- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI
Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)Dinshunoslik fani insoniyatning madaniy, maʼrifiy, fikriy tarixini o‘z ichiga olgan gumanitar fanlar qatoriga kiradi. Bu fanning yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi ham nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr musulmon Sharqida ham alohida o‘rganilgan. Qiyosiy dinshunoslikning ilk asoschilari ham aynan musulmon olimlari hisoblanadi. Ular qatoriga Beruniy, Ibn Hazm, Shahristoniy, Kalbiy kabi bir qator olimlarni kiritish mumkin. Xususan, Ibn Hazm Andalusiy ham ilk bor dinlarni qiyosiy o‘rgangan musulmon olimlardan biri hisoblanadi. Beruniy va Ibn Hazm islom renessansi davrining yirik namoyondalaridan bo‘lib, ularning qiyosiy dinshunoslik sohasi bo‘yicha yozib qoldirgan asarlari soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Bu ikki qomusiy olimni dinshunoslar “Qiyosiy dinshunoslik sohasining otalari” deya e’tirof etishadi. Ular yozib qoldirgan asarlar hozirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va qiyosiy dinshunoslik sohasi tadqiqotchilari uchun asosiy manbalar bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu maqolada musulmon olamida qiyosiy dinshunoslik sohasining asoschilaridan biri hisoblangan Ibn Hazm Andalusiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va diniy muhit, shuningdek, olimning ilmiy merosi, uning bizgacha yetib kelgan asarlari, bir qator islomshunos va dinshunos olimlarning Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabatlari, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarining yozilish tarixi, asarda firqalar tasnifi va bu asarning dinlar va ulardagi firqalar tarixiga oid manbalar orasida tutgan oʻrni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va ob’yektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar batafsil bayon qilingan.
41-482261823-07-2026 -
ABUL QOSIM SOID IBN AHMAD AL-ANDALUSIYNING “TABOQOT AL-UMAM” ASARIDA DINSHUNOSLIK MASALALARINING YORITILISHI
Abdurakhmon Anvarjon ogli TURSUNALIYEV (Muallif)Ushbu maqolada XI asr Andalusiya qozisi, mashhur astronom va tarixchi olim Abul Qosim Soid ibn Ahmad al-Andalusiyning hayoti, ilmiy faoliyati hamda uning 1068-yilda yozilgan va bizgacha to‘liq holda yetib kelgan yagona asari “Taboqot al-umam” (Xalqlar tasnifi) asarida zikr etilgan dinlar va diniy guruhlar qiyosiy dinshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Maqolada avvalo, olimning Toledo ilmiy muhitidagi faoliyati, “Toledo jadvallari” tuzilishidagi ishtiroki hamda unda boshqa dinlarga nisbatan xolis munosabat shakllanishiga sabab bo‘lgan ko‘p millatli ijtimoiy muhit qisqacha tavsiflangan. Tadqiqot birlamchi manba asosida olib borilgan bo‘lib, unda muallifning xalqlarni ilm-fanga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikki katta guruhga (birinchi guruh – ilm-fanga e’tibor qaratgan xalqlar, ikkinchisi – ilm-fanga e’tibor qaratmagan xalqlar) ajratish metodologiyasi batafsil yoritilgan.
Maqolada, jumladan, qadimiy “yetti xalq” konsepsiyasi, sobiiylar (Harron shahridagi yulduzga sig‘inuvchilar hamda muallif tomonidan qadimgi xalqlarga nisbatan qo‘llanilgan umumiy toifa)ning asardagi ikki xil ma’nosi, hind xalqining barohimalik va sobiiylik e’tiqodlari, forslarning haniflik, sobiiylik va majusiylik (zardushtiylik) bosqichlari, qadimgi Bobil va Mesopotamiya xalqlarining astral-diniy qarashlari, shuningdek Namrud va Germes (Idris alayhissalom) obrazlari misolida ko‘rsatilgan diniy sinkretizm masalasi ko‘rib chiqilgan. Alohida o‘rinda misrliklarning sobiiylikdan xristianlikka, so‘ngra qisman islomga o‘tish jarayoni, yahudiylarning ilohiy vahiyga asoslangan ilmiy-diniy merosi, rimliklar misolida xristianlikning yoritilishi hamda Andalusiya va arab xalqining islom davridagi ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilingan.
Maqolada, shuningdek, islomgacha bo‘lgan arab qabilalarining diniy xaritasi (astrolatriya va ibtidoiy butparastlik, yahudiylik, xristianlik, zardushtiylik va moniylikning turli qabilalar orasida tarqalishi) tizimlashtirilib ko‘rsatilgan. Tadqiqotda qo‘llanilgan qiyosiy-tarixiy, tipologik, germenevtik hamda tavsifiy tahlil metodlari yordamida Soid al-Andalusiyning manbashunoslik va tarixiy-falsafiy yondashuvi ochib berilgan. Tadqiqot Soid al-Andalusiyning diniy guruhlarga nisbatan xolis, ilmiy-tahliliy va bag‘rikeng yondashuvini, uning turli e’tiqod vakillari bilan bevosita ilmiy muloqotda bo‘lgan Toledo muhitidan ta’sirlangan dunyoqarashini ko‘rsatib beradi hamda “Taboqot al-umam” asarining “milal va nihal” janri va umuman qiyosiy dinshunoslik fanining rivojiga qo‘shgan hissasini baholaydi. Shuningdek, maqolada Soid al-Andalusiyning boshqa yo‘qolgan asarlari (“Javomi’ axbor al-umam”, “Maqolot ahl al-milal van-nihal” va “Isloh harakot al-kavokib”) haqidagi ma’lumotlar ham qisqacha tilga olinib, ularning “Taboqot al-umam” bilan mazmuniy bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Maqola o‘zbek dinshunosligida ushbu asar bo‘yicha yozilgan birinchi maxsus tadqiqotlardan biri sifatida ilmiy yangilikka ega bo‘lib, “Taboqot al-umam”ni o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilish zaruratini ham ta’kidlaydi.
57-651561114-10-2026 -
ABUL MAOLIY MUHAMMAD IBN UBAYDULLOHNING “BAYONUL ADYON” ASARI – SHARQ QIYOSIY DINSHUNOSLIGI MANBASI SIFATIDA
Mumin Mirzo ABDUPATTAEV (Muallif)Mazkur maqola XI asrda Xurosonda yashagan olim Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh Husayniy Alaviyning fors tilidagi ilk qiyosiy dinshunoslik asari hisoblangan «Bayonul adyon» tahliliga bag‘ishlangan.
Muallif Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning hayoti haqida manbalarda ma’lumotlar cheklangan bo‘lsa-da, asarning mazmuni va unda keltirilgan ayrim ma’lumotlar olimning G‘aznaviylar saroyiga yaqin, jamiyatda yuksak mavqega ega va chuqur ratsionalistik tafakkurli olim bo‘lganini ko‘rsatadi. Asarda muallifning turli din va firqalarni xolis tahlil qilishi, ayniqsa, “73 firqa” hadisi asosida islomdagi guruhlarni tasniflash uslubi ko‘rib chiqilgan. Maqolada Abul Maoliyning o‘zi sunniy-hanafiy an’anasiga mansubligi asardagi fiqhiy va aqidaviy ishoralar orqali dalillangan.
Maqolada asarning qo‘lyozma nusxalari taqdiri, xususan, eronlik mashhur muarrix Abbos Iqbol Ashtiyoniy tomonidan amalga oshirilgan ilk tanqidiy nashr va keyinchalik Muhammad Taqiy Donishpajuh tomonidan asarning to‘liq nusxasi topilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar ham batafsil bayon etilgan. «Bayonul adyon» asari umumiy besh bobdan iborat bo‘lib, u nafaqat diniy ta’limotlar, balki XI asr musulmon dunyosining geografik va antropologik tasavvurlarini ham o‘zida aks ettiradi. Ayniqsa, muallifning turli xalqlar, jumladan, islomdan avvalgi turklar va hindlarning iloh haqidagi tasavvurlari borasidagi kuzatuvlari diqqatga sazovordir. Asar fors tilining eng go‘zal va nodir namunalaridan biri sifatida islom mazhablari tarixi (maqolot) an’anasida o‘chmas iz qoldirgan.
Shuningdek, “Bayonul adyon” asarining manbalari sifatida Abu Zayd Maqdisiy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Horun Varroq va Abul Hasan Muhammad ibn Yusuf Amiriy Nishopuriy kabi mutafakkirlarning asarlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot yakunida asarning besh bobdan iborat tarkibi, undagi islomdan oldingi dinlar (zardushtiylik, yahudiylik, nasroniylik) hamda g‘ayriilmiy da’volar bilan chiqqan soxta payg‘ambarlar haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati ochib berilgan.
43-492742624-07-2026 -
YAHUDIYLIK VA ISLOM TA’LIMOTLARIDA NIKOH MASALALARINING QIYOSIY TAHLILI
Zilola TOIROVA (Muallif)Dinshunoslik sohasi keng qamrovli ijtimoiy-gumanitar soha hisoblanib, unda dinlarning tarixi, bugungi kundagi ahamiyati, din niqobi ostidagi ekstremistik va terroristik oqimlarga qarshi kurash kabi ко ‘plab masalalar о ‘rganilishi bilan birga dinlarni qiyosiyjihatdan tadqiq qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu dinlarniyanada chuqur о ‘rganish, mazmun-mohiyatini anglash, bugungi kunda tutgan о ‘mini bilishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, insoniyat tarixida oila jamiyatning asosiy ijtimoiy instituti bo ‘lib kelgan. Dinlarda nikoh shaxsiy ehtiyojni qondirishdan tashqari, diniy burch, axloqiy majburiyat, naslningpokligini saqlash va jamiyat barqarorligini ta ’minlaydigan me ’yorlar majmuasidir.
Mazkur maqola zamonaviy jamiyatda oilaning barqarorligi bilan bog'liq muammolar, xususan, ajrimlar sonining ortib borishi, turnrush tarzining transformats iyalanishi sharoitida diniy normalarning amaliy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Shu maqsadda maqolada islom va yahudiylikdagi oilaviy munosabatlarning to ‘rtta asosiy yo ‘nalishi qiyosiy tahlil qilingan. Yahudiylik va islomda nikoh institutining diniy-huquqiy asoslari, nikohning о ‘mi va maqsadlari, nikohi ta ’qiqlangan ayollar toifasi va qarindoshlik chegaralari, ajrim (get va taloq) jarayonlari va tartiblari, shuningdek, nikohdagi moliyaviy majburiyatlar - mohar, mahr va nafaqa masalalari belgilab olindi. Har ikki dinning oila huquqidagi mazkur institutlar diniy matnlar - Tanah, Talmud, Galaxa, Qur’on, hadislar, fiqh adabiyotlari asosida shakllangan bo Tib, ular о ‘zaro muayyan о ‘xshashlik vafarqlarga ega. Bu qiyoslash dinlarning nikohga oid konsepsiyasidagi umumiylikni, shu bilan bir qatorda tarixiy, huquqiy va ijtimoiy xususiyatlari bilan bog'liq farqli jihatlarini, har bir dinning o'ziga xos qat’iy belgilangan huquqiy tizimini ilmiyyondashuv bilan ochib berish imkonini beradi.
77-882492623-05-2026
