Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ZAMONAVIY ARAB TILINING DOLZARB MUAMMOLARI

    Bakhrom DAMINOV (Muallif)

    Maqola arab tilshunosligining bugungi kungacha uning tarixi davomida arablarni qiziqtirgan eng dolzarb muammolarni o’rganishga bag’ishlangan.  Ushbu maqolada arab tilshunosligining turli sohalariga oid masalalarda markaziy o’rinni egallab turgan eng muhim muammolar ko’rib chiqiladi.


    Hozirgi vaqtda arab tilshunosligi leksikografiya, hududiy dialektlar va zamonaviy arab adabiy tilini o’rganish masalasi zamonaviy arabshunoslik uchun muhim vazifalardan hisoblanadi.


    Bahsning dolzarbligi arab tili muammolarini o’rganish zamonaviy tilshunoslik nazariyasining bir qismi ekanligi bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati zamonaviy arab adabiy tilining dialektlar, leksikologiya va fonetikaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan bog’liq bo’lib, ushbu muammoning tarixiy sohasi ham ko’rib o’tiladi.


    Maqola ahamiyatining yana birjihati shundaki unda, arab mamlakatlaridagi lingvistik vaziyatga alohida e’tibor qaratilib, umumiy adabiy tilni yaratishdagi to‘siqlarni yengib o‘tish muammosi, adabiy til va lahjalarning leksikologik xususiyatlari, shuningdek, arab tilshunosligining tarixiy bosqichlari haqida so’z yuritiladi.


    Maqolaning maqsadi, til va uning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan sotsiologik va etnolingvistik jarayonlarning asosiy tuzilmalarini , arab tilshunosligi aspektlarini o’rganishni tahlil qilishdan iborat.


    Muallif hududiy lahjalarni (ayniqsa, Magrib mamlakatlari dialektlarini) farqlashning murakkab muammosiga, fonetika, grammatika va leksikologiyada adabiy tildan qishloq va shahar lahjalari o’rtasidagi keng tafovutga e’tibor qaratadi. Ushbu muammo juda kam o’rganilgan va qo’shimcha tadqiqotlarni talab qiladi.


    Xulosada arab mintaqasidagi lingvistik vaziyatning mohiyatini ochib berish, arab mamlakatlarida olib borilgan arablashtirish muammolarini tavsiflash, sotsiologiyaning zamonaviy tilshunosligi nuqtai nazaridan arab tilining kelajagi xususida fikr yuritiladi.

    154 - 163
    392
    21
    23-06-2026
  • ЗАМАХШАРИЙ ИЛМИЙ МЕРОСИНИНГ ТАРИХНАВИСЛИГИ

    Shukhrat MIRZIYATOV (Muallif)

    Мақола таниқли мутафаккир Маҳмуд Замахшарий асарлари, рисолалари таҳлили ва олим меросининг Ўзбе- кистонда ўрганилиш тарихига бағишланган. Маҳмуд Замахшарий илмий меросини тадқиқ қилиш том маънода Ўзбекистон мустақиллиги йилларидан бошлаб кун тартибидан жой олди. «Муқаддамату-л-адаб»нинг форсий ва туркий сўзлик киритилган нусхалари ўзбек тарихий лексикологияси, жумладан, лексикографияси учун жуда қимматлидир. Унда туркий сўзларнинг ҳам арабча, ҳам форс-тожикча муодиллари борлиги сўзлар маъносини тўғри аниқлашда катта ёрдам берган. «Муқаддамату-л-адаб»нинг Ўзбекистонда ўрганилиш ҳолатини таҳлил қилиш, мазкур асарнинг тил тарихига оид барча манбаларда қимматли асар сифатида эътироф этилиши ушбу мақолада яққол намоён бўлади. Шу билан бирга, Замахшарий ижодини ўрганишга ўз ҳиссасини қўшган қатор олимларнинг илмий изланишлари таҳлил қи- линади. Эришилган ютуқ ва камчиликлар ҳақида фикр ва мулоҳазалар баён этилади. Мақоланинг асосий қисми эса бугунги кунга қадар тадқиқ этилмаган «Муқаддамату-л-адаб»нинг туркий сўзлик киритилган энг қадимий Ёзгат-Хоразм қўлёзмасининг манбашунослик, луғатшунослик, тилшунослик нуқтаи назаридан таҳлили ва унинг бошқа қўлёзма нусхалари ичида устун тарафларини очиб беради. Шунингдек, мақолада А.Рустамов, Ғ.А.Абдураҳмонов, А.Алиев, У.Уватов, З.Исломов, М.Ю.Ҳакимжонов, М.Носирова, Қ.Содиқов, И.Қўчқортоев, В.В.Бартольд, А.Е.Бертельс, Ф.Дорнзайф, Н.Сулаймонова, Б.Турдиали- ев, А.А.Болтаевларнинг Маҳмуд Замахшарий илмий меросини ўрганиш бўйича олиб борган тадқиқотлари таҳлил қилинган.

    99-106
    231
    21
    28-06-2026
  • ARAB TILSHUNOSLIGIDA MAONIY ILMIGA XOS QARASHLAR

    Salima RUSTAMIY (Muallif)

    Dunyoda o‘rta asr olimlarining tilga oid nazariy va amaliy masalalarni qamrab olgan tilshunoslikka oid qarashlari adab ilmlari tarkibida lug‘at (leksikologiya), sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), balog‘at ilmlari kabi sertarmoq va murakkab ilmiy nazariyalar majmui sifatida ravojlanib, uning o‘rganish ob’ekti til, til hodisalari va til ifodasi bo‘lgan nutqdan iborat bo‘ldi. Til – murakkab ramzlar tizimi sifatida baholandi. Til hodisalarini nazariy o‘rganish jarayonlarida G‘arb lingvistika maktablari tilning kommunikativ, kognitiv, nominativ va akkumulyativ funksiyalariga e’tibor qaratdi, shu bois G‘arb olamida sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, antropolingvistika kabi sohalar rivojlandi. Islom uyg‘onish davrida tilshunoslarni ko‘proq tilning emotsional-ekspressiv, ya’ni volyuntativ funksiyasi qiziqtirib, til hissiy-ruhiya ta’sir vositasi sifatida chuqur o‘rganildi. Natijada tilning estetik ta’siri va badiiy tuzilishi haqidagi nazariy qarashlar arab dunyosida balog‘at ilmining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Bugungi kunda jahon tilshunosligida balog‘at ilmining tarixi, tuzilishi, ahamiyati, istilohlar ma’nosi, badiiy vositalarning qo‘llanish usullarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Tadqiqotchilar oldida balog‘at ilmining nazariy asoslari, uning adab ilmida tutgan mavqei, zamonaviy usullar yordamida balog‘at ilmlari tipologiyasini amalga oshirish vazifasi turgan bo‘lib, uning yechimi ilmiy-adabiy qarashlar tizimini anglashga xizmat qiladi.


    Maoniy ilmida kalomning xabar (خبر) va insho (إنشاء) xususiyatlari talqini, musnad (مسند) va musnad ilayhi (مسند إليه) munosabatlari va ularning ifodalanish tarzlari, qasr (قصر) usulining ma’no xoslash xususiyatlari, fasl (فصل) va vasl (وصل) usullarida stilistik va semantik bog‘lanish tartibi, ma’noni iyjoz (إيجاز), itnob (إطناب), musovat (مساواة) usullarida shakllantirish xususiyatlari balog‘at ilmi haqidagi qarashlar asosida tadqiq qilingan. Maoniy ilmida kalomning musnad va musnad ilayhi ruknlari, ularning xossalari haqidagi to‘liq ma’lumot beriladi. Maqolada maoniy ilmi haqida yuqorida ta’kidlangan xabar, insho, musnad va musnad ilayhi masalalari tahlil qilingan.

    4-12
    303
    35
    20-07-2026
  • GERMAN FARHAT – «BAHS AL-MATALIB VA HASS AL-TALIB» GRAMMATIK ASARINING MUALLIFI

    Mukhlisabonu ISHANKHANOVA (Muallif)

    Maqolada Xalab (Aleppo, Suriya) shahridagi maronit arxiyepiskopi German Farhatning (1670-1732) hayoti va koʻp qirralik ijodi tadqiq qilingan. Oʻz navbatida, German Farhat arab adabiyoti tarixida muhim shaxs hisoblangan. Shuningdek, maqolada xristian-muallif tomonidan tuzilgan arab tili grammatikasi bо‘yicha birinchi grammatik asar «Bahs al-matalib va hass al-tolib» (“Masalalarni oʻrganish va talabalarini [arab tilini oʻrganishga] undash” tadqiq qilingan.


     Ushbu maqolada Isroil Milliy Kutubxonasi fondida saqlanayotgan qoʻlyozma nusxasidan foydalandik (Inv. № 397, V. 1в-150в) va maqolada uni yozilish sabablariga oid masala koʻrib chiqilgan. Bahs al-matalib arab tilida so‘zlashuvchi bo‘lmaganlar uchun qo‘llanma bo‘lib, keyinchalik u Usmonlilar imperiyasining arab viloyatlari, ayniqsa, Livan tog‘idagi yarim avtonom mintaqadagi aniqrog`i, Bayrut (Livan)da 200 yildan ortiq, XX asr oʻrtalarigacha maktablarda, o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan. Ushbu grammatika kursi arab dunyosida katta rezonansga ega boʻlib, nasroniy muallif  tomonidan yozilgan bu borada birinchi tadqiqot edi (hali ham ba’zi maktablarda oʻqitiladi). Arab adabiy uyg‘onish davri (Nahda) boshlanishidan bir asr oldin yashab, olim, yozuvchi va shoir sifatida tanilgan German Farhat, bu Nahdani amalga oshirish uchun kо‘p harakat qildi. Shuningdek, bu yerda arxiyepiskopning sintaksis, leksikologiya, morfologiya, stilistika, ritorika bо‘yicha yozgan asarlari ham qayd etilgan. U о‘z ishlari bilan Yaqin Sharqdagi xristian aholisining ta’lim darajasini oshirishga va “xristianlar Qur’onning muqaddas tilini mukammal о‘zlashtira olmaydi”, degan fikrni о‘zgartirishga harakat qilgan.


    German Farhat cherkov xizmatini ishtiyoq va g`ayrat bilan bajarishga intilgani bilan mashhur bo`lgan. Livan monastir ordenining g‘oyaviy jihatdan ilhom bag`ishlovchisi va Usmonli Suriyaning eng muhim shaharlaridan birining arxiyepiskopi lavozimida xizmat qilgan. Uning  faol  ma’rifiy va ilmiy faoliyati о‘sha davrning kо‘plab olimlari va yozuvchilari e`tiborini tortgan. Arxiyepiskopning shaxsiyati va uning asarlariga qiziqish ishlari XIX asr oxiri – XX asr boshlariga tо‘g‘ri keladi.

    68-76
    270
    13
    17-09-2026
  • TERMINOLOGIYA ZAMONAVIY ADABIY ARAB TILIDA MAXSUS TIL QATLAMI SIFATIDA

    Victoriya MAMADJANOVA (Muallif)

    Ushbu maqola arab mamlakatlarida zamonaviy terminologiyaning shakllanishi  va qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga bag’ishlangan.  Uning leksik – terminologik tarkibini shakllantirish jarayoniga ta’sir ko’rsatgan omillarni aniqlash juda muhim o’rin tutadi. Arab davlatlarining milliy ozodlik harakatlari jadallashgandan so’ng, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, arab tilining rasmiy maqomi masalasi mintaqaviy va global miqyosda bir necha bor ko’tarildi. Ta’limning milliylashtirilishi arab mamlakatlarining til siyosatning asosiy printsipiga aylandi. Gap butun xalq ta’limi tizimining arab tiliga o’tishi, o’rta asrlar mumtoz tilining kundalik aloqa tili sifatida joriy etilishi haqida edi. Arab mintaqasidagi siyosiy vaziyatning o’zgarishi mustamlaka tilidan tizimli ravishda chiqib ketishi, zamonaviy adabiy tilning leksik tarkibini boyitishi, milliy terminologiyaning rivojlanishi bilan birga kechdi. Bu jarayonda jamiyat va ta’lim muassasalari tomonidan qo’llab – quvvatlanadigan an’anaviy maktab nuqtai nazarlari ustunlik qildi. Arab mamlakatlarida tilga nisbatan an’anaviy qarashlardan uzoqlashish urinishlari ma’qullanmadi. Fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi arab tilida ko’plab yangi tushunchalarning paydo bo’lishiga va xorijiy atamalarni jadal o’zlashtirishga olib keldi. Vazifa jahon ilmiy va texnologik taraqqiyot talablariga javob beradigan ta’lim sohasidagi yangi mazmun bilan ta’minlash edi. Moslashuv jarayonida xorijiy atamalar arab tilining amal qilish sharoitlariga moslashtirildi. Mavzular noaniqligi va professional tarjimaning yetishmasligi tufayli juda ko’p sinonim nomlar paydo bo’ldi. Biroq, bu har qanday terminning shakllanishi va faoliyatining ekstralingvistik shartliligini aks ettiruvchi tabiiy hodisa. Arab terminologiyasini o’rganishga sotsiologik yondashuv uning rivojlanishidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi.

    147 - 156
    239
    22
    04-07-2026
  • МАҲМУД ЗАМАХШАРИЙ “МУҚАДДАМАТУ-Л-АДАБ” АСАРИНИНГ ДУНЁ ФОНДЛАРИДАГИ ҚЎЛЁЗМАЛАРИНИНГ КОДИКОЛОГИК ТАҲЛИЛИ

    Zohidjon ISLОMOV (Muallif)

    Маҳмуд Замахшарийнинг тилшунослик, луғатшунослик, адабиётшуносликка оид илмий мероси 70 га яқин асарлардан иборат. Мақолада олим илмий меросида “Муқаддаматул-адаб” асарининг алоҳида ўрни тадқиқ қилинган.


    Дастлабки кўптилли луғат сифатида эьтироф этилган ушбу асарнинг арабча-форсча-туркий уч тилли, арабча-форсча-туркий-мўғулча тўрт тилли қўлёзмалари мавжуд. Асар беш қисмдан иборат бўлиб, унинг биринчи қисмига исм сўз туркумига оид сўзлар, иккинчи қисмига феъл ва ундан ясалган сўзларга бағишланган. Унинг учинчи қисми ёрдамчи сўзларга, тўртинчи қисми исмларнинг турланишига ва бешинчи қисми феълларнинг тусланишига оид грамматик қоидалардан иборат.


    Дунё фондларида асарнинг беш қисми жамланган нусхалари, шунингдек, грамматик қисмлари алоҳида кўчи-рилган қўлёзмалари мавжуд. Асарнинг луғат қисмлари ҳажман катта ва муҳим илмий аҳамият касб этади. Айниқ-са, асарнинг туркий сўзлик киритилган қўлёзмаларидаги туркий сўзлик жаҳон тилшунослигида ўрганилмаган ва долзарб мавзулар сирасига киради. “Муқаддамату-л-адаб” луғатининг 10 та нодир қўлёзмаси Тошкент фондла-рида, ҳозирча аниқланган 62 та нусхаси дунё мамлакатлари фондларида сақланмоқда. Уларнинг асосий қисми XIII-XIV асрларда кўчирилган ва мазкур давр туркий тил сўзлигининг бойлиги ва маъно хусусиятларини тадқиқ этишда муҳим манба вазифасини ўтайди.


    Асарнинг энг қадимий қўлёзмаси 1257 йили Хоразмда кўчирилган арабча-форсча-туркий сўзлик киритилган ва ҳозирда Туркиянинг Сулаймония фондида сақланаётган нусха ҳисобланади. Асарнинг дунёдаги ягона арабча-форсча-туркий-мўғулча тўрт тилли 1492 йили Бухорода кўчирилган қўлёзмаси Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Давлат адабиёт музейи фондида сақланади. Мақолада ушбу асарнинг дунё фондларидаги қўлёзмала-рининг кодикологик таҳлили баён этилган.

    30 - 36
    269
    38
    26-06-2026
1 - 6 from 6

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling