- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
“HIBATU-L-HAQOYIQ”DA KELGAN BILIM MAVZUSIDAGI TO’RTLIKLARNING MAZMUNIY VA SHAKLIY TAHLILI
Abdulazizkhan NIG‘MONOV (Muallif)Inson hayotiga shakl bergan, uning yashashi va prinsiplarini belgilab bergan eng muhim unsur insoniy qadriyatlardir. Jamiyat a'zolarining hayotida muhim o'rin egallagan qadriyatlar, ta'lim-tarbiya jarayonida ham muhim kategoriya holiga kelgan. Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida har bir jamiyatni bir orada tutgan va tarixan shakllangan qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimining eng old vazifalaridan biri ham milliy, ma'naviy, madaniy, insoniy va axloqiy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish va ularda bu qadriyatlarni shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi axborot almashinuvi jadal kechayotgan, kundan kunga yoshlar ongi uchun kurash avj olayotgan davrda bu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish va ularda milliy-ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishning ahamiyati yanada ortmoqda. Jamiyatning mavjudligi ana shu qadriyatlarning barqaror va bardavomligiga bog'liqligi, shubhasizdir. Prezidentimiz tomonidan maʼrifatparvar olim Mahmudxoʼja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʼi maktabdir” degan fikriga alohida urgʼu berganligi va umumiy oʼrta taʼlim tizimida “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligini taʼkidlagani bejiz emas. O'zbek jamiyatida oiladan boshlangan qadriyatlar tarbiyasini, tizimli ravishda o'rta va oliy ta'lim tizimida davom ettirilishi sog'lim va ma'nan yuksak naslning shakllanishi uchun zarur bo'lib bormoqda. Ta'limda yoshlarning faqatgina bilim olish va ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor qaratilishi jamiyat ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini saqlanib qolishiga, milliy o'zlikka xavf tug'diradi. Natijada jamiyat xudbin, axloqsiz, ma'nan qashshoq a'zolar sonining ortishi bilan tanazzulga yuz tutib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda ta'limda bilim va ko'nikma naqadar zarur bo'lsa, milliy-ma'naviy, diniy, axloqiy, insoniy va ijtimoiy qadriyatlar tarbiysi ham shu qadar zarurdir.
Ushbu maqolaning asosiy mavzusi ham ana shunday asarlardan biri bo'lgan "adiblar adibi, fozillar boshi" deya ulug'langan adib Ahmad Yugnakiy tomonidan uzoq yillik ta'lim-tarbiya natijasida qalamga olingan va pandnoma ruhidagi "Hibatu-l-haqoyiq" asarida aks etgan qadriyatlardan ayrimlarini tahlil etish va ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishini baholashdan iboratdir. Bunda asosiy e'tiborimizni har qanday qadriyatning o'zagi bo'lgan bilim va uning qiymatini, bilimlilik targ'ibi va foydalarini o'zida ifodalagan to'rtliklarga qaratamiz. Zero, axloq va odob, ijtimoiy qadriyatlarning avloddan avlodga ko'chishi bilimga e'tibor berilgan jamiyatdagina bardavom bo'ladi.
O'zida xalqimizning uzoq yillik ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini, inson kamoloti borasidagi qarashlarini ifodalagan to'rtliklarning bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishi va kelajak nasllarning ham ulardan foydlanishi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
73-812752516-07-2026 -
ABU HAFS NASAFIY TAFSIRIDA QUR’ON VA UNING INSON KAMOLOTI HAMDA JAMIYAT BARQARORLIGIGA TA’SIRI
Ahrorxon ABDURASHIDOV (Muallif)Mazkur maqolada Movarounnahr tafsir maktabining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiyning merosida Qur’oni karimning inson kamoloti hamda jamiyat barqarorligiga ta’siri masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Abu Hafs Nasafiy tafsirida Qur’on oyatlarining insonni ma’naviy, axloqiy va ruhiy jihatdan tarbiyalashdagi o‘rni hamda jamiyatda ijtimoiy adolat, hamjihatlik va barqarorlikni ta’minlashga doir qarashlarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, maqolada mufassirning oyatlarni sharhlash metodologiyasi, uning aqidaviy va axloqiy qarashlari, Qur’on ta’limotlarini inson hayoti bilan bog‘lash uslubi hamda tafsirga oid merosining ilmiy ahamiyati yoritilgan.
Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy, tahliliy-sintetik, tavsifiy, matnshunoslik va germenevtik metodlardan foydalanilgan. Abu Hafs Nasafiyning “At-Taysir fit-tafsir” asarida keltirilgan oyatlar tahlili asosida uning inson kamoloti, axloqiy tarbiya, sabr, shukr, taqvo, adolat va ijtimoiy mas’uliyat haqidagi qarashlari o‘rganilgan. Shuningdek, Qur’onda zikr qilingan tarixiy qavmlar misolida jamiyatlarning yuksalishi va tanazzuliga sabab bo‘luvchi omillar tafsiriy manbalar asosida tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Abu Hafs Nasafiy tafsirida Qur’on insonni komillikka yetaklovchi asosiy ma’naviy manba sifatida talqin qilingan. Mufassirga ko‘ra, insonning haqiqiy kamoloti iymon va ezgu amallar uyg‘unligi orqali shakllanadi. Adolat, halollik, mas’uliyat va taqvo jamiyat barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar sifatida baholanadi. Nasafiy tarixiy voqealar va qavmlar misolida ma’naviy qadriyatlardan uzoqlashish jamiyat tanazzuliga olib kelishini asoslaydi. Xulosa qilib aytganda, alloma tafsirida Qur’on inson tarbiyasi, ma’naviy yuksalish va jamiyat taraqqiyotining muhim manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur tadqiqot Abu Hafs Nasafiy tafsirining ilmiy ahamiyatini yoritish bilan birga, uning zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy jarayonlar uchun ham dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
27-341951014-10-2026 -
TURKISTONDAGI (1867-1920) AN’ANAVIY TA’LIM TIZIMINING OLIY MAKTABLARI
Abduvakhob UMAROV (Muallif)Ushbu maqola Turkiston oʻlkasi anʼanaviy taʼlim tizimining oliy pogʻonasi – madrasalarni tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolada ushbu toifadagi ta’lim muassasalarining soni, ulardagi o‘quvchilar soni, ta’lim shakli, o‘quvchilarning ichki hayoti, madrasalar binolari tuzilishi, kutubxonalar batafsil bayon etilgan. Madrasalarning ikki bosqichli oʻquv dasturiga (qisqa va toʻliq) alohida urg‘u berib o‘tilgan. Maqolada madrasaning toʻliq kursini tamomlagan insonlar nafaqat fiqh va ilohiyot ilmini, shuningdek, falsafa, sheʼriyat, tarix va boshqa ilm sohalaridan chuqur bilimga ega oliy ma’lumotli mutaxassis boʻlib yetishib chiqqanliklari taʼkidlangan.
Shuningdek, madrasada ayrim talabalar fiqh va ilohiyotdan tashqari amaliy tabobat bilan ham shug‘ullanib, kimyo fanini o‘rganganlar. Tibbiyot bilan shug‘ullanayotgan talabalar mashhur o‘rta asr faylasuf, tabib Ibn Sinoning “Al-qonun fi-t-tibb” asarini o‘rganishgan.
Maqolada Chor Rossiya maʼmuriyatining mintaqadagi anʼanaviy maktablarga nisbatan siyosati tahlil qilingan. Xususan, chor maʼmuriyati vakillari oʻlkadagi anʼanaviy taʼlim muassasalariga faqat bir tomonlama yondashishgan (anʼanaviy islom maktabini “qoloq” deb hisoblash) va ushbu muassasalarning faoliyat yuritishidan maʼnosi va maqsad yo‘q deb hisoblashgan. Shu bilan birga, an’anaviy ta’lim muassasalarining ta’siri, o‘ziga xosligi va mahalliy aholining hayotidagi muhim o‘rnini e’tibordan chetda qoldirishgan.
An’anaviy maktablarga e’tibor bermaslikning asosiy sababi – Yevropa va Rossiya imperiyasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan tabiiy fanlarning (fizika, matematika, biologiya va boshqalar) o‘quv rejasida yo‘qligi bo‘lishi mumkin.
Shunga qaramay, maqolada ta’kidlanadiki, Chor Rossiya ma’muriyati amaldorlari tomonidan mintaqadagi an’anaviy musulmon ta’limi tizimini bir tomonlama qoralash asossizdir. Chunki musulmon maktabi o‘zining ta’lim va tarbiya vazifalarini bajarib, musulmonlarning ma’naviy va hayotiy ehtiyojlarini qondirib kelgan.
31-372691816-07-2026 -
XATIB BAG‘DODIYNING “ALJOME” ASARIDA RIHLA MASALASI AKS ETISHI
Muxriddin JO‘RAYEV (Muallif)Ushbu maqolada hadisshunoslikning “mutaqaddimun " (Hadis ilmining shakllanishjarayoni sahih hadislar to ‘plangan davr — hijriy III (milodiy IX) asr oxiri va IV (milodiy X) asr boshlarida yakunlangan) bosqichida muhim о 'rin tutgan, hadis ilmi odoblari va ta 'Um metodikasiga bag ‘ishlangan Xatib al-Bag ‘dodiyning (392/1002-463/1071) «Al-Jome Ti axlaq ar-roviy va adab as-some ’» (“Roviylarning axloqi va tinglovchilarning odobi to ‘plami”) nomH asari tadqiq etilgan. «Al-Jome *» asari hadis ilmi, rivoyat odoblari va muhaddislarning axloqi haqida qimmatli manbalardan biri sanaladi.
Ushbu maqolada «Al-Jome'» asarining mazmuni, rivoyatlarning sanad va matn jihatlari chuqur о ‘rganilgan va an ’anaviy hadis ta 'lim-tarbiya odoblari va rihla masalasi tizimli ravishda tahlil qilingan. Bu esa hadis ilmi va uning odob-axloqiy tamoyillarini yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Maqolada mazkur manbaning tuzilishi, unda ilgari surilgan ilmiy safar - rihla tushunchasi hamda ustoz va shogird о ‘rtasidagi о ‘zaro munosabatlar masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, asarda keltirilgan hadis roviylarining ma'naviy-axloqiy qiyofasiga doir talablar va ilm talab qilishdagi ijtimoiy-madaniy me ’yorlar ilmiy nuqtayi nazardan yoritib berilgan. Tadqiqot natijasida Xatib al-Bag'dodiy asarining bugungi kunda hadisshunoslik metodologiyasini о ‘rganishdagi ahamiyali asoslab berilgan.41-493323822-05-2026 -
GLOBALLASHUV SHAROITIDA IJTIMOIY TARMOQ TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Zoirkhuja ULMASKHUJAYEV (Muallif)Jahonda kechayotgan keskin globallashuv jarayonlarida axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etilmoqda. Jumladan, zamonaviy ommaviy kommunikatsiyalar hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim voqeligiga aylangan, taraqqiy etgan davlatlarda muhim ehtiyoj vositasi hamda ommaviy muloqot subyekti darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda axborot makoni gomogenlashuvining yuzaga kelishi ilmiy-texnikaviy va texnologik yutuqlarning keng tarqalishi, ularning umumiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning mamlakat imijini shakllantirishdagi ya’ni, davlatlarning qo‘lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ‘ib qilishdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Biroq, inson qadriyatini noaxloqiy yo‘nalgan ko‘rinishlarining ommalashishi, shaxs dunyoqarashiga nisbatan yot g‘oyalar bilan ta’sir ko‘rsatish insoniyatning milliy zamini va o‘zligidan begonalashuviga olib kelmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu omillarni shaxs dunyoqarashiga ta’siri, oqibati va tahdid yo‘nalishlarini aniqlash dolzarb ahamiyatga ega.
Rivojlangan davlatlarda fuqarolarning siyosiy madaniyati, xulq-atvori hamda ijtimoiylashuvi jarayonlarini qamrab olgan siyosiy ong, siyosiy qadriyatlar, jamiyatda ishonch omilini mustahkamlovchi fenomen sifatida mafkuraviy tarbiya hamda ijtimoiy tarmoqlar vositasida mamlakat imijini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnolgiyalarni kashf etish va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda dunyoda globallashuv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan g‘oyaviy tuzoqlar va ularning madaniyat omiliga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongini manipulyatsiya qilish hamda har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarga raxna solish, siyosiy qadriyatlarga tajovuz qilish, insoniyatning tarixiy xotirasini buzishga urinishlarning oldini olishning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yechimlarini tadqiq etish ustuvor ahamiyat kasb etgan. Bu borada axborotlashgan jamiyatni yaratish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, ushbu sohalarning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir.
Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini ijobiy tomonga o‘zgartirish, ma’naviy va mafkuraviy qadriyatlar uyg‘unligida amalga oshirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jumladan, mamlakat tarixi va hozirgi yutuqlarini butun dunyoga targ‘ib qilishda va shu orqali davlat imiji, obro‘sini oshirishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, hozirda rivojlanishning yangi davrini boshlagan mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadigan shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini tizimli ravishda tadqiq etish ehtiyoji ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi.
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoq tushunchasi mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlardagi ijtimoiy-siyosiy, diniy-mafkuraviy, ommaviy madaniyatning turli ko‘rinishlari va uning jamiyat xavfsizligiga ta’siri masalalari tadqiq qilingan.
89-993122317-09-2026
