- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ARXITEKTURANING ISLOM SIVILIZATSIYASIDAGI O‘RNI
AVAZBEK GANIYEV (Muallif)Ushbu maqolada islom sivilizatsiyasining turli mintaqalardagi arxitektura taraqqiyoti tadqiq qilingan. Bu maqolada Eron, Turkiya, Markaziy Osiyo va Afrika mamlakatlari arxitekturasi kabi hududlar yoritib berilgan. Islom meʼmorligi islom tamoyillaridan kelib chiqqan holda koʻp asrlik meʼmorchilik kategoriyasi hisoblanadi. Islom sivilizatsiyasi binolarni tavsiflovchi haykaltaroshlik shakllari va ko’pincha koʻzni qamashtiruvchi bezak detallari Yerdagi eng hayratlanarli qurilgan inshootlarni o’z ichiga oladi.
Hozirgi islom sivilizatsiyasiga dunyoda ro‘y berayotgan ayrim voqealar, hozirgi ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar nuqtai nazaridan to‘liq baho berib bo‘lmaydi. Sivilizatsiyalar cheklangan vaqtdagi tarixiy voqealar bilan bog’liq emas. Qayd etish joizki, islom sivilizatsiyasi hali ham mavjud va uni ko‘p joylarda kuzatish mumkin. Global o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan bugungi musulmon olami taraqqiyot, ilm-fan va zamonaviy yutuqlarga mos ravishda o‘zining qadimiy qadriyatlarini tiklashga intilmoqda. Shu yo‘sinda islom sivilizatsiyasi tarixida muhim ahamiyatga ega me’morchilik sohasini o‘rganish katta o‘rin tutadi. Keyingi yillarda ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan qator anjumanlar, hamkorliklar o‘tkazilayotgani fikrimizni tasdiqlaydi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, ijobiy tashabbuslarga yetaklovchi omillardan biri hayot bilan jonli madaniy ongdagi qator ijobiy siljishlardir. Bu musulmon dunyosining kelajagini belgilashda hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin. Kontent tahlili metodi ushbu tadqiqotda Markaziy Osiyo, Turkiya, Eron va Afrika mamlakatlarida turli davrlardagi me’morchilik uslublari va ularning vaqt davomida qoʻllanilishini tahlil qilish uchun foydalanilgan.
Ushbu tadqiqot har bir parametrning mazmunini davrlar bo’yicha ko’rish uchun kichikroq paragraflarga bo’lingan. Kontentni tahlil qilish - bu matnlar yoki matnlar to’plamidagi ma’lum so’zlar yoki tushunchalarning mavjudligini aniqlash uchun ishlatiladigan tadqiqot vositasi. Natijalar ilm-fanning rivojlanishi davlatning har tomonlama rivojlanishi uchun qanchalik samarali bo‘lganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
4 - 113522017-09-2026 -
МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ИСЛОМ ДИНИНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ ВА МАЪНАВИЙ ҲАЁТГА ТАЪСИРИ
Ilhomjon BEKMIRZAEV, Irodaхon GAFUROVA (Muallif)Ушбу мақолада Марказий Осиё мустақил маънога эга бўлган минтақавий цивилизациялардан бири бўлганлиги, кўп асрлик ривожланиш жараёнида мазкур цивилизация жузъий антропологик, ижтимоий, сиёсий, тил, диний ва бошқа ўзгаришларга қарамасдан доимий ўзига хос қонуниятлари, жиҳатлари шаклланиб борганлиги ҳамда Ўзбекистон ҳудудларида жойлашган марказий шаҳарлар ҳисобланган Бухоро ва Самарқандда миллий қадриятлар ислом цивилизациясининг асосини ташкил этгани, юзлаб авлодлар тажрибаси асосида шаклланган мазкур қадриятлар билан уйғунлашиб кетган бой диний ва тарбиявий тажрибалар тўплангани, Марказий Осиё ҳудудларида VII асрдан бошлаб ислом дини тарқала бошлагандан, минтақада ислом илмларининг миллий маданият билан алоқалари қандай тарихий босқичлар орқали мустаҳкамланиб борганлиги ҳақида бирламчи манба ва тадқиқотларга таяниб таҳлилий маълумотлар илгари сурилади. Шунингдек, ушбу мақолада Марказий Осиё ва ислом маданиятлари ўзаро таъсир этиш ва ўзлаштириш даври ҳамда Марказий Осиё ислом минтақавий формаси шаклланган ва барқарорлашган даврининг ўзига хос жиҳатлари илмий асосланган. Ислом тарихида мазҳаблар вужудга келган даврдан бошлаб (VIII аср охири, IX аср боши), ҳанафийлик мазҳаби конкрет сиёсий-ижтимоий сабабларга кўра Марказий Осиёда етакчи, баъзи ҳолларда эса диний ҳаёт соҳасида ягона кучга айланганлиги учун бу жараёнлар унинг бевосита фаол қатнашуви ва ғоявий етакчилигида ўтганлиги ҳам мақолада илмий асосланган. Ушбу мақола орқали ўқувчи исломнинг Марказий Осиёдаги тарихи, унинг минтақа маданиятидаги ўрни, миллий қадриятлар билан муштараклашув хусусиятларини ўрганишда ҳанафийлик мазҳабининг роли бағоят муҳим бўлганлигини тушиниб етади. Мазкур мақолада яна илк ҳанафийлик мазҳабининг минтақадаги муваффақиятида Бухоро ва Самарқанд шаҳарларининг тарихий-маданий марказ сифатидаги ўрни, Мовароуннаҳрдаги ислом илмлари ривожида минтақанинг турли катта-кичик шаҳарларида етишиб чиққан олимларнинг роли катта бўлганлиги алоҳида таъкидланади
4-153132204-07-2026 -
ISLOM SIVILIZATSIYASIDA MARKAZIY OSIYOLIK OLIMLARINING TUTGAN OʻRNI
Avazbek Oybekovich GANIYEV (Muallif)Ushbu maqolada Ahamoniylar sulolalari hukmronlik qilgan 2500 yildan boshlab Markaziy Osiyoning rivojlanish bosqichlari muhokama qilinadi. O’sha davrda O’rta Osiyo mintaqasida o’z davlat boshqaruvi, pul va oromiy yozuv tizimlari rivojlangan edi. Ushbu o’zgarishlar boshqa barcha sohalarda, jumladan, madaniyat, san’at va hunarmandchilikda umumiy taraqqiyotga olib keldi. Tadqiqotning keyingi qismda tadqiqotchi islom dinining Oʻrta Osiyo hududiga kirib kelgan davri, bu davrda 8–12-asrlar oraligʻida matematika, astronomiya, tibbiyot kabi turli fanlar va boshqa yangi ilmiy fanlar shakllanganligi haqida toʻxtalib oʻtadi. Tadqiqotning oxirgi qismida buyuk allomalar va ularning ilm-fanga qo‘shgan hissalari hamda ularning islom sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni tasvirlangan. Natijada, mazkur tadqiqot O‘rta Osiyo va uning o‘lkasi allomalarining o‘rni islom va butun jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, degan xulosaga keldi. Hozirgi islom sivilizatsiyasiga dunyoda ro‘y berayotgan ayrim voqealar, hozirgi o‘zgarishlar, yuzaki voqealar nuqtai nazaridan to‘liq baho berib bo‘lmaydi. Sivilizatsiyalar cheklangan vaqtdagi tarixiy voqealar bilan bog’liq emas. Qayd etish joizki, islom sivilizatsiyasi hali ham mavjud va uni ko‘p joylarda kuzatish mumkin. Global o‘zgarishlarga duch kelayotgan bugungi musulmon olami taraqqiyot, taraqqiyot, ilm-fan va zamonaviy yutuqlarga mos ravishda o‘zining qadimiy qadriyatlarini tiklashga intilmoqda. Keyingi yillarda ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan qator anjumanlar, hamkorliklar o‘tkazilayotgani fikrimizni tasdiqlaydi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, ijobiy tashabbuslarga yetaklovchi omillardan biri hayot bilan jonli madaniy ongdagi qator ijobiy siljishlardir. Bu musulmon dunyosining kelajagini belgilashda hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi buyuk musulmon allomalarining hayoti va islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ilmiy hissalarini yoritishdir. Xulosa qilib aytganda, ushbu maqola natijalari shuni ko‘rsatadiki, islom sivilizatsiyasining ildizlari sog‘lom va dunyoga hech qanday zarar yetkazmagan. Musulmonlar esa bugungi kunda bu ildizni qayta tiklashga va yanada taraqqiy etishga mas’uldirlar. Hayotimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlarga bo‘lgan intilishlarga nazar tashlar ekanmiz, aytish mumkinki, islom sivilizatsiyasi uchinchi ming yillikda yana o‘zining “uyg‘onish” davrini boshlaydi. Kontent tahlili metodi ushbu tadqiqotda Markaziy Osiyo olimlarining turli ilmiy faoliyatlar orqali qoʻshgan hissalari va ularning vaqt davomida qoʻllanilishini tahlil qilish uchun foydalaniladi. Ushbu tadqiqot har bir parametrning mazmunini davrlar bo’yicha ko’rish uchun kichikroq paragraflarga bo’lingan. Kontentni tahlil qilish - bu matnlar yoki matnlar to’plamidagi ma’lum so’zlar yoki tushunchalarning mavjudligini aniqlash uchun ishlatiladigan tadqiqot vositasi. Natijalar ilm-fanning rivojlanishi davlatning har tomonlama rivojlanishi uchun qanchalik samarali bo’lganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
4-132713306-07-2026 -
ИБН СИНО ВА ҒАЗЗОЛИЙНИНГ ИЛОҲИЁТГА ОИД ҚАРАШЛАРИНИНГ ИСЛОМ ФАЛСАФИЙ ФИКР ТАРАҚҚИЁТИГА ТАЪСИРИ
Ramziddin R. ISAKDJANOV (Muallif)Тарихан ислом цивилизацияси умуминсоний цивилизация ривожига муносиб ҳисса қўшган. Илк ўрта асрларда фаол бўлган аристотелизм, аверроизм ҳаракатлари манбаси айнан мусулмон юртларидир. Ибн Сино ва Ғаззолий каби алломаларнинг асарлари Европа тилларига таржима қилингандан сўнг айнан европаликларда фикрий портлаш юз бергани қайд этилади. Ислом фалсафасига оид асарларнинг гултожи айнан Ибн Сино ва Ғаззолий қаламига мансубдир. Ибн Сино мазкур соҳани тизимлаштирган бўлса, Ғаззолий мантиқий тафаккурнинг асосий муаммоларини кўрсатиб бера олди. Ибн Сино илоҳиётни ўрганишда мантиқий далилларни асос қилган бўлса, Ғаззолий ақлнинг чегараланганлигини, унинг чегараси тугаган ўринда юзага келувчи саволларга илоҳий китоблар жавоб бера олишини исботлашга ҳаракат қилди. Ислом фалсафаси фани назарияси ва методологиясини айнан мазкур икки аллома асарлари барпо қилиши шубҳасиздир.
Ҳозирги даврда диний ва дунёвий фанларни умумлаштиришда дин ва фалсафа синтези муаммоси мавжуд. Бу муаммолар ичида энг асосийси материянинг абадийлиги масаласидир. Ғаззолий ўз асарларида мазкур муаммони кўрсатиб бера олди, Ибн Сино материяни азалий ва абадий эканини мантиқий далиллар билан исботлашга ҳаракат қилди. Шу жиҳатдан замонавий тадқиқотчи ислом фалсафасига қўл урар экан, айнан Ибн Сино фалсафаси ва фалсафа ҳақидаги Ғаззолийнинг қарашларидан тўла воқиф бўлсагина кўзлаган натижасига эришиши мумкин.
Мақолада Ибн Сино, Фаробий, Ибн Арабий, Суҳравардий каби алломаларнинг пантеизм ғоясига оид қарашлари, янгиафлотунча мактабнинг борлиқ ҳақидаги қонуниятлари ва албатта, Имом Ғаззолийнинг баъзи бир масалаларга раддиялари ўрин олган. Нафақат, Марказий Осиё фалсафа тарихида, балки умуман, фалсафа тарихида энг мураккаб ҳисобланган “фалсафа ва дин синтези масаласи” ва “пантеистик қарашнинг теологик-рационал тушуниш масаласи” ҳозирги кунгача дунё тадқиқотчилари томонидан турлича талқин қилинмоқда. Ислом фалсафаси соҳасида мазкур мазкур муаммоли масалага ечим топиш ҳозирги кундаги мафкуравий ёт ғояларни кириб келишини олдини олишда муносиб ўринга эгадир.
39-461952417-07-2026 -
Zamonaviy fanda islom tarixi muammolari tadqiqi
Kobiljon ZOHIDOV (Muallif)Ushbu ilmiy maqola Rossiya, Sovet Ittifoqi, arab va о ‘zbek sharqshunoslarining islom davlatchiligining ilk shakllanishi va taraqqiyotiga qo ‘shgan hissasini kompleks ravishda tahlil qilishga bag ‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida rus va sovet olimlari, jumladan, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold. A. Yu. Yakubovskiy va I.P. Petrushevskiylaming islom davlatchiligining vujudga kelish sabablari, uning siyosiy tuzilishi, boshqaruv mexanizmlari va xususiyatlari borasidagi qarashlari chuqur tahlil etilgan. Ularning ilmiy maqola va asarlari, nazariy yondashuvlari va islom sivilizatsiyasining siyosiy, ijtimoiy va madaniyjihatlariga oidfikrlari solishtirma ravishda о ‘rganilgan.
Shuningdek, maqolada arab mualliflari, xususan, Muhammad Xudariy, Hasan Ibrohim Hasan, Abdulmuni’m Mojid, Mahmud Shokir, Akrom Ziyo Umariy va Muhammad Sallobiylarning asarlarida islom tarixining turli bosqichlari, siyosiy va ijtimoiy tuzilmalari, boshqaruv an ’analari va tarixiy manbalarga bo'lgan munosabati batafsil ко‘rib chiqilgan. Ushbu olimlarning ilmiy maqola va asarlari islom davlatchiligi tarixi bo ‘yicha muhim manba sifatida baholangan.
Maqolaning muhim qismini о ‘zbek sharqshunoslarining ilmiy maqola va asarlari tashkil etadi. Ushbu qismda Usmonov Mutallib Ahmadovichning Qur oni karim tarjimasi va tafsiri, U.Uvatovning Imom Buxoriy, Imorn Termiziy, Mahmud Zamaxshariy va Abu Mansur Moturidiylarning merosini o‘rganishga bag'ishlangan tadqiqotlari, Sh.S. Kamoliddinovningklassik arab manbalari (“Kitab al-ansab ”, “Futuh al-buldan ”, “Surat al-ard”) tarjimasi va tahlili tadqiq qilingan. A. Hasanovning qadimgi Arabiston, Mamluklar davri va islomning ilk davri tarixiga oid tadqiqotlari, shuningdek, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Hadis va hayot” silsilasi va “Islom tarixi ” asarlarining ahamiyali yoritilgan.
Maqolada islom davlatchiligi tarixini diniy va dunyoviy nuqtayi nazardan о ‘rganish, manbashunoslik, tarixshunoslik va diniy tafsirlarning о ‘zaro bog 'liqligiga e ’tibor qaratilgan. Zamonaviy ehtiyojlardan kelib chiqib yaratilgan ommabop asarlarning ahamiyati ham ta ’kidlangan. Tadqiqot natijalari islom sivilizatsiyasi, siyosiy tarix va tarixshunoslik sohalaridagi kelgusi tadqiqotlar uchun muhim asos bo ‘lishi mumkin.13-233724612-05-2026 -
MОVERANAXR XALQLARINING ISLOM FANI VA MADANIYATIGA QO’SHGAN HISSASI
Shuxrat YOVQOCHEV (Muallif)Bugungi kunda Movarounnahr hududida yashab, islom ilm-fan va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlar merosi va ijodini o’rganish postsovet hududidagi yosh mustaqil davlatlarning o’zini-o’zi anglashidagi asosiy nuqtalardan biridir. Qolaversa, bu asarlar yosh avlod tarbiyasiga ko’maklashish bilan birga, diniy radikalizmga qarshi kurashishda ajoyib faktik va amaliy material bo’lib xizmat qilmoqda.
Maqolaning maqsadi Movaraunnahrning buyuk allomalari merosi naqadar boy ekanligini, undan nafaqat islom ilmlarini o’rganishda, balki yangi zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda, diniy ekstremizmga adekvat javob berishda ham foydalanish mumkinligini ko’rsatishdan iborat. Shuningdek, Movaraunnahr olimlarining islom madaniyati va fanlari rivojida qanday rol o’ynaganligini ko’rsatish. Ishda birlamchi manbalardan ham, XX-XXI asr boshlari olimlarining ikkilamchi tadqiqotlaridan ham foydalanilgan. Metodologiya asosi sifatida tarixiy va qiyosiy tahlillar olindi, xronologiya bo’yicha tizimlashtirish keng qo’llanildi. Maqolaning asosiy natijasi va xulosalaridan biri shundaki, u islom dinining mintaqa va undan tashqarida tarqalishi va rivojlanishida Movaraunnahr ulamo va zohidlarining mehnatlari, serqirra iste’dodlari naqadar ulkan bo’lganini haqiqatda yana bir bor isbotlaydi.
Maqolada Movaraunnahr xalqlarining islom ilm-fan va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasining ahamiyatini ko’rsatishga harakat qilingan. Ishda ko’rib chiqilgan asosiy mavzular mavzusi bo’yicha ishlar va ularning qisqacha tavsifi berilgan. Bugungi kunga qadar islom ilmlari va musulmon madaniyatining bayrog’i bo’lib kelayotgan ulamo va olimlarning asosiy asarlariga alohida e’tibor qaratilgan. Arablarning mintaqaga kirishi va ularning keyingi faoliyatiga imkon qadar tanqidiy va xolisona qaraladi. Maqolada o’rta asr olimlari faoliyatining bugungi kun bilan bog’liqligi ham tahlil qilishga harakat qilinadi. Maqolaning oxirida maqola bo’yicha umumiy xulosalar berilgan.
4 - 142123006-07-2026
