini, balki axloqiy fazilatlar, jamiyatda tinch-totuv hayot kechirish, о ‘zaro hurmat, insof sabr, halollik kabi umuminsoniy qadriyatlami ham keng targ ‘ih etadi. Payg ‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning “Men go'zal xulqni mukammallashtirish uchun yuborildim ” — degan so ‘zlari hu dinning markazida axloqiy tarhiyaning turganini aniq ifodalaydi va hadis ilmidagi axloqiy-tarbiyaviy terminlarni о ‘rganish mustaqil ilmiy yo ‘nalish sifatida shakllangan. Hadis to ‘plamlarida keng o‘rin olgan “Kitob al-Adab” bohlari orqali Rasululloh (s.a.v.)ning axloqiy fazilatlari, insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosahatlarga old ко ‘rsatmalari, kundalik hayotga tathiq etilishi lozim ho ‘Igan odob-axloq me ’yorlari hayon etiladi.
Hadis to ‘plamlarida axloqiy-tarbiyaviy mazmundagi rivoyatlar alohida kitohlar va boblar shaklida jamlangan. Masalan, Imom Buxoriy о ‘zining “al-Jome ‘ as-Sahih ” asarida “Kitob al-Adab ” bobida J28 kichik bob ostida 250 gayaqin hadis keltirgan ho ‘Isa, “al-Adah al-Mufrad” nomli alohida asarini hutkul axloqiy mavzularga hag ‘ishlagan. Shuningdek, Imom Termiziyda “Kitob al-hirr va as-sila ”, Imom Muslimda “Kitob al-birr”, Imom Abu Dovudda “Kitob al-adab ”, Imom Dorimiyda “Kitab al-raqoiq ” kabi boblar mavjud ho ‘lib, ularda axloqiy-tarbiyaviy hadislarjamlangan.
Bu hoblarda ко ‘p uchraydigan asosiy tushunchalar - adah, birr, raqoiq, zuhd, xulq, rahm, sabr, shukr kabi lug ‘aviy va istilohiy jihatdan hoy ma ’noga ega terminlar asosida shakllangan. Masalan, “adah ” lug ‘atda “go ‘zal odoh, muomala madaniyati, axloqiy go ‘zallik ” ma 'nolarini hildiradi. Istilohda esa hu - Rasululloh (s.a.v.) sunnatiga asoslangan axloqiy amallar tizimini anglatadi. “Birr ” esa “yaxshilik, ezgulik qilish ” degani bo ‘Isa, istilohda buAllohga itoat, ota-onaga ehtirom, yetimlarga mehr-shafqat kabi keng ijtimoiy xulq-atvorlarni qamrab oladi.
Turli tnuhaddislar tomonidan tuzilgan mashhur hadis majmualari, jumladan, “Kutub as-sitta ” (old ishonchli hadis to ‘plamijda ushbu mavzuning alohida yoritilishi hadis ilmi doirasida “adab” tushunchasi qanday diniy, axloqiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini yaqqol namoyon etadi. Bu asarlarda faqat fiqhiy уoki aqidaviy masalalar emas, balki axloqiy fazilatlar, odob-axloq qoidalari, ijtimoiy muomala madaniyati va shaxsiy komillik haqidagi hadislar ham alohida bo ‘Hmlardajamlangan. Mazkur bo ‘Hmlarda axloqiy mavzular doirasi juda keng bo jib, rostgo ‘ylik, halollik, sabr-toqat, tavoze, shukr va qanoat, mehr-oqibat, saxovat, о 'zini tiyish, qo ‘shnichilik va qarindoshlik rishtalari, ota-onaga hurmat, bolalar tarbiyasi, jamiyatda tinch-totuvyashash kabi ко ‘plab axloqiy qadriyatlar atroflicha yoritilgan. Bunday mavzularning sahih hadislar asosida yoritilishi ularning din asosidagi muhim о 'rni va zamonaviy axloqning qanday ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ко ‘rsatadi.
Ushbu maqolada hadis to ‘plamlarida axloq va tarbiyaga oid terminlar, tushunchalar lug ‘aviy va istilohiy tahlili qilingan.20-293863218-05-2026 -
ABU HAFS NASAFIY TAFSIRIDA QUR’ON VA UNING INSON KAMOLOTI HAMDA JAMIYAT BARQARORLIGIGA TA’SIRI
Ahrorxon ABDURASHIDOV (Muallif)Mazkur maqolada Movarounnahr tafsir maktabining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiyning merosida Qur’oni karimning inson kamoloti hamda jamiyat barqarorligiga ta’siri masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Abu Hafs Nasafiy tafsirida Qur’on oyatlarining insonni ma’naviy, axloqiy va ruhiy jihatdan tarbiyalashdagi o‘rni hamda jamiyatda ijtimoiy adolat, hamjihatlik va barqarorlikni ta’minlashga doir qarashlarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, maqolada mufassirning oyatlarni sharhlash metodologiyasi, uning aqidaviy va axloqiy qarashlari, Qur’on ta’limotlarini inson hayoti bilan bog‘lash uslubi hamda tafsirga oid merosining ilmiy ahamiyati yoritilgan.
Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy, tahliliy-sintetik, tavsifiy, matnshunoslik va germenevtik metodlardan foydalanilgan. Abu Hafs Nasafiyning “At-Taysir fit-tafsir” asarida keltirilgan oyatlar tahlili asosida uning inson kamoloti, axloqiy tarbiya, sabr, shukr, taqvo, adolat va ijtimoiy mas’uliyat haqidagi qarashlari o‘rganilgan. Shuningdek, Qur’onda zikr qilingan tarixiy qavmlar misolida jamiyatlarning yuksalishi va tanazzuliga sabab bo‘luvchi omillar tafsiriy manbalar asosida tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Abu Hafs Nasafiy tafsirida Qur’on insonni komillikka yetaklovchi asosiy ma’naviy manba sifatida talqin qilingan. Mufassirga ko‘ra, insonning haqiqiy kamoloti iymon va ezgu amallar uyg‘unligi orqali shakllanadi. Adolat, halollik, mas’uliyat va taqvo jamiyat barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar sifatida baholanadi. Nasafiy tarixiy voqealar va qavmlar misolida ma’naviy qadriyatlardan uzoqlashish jamiyat tanazzuliga olib kelishini asoslaydi. Xulosa qilib aytganda, alloma tafsirida Qur’on inson tarbiyasi, ma’naviy yuksalish va jamiyat taraqqiyotining muhim manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur tadqiqot Abu Hafs Nasafiy tafsirining ilmiy ahamiyatini yoritish bilan birga, uning zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy jarayonlar uchun ham dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
27-341951014-10-2026 -
ЭҲСОН ТУШУНЧАСИ БАЁНИ
Mahammadsidiq USMANOV (Muallif)Ушбу мақолада ислом динида мадҳ этилган гўзал хулқлардан бири “Эҳсон” тушунчаси хусусида сўз юритилиб, унинг луғавий маъноси кўплаб машҳур луғатшунослар асарларидаги намуналар орқали баён этилади. «Эҳсон» сўзининг истилоҳий маъноси энг ишончли манбалар асосида ёритиб берилган. Бундан ташқари, эҳсон диннинг энг олий мартаба ва даражалардан бири саналиши; имоннинг мағзи, камоли, руҳи эканлиги; барча гўзал хулқлар ва юксак даражалар ўз кучини эҳсондан олиши хақида сўз юритилган. Айниқса, унинг маънавий ҳаётимизда тутган ўрни нақадар муҳим эканлиги мўътамад (ишончли, асл) манбалар асосида ёритилган.
Ислом динининг асосий манбаси бўлмиш Қуръони каримда эҳсон мавзусига алоҳида эътибор қаратилган. Зеро, Қуръонда нафақат ақидавий, тарихий ва фиқҳий масалалар, балки одоб-ахлоқ мавзулари ҳам ўрин олган. Шунингдек, бу мақолада Қуръон оятларида ва муфассирларнинг шарҳларида келган эҳсон ва унга боғлиқ баъзи одоб-ахлоқ масалалари ёритилади. Эҳсон ҳақидаги қуръоний оятларни шарҳлашда ислом оламида машҳур муфассир ва муҳаддис уламолар, шу билан бир қаторда, Имом Мотуридий, Абу Лайс Самарқандий каби юртимиздан етишиб чиққан алломалар меросида кенг ўрин олганлиги баён қилинди. Шу билан бирга, инсон зоҳирини ҳам, ботинини ҳам тузатиши лозимлиги, ташқи кўриниш ички оламга мувофиқ бўлмаса, ситрки кўринишлар инсонларни алдаб қўйиши ва хунук ҳолатларнинг юзага келишига сабаб бўлиши: ишончни суъиистеъмол қилиш ва омонатга хиёнат каби салбий оқибатлар келиб чиқиши мумкинлиги, тинчликни ҳимоя қилиш, ер юзини обод қилиш ва табиатни муҳофаза қилиш ҳам эҳсонданлиги, Аллоҳнинг йўлида инфоқ қилиш, бойликни Унинг розилигини топиш учун сарфлаш ҳам эҳсоннинг энг кўзга кўринган соҳаларидан бири саналиши, эҳсонга олиб борадиган яна бир йўл – бу қурбонлик эканлиги, тавҳид ва тақво эҳсоннинг муҳим шартларидан саналиши, ғазаб ва ғойз орасидаги фарқлар, имоннинг ярмини шукр ташкил қилса, қолган ярми сабрдан иборатлиги, ихлос эҳсоннинг энг муҳим соҳаси ҳисобланиши таҳлил қилинган
28-352271418-09-2026 -
HADISLARDA EHSON TUSHUNCHASINING YORITILISHI
Mahammadsidiq USMANOV (Muallif)Annotatsiya. Ushbu maqolada islom dinida madh etilgan go ‘zal xulqlardan biri "Ehson ” tushunchasi xususida so ‘zyuritilib, uning ma ’nosi ehson haqida aytilgan mashhur hadis namunalari orqali bay on etiladi. "Ehson ” so 'zining ma’no-mazmuni eng ishonchli manbalardan joy olgan sahih va mashhur hadislar orqali yoritib berilgan. Bundan tashqari, ehson dinning eng oliy martaba va darajalardan biri sanalishi ochib berilgan hamda ehson ta ’rift, ehson va islom, ehson va ota-onaga yaxshilik qilish. ehson va ona, ehson va qiz tarbiyasi, ehson va ayollar huquqi, ehson va qo 'shnilar, ehson va hayvonlar, ehson vayaxshi gumon kabi jamiyatdagi ma 'naviy muhitni barqororlashtiruvchi, undagi insonlarni о 'zaro bir-biriga munosabatni tartibga soluvchi alohida dolzarb mavzularga bo jib maqola shakllantirilgan.
Maqolada shuningdek, barcha go ‘zal xulqlar vayuksak darajalar о ‘z kuchini ehsondan о I is hi haqida so ‘z yuritilgan. Ayniqsa, uning ma 'naviy hayotimizda tutgan о 'rni naqadar muhim ekanligi mo 'tamad hadis manbalar asosidayoritilgan. Islom dinining Qur ’oni karimdan keyin ikkinchi о ‘rinda turuvchi asosiy manbasi - hadisi shariftarda ehson mavzusiga alohida e ’tibor qaratilgan. Zero, hadisi shariftarda odob-axloq mavzulari ham chuqur о ‘rin olgan. Ehson haqidagi nabaviy hadislarnini sharhlashda islom olamida mashhur muhaddis ulamolar, shu bilan birqatorda, Imom Buxoriy, Abu Iso Muhammad Termiziy va Mui la AU Qoriy kabi yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar merosida keng о ‘rin olganligi tadqiq qilingan.
Ushbu maqolada shu bilan birga, ehsonning bosqichlari, darajalari keltirilib inson zohirini ham, botinini ham tuzatishi lozimligi, tashqi ко 'rinish ichki olamga muvofiq bo jmasa, sitrki ko'rinishlar insonlarni aldab qo'yishi va xunuk holatlarning yuzaga kelishiga sabab ho jishi: ishonchni su 'iste 'mo! qilish, tinchlikni himoya qilish. Yer yuzini ohod qilish va tabiatni muhqfaza qilish ham ehsondanligi, imonning yarmini shukur tashkil qilsa, qolganyarmi sabrdan iboratligi, ixlos ehsonning eng muhim sohasi hisoblanishi takidlangan.27-363672301-04-2026
