Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ABU ALI IBN SINONING TABIIY-ILMIY VA FALSAFIY QARASHLARI

    Gularam MASHARIPOVA (Muallif)

    Maqolada Abu Ali ibn Sino tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari har tomonlama tahlil qilindi va ilmiy merosidagi o‘sha davr ijtimoiy munosabatlari o‘rganildi. Ibn Sinoning boy falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida («Kitob ash-shifo», «Kitob an-najot», «Donishnoma») mantiq, fizika, matematika, metafizik falsafiy bilimlar nuqtai nazaridan ilmiy jihatdan o‘rganildi. Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish orqali olimning qarashlari yoritildi. Olimning qiziqish va e’tibori ko‘proq falsafa va tibbiyotga qaratilganiga e’tibor berilib, «Avitsenna» sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, «Tib qonunlari» bo‘lsada, «Shayxur-rais» nomi, eng avvalo, uning buyuk faylasufligiga ishora qiladi.


    Abu Ali ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari bilan bir qatorda diniy qarashlari ham o‘rganildi. Ibn Sino qarashlariga asosan Xudo abadiy, uning oqibati bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning o‘zi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yo‘qolmaydi. Materiyaning eng sodda bo‘linmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan o‘zgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan 4 unsur yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi.


    Shuningdek, Abu Ali ibn Sinoning geologiya, mineralogiya, kimyo fanlariga oid qarashlari va bugungi kundagi ilmiy ahamiyati qiyosiy tahlil qilindi.

    58-65
    267
    14
    23-06-2026
  • TURKISTONDAGI (1867-1920) AN’ANAVIY TA’LIM TIZIMINING OLIY MAKTABLARI

    Abduvakhob UMAROV (Muallif)

    Ushbu maqola Turkiston oʻlkasi anʼanaviy taʼlim tizimining oliy pogʻonasi – madrasalarni tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolada ushbu toifadagi ta’lim muassasalarining soni, ulardagi o‘quvchilar soni, ta’lim shakli, o‘quvchilarning ichki hayoti, madrasalar binolari tuzilishi, kutubxonalar batafsil bayon etilgan. Madrasalarning ikki bosqichli oʻquv dasturiga (qisqa va toʻliq) alohida urg‘u berib o‘tilgan. Maqolada madrasaning toʻliq kursini tamomlagan insonlar nafaqat fiqh va ilohiyot ilmini, shuningdek, falsafa, sheʼriyat, tarix va boshqa ilm sohalaridan chuqur bilimga ega oliy ma’lumotli mutaxassis boʻlib yetishib chiqqanliklari taʼkidlangan.


    Shuningdek, madrasada ayrim talabalar fiqh va ilohiyotdan tashqari amaliy tabobat bilan ham shug‘ullanib, kimyo fanini o‘rganganlar. Tibbiyot bilan shug‘ullanayotgan talabalar mashhur o‘rta asr faylasuf, tabib Ibn Sinoning “Al-qonun fi-t-tibb” asarini o‘rganishgan.


    Maqolada Chor Rossiya maʼmuriyatining mintaqadagi anʼanaviy maktablarga nisbatan siyosati tahlil qilingan. Xususan, chor maʼmuriyati vakillari oʻlkadagi anʼanaviy taʼlim muassasalariga faqat bir tomonlama yondashishgan (anʼanaviy islom maktabini “qoloq” deb hisoblash) va ushbu muassasalarning faoliyat yuritishidan maʼnosi va maqsad yo‘q deb hisoblashgan. Shu bilan birga, an’anaviy ta’lim muassasalarining ta’siri, o‘ziga xosligi va mahalliy aholining hayotidagi muhim o‘rnini e’tibordan chetda qoldirishgan.


    An’anaviy maktablarga e’tibor bermaslikning asosiy sababi – Yevropa va Rossiya imperiyasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan tabiiy fanlarning (fizika, matematika, biologiya va boshqalar) o‘quv rejasida yo‘qligi bo‘lishi mumkin.


    Shunga qaramay, maqolada ta’kidlanadiki, Chor Rossiya ma’muriyati amaldorlari tomonidan mintaqadagi an’anaviy musulmon ta’limi tizimini bir tomonlama qoralash asossizdir. Chunki musulmon maktabi o‘zining ta’lim va tarbiya vazifalarini bajarib, musulmonlarning ma’naviy va hayotiy ehtiyojlarini qondirib kelgan.

    31-37
    261
    18
    16-07-2026
  • ISLOM SIVILIZATSIYASIDA MARKAZIY OSIYOLIK OLIMLARINING TUTGAN OʻRNI

    Avazbek Oybekovich GANIYEV (Muallif)

    Ushbu maqolada Ahamoniylar sulolalari hukmronlik qilgan 2500 yildan boshlab Markaziy Osiyoning rivojlanish bosqichlari muhokama qilinadi. O’sha davrda O’rta Osiyo mintaqasida o’z davlat boshqaruvi, pul va oromiy yozuv tizimlari rivojlangan edi. Ushbu o’zgarishlar boshqa barcha sohalarda, jumladan, madaniyat, san’at va hunarmandchilikda umumiy taraqqiyotga olib keldi. Tadqiqotning keyingi qismda tadqiqotchi islom dinining Oʻrta Osiyo hududiga kirib kelgan davri, bu davrda 8–12-asrlar oraligʻida matematika, astronomiya, tibbiyot kabi turli fanlar va boshqa yangi ilmiy fanlar shakllanganligi haqida toʻxtalib oʻtadi. Tadqiqotning oxirgi qismida buyuk allomalar va ularning ilm-fanga qo‘shgan hissalari hamda ularning islom sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni tasvirlangan. Natijada, mazkur tadqiqot O‘rta Osiyo va uning o‘lkasi allomalarining o‘rni islom va butun jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, degan xulosaga keldi. Hozirgi islom sivilizatsiyasiga dunyoda ro‘y berayotgan ayrim voqealar, hozirgi o‘zgarishlar, yuzaki voqealar nuqtai nazaridan to‘liq baho berib bo‘lmaydi. Sivilizatsiyalar cheklangan vaqtdagi tarixiy voqealar bilan bog’liq emas. Qayd etish joizki, islom sivilizatsiyasi hali ham mavjud va uni ko‘p joylarda kuzatish mumkin. Global o‘zgarishlarga duch kelayotgan bugungi musulmon olami taraqqiyot, taraqqiyot, ilm-fan va zamonaviy yutuqlarga mos ravishda o‘zining qadimiy qadriyatlarini tiklashga intilmoqda. Keyingi yillarda ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan qator anjumanlar, hamkorliklar o‘tkazilayotgani fikrimizni tasdiqlaydi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, ijobiy tashabbuslarga yetaklovchi omillardan biri hayot bilan jonli madaniy ongdagi qator ijobiy siljishlardir. Bu musulmon dunyosining kelajagini belgilashda hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi buyuk musulmon allomalarining hayoti va islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ilmiy hissalarini yoritishdir. Xulosa qilib aytganda, ushbu maqola natijalari shuni ko‘rsatadiki, islom sivilizatsiyasining ildizlari sog‘lom va dunyoga hech qanday zarar yetkazmagan. Musulmonlar esa bugungi kunda bu ildizni qayta tiklashga va yanada taraqqiy etishga mas’uldirlar. Hayotimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlarga bo‘lgan intilishlarga nazar tashlar ekanmiz, aytish mumkinki, islom sivilizatsiyasi uchinchi ming yillikda yana o‘zining “uyg‘onish” davrini boshlaydi. Kontent tahlili metodi ushbu tadqiqotda Markaziy Osiyo olimlarining turli ilmiy faoliyatlar orqali qoʻshgan hissalari va ularning vaqt davomida qoʻllanilishini tahlil qilish uchun foydalaniladi. Ushbu tadqiqot har bir parametrning mazmunini davrlar bo’yicha ko’rish uchun kichikroq paragraflarga bo’lingan. Kontentni tahlil qilish - bu matnlar yoki matnlar to’plamidagi ma’lum so’zlar yoki tushunchalarning mavjudligini aniqlash uchun ishlatiladigan tadqiqot vositasi. Natijalar ilm-fanning rivojlanishi davlatning har tomonlama rivojlanishi uchun qanchalik samarali bo’lganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.

    4-13
    264
    30
    06-07-2026
  • НОСИРИДДИН ТУСИЙНИНГ «ТАЖРИД АЛ-КАЛОМ» АСАРИ ВА УНИНГ ШАРҲЛАРИ

    Jakhongir TOKHIROV (Muallif)

    “Тажрид ал-калом” ўзининг мўъжазгина шакли билан калом илмига оид бошқа асарлардан ажралиб туради. Носириддин Тусий1 вафотидан кейин кўп вақт ўтмай, қисқа давр мобайнида кўплаб шориҳларнинг ўзига хос эътиборига сазовор бўлди. Қўлёзмалар хазиналаридаги айрим шарҳлар ва ҳошияларга мурожаат қилган тадқиқотчи унинг қадр-қимматига гувоҳ бўлади.


    Мақолада “Тажрид ал-калом”нинг ва унинг шарҳлари, ҳошиялари, таълиқот (қўшимча, илова) ларининг қўлёзма нусхалари ҳамда нашрлари ва уларнинг ўзига хос хусусиятлари ҳақида маълумот берилади. Асли 60 саҳифадан иборат бўлган Тажридга қарийб 200 йилдан сўнг (1420 йилларда) Али Қушчи ёзган шарҳи 400 саҳифадан ортиқ бўлиб, ҳар иккисида ҳам ақида масалалари 6 мақсадга тақсимланган ҳолда баён қилинган.


    Мазкур нусхалар ҳақидаги маълумотлар шундан далолат берадики, бугунга қадар Тажриднинг 4 та нусхаси сақланиб қолган, 2 таси нашр қилинган. Унга ёзилган 15 номдаги шарҳларнинг жами 45 та нусхаси сақланган, уларнинг энг кўпи 39 таси Али Қушчи шарҳининг нусхалари, 5 тасининг жами 10 та нашри қилинган. 53 та ҳошиянинг 8 таси Али Қушчи шарҳига ёзилган, ҳошияларнинг 10 та нусхаси сақланиб қолган.


    Яна 15 та ҳошиянинг фақат муаллифларигина, 2 та таълиқотнинг эса номи ҳам маълум холос. Шунингдек, бир асарда бир вақтнинг ўзида ҳам фалсафий, ҳам ақидавий масалалар ёнма-ён таҳлил қилиниши муаллифларнинг ҳам диний, ҳам дунёвий илмлар соҳасида қомусий олимлар бўлганидан далолат беради. 1 Носириддин Тусий (ваф. 673/1274 й.) ўрта осиёлик астроном, математик, файласуф, мутакаллим.


    Дарҳақиқат, Тусийнинг ҳам, Али Қушчининг ҳам аниқ, табиий ва ижтимоий фанларга оид асарлари машҳур бўлган ҳамда соҳа мутахассислари орасида таҳсинга сазовор бўлган. Кўпчилик шориҳларнинг ҳам илмий соҳалари ўхшаш. Улардан энг машҳурларидан бири бўлган Даввоний фиқҳ ва калом билан бир қаторда фалсафа, мантиқ, ахлоқшунослик, риёзиёт ва геометрия соҳалари бўйича ҳам рисолалар ёзган.


    “Тажрид ал-калом”нинг аҳамиятига фақат замон ва макон нуқтаи назаридангина баҳо берилса ҳам, маълум бўладики, асарга ҳар даврда кўпчилик олимлар мурожаат қилган, унинг тарихий ва географик жиҳатдан ҳам қамрови салмоқли бўлган.

    66 - 73
    279
    20
    06-07-2026
1 - 4 from 4

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling