Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ФАҚИҲ АБУ БАКР ҲАДДОД ҲАЁТИ ВА ИЛМИЙ МЕРОСИНИ ЎРГАНИШ БЎЙИЧА ТАДҚИҚОТЛАР ТАҲЛИЛИ

    Abdullo M. QOSIM (Muallif)

    Имом Абу Бакр Ҳаддод Забидий хусусан фиқҳда, қолаверса, тафсир илмида ҳам кўплаб  китобларни ёзишга муваффақ бўлган. Олим ёзган китоблари ҳаётлик давридан то бугунги кунга қадар илм аҳллари томонидан қабул бўлиб, улар орасида кенг ёйилган. Дунё кутубхоналарида у зотга тегишли қўлёзма манбалар кўп бўлиб, хусусан, «Мухтасар ал-Қудурий»нинг икки шарҳи – «ас-Сирож ал-ваҳҳож» ва «ал-Жавҳара ан-наййира» китобларининг қўлёзма нусхаларини топиш мумкин.


    Абу Бакр Ҳаддод ҳанафий мазҳабидаги мўътабар матн китобларидан бири бўлмиш «Мухтасар ал-Қудурий» китобини шарҳлаган фақиҳлардан бири ҳисобланади. У киши аввалига «ас-Сирож ал-ваҳҳож» номли китоб ёзган. Бунда у юқорида айтилган китобни кенг тарзда шарҳлаган. Сўнгра, ундаги масалаларни қисқартириб «ал-Жавҳара ан-наййира» номли китоб таълиф қилган. Ушбу иккала асардан ҳанафий мазҳаби манбаларида кўплаб иқтибослар келтирилади.


    Олимнинг тўлиқ исми – Абу Бакр ибн Али ибн Муҳаммад ибн Довуд ибн шайх Али ибн Абдурраҳмон Ҳаддод Аббодий Забидий Ҳанафий. «Аббодий» Аббодийя қишлоғига берилган нисбат бўлиб, олим аввалига шу шаҳарда туғилиб ўсиб, сўнг Ямандаги машҳур шаҳарлардан бири бўлган Забид шаҳрига кўчиб ўтган. У ерда қарор топиб, вафот этган. Шу боисдан ҳам у кишига нисбатан Аббодий Забидий деб айтилади. «Ҳаддод» дегани эса «темирчи» деган маънони билдиради. У зот ушбу ном билан машҳур бўлиб, «Ҳаддод», «Ҳаддодий» номини олган. Имом Абу Бакр Ҳаддод 720 ҳижрий йил ражаб ойида Аббодийя қишлоғида туғилган. Бу ҳақида Қосим ибн Қутлубғо «Тожут тарожум» китобида келтириб ўтган.


    «Табақотул хавос» китобида келишича, Абу Бакр Ҳаддод зот ёзган асарлари тахминан 20 жилдга тенг келади. Имом Шаржий «Табақотул хавос» китобида шундай деган: «У зотнинг имом Абу Ҳанифа розияллоҳу анҳу мазҳабида битган буюк китоблари бор эди. Унга ўхшаш китобни ислом аввалидан то ҳозирги кунимизга қадар Ямандаги ҳанафий уламолар ёзмаган».


    Ушбу мақолада фақиҳ Абу Бакр Ҳаддод ҳаёти ва илмий мероси бўйича амалга оширилган тадқиқотлар тадқиқ ва таҳлил қилинган.

    65-72
    216
    30
    20-07-2026
  • FIQHIY MAZHABLARDA OHOD XABARNING HUJJAT SIFATIDAGI O‘RNI

    Nigora Alisherovna KHAKIMOVA, Soliha Obidjon qizi YODGOROVA (Muallif)

    Mazkur maqolada ohod xabar tushunchasi va uning fiqhiy mazhablarda hujjat sifatidagi o‘rni va uni qabul qilishdagi metodologik mezonlar ilmiy-nazariy jihatdan keng qamrovli tahlil qilingan. Ohod xabar (xabar al-vohid) islom huquqi manbalari tizimida zonniy (ehtimoliy) dalil sifatida baholanishiga qaramay, amaliy-shar’iy hukmlarni chiqarishda muhim o‘rin egallashi ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqotda hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhablarining ohod xabarni qabul qilish mezonlari va metodologik yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Ohod xabarni qabul qilishning beshta ittifoq qilingan sharti (roviyning musulmon, oqil, adolatli, rostgo‘y va zabt sohibi bo‘lishi) hamda hanafiy va molikiylarning qo‘shimcha talablari batafsil yoritilgan. Molikiylar Madina ahli amaliyotiga (amal ahli Madina) zid bo‘lgan xabarlarni rad etgan bo‘lsalar, hanafiylar xabarning umum al-balvo (har bir musulmonga tegishli masala bo‘lib uning hukmini bilishga butun jamiyat muhtoj bo‘lishi) doirasida bo‘lmasligi, roviyning faqih bo‘lishi, rivoyatning qat’iy sobit bo‘lgan shar’iy asoslarga  zid  bo‘lmasligi kabi qo‘shimcha shartlarni ilgari surganlar. Shofeiy va hanbaliy mazhablari esa sahih isnodni asosiy shart deb bilgan holda, ohod xabarni nisbatan kengroq doirada qabul qilganlar.


    Shuningdek, maqolada ahli ra’y va ahli hadis maktablari o‘rtasidagi metodologik farqlar atroflicha yoritilgan. Ohod xabarning qiyos bilan o‘zaro munosabati, xususan, hanafiy mazhabida Karxiy va Dabusiy o‘rtasidagi roviy faqihligi haqidagi nazariy ixtiloflar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida, mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflarning hadisni inkor etishdan emas, balki uni talqin qilish va huquqiy dalil sifatida qo‘llashdagi yondashuvlardan kelib chiqqani asoslab berilgan.


    Natijada, ohod xabar islom huquqi manbalari tizimida muhim dalil sifatida o‘z o‘rniga ega ekani va mazhabdagi tafovutlar fiqhiy qarashlarning boyligini namoyon etishi xulosa qilingan.

    17-22
    265
    23
    24-07-2026
  • ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA ISLOM IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI

    Dr (Muallif)

    Ushbu maqolada islom tafakkuri tarixida ulkan iz qoldirgan, hanafiylik mazhabi nazariy asoslarining shakllanishida o’zining katta hissasini qo’shgan mujtahid olim Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari uning “Kitob al-xaroj” asari asosida tahlil qilingan. “Kitob al-xaroj” islom ta’limotidagi hanafiy mazhabi bo’yicha bitilgan ilk yozma manba hisoblanadi. Uning soliq solish muammolari to‘gʼrisidagi ushbu risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan asar bo’lib, Abu Yusuf VIII asr oxirlarida Abbosiylar xalifaligining bosh qozisi bo‘lib ishlagan paytida yozgan.


    Islomning ilk davrida musulmon iqtisodchilari fiqh olimlari bo‘lishgan. Islom shariyati qoidalariga tayangan musulmon olimlari tomonidan o‘z davrlari uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni tadqiq etilishi yangi bilimlarning rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatgan.  Horun ar-Rashid davrida bosh qozi bo‘lgan fiqh olimi Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asari buning yorqin dalili hisoblanadi. Unda nafaqat soliqqa tortishning huquqiy jihatlariga, balki davlatning iqtisodiy siyosati borasidagi masalalarga ham murojaat etgan.


    Ushbu maqolada Abu Yusufning hayoti va faoliyati, ilk islom davridagi soliq tizimining shakllanishi, iqtisodiy-madaniy hayot, yer va suvdan foydalanish tartibi, xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosat, turli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarga yechim sifatida berilgan takliflari birma-bir ko’rib chiqilgan. Mavzu keng miqyosda fiqh ilmiga oid manbalar orqali tahlil qilinsa-da, biroq “Kitob al-xaroj”da keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilinadi.


    Maqolada davlat boshqaruvi, xalifalik tarixi va anʼanalari haqida qimmatli maʼlumotlar ham keltirilgan. “Kitob al-xaroj” asari islom davlati hududi kengaygan davrda, turli o‘lkalardagi ayrim masalalar tufayli yuzaga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib, Аbu Yusuf uni asosan Аbu Hanifaning huquqiy nazariyasiga tayangan holda, shuningdek, eng ishonchli hadislar, sahobalarning aytgan so‘zlari, qo‘llagan usul va qoidalardan foydalanib yozgan. Abu Yusuf mujtahid olim sifatida o’z darining muhim diniy masalalari, jumladan, iqtisodiy soha bilan ham shug’ullanishga majbur bo’lgan. “Kitob al-xaroj” asari undan keyin Yaxyo ibn Odam, Аbu al-Аbbos Muhammad Kotib, Аbu al-Faraj Qudama ibn Jaʼfar, Nasr ibn Muso ar-Romiy, Xasan ibn Ziyod tomonidan ushbu nomda yozilgan kitoblar orasida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ilmiyligi va daqiqligi bilan ulardan ajralib turadi. Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asarida bayon etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy-falsafiy va islom soliq tizimiga oid tahliliy ma’lumotlar bilan bir qatorda VIII – IX asrlarda Musulmon sharqidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ilk abbosiylar xalifaligi davrida madaniy-maʼrifiy aloqalar, Abu Yusuf qarashlari xalq farovonligi va ijtimoiy adolat g’oyasining iqtisodiy-falsafiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

    52-64
    313
    29
    18-07-2026
  • ABU YUSUF – BUYUK FAQIH

    Dr Abduqahhor (Muallif)

    Аbu Yusuf VIII asrning so‘nggi choragida yashagan islom olamidagi eng muhim shaxslaridan biridir. U islom ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan mujtahid olim sifatida fiqh ilmi maktablaridan biri bo‘lgan hanafiylik mazhabining nazariy asoslarining shakllanishida beqiyos o’ringa ega.


    Ushbu maqolada Аbu Yusuf yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhit, ilmiy-ma’naviy holat, uning tavalludi va nasl-nasabi, yoshligi, hayoti-faoliyati va ilmiy merosi, kimlardan qanday talim olganligi, shogirdlari, qozilik davri va ayrim fiqhiy qarashlari tadqiq etilgan.


    Abu Yusuf hanafiylik mazhabida Abu Hanifadan keyingi hurmatga sazovor shaxs bo‘lgan va mazhabning usulini belgilovchi juda muhim faqihdir. Afsuski, Abbosiylar davlatida bosh qozi bo‘lib ishlagan, ayni paytda mazhab uslubini bevosita tatbiq etgan va uni qo‘llashning ilk namunalarini ko‘rsatgan Abu Yusuf haqida mamlakatimizda ko‘p tadqiqotlar olib borilmaganini ko‘rishimiz mumkin.


    Yurtimiz musulmonlarining aksariyati hanafiy mazhabiga mansub ekanini hisobga olsak, hanafiy mazhabini keng targ‘ib qilgan imom Abu Yusufning ilmiy merosi va uning fiqh ilmini chuqur bilishi muhim sanaladi. Abu Yusuf nafaqat Abu Hanifaning eng zabardast shogirdi edi, balki u Abu Hanifa usulini amaliy hayotga tatbiq qiluvchi mazhab nazariyotchisi hamdir. U islom olamida ulkan davlat bo‘lgan Abbosiylar xalifaligi davrida bosh qozi sifatida davlat boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan. U 100 ga yaqin  shogirdlarni yetishtirgan. Abu Yusufning mana shunday yuksak fazilatlari uning ilmiy merosini har tomonlama tadqiq etishni talab qiladi. Biroq uni bir maqola doirasida har tomonlama ochib berishning iloji yo‘q. Shu bois maqolada u zotning hayoti, ijodi va fiqhiy qarashlari tadqiq etiladi.

    47-56
    259
    26
    17-07-2026
  • FATVOLAR VA MUSULMON MAMLAKATLARIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY MUAMMOLARNI HAL QILISHDAGI ULARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLI

    Bakhromjon MAMADIEV (Muallif)

    Maqolada zamonaviy musulmon mamlakatlaridagi fatvo tushunchasi va ma’nosi ochib berilgan. Islom huquqshunosligi har doim ham yangi hayot sharoitida paydo bo’ladigan savollarga to’g’ridan-to’g’ri javob bermaydi, lekin bu shariat normalari eskirgan degani emas. Zamonaviy olimlarning ta’kidlashicha, shariat bo’yicha savollarga javoblar bor, ularni to’g’ri chiqarib olish kerak va buning uchun ilohiyotdan tortib eng zamonaviy bo’lgan bilimlarf ega bo’lish juda muhimdir. Fatvo musulmon huquqshunosning individual fikri yoki bir guruh ekspertlar yoki maxsus organning jamoaviy fikrining ifodasi bo’lishi mumkin. Fatvoning ahamiyatiga baho berishda, o’rganilayotgan davlatning huquqiy tizimini hisobga olish kerak. Yuridik ahamiyat nuqtai nazaridan fatvolar quyidagilarga bo’linadi: 1) yuridik ahamiyatga ega - bu qonunlar shariat asosida tuzilgan mamlakatlarga taalluqlidir; 2) cheklangan yuridik kuchga ega - fatvoning bu shakli shariat muayyan hududlarni tartibga soluvchi mamlakatlarda keng tarqalgan; 3) tavsiya xarakteriga ega bo’lgan va yuridik kuchga ega bo’lmaganlar - ular din davlatdan ajratilgan mamlakatlarda keng tarqalgan. Zamonaviy hukumatlar va islom ulamolari turli ijtimoiy va siyosiy masalalarda yaqindan hamkorlik qiladilar. Dunyoviy qonunlarga ega bo’lgan musulmon davlatlarida fatvo tavsiyaviy kuchga egadir. Deyarli barcha musulmon mamlakatlarida fatvo institutlari davlat idoralari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Ushbu diniy tashkilotning davlat idoralari tomonidan muvofiqlashtirish talabga ega, chunki zamonaviy tarixda ijtimoiy va siyosiy qarama–qarshiliklarga olib kelgan nazoratsiz ulamolar tomonidan fatvo e’lon qilinganligi to’g’risida ko’plab faktlar mavjud. Ichki siyosiy fitna maydonida fatvolar barqarorlikni saqlash, nizolarning oldini olish va ba’zan hokimiyatni kuchaytirish uchun ko’pchilikning ongiga yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatishda muhim tartibga soluvchi rol o’ynaydi. Ko’plab musulmon mamlakatlarining zamonaviy tarixida ichki va tashqi siyosat muammolarini fatvo instituti yordamida hal qilishga misollar ko’p.

    4-14
    323
    20
    04-07-2026
1 - 5 from 5

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling