Mualliflar

  • Nigora Alisherovna KHAKIMOVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif
  • Soliha Obidjon qizi YODGOROVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2026/2/17-22

Kalit so‘zlar:

ohod xabar hujjat mazhab zonniy usul al-fiqh isnod qiyos faqih.

Annotasiya

Mazkur maqolada ohod xabar tushunchasi va uning fiqhiy mazhablarda hujjat sifatidagi o‘rni va uni qabul qilishdagi metodologik mezonlar ilmiy-nazariy jihatdan keng qamrovli tahlil qilingan. Ohod xabar (xabar al-vohid) islom huquqi manbalari tizimida zonniy (ehtimoliy) dalil sifatida baholanishiga qaramay, amaliy-shar’iy hukmlarni chiqarishda muhim o‘rin egallashi ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqotda hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhablarining ohod xabarni qabul qilish mezonlari va metodologik yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Ohod xabarni qabul qilishning beshta ittifoq qilingan sharti (roviyning musulmon, oqil, adolatli, rostgo‘y va zabt sohibi bo‘lishi) hamda hanafiy va molikiylarning qo‘shimcha talablari batafsil yoritilgan. Molikiylar Madina ahli amaliyotiga (amal ahli Madina) zid bo‘lgan xabarlarni rad etgan bo‘lsalar, hanafiylar xabarning umum al-balvo (har bir musulmonga tegishli masala bo‘lib uning hukmini bilishga butun jamiyat muhtoj bo‘lishi) doirasida bo‘lmasligi, roviyning faqih bo‘lishi, rivoyatning qat’iy sobit bo‘lgan shar’iy asoslarga  zid  bo‘lmasligi kabi qo‘shimcha shartlarni ilgari surganlar. Shofeiy va hanbaliy mazhablari esa sahih isnodni asosiy shart deb bilgan holda, ohod xabarni nisbatan kengroq doirada qabul qilganlar.

Shuningdek, maqolada ahli ra’y va ahli hadis maktablari o‘rtasidagi metodologik farqlar atroflicha yoritilgan. Ohod xabarning qiyos bilan o‘zaro munosabati, xususan, hanafiy mazhabida Karxiy va Dabusiy o‘rtasidagi roviy faqihligi haqidagi nazariy ixtiloflar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida, mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflarning hadisni inkor etishdan emas, balki uni talqin qilish va huquqiy dalil sifatida qo‘llashdagi yondashuvlardan kelib chiqqani asoslab berilgan.

Natijada, ohod xabar islom huquqi manbalari tizimida muhim dalil sifatida o‘z o‘rniga ega ekani va mazhabdagi tafovutlar fiqhiy qarashlarning boyligini namoyon etishi xulosa qilingan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Al-Bayanuni, E. F. (2013). The Issue of Madhhabs and Jurisprudential Differences. Ravza Publications. (in Turkish).

2. Chetinturk, T. (2021). The conditions adopted by madhhabs for acting upon khabar al-wahid and their impact on rulings: The case of Kitab al-Jana'iz. Van Journal of Theology. (in Turkish).

3. Dabusiy, A. Z. (2001). Taqvim al-adilla fi usul al-fiqh. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya. (in Arabic).

4. Ghazzali, A. H. (1994). Al-Mustasfa. (I. M. Ramazon, Ed.) Bayrut: Dar al-arkom. (in Arabic).

5. Jassos, A. B. (1994). Al-Fusul fi al-usul. (M. Tamir, Ed.) Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya.(in Arabic).

6. Juvayniy, A. M. (nashr yili ko'rsatilmagan). Al-burhon fi usul al-fiqh (Vol. I). (A. Dib, Ed.) Qohira: Dor ul-vafo. (in Arabic).

7. Kamali, M. H. (2003). Principles of Islamic Jurisprudence. Cambridge: The Islamic text society.

8. Koshum, A. (2008). The Jurisprudential Aspects of the Distinction between Reason (Ra’y) and Transmission (Hadith) Journal of Islamic Law Studies. (in Turkish).

9. Mansur, A. (2004). The Holy Qur’an: Translation and Commentary. Tashkent: Tashkent Islamic University. (in Uzbek).

10. Nujaym, I. (2001). Fath al-g'affor bi sharhi al-manor. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya.(in Arabic).

11. Qarofiy, A. A. (1993). Tanqih al-fusul fi ilmi al-usul. (T. Said, Ed.) Qohira: Dor al-fikr. (in Arabic).

12. Saraxsiy, A. S. (2005). Usul as-Saraxsiy. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya. (in Arabic).

13. Shavkoniy, M. I. (2000). Irshod al-fahul (Vol. I). (A. H. Ushariy, Ed.) Ar-Riyod: Dor al-fozila. (in Arabic).

14. Shofeiy, I. (1961). Risola. (M. Xadduri, Trans.) Cambridge: The Islamic text society. (in English).

15. Taftazoniy, S. (nashr yili ko'rsatilmagan). Sharh at-talvih ala at-tadvih. Qohira: Maktabatu Muhammad Ali Sobih. (in Arabic).

16. Yusuf, M. S (2019). Usulul fiqh. Toshkent: Hilol-Nashr. (in Uzbek).

Tegishli maqolalar

Mahfuza ALIMOVA, ЎЗБЕКИСТОНДА ДИНШУНОСЛИК СОҲАСИ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ДОЛЗАРБ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 4 (2019)

Durbek RAHIMJONOV, ГЛОБАЛЛАШУВ ЖАРАЁНИДА ЭКСТРЕМИЗМ ҒОЯЛАРИ ТАЪСИРИГА ТУШГАН КИШИЛАРНИ ИЖТИМОИЙ РЕАБИЛИТАЦИЯ ҚИЛИШНИНГ АҲАМИЯТИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 1 (2019)

Mahfuza ALIMOVA, Ibrohim NIGMATULLAYEV, ИСЛОМ МАНБАЛАРИДА БАҒРИКЕНГЛИК МАСАЛАСИНИНГ ЁРИТИЛИШИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 1 (2019)

Malika NOSIROVA, Маҳмуд Замахшарий грамм атик мероси ва Мовароуннаҳр тилшунослик мактабини тадқиқ этишнинг долзарб масалалари , Islom ziyosi: Jild 2 № 1 (2019)

Zulfiya SHAKIROVA, АРАБ ТИЛИНИ ЎҚИТИШДА АУДИО МАТЕРИАЛЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСУЛЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 1 (2019)

Jamaliddin KARIMOV, JEWS’ ENTRY INTO CENTRAL ASIA AND THE FORMATION OF JEWISH DIASPORA , Islom ziyosi: Jild 2 № Special Issue (2019)

Alimjon DADAMUHAMEDOV, ЎЗБЕКИСТОН ЗИЁРАТ ТУРИЗМИДА ИНФОРМАЦИОН КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ ЎРНИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 1 (2019)

Mohamed EID BALBAA, THE PREDICTED 2020 GLOBAL ECONOMIC CRISIS: CAUSES AND PROSPECTS , Islom ziyosi: Jild 2 № Special Issue (2019)

Davron KAMILOV, ВИЖДОН ЭРКИНЛИГИ ВА СЕКУЛЯРЛАШУВ ДИАЛЕКТИКАСИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 2 (2019)

Gulkhayo ABDUGAFFAROVA, COGNITIVE AND CULTURAL ANALYSIS OF THE LITERARY DIALOGUE , Islom ziyosi: Jild 2 № Special Issue (2019)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.