Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • IBN SINO VA UNING QURYON SURALARINI TUSHUNISH FALSAFASI

    Ilkhomjon I. BEKMIRZAEV (Muallif)

    Ushbu maqolada Ibn Sinoning Qur'on tafsirida inson uchun ruhning o'rni va vazifasi hamda uning Oliy Zot (Alloh taolo) bilan aloqasi o‘rganilib, tahlil qilingan. Ibn Sinoning ushbu suralarni tafsir qilishda qo‘llagan usuli ratsional-falsafiy yoki manhaj al-ijtihod al-aqliy (aqliy ijtihod yo‘li) deb ham atash mumkin. Ushbu tadqiqotda mutlaq Zot bo’lgan Alloh taologa borib taqaladigan inson ruhining mavjudligi, uning salohiyati va bu foniy dunyoda qanday yashashiga qaratilgan. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, Ibn Sinoning ratsional-psixologik tafsiri oziga xos uslubda yozilgan. Ushbu xulosa, shuningdek, Ibn Sinoning tafsiri adashtiruvchi va musulmonlarni islom eʼtiqodidan uzoqlashtiruvchi degan ayblovlarga ham raddiya o‘laroq javob bo‘ladi. Ushbu tadqiqotda ratsional va tarixiy yondashuv hamda tahlil kabi ilmiy uslublar qo‘llanilgan.


    Ibn Sino o‘z tafsirini falsafiy e'tiqodlarni diniy ta'limotlar bilan birlashtirish istagidan kelib chiqqan holda yozgan, Ibn Sino Qur'on va falsafiy nazariyalar o‘rtasidagi ko‘rinib turgan tafovutlarni yaqinlashtirishga intildi. Uning uslubi Qur'on matnlarini falsafiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilishni o‘z ichiga olgan bo‘lib, u ko‘pincha huquqiy va aqliy tafakkurga olib keladigan oyatlarni talqin qilishda falsafiy tushunchalardan foydalangan. Alloh taolo Qur'onda ramziy iboralarni joylashtirganini, ularni faqat ilm ahllarigina tushunish mumkin bo'lgan chuqur haqiqatlarni ochib berishini ta'kidlagan. Alloma bu muqaddas bitiklar o'zi kabi sanoqli kishilar tomonidan tushuniladigan maxfiy kodlar vazifasini o‘taganini taxmin qilgan. Biroq, bu yondashuv uning ushbu ramzlarni o‘zining falsafiy doirasida kengaytirib borishi sababli dinning asosiy mohiyati va muqaddas Qur'onning ma'naviy xususiyatlaridan chetga chiqish xavotirlarini keltirib chiqardi.


    Ushbu tadqiqot quyidagilarni maqsad qiladi: 1) Ibn Sinoning falsafiy qarashlari uning asosiy oyatlar va huquqiy  tafakkurga yo‘naltiradigan oyatlarni talqin qilishiga qanday ta'sir qilishini tahlil qilish; 2) Oyatlarning falsafiy doiralaridagi farqlarni va Qur'onni tushunishdagi ahamiyatini yoritib berish orqali Imom Faxriddin ar-Roziy kabi boshqa olimlarning qarashlari bilan taqqoslash; 3) Ibn Sino qarashlarining Qur'onning ma'naviy mohiyatiga falsafiy ta'sirini baholash, uning falsafiy qarashlari Qur’on matnining asosiy mazmuniga mos kelishi yoki kelmasligini ko‘rib chiqish. Olingan xulosalar Ibn Sinoning Qur’onni tushinishda o‘ziga xos uslublardan foydalanganligini teran tushinish imkonini beradi.

    16-26
    215
    11
    14-10-2026
  • МЕТАФИЗИКА ВА ОЛАМНИ ТАЛҚИН ҚИЛИШДА ИБН СИНО ЭКЗОТЕРИКАСИ

    Ramzjon Raximdjanovich ISAKDJANOV (Muallif)

    Жаҳонда диний таълимотларни нотўғри талқин этиш, айниқса, ислом дини асосларини рационал тафаккур қилмаслик натижасида динийлик ва дунёвийлик, фалсафа ва динни ажратиш ҳолати ўрта асрларда ҳам, бугунги кунда ҳам кузатилмоқда. Шундай вазиятда ислом дини таълимотларини фалсафий талқин этиш, илоҳиёт мавзусини рационал йўл орқали тушунтириш мазкур масалаларни илмий асосда тушунишга ёрдам беради. Ўз даврида Абу Наср Фаробий “Дин ва фалсафа – ҳақиқатга олиб борувчи икки йўл” иборасидан келиб чиққан ҳолда диний ҳақиқатларни фалсафий қонунлар орқали тушунтириш кишиларда дин борасида мўътадиллик ёндашувини шакллантирган. Абу Али ибн Синонинг илоҳиёт мавзусидаги гносеологик тамойиллари, динни рационал тушунтириши мавжуд муаммога ечим топишда муҳим аҳамият касб этган. Шундан келиб чиқиб диний ҳақиқатларни мантиқий талқин қилиш, илоҳиёт мавзусини ёритишда рационал тамойиллардан фойдаланиш дин ва фалсафа масалаларни тўғри англашга ёрдам беради.


    Дунёда дин ва фалсафа уйғунлиги борасида кўплаб илмий-тадқиқот ишлари мавжуд бўлиб, уларда Марказий Осиё мутафаккирларининг фалсафий таълимотлари мазкур минтақа  маънавий меросининг муҳим қисми сифатида тадқиқ этилган. Марказий Осиёдаги мантиқий-гносеологик ғоялар тарихини ўрганиш нафақат ўтмиш маданияти ва фалсафасини, балки ҳозирги даврга хос ғоявий жараёнларни тўғри тушунишга ҳам имкон беради. Ибн Синонинг илоҳиётга доир мероси Ғарб мамлакатлари, россиялик, туркиялик, эронлик, тожикистонлик бир қатор олимлар томонидан ўрганилган бўлса-да, унинг диний-рационал қарашлари тизимли таҳлил қилинмаган. Олиб борилган тадқиқотларда асосан, Ибн Синонинг нафс, Руҳ, материянинг абадийлигига оид қарашлари тадқиқ этилган. Лекин олимнинг ислом дини манбалари, хусусан, Қуръони карим сураларига тафсирлари аксар тадқиқотчиларнинг эътиборидан четда қолмоқда. Натижада, айрим тадқиқотларда алломани материалист қилиб кўрсатишга, уни юнон фалсафаси давомчиси сифатида талқин этишга ҳаракатларни кузатиш мумкин. Шу сабабли Ибн Сино тафсирини ўрганиш динийлик ва дунёвийлик уйғунлигини, шунингдек, мўътадил ислом тамойилларини рационал йўл билан очиб беришда катта аҳамият касб этади.


    Мазкур мақолада Қуръони каримнинг “Ихлос”,  “Нур” ва “Фуссилат” сураларининг  баъзи оятларига аллома ва файласуф Ибн Синонинг тафсирлари тадқиқ қилиниб, муаллиф томонидан таржима қилинган.

    58-68
    241
    17
    24-07-2026
1 - 2 from 2

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling