Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ABUL MAOLIY MUHAMMAD IBN UBAYDULLOHNING “BAYONUL ADYON” ASARI – SHARQ QIYOSIY DINSHUNOSLIGI MANBASI SIFATIDA

    Mumin Mirzo ABDUPATTAEV (Muallif)

    Mazkur maqola XI asrda Xurosonda yashagan olim Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh Husayniy Alaviyning fors tilidagi ilk qiyosiy dinshunoslik asari hisoblangan «Bayonul adyon» tahliliga bag‘ishlangan.


    Muallif Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning hayoti haqida manbalarda ma’lumotlar cheklangan bo‘lsa-da, asarning mazmuni va unda keltirilgan ayrim ma’lumotlar olimning G‘aznaviylar saroyiga yaqin, jamiyatda yuksak mavqega ega va chuqur ratsionalistik tafakkurli olim bo‘lganini ko‘rsatadi. Asarda muallifning turli din va firqalarni xolis tahlil qilishi, ayniqsa, “73 firqa” hadisi asosida islomdagi guruhlarni tasniflash uslubi ko‘rib chiqilgan. Maqolada Abul Maoliyning o‘zi sunniy-hanafiy an’anasiga mansubligi asardagi fiqhiy va aqidaviy ishoralar orqali dalillangan.


    Maqolada asarning qo‘lyozma nusxalari taqdiri, xususan, eronlik mashhur muarrix Abbos Iqbol Ashtiyoniy tomonidan amalga oshirilgan ilk tanqidiy nashr va keyinchalik Muhammad Taqiy Donishpajuh tomonidan asarning to‘liq nusxasi topilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar ham batafsil bayon etilgan. «Bayonul adyon» asari umumiy  besh bobdan iborat bo‘lib, u nafaqat diniy ta’limotlar, balki XI asr musulmon dunyosining geografik va antropologik tasavvurlarini ham o‘zida aks ettiradi. Ayniqsa, muallifning turli xalqlar, jumladan, islomdan avvalgi turklar va hindlarning iloh haqidagi tasavvurlari borasidagi kuzatuvlari diqqatga sazovordir. Asar fors tilining eng go‘zal va nodir namunalaridan biri sifatida islom mazhablari tarixi (maqolot) an’anasida o‘chmas iz qoldirgan.


    Shuningdek, “Bayonul adyon” asarining manbalari sifatida Abu Zayd Maqdisiy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Horun Varroq va Abul Hasan Muhammad ibn Yusuf Amiriy Nishopuriy kabi mutafakkirlarning asarlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot yakunida asarning besh bobdan iborat tarkibi, undagi islomdan oldingi dinlar (zardushtiylik, yahudiylik, nasroniylik) hamda g‘ayriilmiy da’volar bilan chiqqan soxta payg‘ambarlar haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati ochib berilgan.

    43-49
    270
    23
    24-07-2026
  • MALIKUSHSHUARO BAHORNING HAYOTI VA IJODI

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada XIX asr adabiyoti taniqli namoyandasi, shoira Malikushshuaro Bahorning ijodini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – XIX asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa biroz  e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham mavjud. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir. XIX asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.XIX asrda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.

    49-57
    272
    18
    18-09-2026
  • FORS BADIIY NASRI HAQIDA

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Bu maqolada fors adabiyotining nasrini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – IX-XV asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir.


    Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa bir oz e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham eshitilib qoladi. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir.


     IX-XV asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.


    IX-XI asrlarda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.

    69-77
    262
    23
    17-07-2026
  • 2011-2012 YILLARDA MISRDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY NOROZILIKLARNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI.

    Guzal KADIROVA (Muallif)

    Maqolada “Arab bahori” voqealari tahlil qilingan bo‘lib, uning sabablarining murakkabligi va “demokratiya paradoksi”ning dolzarbligi qayd etilgan. Mazkur maqola 2010-yillarda Yaqin Sharq va Mag‘rib mamlakatlarida hukumatga qarshi bir qator norozilik namoyishlari ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan “Arab bahori” hodisasiga bag‘ishlangan. G‘arb siyosatchilarining fikriga ko‘ra, “Arab bahori” demokratik va adolatli jamiyat qurishga qaratilgan edi. Mintaqa davlatlarida ommaviy noroziliklarga iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sabablar asos bo‘lgan. Aytish mumkinki, ularni ichki siyosiy inqiroz va hokimiyat bilan to‘qnashuv kabi yomon holatlar qo‘zg‘atdi.  


