Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • MORFOLOGIK  TUZILMA VA  SEMANTIK YO‘NALISH  O‘RTASIDAGI  BOG‘LIQLIK (HADIS TERMINOLOGIYASIDA)

    Abdul-Razek Sadiq HILAL (Muallif)

    Hadis terminologiyasi Islom fanlarida eng muhimlaridan biri hisoblanadi, chunki и boshidanoq Payg ’ambarimizdan (sollallohu alayhi va sallam) rivoyat qilingan hadislarni baholash va tanqid qilishga qaratilgan, xoh matnni (main), xoh roviylarni (isnad) tanqid qilish orqali. Hadisshunoslar о ’zlari kelishib olgan ma 'nolarni ifodalovchi atamalarni ishlab chiqishga intilishgan. Shubhasiz, bu atamalarning morfoiogik tuzilishini о ’rganish har qanday atamani tushunishda juda muhimdir, chunki morfologiya ma ’nolarni aniqlashga sezilarli hissa qo ’shadi. Morfologiya va semantika о ’rtasidagi bog ’liqlik e ’tibordan chetda qoldirib bo ’Imaydigan aniq haqiqatdir. Bu bog ’liqlik, ayniqsa, hosilalarni о 'rganishda yaqqol ко 'rinadi, chunki ularda yangi ma ’nolar qo shadigan qo ’shimchalar mavjud. Hadisshunoslik terminologiyasi hosilalarni tuzilishi va ma ’nosi jihatidan о ’rganishga qaratilgan ushbu tadqiqot uchun boy material taqdim etdi. Tadqiqot shuni ко 'rsatdiki, hadisshunoslar о ’z atamalarining tuzilishini aniq ma ’nolarga yo ’naltirishdan to ’liq xabardor edilar. Ular о ’zgaruvchan har bir narsa uchun faol sifatdoshni va doimiy har bir narsa uchun sifatdosh sifatdoshni ishlatishgan. Shuningdek, ular main uchun roviylarni va uzatish zanjirini tasvirlash uchun foydalanganlaridan farq qiladigan hosilalar va shakllardan foydalanganlar. Tadqiqot shuni ко 'rsatdiki, bir qator muhim topilmalar hadisshunoslar о ’z terminologiyalarini yaratish va chiqarish uchun barcha mavjud lingvistik vositalardan foydalanganlar.

    53-59
    291
    24
    18-05-2026
  • OROLBO‘YI HUDUDI IJTIMOIY-DINIY VA TARIXIY MANZARASI SHAKLLANISH GENEZISI

    Aydos YAKUPOV (Muallif)

    Annotatsiya. XIX asr Orolbo‘yi xalqlari diniy an 'analarini tadqiq qilishda mintaqadagi diniy tnanzara shakllanish bosqichlarini о ‘rganish muhimdir. Bu davrda Orolbo ‘yi xalqlari, xususan, Qoraqalpoqlar, о ‘zining og ‘zaki ijodiyotiga juda boy xalq bo ‘Igan. Xalq ijodi, lining g ‘oyasi, shakllari va janrlari xilma-xil bo ‘lib, asrI ar davomida xalq о ‘zining qayg ‘u-hasratlarini va orzu-armonlarini badiiy shakllarda ifodalagan. Bu ijodning ta sirchanligi xalqning mentaliteti, tafakkuri va turmush tarziga mos ravishda yanada qimmatlidir Aynan badiiy adabiyot orqali xalq о ‘z tarixini, milliy xususiyatlarini va dunyoqarashini yozma adabiyot vositasida tasvirlab bergan. Berdaq kabi buyuk mutafakkirlar bu jarayonni rivojlantirib, xalqning falsafiy qarashlarini, madaniy merosini hamda dunyoqarashini о ‘z asarlarida aks ettirgan.
    1970-80-yillarda arxeologik tadqiqotlar Orolbo‘yi va uning atrofidagi yodgorliklarni, jumladan, qadimiy ko'chmanchilarning qabristonlari va diniy marosimlar о‘mi kabi obidalarni aniqladi. Ustyurttagi Duana, Jeti asar va Kardar kabi arxeologik yodgorliklar bu hududlarda yashagan ко ‘chmanchi xalqlarning diniy tushunchalari va dqfn marosimlarini о‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu joylarda topilgan kulol namunalari va keramika buyumlari, xususan, qabrlarning ichidagi olov qoldiqlari, о ‘likni xotirlash marosimlari va suyaklarni yoqish kabi usullarni о ‘rganish orqali о ‘sha davr madaniyati haqida batafsil ma ’lumotlar olish mumkin.

    60-66
    326
    28
    01-04-2026
  • ABUL MAOLIY MUHAMMAD IBN UBAYDULLOHNING “BAYONUL ADYON” ASARI – SHARQ QIYOSIY DINSHUNOSLIGI MANBASI SIFATIDA

    Mumin Mirzo ABDUPATTAEV (Muallif)

    Mazkur maqola XI asrda Xurosonda yashagan olim Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh Husayniy Alaviyning fors tilidagi ilk qiyosiy dinshunoslik asari hisoblangan «Bayonul adyon» tahliliga bag‘ishlangan.


    Muallif Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning hayoti haqida manbalarda ma’lumotlar cheklangan bo‘lsa-da, asarning mazmuni va unda keltirilgan ayrim ma’lumotlar olimning G‘aznaviylar saroyiga yaqin, jamiyatda yuksak mavqega ega va chuqur ratsionalistik tafakkurli olim bo‘lganini ko‘rsatadi. Asarda muallifning turli din va firqalarni xolis tahlil qilishi, ayniqsa, “73 firqa” hadisi asosida islomdagi guruhlarni tasniflash uslubi ko‘rib chiqilgan. Maqolada Abul Maoliyning o‘zi sunniy-hanafiy an’anasiga mansubligi asardagi fiqhiy va aqidaviy ishoralar orqali dalillangan.


    Maqolada asarning qo‘lyozma nusxalari taqdiri, xususan, eronlik mashhur muarrix Abbos Iqbol Ashtiyoniy tomonidan amalga oshirilgan ilk tanqidiy nashr va keyinchalik Muhammad Taqiy Donishpajuh tomonidan asarning to‘liq nusxasi topilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar ham batafsil bayon etilgan. «Bayonul adyon» asari umumiy  besh bobdan iborat bo‘lib, u nafaqat diniy ta’limotlar, balki XI asr musulmon dunyosining geografik va antropologik tasavvurlarini ham o‘zida aks ettiradi. Ayniqsa, muallifning turli xalqlar, jumladan, islomdan avvalgi turklar va hindlarning iloh haqidagi tasavvurlari borasidagi kuzatuvlari diqqatga sazovordir. Asar fors tilining eng go‘zal va nodir namunalaridan biri sifatida islom mazhablari tarixi (maqolot) an’anasida o‘chmas iz qoldirgan.


    Shuningdek, “Bayonul adyon” asarining manbalari sifatida Abu Zayd Maqdisiy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Horun Varroq va Abul Hasan Muhammad ibn Yusuf Amiriy Nishopuriy kabi mutafakkirlarning asarlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot yakunida asarning besh bobdan iborat tarkibi, undagi islomdan oldingi dinlar (zardushtiylik, yahudiylik, nasroniylik) hamda g‘ayriilmiy da’volar bilan chiqqan soxta payg‘ambarlar haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati ochib berilgan.

    43-49
    274
    26
    24-07-2026
  • XRISTIAN TARIXCHILARINING  CHERKOV TARIXI DAVRLANISHI BORASIDAGI YONDASHUVLARI

    Nozimakhon AGZAMOVA (Muallif)

    Yurtimizda konfessiyalar o‘rtasidagi bag’rikenglikni mustahkamlash, jamiyatda diniy tolerantlikni ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu borada aytishimiz mumkinki, xristianlik tarixini o‘rganish qator fanlar doirasida, jumladan, dinshunoslikda, tarixshunoslikda dolzarb masala hisoblanadi. Xristian jamoalari tarixini tadqiq etishning amaliy ahamiyati aholi orasida noislomiy diniy yo‘nalishlar faoliyatiga doir maʼlumotlarning chegaralanganligi sababli, ularning tuzilishi, faoliyat doirasi hamda urf-odatlari bir xil emasligining yoritib berilishida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar nazariy, tarixiy va qiyoslash singari metodlar yordamida ochib berilgan. Tarixni davrlashtirish murakkab vazifalardan biridir, chunki davrlarni hisoblash uchun ularning boshlang‘ich nuqtalarini topish juda qiyin. Tarixchilar xristian cherkovi tarixining boshlanishini turli yondashuvlar bilan o‘rgandilar. Xristianlik tarixida uchta yirik davrni ajratish tabiiydir: ilk xristianlik davri, o‘rta asrlar va yangi xristianlik davridir. Xristianlik tarixi nafaqat siyosiy voqealar, ya’ni xristianlarning ma’lum bir guruhida hokimiyatning o‘zgarishi: papalar yoki butunjahon patriarxlar tarixi, dunyoviy hokimiyat bilan to‘qnashuvlar, balki teologik qarashlar, ta’limotlar tarixi va rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Xristianlik uchun diniy ta’limotdan tashqari, liturgiya, marosimlar tarixi, xristian dindorlari axloqi va xulq-atvori ham katta ahamiyatga ega. Shuningdek, u har bir davr ichida umumiy tarixiy jarayonning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Axloq va xulq-atvor haqida so‘z borganda, xristian madaniyati tarixini, uning o‘ziga xos tomonlarini: musiqa, tasviriy san’at, adabiyot va me’morchilikni esga olishimiz kerak. Bularning barchasini xristianning hayotidan ajratib bo‘lmaydi. Cherkov tarixini o‘rgangan xristianlikning turli yo‘nalishlariga oid tarixchilar o‘ziga xos yondashuvlari bilan davrlanishning yangi qirralarini ochib berishgan. Ulardan Nestor, Yevseviy Kesariyskiy, Lukskiy Bartolomey, Rufim Akvileyskiy, Grigoriy Turskiy, Beda Dostopochtimiy, Flatsiy Illirik, Baroniy, Lebedev, Filaret Chernigorskiy, V.V.Bolotov, R.Rote, G.Gasse, Möhler, Zöckler, Kurts, Mitropolit Filaret, S.V.Sannikovlar yondashuvlari qiyosiy tahlil qilindi.

    65-71
    252
    25
    17-07-2026
  • БАЛОҒАТ ИЛМИДА ФИКР ИФОДАЛАШ ЙЎЛЛАРИ

    Nigora MULLASODIQOVA, Kanagat ABDIRAMASHEVA (Muallif)

    Мақоланинг асосий мақсади – сўзловчи ўз фикрини ифодалашида қандай услублардан фойдаланиши мумкинлиги билан таништиришдир.


    Фикр ифодалаш учун энг муҳим омил “гап” деб қаралади. Гапнинг асосини эса сўзлар ташкил қилган бўлиб, уларнинг гап таркибида қандай қўлланишига қараб фикр ифодалаш услублари ўзгариши кузатилади. Гап тузилиши аслида наҳв илмида ўрганилади, аммо улардан кутиладиган маънолар эса грамматиканинг мавзуси деб ҳисобланмайди, мазкур масала стилистика фани доирасида таҳлил қилинади. Гапларнинг стилистик қурилиши ва уларнинг мазмуни арабларда “балоғат илми” фанининг  “маъоний илми” қисмида таҳлил қилинади. Яъни калом, унинг турлари, ўзаро фарқлари, фикр ифодалашда каломнинг аҳамияти, гап бўлакларини қўллашдаги ўзига хосликлар каби масалалар маъоний илмининг марказий масаласи деб ҳисобланади.


    Маъоний илмида гапларнинг воқеъликни тўғри ёки ёлғон акс эттиришига, шунингдек, воқеъликда маълум ўзгаришлар бўлишини талаб қилиш ва қилмаслигига кўра тақсимланади. Уюшаётган гаплар боғловчи воситасида ёки мазмунга путур етказмасдан боғловчисиз боғланиш шартлари ҳам мазкур илм доирасида тадқиқ қилинади. Гап мавзусига боғлиқ муҳим масалалардан яна бири фикр ифодалаш услублари бўлиб, у маъоний илмининг сўнгги масаласи деб эътироф этилади. Маъоний илмида фикр ифодалашнинг уч йўли мавжуд, улар ийжоз, итноб ва мусава. Сўзловчи қўзлаган мақсадини тингловчининг ҳолатига қараб ифодалаши лозим. Агар у ўз фикрини қисқа ва лўнда қилиб ифодаламоқчи бўлса кам гап ва кам сўз қўллайди. Бу балоғат илми истилоҳида “ийжоз” деб номланади. Ҳудди шу каби мақсад батафсилликни талаб қилса сўзловчи кўп гап ва сўзларни қўллаши лозим, бу масала эса “итноб” мавзуси доирасида таҳлил қилинади. Сўзловчи мақсадини етказишда сўз ва маъно тенглилига риоя қилиб гап тузиши “мусава” услуби деб ҳисобланади.


    Мазкур мақолада “балоғат илми”да фикр ифодалашнинг ўзига хос услублари ва уларнинг яширин сирлари батафсил таҳлил қилинган. Мақола қиёсий-тарихий, қиёсий-типологик, систем-структур,  тавсифлаш каби усуллардан фойдаланиб ёзилган

    42-48
    249
    25
    18-09-2026
  • ZAMONAVIY ARAB ADABIY TILIDAGI IQTISODIY SOHAGA OID O‘ZLASHTIRMALARI HAQIDA

    Viktoriya MAMADJANOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada zamonaviy adabiy arab tilida iqtisodiy sohalarda qo‘llanib kelayotgan atamalarning bosha chet tilaridan  o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga  alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zlashtirma usuli yordamida  tilga kiritilgan iqtisodiy atamalar – tillararo aloqalar natijasi bo‘lib,  bir tilning leksik birliklari A tilida shakllanib,  B tiliga ko‘chiriladi va unda qo‘llaniladi.


    Bugungi kunda atamalar tildagi so‘zlarning umumiy sonini 25 % shakllantiradi, bu ushbu usulning samaradorligini ko‘rsatadi.   Dunyoning barcha tillariida lug‘at faqatgina asl so‘zlari bilan cheklanmagan, deyarli har bir tilni rivojlantirish uchun so‘zlarni boshqa tillardan olish jarayoni tabiiy va odatiy hisoblanadi. Turli xil tillarda rivojlanishning turli davrlarida, tashqi o‘zlashtirmalarning foiz nisbati o‘zgarib turadi, chunki o‘zlashtirilgan lug‘at lingvistik guruhlar o‘rtasidagi etnik aloqalar, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni tasdiqlaydi. Qadim zamonlardan boshlab turli mamlakatlarning ona tilida so‘zlashuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatgan (savdo, urushlar) va hozirgi davr, globallashuv davri bilan yakunlanib, barcha bunday aloqalar dunyo tillarida aks ettirilgan. O‘rnatilgan aloqalarning tabiati va shartlari qanday o‘zgarganiga qarab, o‘zlashtirmalarning predmet – kontseptual doirasi, tashqi o‘zlashtirmalarga bo‘lgan munosabati va natijada o‘zlashtirmalarni rivojlantirish va o‘zlashtirish darajasi o‘zgargan. Hozirgi vaqtda so‘zlarni o‘zlashtirish jarayoni, odatda, mahalliy so‘zlashuvchilarni xalqaro terminologik tizimlari, xususan, kompyuter texnologiyalari, zamonaviy aloqa vositalari va boshqalar bilan tanishtirish bilan birga olib borilmoqda. O‘zlashtirmalarning muammosi – tillarning o‘zaro ta’siri va til evolutsiyasi jarayonini o‘rganish uchun o‘ta muhim umumiy til muammolaridan biridir. O‘zlashtirmalarni  xalqlar o‘rtasidagi turli aloqalar kontekstida vujudga keladigan yangi voqelik va tushunchalarni belgilash usullaridan biri deb hisoblashimiz mumkin.  O‘zlashtirilgan iqtisodiy atamalar lingvistik talqinning xilma -  xil jihatlari bilan bo‘g‘lik bo‘lib o‘zlashtirmalarning darajasi va tabiati o‘zaro ta’sir qiluvchi madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarning darajasi va xususiyatini aks ettiradi.Tarix masalasi, tuzilishi, tipologiyasi, xorijiy lug‘atlarni o‘zlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari yoritilgan.


    Ushbu maqolada zamonaviy adabiy arab tilidagi  iqtisodiy sohalarda qo‘llaniladigan atamalar tasnifi berilgan hamda ularning kelib chiqish tarixi, tuzilishi, tipologiyasi,  o‘zlashtirilishi masalalari, o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari yoritilgan.   .

    91-99
    331
    29
    16-07-2026
  • BADIIY DIALOGNING KOGNITIV VA MADANIY TAHLILI

    Gulkhayo ABDUGAFFAROVA (Muallif)

    Ushbu maqolada kognitiv va madaniy tilshunoslik nuqtai nazaridan badiiy dialogdagi konseptni tahlil qilish ko’ribchiqilgan. Kognitivvamadaniytilshunoslik tilga nisbatan antropotsentrik paradigma natijasida yuzaga kelgan tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari hisoblanadi. Ushbu yondashuvda eng asosiysi til va inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlar turadi. Shuni ta’kidlashsh joizki, kognitiv va madaniy tilshunoslik o’zining asosiy tushunchalariga egadir va “konsept” tushunchasi kognitiv va madaniy tilshunoslikning asosiy tushunchalaridan biri sifatida qaraladi, shuningdek u tilshunoslikning bir nechta fan sohalarining ham diqqat markazida turadi. “Konsept” tushunchasini aniqlashtirish maqsadida unga turli xil ta’riflar berilgan. Konsept insonning dunyoni idrok etish jarayonida olgan hissiy, jismoniy, tarixiy, shaxsiy va ijtimoiy tajribasi orqali shakllanadi. Konsept tushunchasiga berilgan yana bir ta’rif shundan iboratki, u butun ruhiy shaxsga yoki butun jamoaga tegishli bo’lgan kontseptual dunyo rasmining tarkibiy qismi sifatida, shuningdek murakkab aqliy mohiyatdir. Hozirgi vaqtda kontsept tushunchasiga bir nechta yondashuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Kontsept tushunchasiga ikkita yondashuv mavjud: kognitiv va madaniy. Kognitiv yondashuvga ko’ra, kontsept bu dunyo haqidagi ma’lumotlar, biron bir shaxs yoki jamoat dunyo ob’ektlarini bilishi, taklif qilishi va o’ylashidir. Madaniy yondashuvga ko’ra, kontsept madaniyatga xos va milliy yo’naltirilgan birlik, milliy imidj ko’taruvchi va baholovchi qatlamlardan tashkil topgan va hissiy, ekspressiv komponentlar va assotsiativ aloqalar bilan tavsiflangan ko’p qirrali aqliy tuzilma sifatida tavsiflanadi. Ushbu maqolada, Go’zallik va Sevgi tushunchalari o’rganilishiga ko’ra, tushuncha, tasviriy va baholovchi qatlamlari bilan tahlil qilinadi. Maqolada tuzilishning tarkibiy qismini tashkil etadigan konseptual xususiyatlar tahlilning har bir bosqichida aniqlanadi. Shu munosabat bilan, ikkita tushuncha avvalo lug’aviy ta’riflarga ko’ra tahlil qilinadi. Tasviriy va baholovchi qatlamlar matnlarning badiiy dialoglari qismlarida konseptning xususiyatlariga asoslanadi. Bundan tashqari, kontekstual tahlil lug’at tahlili va frazeologik tahlil darajasida topilmagan kontseptual xususiyatlarni ochib beradi.

    174-182
    260
    22
    03-07-2026
  • МИСРДА МАМЛУК СУЛТОНЛИГИНИНГ ШАКЛЛАНИШ ЖАРАЁНЛАРИ

    Zukhra ARIPOVA (Muallif)

    Миср ўрта аср тарихида туркий султонлардан тўлунийлар, ихшидийлар, мамлукларни ўзига хос жиҳатлари кўзга ташланади. Бу даврларда барпо этилган диний тарихий обидалар, қадамжолар бу султонларни фаолиятларини бир қисми бўйича маълумот бера олади. Ушбу илмий мақолада 1250-1517 йилларда Мисрда ҳукмронлик қилган мамлук султонларини ҳукмронлиги шаклланиш жараёнлари, дастлаб Мисрга мамлукларни кириб келиши, уларни тахтга келишлари билан боғлиқ ҳодисалар, аббосий халифалар билан муносабати ўрганилган ва таҳлил қилинган, Миср мамлук султонларининг обрў-эътибори мўғуллар устидан қозонилган ғалабадан сўнг ошиб кетди. Шунингдек, баҳрий мамлук султонларини ҳукмронлиги (1250-1382 йй.), буржий мамлук султонларининг ҳукмронлиги (1382-1517 йй.) билан боғлиқ масалалар ҳам кўриб чиқилган. Ўрганилатган даврнинг яна ўзига хослиги ва аҳамиятли жиҳати – араб маданиятига жадал равишда туркий унсурларнинг кириб келиши эди. Биринчи мамлук султонлари (баҳрийлар) эски туркий тилининг ўғуз – қипчоқ шевасида гаплашар эди. Девонхоналарда ҳам қипчоқ тили муомалада бўлди. Эски туркий тиллар бўйича мутахассислар шу даврда Мисрда қипчоқ тилини ўрганишга алоҳида эътибор берилган ҳамда қипчоқ тилининг грамматикаси ва лексик бойлигини ўрганишга бағишланган асарлар ёзилганлигини таъкидлайди.

    82 - 88
    168
    17
    29-06-2026
  • МИЛЛИЙ ИННОВАЦИЯ ТИЗИМЛАРИ КОНЦЕПЦИЯСИНИНГ ШАКЛЛАНИШИ ХУСУСИЯТЛАРИ

    GULNORA GULYAMOVA (Muallif)

    Мақолада миллий инновация тизимлари концепциясининг шаклланиши, унинг замонавий иқтисодий назариядаги аҳамияти, миллий инновация тизимининг иқтисодий тушунча сифатида назария ва амалиётга кириб келиш тарихи ўрганилган. Миллий инновация тизимига турли муаллифларнинг қарашлари таҳлил этилган. Миллий инновация тизими концепциясининг ривожланиш босқичлари ажратиб берилган.


    Миллий инновация тизими фаолияти самарадорлигини оширишнинг муҳим воситаси сифатида инновация сиёсатининг институционал асосларини шакллантириш бўйича давлатнинг чора – тадбирларини такомиллаштириш масалалари кўриб чиқилган. Миллий инновация тизими бўйича турли хил қарашлар таҳлил этилиб, умумлаштирган ҳолда миллий инновация тизимини қуйидаги тўрт ташкил этувчи бирлиги ва улар ўртасидаги ўзаро таъсир этиш муносабатларидан иборат деган хулосага келинган: билимлар шаклланувчи тузилма; технологиялар трансфери тизими; инновацияларни молиялаштириш тизими, инновацияларни ишлаб чиқариш тизими ва инновацион кадрлар тайёрлаш тизими. Давлат томонидан инновация фаолиятини қўллаб-қувватлаш йўналишлари кўрсатиб берилган бўлиб, инновацион билим ва технологияларни яратиш, сақлаш ва тарқатиш бўйича фаолиятларни амалга ошириш, илмий-инновацион соҳани бошқаришнинг барча субъектларини бирлаштирувчи миллий инновация тизимини шакллантириш бўйича таклифлар берилган.

    302 – 308
    262
    17
    25-06-2026
  • «АЛ-ФИҚҲ АН-НОФЕЪ» АСАРИ ҚЎЛЁЗМАЛАРИНИНГ КОДИКОЛОГИК ТАҲЛИЛИ

    Bekzodbek MUKHTAROV (Muallif)

    Мовароуннаҳр диёри ислом илмлари ривожига катта ҳисса қўшган олимлар юрти ҳисобланади. Бу ўлкадан етишиб чиққан уламолар томонидан ёзилган ислом таълимоти, ҳуқуқи ва ахлоқига оид асарлар нафақат мусулмон олами, балки бутун дунё бўйлаб кенг тарқалган. Бунга дунё кутубхоналарида сақланаётган, нодир қўлёзма манбалар сифатида эътироф этилаётган асарларни мисол келтириш мумкин.


    Шундай фақиҳ уламолардан бири Абулқосим Носируддин Самарқандийдир. XI–XII асрларда Самарқанд шаҳрида яшаб, ислом илмлари, хусусан, Қуръон илми, ақида, фиқҳ, ахлоқ, тарих ва луғат илмлари билан машғул бўлган ҳамда Мовароуннаҳр илм-фани ривожига ўзининг улкан ҳиссасини қўшган. Айниқса, олимнинг фиқҳ илмига доир асарлари ҳанафий фиқҳига оид муҳим манбалардан саналиб, улар орасида «ал-Фиқҳ ан-нофеъ» асари алоҳида аҳамият касб этади. Бу асар фуруъ ал-фиқҳ илмига оид асар бўлиб, кўплаб олимлар томонидан эътироф этилган ва унга шарҳ ва изоҳлар битилган. Бу асарнинг бугунги кунда дунё кутубхоналарида ўттиздан ортиқ қўлёзма нусхалари мавжуд. Шу сабабли ҳам ушбу мақолада «ал-Фиқҳ ан-нофеъ» асарининг ёзилиш тарихи, таркибий тузилиши, унинг қўлёзма нусхалари, уларнинг манбашунослик таҳлили ва ўзига хос хусусиятлари тарихий манбалар асосида илмий ва қиёсий тадқиқ этилган.

    85 - 92
    402
    22
    23-06-2026
  • ҒАРБДА ТАСАВВУФНИНГ ЎРГАНИЛИШИ ВА ТАСАВВУФШУНОСЛИК МАКТАБЛАРИ

    Nilufar TUYCHIEVA (Muallif)

    Мақолада Ғарбда тасаввуфнинг тарқалиш сабаблари, унинг секуляризация жараёнларига мослашув ҳолатлари, шунингдек, тасаввуфга бўлган қизиқишнинг ортиши билан боғлиқ маълумотлар берилган.


    Ғарбдаги йирик тасаввуфшунослик мактаб вакиллари томонидан мазкур соҳани тадқиқ этишдаги муаммолар, йўналишлар, босқичлар ҳамда турли хил қарашлар қиёсий-таҳлилий равишда ўрганилиб, улардаги умумий ва фарқли жиҳатлар кўрсатиб берилган.


    Мақолада бугунги кунда Ғарбда фаолият олиб бораётган тариқат вакилларининг тарғибот усуллари, таркибий тузилиши ва анъанавий тариқатлардан фарқли жиҳатларига ҳам тўхталиб ўтилган. Даставвал,  Ғарбда замонавий тариқат аъзолари тасаввуфни тарғиб этиш орқали ислом дини кенг тарқалишига сабаб бўлган бўлсалар, бугунги кунга келиб, дин тариқат вакили бўлиши учун тўсқинлик қилмаслигини иддао этишлари кузатилмоқда. Бунинг замирида қандай мақсадлар кўзланганлиги билан боғлиқ масалалар ҳам мақоладан жой олган.


    Ғарб давлатларининг ниҳоят даражадаги эркин муҳитида тариқатларнинг фаолияти, жамият ҳаётига таъсири, улардаги ғоявий асосларнинг тубдан ўзгараётгани, ҳатто аслиятдан узоқлашиши ҳолатлари юз бераётгани билан боғлиқ ҳолатлар келтирилган.


    Мақоланинг хулоса қисмида эса тасаввуфни ўрганишнинг Ғарбга хос хусусиятлари, замонавий тариқат вакилларининг тасаввуфга муносабати ва ислом динига боғлиқ бўлмаган жиҳатларнинг авж олиши туфайли юзага келадиган муаммолар ҳам акс этган.

    63 - 68
    186
    18
    23-06-2026
  • ГЛОБАЛЛАШУВ ШАРОИТИДА ДЕМОКРАТИЯ ВА ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ РИВОЖЛАНИШИНИНГ УМУМНАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ

    Guzal KADIROVA (Muallif)

    Фуқаролик жамиятини ўрганишда жуда кўп ёндашувлар мавжуд. Бироқ шу пайтгача унинг моҳияти, келиб чиқиши ва тарихий чегараларининг умум эътироф этган «формулалари» шаклланмаган. Умуман олганда, фуқаролик жамиятининг демократияни ривожлантириш, жамиятни сиёсий либераллаштириш ва инсон ҳуқуқлари муаммолари билан чамбарчас боғлиқ бўлган асослари назарий мушоҳаданинг узун йўлини босиб ўтган.


    Юқорида келтирилган анъаналар ўзаро фарқ қилишига қарамай, уларнинг ҳаммасини умумий принциплар бирлаштириб туради. Аввало, бу – барча инсонлар табиатан эркин ва қонун олдида тенг шахслардир, деган принцип. Бошқа томондан, бу – алоҳида индивидлар эркинлигининг реал соҳасини белгиловчи қонунлар универсал аҳамиятга эгалигини билдирувчи принцип. Учинчи томондан, бу амалдаги қонунчилик доирасида ўз манфаатлари йўлида ўз эҳтиёжлари ва ҳаракатларини ифодалашга доир эркинлик принципи, шунингдек қонун ва тегишли институтлар билан кафолатланган ихтиёрий бирлашмаларни ташкил қилиш ҳуқуқидир. Тўртинчидан, бу давлат томонидан ҳимояланган мулк сотиб олиш ва уни тасарруф этиш борасидаги эркинликдир. 


    Ушбу мақолада фуқаролик жамияти ва давлат ўртасидаги муносабатларни барқарорлаштирувчи ҳамда жамиятга давлатнинг аралашувидан ҳимояланишнинг зарурий даражасини берувчи механизмлар танқид этилган. Шунингдек,  фуқаролик жамиятининг бу ва бошқа хусусиятлари ривожланган мамлакатларда, жумладан Ўзбекистон ҳам мансуб бўлган янги мустақил давлатларда, унинг шаклланиши ва ривожланиши жараёнлари таҳлил қилинган.

    89-98
    313
    20
    23-06-2026
  • XATIB  BAG‘DODIYNING “AL­JOME” ASARIDA  RIHLA  MASALASI AKS  ETISHI

    Muxriddin JO‘RAYEV (Muallif)

    Ushbu maqolada hadisshunoslikning “mutaqaddimun " (Hadis ilmining shakllanishjarayoni sahih hadislar to ‘plangan davr — hijriy III (milodiy IX) asr oxiri va IV (milodiy X) asr boshlarida yakunlangan) bosqichida muhim о 'rin tutgan, hadis ilmi odoblari va ta 'Um metodikasiga bag ‘ishlangan Xatib al-Bag ‘dodiyning (392/1002-463/1071) «Al-Jome Ti axlaq ar-roviy va adab as-some ’» (“Roviylarning axloqi va tinglovchilarning odobi to ‘plami”) nomH asari tadqiq etilgan. «Al-Jome *» asari hadis ilmi, rivoyat odoblari va muhaddislarning axloqi haqida qimmatli manbalardan biri sanaladi.
    Ushbu maqolada «Al-Jome'» asarining mazmuni, rivoyatlarning sanad va matn jihatlari chuqur о ‘rganilgan va an ’anaviy hadis ta 'lim-tarbiya odoblari va rihla masalasi tizimli ravishda tahlil qilingan. Bu esa hadis ilmi va uning odob-axloqiy tamoyillarini yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
    Maqolada mazkur manbaning tuzilishi, unda ilgari surilgan ilmiy safar - rihla tushunchasi hamda ustoz va shogird о ‘rtasidagi о ‘zaro munosabatlar masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, asarda keltirilgan hadis roviylarining ma'naviy-axloqiy qiyofasiga doir talablar va ilm talab qilishdagi ijtimoiy-madaniy me ’yorlar ilmiy nuqtayi nazardan yoritib berilgan. Tadqiqot natijasida Xatib al-Bag'dodiy asarining bugungi kunda hadisshunoslik metodologiyasini о ‘rganishdagi ahamiyali asoslab berilgan.

    41-49
    332
    38
    22-05-2026
  • FONOLOGIK O‘ZGARISHLARNING SO‘Z TUZILMASIGA TA’SIRI

    Sadiq Hilal Abdul-Razek (Muallif)

    Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslik tadqiqoti fonetik qonuniyatlar va morfologiya o'rtasidagi chuqur bog 'liqlikka e ’tibor qaratiladi. Chunki so ‘z yasalishini fonetika va uning qoidalaridan ajratib о ‘iganish mumkin emas. Bu bog ‘liqlikning eng yaqqol namunasi Qur ’onning sahih qiroatlaridagi farqlarda ko'zga tashlanadi. Bu morfologik farqlar ikkita asosiy omil bilan bog ‘liq: Fonetika qonunlari, ya ’ni tovush uyg ‘unligini fa ’miniash, talaffuzdagi harakatni qisqartirish va bir so ‘z ichida tovushlarning о ‘xshashligi yokifarqliligidan kelib chiqadigan qiyinchiliklardan qochish; Lahjaviy farqlar. Bu farqlar esa nutq organlarining fizik xususiyatlari, ayrim til hodisalariga sodiqlik (madaniy omillar), va qo ‘shni xalqlarning ta ’siridan kelib chiqadigan geografik omillar kabi fonetik sabablarga borib taqaladi.
    Tadqiqot Qur ’on ma nolarini izohlovchi manbalarga asoslangan bo ‘lib. sahih qiroatlardagi farqlar va ularning sabablari tahlil qilingan. Tadqiqotda bu sabablarga zamonaviy fonetika yondashuvi bilan izoh beriladi. Shuningdek, buyruqfe'liningyasalishi. ifta'ala va tafa“ala vaznlaridagi o'zgarishlar, va fonetik ta’sir ostidagi fe’l bablari kabi morfologik masalalar yoritilgan.
    Tadqiqotda tavsifly metoddan foydalanilgan — til hodisalari fonetik qonunlar asosida kuzatilib, tadqiq va tahlil qilingan.
    Tadqiqot yakunida, so ‘z yasalishi (isteqoqdan tashqari) aslida nutq sohibi ongli ravishda emas, fonetik qonunlarni tabiiy qo ‘llashi natijasidayuzaga keladigan tovush farqlariga asoslangan, degan xulosa ilgari suriladi.

    37-43
    136
    26
    01-04-2026
1 - 14 from 14

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling