- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
“FONIY DEVON”IDA TASAVVUFIY QARASHLARNING TALQINI
Nargiza SHOALIYEVA, Hojjatollah JAVANI (Muallif)Mir Alisher Navoiy XV asrning musulmon olamida atoqli, mashhur shoiri va mutafakkiri hisoblanadi. Navoiy asarlaridan soʻfiylik ta’limoti va irfoniy qarashlari uning baytlarida oʻz aksini topgan. Shuningdek, Navoiy oʻz ijodida tasavvufiy ilm va adabiyotiga koʻplab murojaat qilganligini asarlari guvohlik beradi.
Soʻfiylar va tasavvuf ta’limoti islom dunyosida azaldan muhim oʻrin tutib kelgan. Bu ta’limotlar odamlarning idroki va botiniga ta’sir koʻrsatib, oʻzlikni anglash, nafs va irodani sayqallash va ruhan yuksalish natijasida insonparvarlik, bagʻrikenglik xatti-harakatlarining asosiga xizmat qilgan. Soʻfiy shoir va mutafakkirlar hamda tasaffuv adabiyoti namoyondalari tasavvufiy ta’limotlarning gʻoyalarini taqdim etish orqali odamlarning tafakkuri va ijtimoiy faollik darajasini yuksaltirishga, insonning ma’rifati va ma’naviyati boyitishga harakat qilganlar. Alisher Navoiy koʻzga koʻringan musulmon shoir bolib, uning dunyoqarashi bilan tanishsak, soʻfiylar ta’limotini oʻta puxta va sinchkovlik bilan egallaganini va oʻz asarlarida bu haqda fikrlar yuritganini koʻrsatadi. Darhaqiqat, u soʻfiylar ta’limotining eng quyi darajasi, ya’ni tavbadan tortib, tasavvufning eng yuksak darajalarigacha, ya’ni fano, vahdat (birlik), hayratni oʻz asarlarida, ayniqsa, “Foniy” devonida oʻziga xos va ta’sirchan ifodalaganini guvohi boʻlamiz. Albatta, buning ajablanarli joyi yoʻq, chunki u hazrati Jomiyning shogirdi boʻlishi bilan bir qatorda, Hofiz, Sa’diy, Mavlaviyning qarashlari va ijodidan bahra olgan ogoh ijodkor boʻlgan. Uning oʻzidan oldingi salaflar izidan borishi adabiy uslubdagi mahoratini hamda irfoniy adabiyotga boʻlgan yaqinligini koʻrsatadi.
Ushbu maqolada Navoiyning “Devon-e Foniy” dagi ayrim gʻazallar baytlarini tahlil qilish asnosida, shoir maqom va holatlarni (Maqomot va Ahvol) hamda koʻplab tasavvufiy atamalarni ishlatgani aniqlangan. Navoiyning forsiy baytlarida yuksak badiiy mahoratdan tashqari tasavvufiy istilohotlar yordamida, mavjudlikning asosi boʻlgan azaliy va abadiy ishqni insonga roʻpara qiladi, insonni tafakkur qilishga undaydi, borliqqa oshiqona qarashga, xudbinlik tamoyilidan xalos boʻlishga chorlaydi, natijada Hofizga oʻxshab rindlikni pesha qilgan inson, ya’ni hurfikrli peshqadam, bagʻrikeng inson uning qahramoni sifatida namoyon boʻladi. U har qanday riyokorlik, xudbinlik, munofiqlikdan xoli boʻlib, har qanaqa nizo va qaygʻulardan qutulib, xudo huzurini anglagan, tavhid va faqru fanoga yetgan inson sifatida gavdalanadi.
25-382992020-07-2026 -
FORS MUMTOZ ADABIYOTIDA TATABBU
Feruza NIZAMOVA (Muallif)Maqolaning maqsadi o‘quvchilarga tatabbu haqida asosiy ma’lumotlar berish, g‘azal tahlilini o‘rgatish, tatabbuda yozilgan asarlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; tatabbu va boshqa asarlarga ijodiy taqlid qilish turlarini farqlashga o'rgatishdan iboratdir. Muallif fors mumtoz she’riyatidagi tatabbu an’anasini ham izohlab, Foniy va Jomiy g‘azallarini tahlil qilish misolida har bir g‘azalning umumiy jihati va xususiyatlarini ochib bergan. Foniy uslubini, qanday yangilik kiritganini va hokazolarni aniqlagan. O‘quvchi g‘azalni birgalikda tahlil qiladi, bu hodisaning asosiy xususiyatlari va tatabbuga qo‘yiladigan talablar aniqlangan.
Sharq adabiyotini o‘rganuvchi tadqiqotchilar ko‘pincha tatabba yoki naziraga urg‘u berib, bu so‘zlarni ma’nosini ochib bermasdan, hatto tushunmasdan atama sifatida ishlatadilar.
Ko'pincha bu atamalarni shunchaki taqlid deb tushungan tadqiqotchilar ushbu adabiy hodisaning kelib chiqishini, uning alohida adabiyotlar rivojidagi ahamiyatini tahlil qilmaganlar ham. Adabiyotning rivojlanishi va mustahkamlanishidagi ahamiyati, jahon adabiy jarayonini rivojiga ta’siridir. Tatabbuotni yanada chuqurroq oʻrganish, Sharqdagi naziraguylik anʼanasini oʻrganish ushun ham zarur, tatabbuni nafaqat Sharq adabiyotida, balki dunyoning turli xalqlari adabiyotida namoyon boʻlgan hodisa sifatida u yoki bu shaklda taʼriflash tatabbu ta'rifini shakllantirishga va uning shakllarini o'rnatishga yordam beradi. Bu shoir mahoratining ildizlariga chuqurroq kirib borish, uning ijodini tahlillash, shoir bosib o‘tgan maktabni o‘rganish, uning ijodi misolida turli xalqlar adabiyoti, o‘zaro ta’sirini va o‘zaro ijodiy ta’sir masalalarini o‘rganish imkonini beradi. Biroq, shuni ta‘kidlash kerakki, ular tanqid qilgan yoki parodiya yaratish prototipi sifatida foydalangan she'rga javob sifatida o'zlarining parodiya-satiralarini nazira uslubida yaratganlar. O'rta asrlarda turli xil ma'nodagi asarlar ustida ko'plab she'riy parodiyalar yaratilgan, ular haqida E.E.Bertels shunday degan edi: "Shaharda XIV asrda bu an’anaga tanqidiy munosabatda bo‘lganlar, qasidalarning parodiyalarini va she’riyatda ishqiy romanlar yaratilgan”. Ular ham shaklan tatabbu yoki naziradan boshqa narsa emas.
13-242931820-07-2026 -
“РАБИЪУЛ-АБРОР” АСАРИДАГИ ҲАДИСЛАРНИНГ АСОСЛИЛИГИ
Bakhodir PIRMUKHAMEDOV (Muallif)Zamaxshariy o'z zamondoshlari, hattoki, o'zidan keyin kelgan olimlar orasida peshqadam va zamonaviy olim edi. U arab kutubxonasini islom ilmlarining turli yo'nalishlariga oid bebaho asarlari bilan boyitdi. Zamaxshariyga zamondoshlari va undan keyin ijod qilgan olimlarning tomonidan qilingan tanqid va malomatlar allomaning ilmiy o'rni va muvaffaqiyatidan dalolat qiladi.
Zamaxshariy o'z asarlarida o'ziga xos yo'l tutgan, u o'z fikri q qadrlanishi va mantiqiy natijalarga erishish uchun axloqiy va didaktik ahamiyatga ega bulgan. Uning ko'pgina asarlari hadis, she'r va aforizmlardan ko'plab iqtiboslarni o'z ichiga oladi. Allomaning hadis ilmiga xos asarlari bo'lib, ulardan biri - “al-Foiq fi g'aribi-l-hadis” asaridir. Asar g'arib hadislar uchun eng muhim lug'atlaridan biridir. Hadis ilmining mukammal bilishi, bizni u ko'pgina asarlarida “zaif” va “mavzu” hadislarga tayanadi deydiganlarga qarshi turishga chorlaydi. Ularga javob berish uchun odob-axloq kitoblari sarasidagi muhim kitoblardan hisoblanuvchi “Rabi'u-l-abror va nususu-l-axyor” kitobidagi namunalar asosida izlandik. Alloma bu asarini hadis nabaviy, sahoba, tobe'in, shoir va donishmandlarning fikrlari asosida yaratgan.
31-37862718-07-2026 -
MALIKUSHSHUARO BAHORNING HAYOTI VA IJODI
Feruza NIZAMOVA (Muallif)Ushbu maqolada XIX asr adabiyoti taniqli namoyandasi, shoira Malikushshuaro Bahorning ijodini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – XIX asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa biroz e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham mavjud. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir. XIX asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.XIX asrda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.
49-572801918-09-2026 -
GERMAN FARHAT – «BAHS AL-MATALIB VA HASS AL-TALIB» GRAMMATIK ASARINING MUALLIFI
Mukhlisabonu ISHANKHANOVA (Muallif)Maqolada Xalab (Aleppo, Suriya) shahridagi maronit arxiyepiskopi German Farhatning (1670-1732) hayoti va koʻp qirralik ijodi tadqiq qilingan. Oʻz navbatida, German Farhat arab adabiyoti tarixida muhim shaxs hisoblangan. Shuningdek, maqolada xristian-muallif tomonidan tuzilgan arab tili grammatikasi bо‘yicha birinchi grammatik asar «Bahs al-matalib va hass al-tolib» (“Masalalarni oʻrganish va talabalarini [arab tilini oʻrganishga] undash” tadqiq qilingan.
Ushbu maqolada Isroil Milliy Kutubxonasi fondida saqlanayotgan qoʻlyozma nusxasidan foydalandik (Inv. № 397, V. 1в-150в) va maqolada uni yozilish sabablariga oid masala koʻrib chiqilgan. Bahs al-matalib arab tilida so‘zlashuvchi bo‘lmaganlar uchun qo‘llanma bo‘lib, keyinchalik u Usmonlilar imperiyasining arab viloyatlari, ayniqsa, Livan tog‘idagi yarim avtonom mintaqadagi aniqrog`i, Bayrut (Livan)da 200 yildan ortiq, XX asr oʻrtalarigacha maktablarda, o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan. Ushbu grammatika kursi arab dunyosida katta rezonansga ega boʻlib, nasroniy muallif tomonidan yozilgan bu borada birinchi tadqiqot edi (hali ham ba’zi maktablarda oʻqitiladi). Arab adabiy uyg‘onish davri (Nahda) boshlanishidan bir asr oldin yashab, olim, yozuvchi va shoir sifatida tanilgan German Farhat, bu Nahdani amalga oshirish uchun kо‘p harakat qildi. Shuningdek, bu yerda arxiyepiskopning sintaksis, leksikologiya, morfologiya, stilistika, ritorika bо‘yicha yozgan asarlari ham qayd etilgan. U о‘z ishlari bilan Yaqin Sharqdagi xristian aholisining ta’lim darajasini oshirishga va “xristianlar Qur’onning muqaddas tilini mukammal о‘zlashtira olmaydi”, degan fikrni о‘zgartirishga harakat qilgan.
German Farhat cherkov xizmatini ishtiyoq va g`ayrat bilan bajarishga intilgani bilan mashhur bo`lgan. Livan monastir ordenining g‘oyaviy jihatdan ilhom bag`ishlovchisi va Usmonli Suriyaning eng muhim shaharlaridan birining arxiyepiskopi lavozimida xizmat qilgan. Uning faol ma’rifiy va ilmiy faoliyati о‘sha davrning kо‘plab olimlari va yozuvchilari e`tiborini tortgan. Arxiyepiskopning shaxsiyati va uning asarlariga qiziqish ishlari XIX asr oxiri – XX asr boshlariga tо‘g‘ri keladi.
68-762701317-09-2026 -
FORS BADIIY NASRI HAQIDA
Feruza NIZAMOVA (Muallif)Bu maqolada fors adabiyotining nasrini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – IX-XV asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir.
Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa bir oz e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham eshitilib qoladi. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir.
IX-XV asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.
IX-XI asrlarda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.
69-772662517-07-2026 -
“ADIBLAR XIYOBONI - MA’NAVIYAT MASKANI” VEB-SAYTI LOYIHASINING AHAMIYATI
MAVLUDA Xodjayeva, NILUFAR Turopova (Muallif)Maqola Adiblar xiyoboni yagona interaktiv portali veb-saytini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, asosiy ko‘zlangan maqsad – Аdiblar xiyobonida qad rostlagan adabiyot nomoyondalari ilmiy va ijodiy faoliyatini bugungi kun zamonaviy veb-dasturlash sohasi imkoniyatlari bilan raqamlashtirishdan iboratdir. Unda milliy adabiyotimiz xazinasini internetda targʻib etish, zamonaviy texnologiya va dasturiy taʼminot sohasida maʼlumotlarni ulashishning eng qulay, tezkor va samarali uslublaridan foydalanish masalasi ko‘rilgan. Bunda Adiblar xiyoboni veb-saytini yaratish va unda Аdiblar xiyobonidagi barcha shoir va mutafakkirlar hayoti, ijodidagi boy ilmiy merosini yahlit bir tizimda umumlashtirish, loyihani ishlab chiqishni bir necha bosqichlarda amalga oshirish, ya‘ni, veb-saytini ishlab chiqish jarayoni bosqichlarini aniq vaqtlari bilan rejalashtirish uchun GanttPRO diagrammasi, rejalashtirish, sayt xaritasi va vireframe yaratish, dizayn, sahifalar tartibi, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash davri, kontentni yozish va yig‘ish, zamonaviy dasturlash texnologiyalaridan Python dasturlash tilining Django frameworki dan foydalaish,, ishlab chiqilgan loyihani sinovdan o ‘tkazish, ko‘rib chiqish va ishga tushirish, xizmat bosqichida fikrni monitoring qilish, muntazam yangilash jarayonlari keltirilgan. Shuningdek, Veb sayt mijoz va server qismini yaratish uchun foydalaniladigan texnologiyalar: Veb-saytning foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qiladigan qismi “Frontend”dan, u ilovaning “mijoz tomoni”, veb-saytning server tomoni qismi uchun Backend texnologiyasidan foydalanish, Adiblar xiyoboni veb-sayti va uning ma’lumotlar bazasi xavfsizligi ta’minlash modeli, uning asosiy elementi, ishlab chiqariladigan tizim xavfsizligi siyosatining forma spetsifikatsiyasini (tafsilotlarini ro‘yxatini) tuzish, himoya vositalarini amalga oshirish mexanizmlarni belgilovchi himoyalangan tizim arxitekturasining bazaviy prinsiplarini tanlash va asoslash jarayonlari bayon etilgan.
Zamonaviy texnologiya va dasturiy taʼminot sohasida maʼlumotlarni ulashishning eng qulay, tezkor va samarali uslubi shubhasiz internet va veb ilovalar hisoblanadi. Natijada, adiblar xiyobonidagi adabiyotimizning yirik namoyondalari ilmiy ijodini keng targ‘ib etish uchun veb ilovalarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.
92 - 1002422508-07-2026 -
ERON ADABIYOTI MALIKASI
Feruza NIZAMOVA (Muallif)Eronning jahon miqyosida shuhrat qozongan badiiy soʻz ustalari orasida xotin-qiz shoiralar ham kam emas edi. Maqolada ana shu shoiralar osmonining yorqin yulduzlaridan biri Parvin Eʼtisomiyning merosini oʻrganilib, tadqiq qilingan. Parvin Eʼtisomiy 1907-yil 15-martda Tabriz shahrida mashhur adib Yusuf Eʼtisomiy oilasida tugʻildi. Boʻlgʻusi shoiraning otasi oʻqimishli kishi boʻlib, adabiyotga ixlosi baland edi. Maqolaning maqsadi shoira sheʼriyatidagi mafkuraviy va badiiy usulni oʻrganish, mahoratini aniqlash, shuningdek, uning ijodini tahlil qilish orqali eron adabiyoti tarixida uning asarlari oʻrnini aniqlashdan iboratdir. Eron adabiyotshunoslari Rashid Yosimiy, doktor Notil Parviz Xonlariyning aytishlaricha, Parvinning otasi tarjimon va isteʼdodli stilist ham edi. Uning adabiyot sahnasidagi xizmatlaridan biri – “Bahor” jurnalini nashr ettirganligidir. Parvin Yusuf Eʼtisomiyning yagona qizi edi. Yoshlik chogʻida ota-onasi va akasi bilan birga Tehronga koʻchib kelgan Parvin qizlar oʻrta maktabiga kirib oʻqiy boshlaydi. Maktabda Parvin oʻzining favqulodda isteʼdodi, qunti, odobi va kamtarligi bilan ajralib turardi. Maktabni muvaffaqiyat bilan tugatgani tufayli sinfdoshlari orasida yolgʻiz Parvin oʻqituvchilikka tavsiya etiladi. Parvinning dunyoqarashining shakllanishiga, ajoyib talantining gullab-yashnashiga otasi Yusuf Eʼtisomiy katta taʼsir koʻrsatadi. U otasidan fors va arab adabiyoti boʻyicha ham koʻp maʼlumot oldi. Otasi rahbarligida Parvin oʻz xalqi yaratgan boy adabiyot va sanʼatni qunt bilan oʻrgandi. Fransuz, ingliz, turk va arab tillarini yaxshi bilgan Parvin Yevropa va jahon adabiyoti bilan tanishadi. Ana shunday sharoitda ulgʻaygan Parvin yoshligidanoq sheʼr yoza boshlaydi. Eʼtisom-ul-mulkning uyida koʻpgina shoirlar yigʻilishib turardi. Ana shunday yigʻilishlarda qatnashgan Eron shoirlari Malik-ush-shuaro Bahor, Muhammad Qazviniy, Said Nafisiy va boshqalar isteʼdodli shoira Parvinning yangi ijodidan bahramand boʻlardilar. Bu sheʼrlarga ular tomondan berilgan yuksak baho va tahsinlar kamtarin xislatli, uyatchan Parvinni magʻrurlantirmasdan, aksincha isteʼdodli shoirani yanada koʻproq qunt bilan ishlashga undardi. Maqolada Parvin Eʼtisomiyning faoliyati va merosi qator olimlarning tadqiqotlari oʻrganilib, tahlil qilingan.
68-772892006-07-2026