    Maqolada 2010 yilning ikkinchi yarmida yakka tartibdagi norozilik namoyishlari shaklida boshlangan, ammo keyinchalik 2011 yil yanvarida ommaviy namoyishlarga aylangan Misrdagi mazkur jarayon ko‘rilib, tadqiq qilingan.  Misrdagi rejim o‘zgarishi AQShning o‘sha paytda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi asosiy tashqi siyosat aktori sifatidagi faol pozitsiyasi asosida yuz berdi. Muxolifat kuchlarining dastlabki maqsadi amalga oshganligi, ya’ni – H.Muborakning iste’foga chiqishi va G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanganiga qaramay, Misrdagi “Arab bahori” siyosiy va iqtisodiy hayotda kutilgan demokratiyalashuv va liberal islohotlarni olib kelmadi. Misrda “jamiyatni demokratlashtirish” kontseptsiyasini qo‘llagan muxolifat islohotchilari birinchi bosqichda avtokratik yoki harbiy tuzumdan demokratik hukumatga o‘tishni talab qildilar. Norozilik namoyishlari asta-sekin katta va katta jamoatchilik doiralarini jalb qildi, bu esa Misrda deyarli 30 yil davomida mamlakatni boshqargan prezidentning ag‘darilishi va iqtisodiyotning tanazzulga uchrashiga sabab bo‘lgan inqilobga olib keldi. Misrda “Arab bahori”ning ikkinchi bosqichida harbiy kuchlarning bosimi natijasida ikkinchi marotaba hokimiyat almashdi. Tahlil natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, Misrdagi voqealar “demokratiya paradoksiga” olib keldi, ya’ni demokratik jarayonlarning kuchayishi hokimiyatga nodemokratik, bu holda islomiy kuchlarni olib keldi.

    35-45
    301
    27
    17-07-2026
  • ШАРҚ ВА ҒАРБ ОЛИМЛАРИ ДИНИЙ ФАЛСАФИЙ ҚАРАШЛАРИДА КРОССМАДАНИЙ ФЕНОМЕННИНГ НАМОЁН БЎЛИШИ

    Feruza BOZAROVA (Muallif)

    Мазкур мақолада Ғарб ва Шарқ олимларининг диний-фалсафий қарашларига кроссмаданият таъсири тадқиқ этилади. Шахслараро муносабатларда дин коммуникатив функцияни бажарган. У инсон дунёқарашининг асоси сифатида ўрганилади ва ўзини ҳар хил шаклларда намоён қилади. Яъни, чин эътиқод кўринишида ёки сохта уйдирмаларга асосланган қарашларда ўзини намоён қилади. Ғайритабиий идеал – коинотнинг яратувчисига муносабат ва ишонч ҳақиқий эътиқод қўйган диндорлар ва шунчаки дин вакиллари ўртасида ажралиб туради. Ғарб ва Шарқ даҳолари И. Кант, Ибн Рушдд, Газзали каби олимларнинг диний қарашлари ўзига хос бўлиб ушбу соҳадаги кўплаб фундаментал масалаларни англаб етишда алоҳида аҳамият касб этади. Илмий билишда инсон ақли устуворлик қилади, юқоридаги олимлар уни диний билишда ҳам устувор деб билади. Эҳтимол шу сабабли ҳам уларнинг таълимотлари ўзига хос ва бугунги кунгача дунё илмий ҳамжамиятини жалб қилиб келмоқдалар. Яратувчининг дунёни бино қилишдаги принципи, унинг содир бўлаётган воқеаларга алоқаси, яхшилик ва ёмон лик, инсон тақдири ва бошқа кўплаб масалалар ҳақида фикр-мулоҳаза юритади. Хусусан, Кант бу ҳодисаларнинг моҳиятини тушуниш учун, мумкин бўлган тажрибадан четга чиқиш керак, деб ҳисоблайди.


    Юқоридаги олимлар фикрича, ақл – дин ва диндорликнинг асосий омили, у трансдентент оламни билиш назариясида ҳал қилувчи аҳамиятга эга бўлади. АҚЛ тушуниш, ўйлаш мумкин бўлган ҳамма нарсани тизимга бирлаштириш, тизимлаштириш қобилияти ҳамдир. Хусусан, Кант ақл “тизимли билимларни” амалга оширишга интилади, деб ҳисоблайди. Диннинг мақсади ва маъноси фақат ақл тизимида аниқланади, бу онгли мавжудод билиш қобилиятига қўйиладиган асосий талаб ҳисобланади. Шарқ олимларининг бу борада диний фалсафий қарашлари қандай бўлган, ўзига хослиги нимада? Мазкур мақолада ушбу масала фалсафий жиҳатдан қиёсий таҳлил қилинади.

    116 - 122
    261
    21
    29-06-2026
  • MILLIY TEATR “OYINA”  JURNALI NIGOHIDA

    Mahmuda G‘OYIBNAZAROVA (Muallif)

    Ushbu maqola Turkiston jadidchilik milliy harakatining otasi Mahmudxoja Behbudiyning 1913-1915-yillarda Samarqandda nashr etilgan “Oyina” jurnali sahifalaridagi milliy teatrga oid maqolalar tahliliga bag ‘ishlangan bo ‘lib, unda jadid milliy teatrining paydo bo ‘lishi haqida so ‘z yuritilgan.
    Turkistonda zamonaviy ko'rinishdagi milliy teatr qadimdan shakllanib kelayotgan xalq og'zaki dramalari, maydon tomoshalari, qo ‘g ‘irchoq teatri an analariga tayangan holda, jadidlarning madrasa ta ’Umi bilan birga xorijda oshirgan malakalarining mevasi о 'laroq Mahmudxo ja Behbudiyning “Padarkushyoxud О ‘qimagan bolaning holi ” asari sahna yuzini ко ‘rdi. Maqolada ayni shu jarayonlar matbuotdagi chiqishlar, xabarlarga tayanilgan shaklda yoritilib, jadidlarning teatrdan ко 'zlagan asl maqsadlari, milliy teatrning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, sahna asarlarida ко 'tarilgan asosiy masalalar, tomoshani tashkil etishdagi muammolar, shuningdek, Turkistonda tatar va ozarbayjon teatr guruhlariningfaoliyati tadqiq qilingan.
    Havaskor teatr guruhlarining tuzilishi hamda ularning faoliyati, xususan, ibratnomaning ilk marta sahnada havaskor yoshlar tarafidan ijro etilishi Toshkentda emas, balki Samarqandda, so'ngra Qo‘qonda, undan keyingi jarayonlarda esa Toshkentda Kolizey binosida bo ‘Iganligi, teatrning qanday kechganligi milliy matbuot ma ’lumotlariga tayanilgan holda ochib berilgan. Mahmudxo ‘ja Behbudiy sahna asarini yozish bilan bir qatorda sahna madaniyati, muqallidlarga aloqador ko'rsatmalar, tomoshabinlarga tegishli bo jgan yo ‘riqnomalar haqida ham tushuntirish, ta’lim berish ishlari о lib borish kerakligi haqidagi fikrlari maqola sahifalaridan о 'rin olgan.
    Sahna asarlarining yozilishi va ijro etilishiga birinchi navbatda mustamlaka hukumatining qarshiliklari, keyingi bosqichda esa, mavjud diniy jaholat va mutaassiblikning ta 'siri natijasida yuzaga kelgan bahs-munozaralar bayon qilinadi. Xususan, sahna asari ijro etilishidan awal rus tilida hukumatga taqdim qilinishi belgilangan, hukumat roziligidan keyingina teatr tashkil etilgan. Ayni o'sha vaqtlarda tomoshabinlar qatoridan xufiyalar ham joy olgan. Ba ’zi vaqtlarda tashkilotchilar javobgarlikka tortilgan, ba'zan esa tomosha oxiriga yetmasdan to ‘xtatib ham qo ‘yilgan. Sahna asari ijro qilinih bo ‘linganidan keyin esa aholi yetmish firqaga bo ‘linib, turlifikrlarda bo ‘Iganligi ham matbuotdagi chiqishlarda о ‘z aksini topgan. Bunga misol qilib, “bizga odam о 'ldursanglar, bundoq qilib о 'ldurasizlar”, deb odam o'ldirishni o'rgatyapsizlarmi”, yoki “teatr shariatga zid” ma 'nosidagi qarashlarni ко ‘rsatish mumkin. Ushbu yuzaga kelgan vaziyatda millat ziyolilari jamiyatga kerakli javobni berganliklari maqolada bayon etilgan.

    13-24
    278
    34
    22-05-2026
  • “AL-FIQH AL-ABSAT” ASARIDA AQIDAVIY MAVZULARNING YORITILISHI

    Soatmurod PRIMOV (Muallif)

    Annotatsiya: Islom dini das flab Arabis ton yarim orolida paydo bo ‘Igan bo ‘Isakeyinchalikxulofoiroshidinlardavrida Fors va Shorn diyorlarigayetib bordi hamda о‘sha yerdagi mahalliy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘Idi. Umar (r.a.) davrida Fors mamlakati fath etildi. Shu qatorida Iroq hududlariga islom dini kirib bordi. Vaholanki, Iroq hududi - ikki daryo oralig'i qadimdan madaniyat markazlaridan biri hisoblanagan. В и mintaqada turli mill at va din vakil lari yashagan. Mahallaiy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘lishganidan keyin boshqa din va ta ’limoti vaikllari bilan muayyan e 'tiqodiy masalalar borasida turli ixtiloflar kelib chiqdi. Islom diniga mansub asosiy va dastlabki firqalar ham aynan Iroq hududida paydo bo ‘Igan. Xavorij, mo ‘tazila va shia kabi firqalar.
    Hanqfiy mazhab asoschisi — I mom Abu Hanifa ham aynan mana shu zaminda yashagan va ijod qilgan. I mom Abu Hanifa ко ‘plab shogirdlariga fiqh va aqida imlarini о ‘rgatish barobarida о ‘sha vaqtda mavjud bo ‘Igan ко ‘plab firqa vakillari bahs-munozalar olib borgan hamda ahli sunna val jamoa aqidasni himoya qilgan. Manhalarda zikr qilinishicha Imom Abu Hanifa turli adashgan firqa vakillari bilan bahs-munozra qilish uchun yigirmadan ortiq marotaba Basra shahriga borgan. Imom Abu Hanifa aqoid ilmiga oid asarlarida ahli sunnaning sof e 'tiqodiy qarashlarni bayon qilish bilan birga adashgan firqalarga raddiyalar bergan. Mana shunday asarlaridan ibri "al-Fiqh al-absat" asari bo‘lib, savol-javoh shaklida aqidaviy masalalar bayon qilingan. Mazkur maqolada dastlab asarning muallifi borasidagi qarashlar tahlil qilingan. Shuningdek, bir nechta ulamolar nisbati berilgan yagona sharhi haqida muhim ma’lumotlar taqdim etilgan. “Al-Fiqh al-absat” asarida bahs yuililgan asosiy aqidaviy masalalar talqiniyoritib berilgan. Imom Abu Hanifa ко ‘plab о ‘rinlarda adashgan firqalaming noto ‘g‘ri aqidalariga raddiya berishda naqliy dalillar birga aqliy dalillarni keltirib о ‘tganini kuzatish mumkin. Asanring e’tiborlijihatlaridan biri uning savol-Javob shaklida yozilganligi. В и holat о 'quvchida aqidaviy masalalarni yanada tushunarli bo ‘lishiga va yodda qolishiga yordam beradi. Mazkur osar hanafiy mazhabiga oid dastlabki aqida matnlari sifatida e 'tirofetilgan.

    18-26
    289
    30
    01-04-2026
1 - 7 from 7

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling