Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • GLOBALLASHUV SHAROITIDA IJTIMOIY TARMOQ TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI

    Zoirkhuja ULMASKHUJAYEV (Muallif)

    Jahonda kechayotgan keskin globallashuv jarayonlarida axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etilmoqda. Jumladan, zamonaviy ommaviy kommunikatsiyalar hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim voqeligiga aylangan, taraqqiy etgan davlatlarda muhim ehtiyoj vositasi hamda ommaviy muloqot subyekti darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda axborot makoni gomogenlashuvining yuzaga kelishi ilmiy-texnikaviy va texnologik yutuqlarning keng tarqalishi, ularning umumiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning mamlakat imijini shakllantirishdagi ya’ni, davlatlarning qo‘lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ‘ib qilishdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Biroq, inson qadriyatini noaxloqiy yo‘nalgan ko‘rinishlarining ommalashishi, shaxs dunyoqarashiga nisbatan yot g‘oyalar bilan ta’sir ko‘rsatish insoniyatning milliy zamini va o‘zligidan begonalashuviga olib kelmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu omillarni shaxs dunyoqarashiga ta’siri, oqibati va tahdid yo‘nalishlarini aniqlash dolzarb ahamiyatga ega.


    Rivojlangan davlatlarda fuqarolarning siyosiy madaniyati, xulq-atvori hamda ijtimoiylashuvi jarayonlarini qamrab olgan siyosiy ong, siyosiy qadriyatlar, jamiyatda ishonch omilini mustahkamlovchi fenomen sifatida mafkuraviy tarbiya hamda ijtimoiy tarmoqlar vositasida mamlakat imijini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnolgiyalarni kashf etish va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda dunyoda globallashuv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan g‘oyaviy tuzoqlar va ularning madaniyat omiliga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongini manipulyatsiya qilish hamda har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarga raxna solish, siyosiy qadriyatlarga tajovuz qilish, insoniyatning tarixiy xotirasini buzishga urinishlarning oldini olishning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yechimlarini tadqiq etish ustuvor ahamiyat kasb etgan. Bu borada axborotlashgan jamiyatni yaratish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, ushbu sohalarning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir.


    Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini ijobiy tomonga o‘zgartirish, ma’naviy va mafkuraviy qadriyatlar uyg‘unligida amalga oshirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jumladan, mamlakat tarixi va hozirgi yutuqlarini butun dunyoga targ‘ib qilishda va shu orqali davlat imiji, obro‘sini oshirishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, hozirda rivojlanishning yangi davrini boshlagan mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadigan shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini tizimli ravishda tadqiq etish ehtiyoji ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi.


    Ushbu maqolada globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoq tushunchasi mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlardagi ijtimoiy-siyosiy, diniy-mafkuraviy, ommaviy madaniyatning turli ko‘rinishlari va uning jamiyat xavfsizligiga ta’siri masalalari tadqiq qilingan.

    89-99
    312
    23
    17-09-2026
  • IJTIMOIY TARMOQLARNING TALABALARNING SIYOSIY TARBIYASIGA SALBIY TA'SIRINING PSIXOLOGIK FENOMENI

    Timur Sobirovich SATTAROV (Muallif)

    Ushbu maqolaning maqsadi ijtimoiy tarmoqlarning talabalarning siyosiy tarbiyasiga salbiy ta'sirining psixologik fenomenini kompleks tahlil qilish va Yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi kontekstida ushbu ta'sirni minimallashtirish bo'yicha pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqotning metodologik asosini quyidagilar tashkil etadi: siyosiy psixologiya, pedagogika va media tadqiqotlar sohasidagi o'zbek va xorijiy olimlarning ishlarini nazariy tahlil qilish; Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 18–23 yoshdagi 60 nafar talabasi ishtirokida o'tkazilgan empirik so'rovnoma, uchta diagnostik blokni o'z ichiga olgan (siyosiy axborot manbalari, hissiy reaksiyalar, siyosiy muloqotga tayyorlik); «O'zbekiston – 2030» Strategiyasi, «Davlat yoshlar siyosati to'g'risida»gi Qonun va Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasini o'z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar tahlili. Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoqlarning talabalarning siyosiy ongiga halokatli ta'sirining to'rtta asosiy psixologik mexanizmi aniqlandi va batafsil tizimlashtirildi: «eks-kameralari» shakllanishi va algoritmik mafkuraviy qutblanish; klip tafakkurining rivojlanishi va tizimli siyosiy tahlil qobiliyatining pasayishi; dofaminga qaramlik mexanizmlari orqali siyosiy idrokning emotsionallashuvi; siyosiy kontentni yuzaki iste'mol qilish fonida kompetentlik illyuziyasining shakllanishi. Empirik tarzda quyidagilar aniqlandi: respondentlarning 88% siyosiy axborotning asosiy manbai sifatida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi; 63% siyosiy kontentni iste'mol qilishda asosan tashvish va g'azabni boshdan kechiradi; atigi 28% boshqa siyosiy qarashlar egalari bilan konstruktiv muloqotga tayyor; 52% siyosiy opponentlarni dehumanizatsiya qilish elementlarini namoyish etadi. Nazariy va empirik ma'lumotlarning sintezi asosida O'zbekiston oliy ta'lim o'quv jarayoniga mafkuraviy immunitetni shakllantirishning integratsiyalashgan pedagogik modelini joriy etish zarurati asoslab berildi, u kognitiv komponent (media savodxonlik kurslari, faktcheking, algoritmlarni tushunish), hissiy-qadriyat komponenti (interfaol usullar, debatlar, rolli o'yinlar) va xulq-atvor komponentini (real fuqarolik ishtiroki, volontyorlik, talaba o'zini o'zi boshqarish) o'z ichiga oladi. Ishning amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan tavsiyalardan akademik guruhlar kuratorlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar o'qituvchilari, tarbiyaviy ishlar bo'yicha mutaxassislar va O'zbekiston oliy o'quv yurtlarining psixologik xizmatlari faoliyatida foydalanish imkoniyati bilan belgilanadi.

    78-87
    346
    21
    24-07-2026
  • АХБОРОТЛАШГАН ЖАМИЯТ ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАРИДА ТИЛ ВА КОММУНИКАЦИЯ

    RAVSHONBEK KHUDAYBERGANOV (Muallif)

    Мазкур мақолада ахборотлашган жамиятда тил ва коммуникация муаммолари ва истиқболларининг ижтимоий-фалсафий ва методологик жиҳатлари таҳлил қиланган. Шунингдек, коммуникатив жараён барча ижтимоий соҳалар фаолиятининг шаклланиши ва ривожланиши, тил ва коммуникациялар одамлар ва уларнинг ўртасидаги алоқани таъминлайди ҳамда тил ахборот етказишнинг жуда муҳим воситаси сифатида катта аҳамият касб этади. Тил ва коммуникация воситалари мулоқотнинг диалогик ёки интерактив шаклини таъминлайди. Ахборотлашган жамиятда тил ва мулоқот одамлар ўртасидаги маданий, тарихий жиҳатдан шартли маънавий алоқанинг ўзига хос шаклидир. Aхборот ташувчиси сифатида алоқа воситалари, ўз навбатида, одамлар ҳаётининг маданий-тарихий, иқтисодий ва ижтимоий-сиёсий шароитларига, кишиларнинг ўзлари ишлаб чиқариш даражаси ва ривожланиш даражасига боғлиқ.


    Тил ва коммуникация воситаларининг ривожланиши доимо ишлаб чиқариш эҳтиёжларининг бевосита таъсири остида рўй беради. У ижтимоий ва ижтимоий тузилишнинг барча даражаларида маданий, шахслараро, этник, давлат, глобал миқёсда ўсиб боради. Шу боисдан ҳам бир-бири билан алоқа қилиш қобилияти инсон капитали тушунчасига киритилиши ва интеллектуал капиталнинг бир қисми бўлиши керак.


    Инсоният коммуникацияси воситаси ҳисобланган тил муаммоларининг жамият маданий тараққиёти билан уйғун ҳолатда илмий ва амалий аҳамият касб этиши аксарият олимлар томонидан қайд этилган. Ижтимоий маданий тараққиёт ва жамият институтлари учун эса тилнинг бундай динамик хусусияти жуда муҳимдир. Тилнинг фалсафий парадигмаси фалсафа, лингвистика, риторика, яъни, фанлар комплексининг мослашуви билан белгиланади. Чунки, улар илмий тадқиқот дастурининг асосий ўлчов, мезон (параметр)ларини аниқлашга ёрдам беради. Бу комплексда тил феномени доминант ижтимоий-фалсафий фикр вазифасини бажаради. Тил ижтимоий ва инсоний борлиқ атрибути бўлиб, инсон ҳаётининг ишлаб чиқариш ва қайта ишлаб чиқариш жараёнлари учун, айниқса, билиш, таълим, тарбия, мулоқот, суҳбат жабҳалари учун ҳам аҳамиятлидир. Тилни ахборот-коммуникатив тизим сифатида ижтимоийлашуви яъни, у ўзида рўёликни акс эттириш қобилияти ва ахборотни узатиш воситаси сифатида хизмат қилади. Шу билан энг муҳим жиҳати ахборот ва коммуникацияларнинг ўзаро ўтиш қобилиятига эга бўлади. Шу муносабат билан тил ва мулоқот маданиятида ахборот ва коммуникатив томонларнинг диалектик бирлиги пайдо бўлди.

    84 - 93
    375
    23
    06-07-2026
  • ТАЛАБАЛАРДА ДИНИЙ МАЗМУНДАГИ АХБОРОТЛАРНИ ИДРОК ЭТИШГА РАЦИОНАЛ ЁНДАШУВ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ

    Zebo KASIMOVA (Muallif)

    Ушбу мақолада талабаларда диний мазмундаги ахборотларни идрок этишга нисбатан рационал ёндашув кўникмасини шакллантириш ижтимоий психология, хусусан, дин психологияси соҳасида долзарб аҳамият касб этиши илмий-назарий жиҳатдан асослаб берилган. Мақолада кўтарилган муаммо муаллифнинг диссертацион тадқиқот мақсадидан келиб чиққан ҳолда таҳлил этилган.  


    Инсоният ахборот оқими тобора тезлашиб бораётган, аҳоли кайфиятини, руҳиятини, мақсад ва интилишларини, қолаверса, бутун тафаккур тарзини ўзгартиришга қодир бўлган ахборот технологияси вужудга келган бир даврда яшамоқда. Ахборот асрида жаҳон ҳамжамияти билан тобора интеграллашиб бораётган Ўзбекистонда ҳам бошқа мамлакатлар қатори бугунги кунда ахборот тўплаш, тарқатиш ва уни тасарруф қилиш жараёни жадаллашиб бормоқда.


    Интернет, телевидение, радио, видео, телефон алоқалари ва шу кабиларнинг ривожланиши ёшлар маънавий дунёсининг илмий, ақлий, ҳиссий, руҳий, ахлоқий, мафкуравий, сиёсий, иқтисодий, ҳуқуқий, экологик, эстетик, бадиий, диний каби кўп қиррали таркибий қисмларига доимий таъсир этиш воситаларига айланди.


    Айрим кучларнинг саъй-ҳаракатлари билан ахборот ҳарбий снарядга, оммавий ахборот воситалари эса тажовуз қуролига айлантирилмоқда. Гарчи ахборот дайди ўқ сингари инсонни жисмонан йўқ қила олмаса-да, унинг қўпорувчилик кучи, келтирадиган зарари ҳар қандай оммавий қирғин қуролидан кам эмас. Чунки бу қурол ёрдамида онгга берилган зарбалар кишини адаштиради, уни ўз манфаатига зид ҳаракат қилишга ундайди, демак, инсонни бошқариш, унинг устидан ҳукмронлик қилиш яъни руҳий манипуляция қилиш имконини беради. Бу қурол ахборот хуружидир. Бундай қурол ёрдамида олиб бориладиган ахборот урушида инсон онги, миллат руҳияти нишонга олинади. Бу урушда бинолар зарар кўрмаса, одамлар ўлдирилмаса, моддий бойликларга шикаст етмаса-да, унинг мафкуравий, маънавий, руҳий зарари ҳар қандай ядровий уруш зараридан ҳам кучли.


            Ислом дини бузғунчиликни, одамлар қалбига ваҳима, душманлик ва фитна уруғларини сочишни қаттиқ қоралайди. Маълумки, сўнгги йилларда динни ниқоб қилиб олган оқимлар, тоифалар пайдо бўлди. Улар ғаразли мақсадлари йўлида жамиятда бузғунчилик, бегуноҳ одамлар онгини чалғитиш, уларнинг онг ости қатламларига алдов йўллари билан психологик манипуляцион таъсир кўрсатиш каби ҳаракатларни авж олдириб, фуқаролар тинчлигини бузиб, халқ орасида низо чиқаришга ҳаракат қилишмоқда.


    Ушбу мақолада муаллиф диний мазмундаги ахборотларни идрок этишга талабаларда рационал ёндашув ва соғлом муносабатни қарор топтириш, уларда ижтимоий тармоқлар орқали қабул қилинаётган ахборотларни саралаш кўникмаларини ривожлантиришга йўналтирилган методик тавсиялари келтирилган.

    92-101
    197
    18
    17-07-2026
  • DEZINFORMATSIYA AXBOROT PSIXOLOGIK TA’SIR USULI SIFATIDA (ZAMONAVIY XORIJIY TADQIQOTLAR ASOSIDA)

    Azamat IBRAKHIMOV, Zuhra IBRAKHIMOVA (Muallif)

    Mazkur maqolada ayni vaqtda eng dolzarb muammoga aylangan – dezinformatsiya axborot psixologik ta’sir vositasi sifatidagi ilmiy xulosalar zamonaviy xorij tadqiqotlari asosida tadqiq qilingan. Ommaviy axborot vosita(OAv)lari tomonidan berib borilayotgan ma’lumotlar amalda o’z mazmunidan ajrab, ta’sir o’tkazish vositasiga aylanib qoldi. Hayotning nihoyatda jadal suratlari, OAvlari xabar qiladigan voqealarni o’rganishga vaqtning yo’qligi, ba’zida esa bu xabarlarni tahlil etishga shaxs malakasining yetishmasligi shunday holga keldiki, keng auditoriya materiallarni axborot kanallari qay tarzda taqdim etsa, shu zaylda qabul etmoqdalar. Maqolada «dizinformatsiya»ning media muhitda hosil qilinishi, tarqalishini va ularning kognitiv(bilish) jarayonlariga ta’sirini nazariy anglashga harakat qilingan. “Dezinformatsiy” (Misinformation) atamasini keng ma’nosini to’liq ochib berishga va shuningdek, uning inson ongiga qay darajada ta’sir qilishi va psixologik xususiyatlari tadqiq qilingan. Agar “dezinformatsiya” atamasini nazariy tadqiq etadigan bo’lsak - bu stilistik nuqtayi nazaridan haqiqiydek hosil qilingan xabar bo’lib, aslida esa qisman yoki to’liq yolg’on bo’lib, insonlarni manipulyatsiya qilish uchun hosil qiligan soxta xabarlardir. Yolg’on va haqqoniy xabarlar; vaqt va makon haqiqiyligi nuqtayi nazaridan ma’lumotning haqqoniyligi; yangiliklarning muallifi va manbasi nuqtayi nazaridan; xabarlardagi esga olinuvchi shaxslar nuqtayi nazaridan; yangilikni vujudga keltiruvchi psixologik maqsadlardan kelib chiqqan holda; «yangilik»ni qabul etilishi; dezinformatsion (feyk xabarlar) ma’lumotlarning natijasida inson kognitiv jarayonlari holati va o’zgarishi natijasida feyk xabarlar klassifikatsiyasini taqdim etaman deganidir. Maqolada internet manbaalar va turli OAv dan yaqqol misollar bilan keltirilgan. “Feyk xabarlar” ning oldini olish va ularni neytralizatsiya qilish uchun psixologik ma’lumotlar keltirilgan. Olingan natija va xulosalardan talabalar, psixolog va sotsiologlar, shuningdek, OAvlari xodimlari foydalanishlari ko’zda tutilgan. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi fеyk xabarlarning global miqyosda yoyilishiga keng imkon yaratmoqda va bu o’z navbatida axborot xavfsizligi sohasidagi tadqiqotlarning dolzarblgini oshirmoqda.

    183-192
    275
    34
    03-07-2026
  • РАДИКАЛИЗМ ТУШУНЧАСИ, КЕЛИБ ЧИҚИШ САБАБЛАРИ ҲАМДА ОЛДИНИ ОЛИШ БИЛАН БОҒЛИҚ МАСАЛАЛАР ТАҲЛИЛИ

    Akbar Nodirovich O‘KTAMOV (Muallif)

    Радикаллашув масаласи умумэътироф этилган анъаналарга бутунлай зид муносабатда бўлиш, кескин ҳаракатларни ёқлаб чиқиш билан боғлиқ жараёндир. Бу масалага эътибор қаратилмаса, жамиятда бир қатор салабий оқибатларни келтириб чиқариши мумкин. Ушбу мақолада радикализм тушунчаси ва мазмун-моҳияти, радикализмнинг пайдо бўлишига сабаб бўлувчи омиллар ҳақида атрофлича баён қилинган. Хусусан, жамиятда диний эътиқодларнинг нотўғри талқини ҳамда экстремистик мафкураларни тарқалиши ёшларни радикаллаштиришда муҳим омил бўлиб хизмат қилиши очиб берилган.


    Ушбу мақолада бугунги кунда ёшларнинг Интернет ва ижтимоий тармоқлар орқали экстремистик ғоялар ва адашган диний эътиқодлардан таъсирланиши уларнинг радикаллашувига таъсир этувчи асосий жиҳатлардан экани таъкидланган.


      Шунингдек, мақолада ислом динида радикаллашув жараёнига муносабат масаласи Қуръони карим ва ҳадиси шарифлар асосида таҳлил қилинган. Шу билан бирга, Ўзбекистон Республикаси қонунчилигида радикал ғоялар таъсирида келиб чиқиши мумкин бўлган – экстремизм ва терроризмга нисбатан белгиланган ҳуқуқий жазо чоралари норматив-ҳужжатлар асосида тушунтириб берилган.

    72-78
    306
    28
    17-07-2026
  • ИСЛОМ ДИНИДА ОИЛАВИЙ МАРОСИМЛАР ВА ХАРАЖАТЛАР

    Adhamjon ASHIROV (Muallif)

    Мазкур мақолада мустақиллик йилларида Ўзбекистонда олиб борилган диний сиёсат, ислом дини, ижтимоий ҳаёт, миллий қадриятлар ва оилавий маросимлардаги ўзгаришлар таҳлил қилинган.


    Муаллиф ўзбек оилавий маросимлари, жумладан, фарзанд туғилиши, никоҳ ва мотам маросимларда диний ва миллий қарашларнинг уйғунлашувини этнографик материаллар асосида ёритишга ҳаракат қилган. Қолаверса, ушбу туркум маросимлардаги айрим харажатлар ва исрофгарчиликларни қисқартириш борасида ислом уламолари, имомларнинг қарашларини жума маърузалари ҳамда турли ижтимоий тармоқлар мисолида ёритиб берган.


    Муаллиф замонавий ўзбек жамияти, мусулмонлар жамоатчилик фаолияти  борасида олиб борган антропологик кузатувлари жараёнида ўзбек имомлари томонидан оила-никоҳ масаласида жума намози, маҳалладаги ва турли жамоавий тадбирлар, телевидениедаги турли ток-шоулар ва радио эшиттиришлар, “Ақиқа” маросими, суннат тўйи, никоҳ ҳамда мотам маросимидаги “амру маъруф” мавъизалари, масжидлар ва имомлар сайтлари ёки ижтимоий тармоқлар (Тelegramm, Facebook, Instagram)даги саҳифаларда кенг муҳокама қилинишига эътибор қаратган. Айнан мазкур йиғишларда ислом уламолари ва имомларнинг доимий чиқишлари натижасида ўзбек халқи маросимий ҳаётида, хусусан, никоҳ маросимларида харажатлар баланси ўзгариб, келин томондан тўй учун қилинаётган харажатлар (мебель, сеп, маросим таомлари) қисқариб, куёв томон зимасига ўтаётганлиги урғу берилган. Шунингдек, ўзбек халқининг оилавий маросимларидаги ўзгаришлар ва трансформацион жараёнлар маросим иқтисодиёти нуқтаи назаридан таҳлил қилинган.

    38-46
    230
    29
    18-07-2026
  • KIBERMAKONDA XRISTIANLIKKA OID DINIY JARAYONLARNI O‘RGANISHNING ILMIY ASOSLARI

    Mohira ABDULLAYEVA, Ibrohim NIGʻMATULLAYEV (Muallif)

    Bugungi kunda internet tarmoqlari ijtimoiy turmush tarzining barcha sohalariga kirib bormoqda va foydalanuvchilarga katta imkoniyat yaratmoqda. Diniy jarayonlar raqamli texnologiyalarda namoyon bo‘lmoqda. Xristian diniy amaliyotlarining kibermakondagi transformatsiyasi jadal davom etmoqda. Xristianlik amaliyotlari onlayn ko‘rinishga olib chiqilmoqda. Mazkur holatlarni diniy amaliyotlar, ya’ni muayyan ibodat va diniy marosimlarni bajarishda kuzatish mumkin. Cherkov amaliyotlarining kibermakonga transformatsiyasi kundan kunga rivojlanib bormoqda.


    Xristianlikning internetga dastlab kirib kelgan oqimlaridan biri –   protestantlik hisoblanadi. Protestantlik oqimlaridan biri bo‘lgan presviterianlikda diniy amaliyotlarning kibermakonga oʻtishi yaqqol namoyon boʻlmoqda.


    Kibermakonda protestantlik oqimlaridan biri bo‘lgan presviterianlik amaliyotlarining o‘ziga xos tomonlari, afzalligi, kamchiligi, sodir boʻlayotgan xristianlik bilan bog‘liq diniy jarayonlarning namoyon boʻlish xususiyatlarini ilmiy asoslangan holda tahlil qilish mavzuning dolzarbligini keltirib chiqaradi.


    Ushbu maqolada “internet cherkov”, “onlayn cherkov”, “kibercherkov” yoki “raqamli (elektron) cherkov” kabi tushunchalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari, rivojlanish tendensiyalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.


    Shuningdek, maqolada kibermakonda xristianlikka oid diniy jarayonlarni o‘rganishning ilmiy asoslari yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur sohada tadqiqot olib borgan   Adair Windham, G.Reyngold, J.Barna, H.Campbell, T.Hutchings kabi olimlarning fikrlari tahlil qilingan, ularning kibermakonda xristianlikka oid diniy jarayonlarni o‘rganishga oid fikrlari bayon qilingan. Diniy amaliyotlarni raqamli texnologiyalarda aks etishi sifatida onlayn ibodat, onlayn din shakllari, diniy ma’lumotlarni onlayn to‘plash, onlayn ibodat va marosimlar, onlayn ishga qabul qilish va missionerlik, onlayn diniy hamjamiyat, din va internet bo‘yicha tadqiqotlar, onlayn din tadqiqotlarining umumiy mavzulari, onlayn diniy jamoa, diniy urf-odatlar xususidagi ma’lumotlar va olimlarning qarashlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada onlayn ibodatni o‘rganish, raqamli yevangelizm (xushxabar) va uning shakllari, onlayn jamoat, raqamli nashrlar va elektron adabiyotlar, ilovalar va o‘yinlarga qaratilgan tadqiqotlarga oid ma’lumotlar berilgan.

    55-61
    201
    18
    16-07-2026
1 - 8 from 8

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling