- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MILLIY TEATR “OYINA” JURNALI NIGOHIDA
Mahmuda G‘OYIBNAZAROVA (Muallif)Ushbu maqola Turkiston jadidchilik milliy harakatining otasi Mahmudxoja Behbudiyning 1913-1915-yillarda Samarqandda nashr etilgan “Oyina” jurnali sahifalaridagi milliy teatrga oid maqolalar tahliliga bag ‘ishlangan bo ‘lib, unda jadid milliy teatrining paydo bo ‘lishi haqida so ‘z yuritilgan.
Turkistonda zamonaviy ko'rinishdagi milliy teatr qadimdan shakllanib kelayotgan xalq og'zaki dramalari, maydon tomoshalari, qo ‘g ‘irchoq teatri an analariga tayangan holda, jadidlarning madrasa ta ’Umi bilan birga xorijda oshirgan malakalarining mevasi о 'laroq Mahmudxo ja Behbudiyning “Padarkushyoxud О ‘qimagan bolaning holi ” asari sahna yuzini ко ‘rdi. Maqolada ayni shu jarayonlar matbuotdagi chiqishlar, xabarlarga tayanilgan shaklda yoritilib, jadidlarning teatrdan ко 'zlagan asl maqsadlari, milliy teatrning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, sahna asarlarida ко 'tarilgan asosiy masalalar, tomoshani tashkil etishdagi muammolar, shuningdek, Turkistonda tatar va ozarbayjon teatr guruhlariningfaoliyati tadqiq qilingan.
Havaskor teatr guruhlarining tuzilishi hamda ularning faoliyati, xususan, ibratnomaning ilk marta sahnada havaskor yoshlar tarafidan ijro etilishi Toshkentda emas, balki Samarqandda, so'ngra Qo‘qonda, undan keyingi jarayonlarda esa Toshkentda Kolizey binosida bo ‘Iganligi, teatrning qanday kechganligi milliy matbuot ma ’lumotlariga tayanilgan holda ochib berilgan. Mahmudxo ‘ja Behbudiy sahna asarini yozish bilan bir qatorda sahna madaniyati, muqallidlarga aloqador ko'rsatmalar, tomoshabinlarga tegishli bo jgan yo ‘riqnomalar haqida ham tushuntirish, ta’lim berish ishlari о lib borish kerakligi haqidagi fikrlari maqola sahifalaridan о 'rin olgan.
Sahna asarlarining yozilishi va ijro etilishiga birinchi navbatda mustamlaka hukumatining qarshiliklari, keyingi bosqichda esa, mavjud diniy jaholat va mutaassiblikning ta 'siri natijasida yuzaga kelgan bahs-munozaralar bayon qilinadi. Xususan, sahna asari ijro etilishidan awal rus tilida hukumatga taqdim qilinishi belgilangan, hukumat roziligidan keyingina teatr tashkil etilgan. Ayni o'sha vaqtlarda tomoshabinlar qatoridan xufiyalar ham joy olgan. Ba ’zi vaqtlarda tashkilotchilar javobgarlikka tortilgan, ba'zan esa tomosha oxiriga yetmasdan to ‘xtatib ham qo ‘yilgan. Sahna asari ijro qilinih bo ‘linganidan keyin esa aholi yetmish firqaga bo ‘linib, turlifikrlarda bo ‘Iganligi ham matbuotdagi chiqishlarda о ‘z aksini topgan. Bunga misol qilib, “bizga odam о 'ldursanglar, bundoq qilib о 'ldurasizlar”, deb odam o'ldirishni o'rgatyapsizlarmi”, yoki “teatr shariatga zid” ma 'nosidagi qarashlarni ко ‘rsatish mumkin. Ushbu yuzaga kelgan vaziyatda millat ziyolilari jamiyatga kerakli javobni berganliklari maqolada bayon etilgan.13-242833822-05-2026 -
«ЖАРҲ ВА ТАЪДИЛ» ИЛМИНИНГ ПАЙДО БЎЛИШИ ВА ДАСТЛАБКИ ИККИ АСРДАГИ РИВОЖИ
No‘’monjon TO‘RAYEV (Muallif)Ҳадис илмида ҳадисларнинг таркибий қисми ҳисобланган ровийлар занжири, яъни иснодни танқидий ўрганишга катта аҳамият берилади. Зеро, исноддаги ровийларнинг ишончлилик даражасига қараб ҳадисларнинг саҳиҳ ёки заифлиги, қабул қилиш мумкинлиги ёки рад этилиши лозимлиги аниқланади. Ровийларнинг айб-у нуқ- сонлари, адолати ва ишончлилиги каби салбий ҳамда ижобий сифатларини аниқлаш ва бу асосда алоҳида олинган ровий тўғрисида ҳукм чиқариш билан шуғулланувчи ушбу илм «жарҳ ва таъдил» илми деб аталади.
«Жарҳ ва таъдил» илмининг пайдо бўлиши тўғрисида турли қарашлар мавжуд бўлиб, баъзи тадқиқотчилар ушбу ҳодисани ислом тарихида юз берган илк фитналарга боғлашга уринишган бўлса, бошқалари уни ҳижрий иккинчи аср ўрталарида пайдо бўлганини таъкидлашади. Шу билан бирга, ушбу илмнинг барча ислом ўлкаларида бир даврда пайдо бўлганми ёки турли ҳудудларда турли вақтда пайдо бўлганми, деган савол юзасидан ҳам фарқли қарашлар кузатилади.
Ушбу қарашларни асослаш мақсадида келтирилган далилларни қиёсий ўрганиш, уларни таҳлил қилиш, бизга жарҳ ва таъдил илмининг пайдо бўлиш ўрни ҳамда сабаблари, ислом ўлкаларига ёйилиш географиясини аниқла- шимизда муҳим восита бўлади.
Мақолада мазкур илмнинг мазмун-моҳияти, тадқиқот обьекти, предмети, мақсади, унинг дастлабки икки аср- даги ривожланиш босқичлари тўғрисидаги мавжуд маълумотлар аниқланиб, таҳлил қилинган ҳамда уларнинг ҳар бири юзасидан хулосалар берилган.
29-334022027-06-2026
