Mualliflar

  • Salima RUSTAMIY ORIENTAL UNIVERSITY Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2024/4/%25p

Kalit so‘zlar:

til ma’no balog‘at ilmi semantika xabar insho musnad musnad ilayh.

Annotasiya

Dunyoda o‘rta asr olimlarining tilga oid nazariy va amaliy masalalarni qamrab olgan tilshunoslikka oid qarashlari adab ilmlari tarkibida lug‘at (leksikologiya), sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), balog‘at ilmlari kabi sertarmoq va murakkab ilmiy nazariyalar majmui sifatida ravojlanib, uning o‘rganish ob’ekti til, til hodisalari va til ifodasi bo‘lgan nutqdan iborat bo‘ldi. Til – murakkab ramzlar tizimi sifatida baholandi. Til hodisalarini nazariy o‘rganish jarayonlarida G‘arb lingvistika maktablari tilning kommunikativ, kognitiv, nominativ va akkumulyativ funksiyalariga e’tibor qaratdi, shu bois G‘arb olamida sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, antropolingvistika kabi sohalar rivojlandi. Islom uyg‘onish davrida tilshunoslarni ko‘proq tilning emotsional-ekspressiv, ya’ni volyuntativ funksiyasi qiziqtirib, til hissiy-ruhiya ta’sir vositasi sifatida chuqur o‘rganildi. Natijada tilning estetik ta’siri va badiiy tuzilishi haqidagi nazariy qarashlar arab dunyosida balog‘at ilmining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Bugungi kunda jahon tilshunosligida balog‘at ilmining tarixi, tuzilishi, ahamiyati, istilohlar ma’nosi, badiiy vositalarning qo‘llanish usullarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Tadqiqotchilar oldida balog‘at ilmining nazariy asoslari, uning adab ilmida tutgan mavqei, zamonaviy usullar yordamida balog‘at ilmlari tipologiyasini amalga oshirish vazifasi turgan bo‘lib, uning yechimi ilmiy-adabiy qarashlar tizimini anglashga xizmat qiladi.

Maoniy ilmida kalomning xabar (خبر) va insho (إنشاء) xususiyatlari talqini, musnad (مسند) va musnad ilayhi (مسند إليه) munosabatlari va ularning ifodalanish tarzlari, qasr (قصر) usulining ma’no xoslash xususiyatlari, fasl (فصل) va vasl (وصل) usullarida stilistik va semantik bog‘lanish tartibi, ma’noni iyjoz (إيجاز), itnob (إطناب), musovat (مساواة) usullarida shakllantirish xususiyatlari balog‘at ilmi haqidagi qarashlar asosida tadqiq qilingan. Maoniy ilmida kalomning musnad va musnad ilayhi ruknlari, ularning xossalari haqidagi to‘liq ma’lumot beriladi. Maqolada maoniy ilmi haqida yuqorida ta’kidlangan xabar, insho, musnad va musnad ilayhi masalalari tahlil qilingan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so‘zi. 2017. 23 dekabr.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi: Tinchlik, ma’rifat va bunѐdkorlik yo‘lida hamkorlik. Xalq so‘zi. 2016. 19 oktyabr.

3. Abuzalova, M. (1994). O‘zbek tilida sodda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning nutqda voqelanishi. dis. ... filologiya fan. nomzodi. Toshkent.

4. Grande, B. (1963). Kurs arabskoy grammatiki v sravnitelno-istoricheskom osveщyeniy. Moskva.

5. Gʻulomov, A., Asqarova M. (1987). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent.

6. Ibrohimov N., Oripov A. va b. (2017). Al-qomus. Arabcha-o‘zbekcha qomusiy lug‘at. I jild. Toshkent.

7. Iskandarova, Sh. (1999). O‘zbek tili leksikasini mazmuniy maydon asosida o‘rganish (shaxs mikromaydoni). dis. ... filologiya fan. d-ri. Toshkent.

8. Mansur, A. (2001). Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent.

9. Mullasodiqova N., (2003). Arab balog‘at ilmida ta’kid vositalarini ishltish qoidalari. Sharqshunoslik. 2003 (2), 11-16.

10. Mullasodiqova, N. (2019). The subject of the question in maonic science and its classification. Science Review. 4(21), May 2019. 56-59.

11. Mullasodiqova, N. (2019). Sentence in the science of maoniy and its types. The Light of Islam, 2019(2), 14.

12. Rustamiy, S. (2020). Sharq mumtoz adabiyotida balog‘at ilmining o‘rni. Scientific progress, 1(1), 94-100.

13. Rustamiy, S. (2018). Typological peculiarties of science of balaghah, rhetoric and stylistics. The Light of Islam, 2018(1), 16.

14. Sobirov, A. (2004). O‘zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. Toshkent.

15. Frolov, D. (2006). Arabskaya filologiya: grammatika, stixoslojeniye, koranovedeniye. Moskva.

16. Ergasheva, M. (2016). Olamning lisoniy manzarasi va semantik maydonlarga bo‘linishi. Molodoy ucheniy, 2018(3.1), 59-62.

17. Yakobson, R. (1975). Lingvistika i poetika. Strukturalizm: «za» i «protiv». Moskva. 193-229.

18. O‘zbek tili grammatikasi. (1976). (Mas’ul muharrir: Abdurahmonov Gʻ.A., Shoabdurahmonov Sh.Sh. va b.). II tom. Toshkent.

19. Ibn Hishom Al-Ansoriy. (1384 h.). Sharh shuzur az-zahab fi ma’rifah kalam al-arab. J.1. Tehron.

20. Abu Ya’qub Yusuf As-Sakkakiy. (1987). Miftah al-ulum. Bayrut.

21. Ahmad Hoshimiy. (2004). Jawahir fi al-ma’aniy wa al-bayan wa al-badi’. Bayrut.

22. Salih Sasa. Al-munjid fi al-i’rob wa al-qawa’id wa al-balaga wa al-arud. Ad-dar ar-raid at-tiba’ah wa an-nashr.

23. Abd Al-Qahir Al-Jurjaniy. (2001). Dalail al-i’jaz fi ilm al-ma’aniy. Bayrut.

24. http://mahmoudqahtan.com – insha-altalabiy-ulum-albalaga-albalaga

25. http://mahmoudqahtan.com – insha-gayr-altalabiy-ulum-albalaga-albalaga

26. http://www.shamela.ws – Muhammad bin Salih bin Muhammad al-Usaymin

27. www.alshirazi.com/compilaions/lals/balagah/part1/4.htm.

Tegishli maqolalar

Mavlidin GADJIYEV, BURHONUDDIN MARG‘INOYNING “HIDOYA” ASARINING MUSULMON FIQHINING RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI , Islom ziyosi: Jild 8 № 1 (2025)

Matluba YULDASHEVA, GLOBALLASHUV SHAROTIDA HUQUQIY- DEMOKRATIK ISLOHOTLARDA LIBERAL MAFKURANING JAMIYATGA TA’SIRI , Islom ziyosi: Jild 8 № 1 (2025)

Aziza QURBONOVA, OVQATDAGI KASHRUT VA HALOL MASALASIDA YAHUDIYLIK VA ISLOM DININING XUSUSIYATLARI , Islom ziyosi: Jild 6 № 4 (2023)

Muzaffar KAMILOV, МОВАРОУННАҲР  АЛЛОМАЛАРИНИНГ ФИҚҲ  ИЛМИ  РИВОЖИДАГИ  ЎРНИ , Islom ziyosi: Jild 9 № 1 (2026)

Guzal KADIROVA, MUSULMON  MAMLAKATLARI TASHQI SIYOSATINING  SIYOSIY TAHLILI , Islom ziyosi: Jild 8 № 4 (2025)

Jakhongir TURDIMIRZAYEV, “NASOYIH-I  SHOHRUXIY” ASARINING MANBASHUNOSLIK TAHLILI , Islom ziyosi: Jild 8 № 4 (2025)

Saidahmadkhon GAYBULLAYEV, “УСУЛ  АЛ-ПАЗДАВИЙ”  АСАРИДА ИСТИНБОТ ҚОИДАЛАРИНИНГ ЁРИТИЛИШИ , Islom ziyosi: Jild 8 № 2 (2025)

Ilhomjon BEKMIRZAYEV, Iroda NOROVA, ISLOMDA  GAROV  MASALALARINING KLASSIK VA  ZAMONAVIY TALQINI: «MAJALLA AL-AHKAM AL-ADLIYA» VA AAOIFI  SHARIAT  STANDARTLARI MISOLIDA , Islom ziyosi: Jild 8 № 4 (2025)

Matluba YULDASHEVA, MILLIY  MAFKURA –  JAMIYATNI MODERNIZATSIYALASH  JARAYONINING ASOSIY  POYDEVORI , Islom ziyosi: Jild 8 № 2 (2025)

Sohibjon UMMATALIYEV, ИЛК  ЎРТА  АСРЛАРДА  ИСЛОМ ТАРИХИГА  ОИД  ЁЗИЛГАН  АСАРЛАР  ВА УЛАРНИНГ  НОМЛАНИШИ , Islom ziyosi: Jild 8 № 3 (2025)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.