Mualliflar

  • Abdulazizkhan NIG‘MONOV INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2023/2/73-81

Kalit so‘zlar:

adabiyot badiiy tafakkur Ahmad Yugnakiy Hibatu-l-haqoyiq to‘rtlik poetika poetik vositalar qofiya badiiy san’atlar parallelizm leksik-morfologik parallelizm ritmik-sintaktik parallelizm intonatsion parallelizm.

Annotasiya

Inson hayotiga shakl bergan, uning yashashi va prinsiplarini belgilab bergan eng muhim unsur insoniy qadriyatlardir. Jamiyat a'zolarining hayotida muhim o'rin egallagan qadriyatlar, ta'lim-tarbiya jarayonida ham muhim kategoriya holiga kelgan. Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida har bir jamiyatni bir orada tutgan va tarixan shakllangan qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimining eng old vazifalaridan biri ham milliy, ma'naviy, madaniy, insoniy va axloqiy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish va ularda bu qadriyatlarni shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi axborot almashinuvi jadal kechayotgan, kundan kunga yoshlar ongi uchun kurash avj olayotgan davrda bu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish va ularda milliy-ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishning ahamiyati yanada ortmoqda. Jamiyatning mavjudligi ana shu qadriyatlarning barqaror va bardavomligiga bog'liqligi, shubhasizdir. Prezidentimiz tomonidan maʼrifatparvar olim Mahmudxoʼja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʼi maktabdir” degan fikriga alohida urgʼu berganligi va umumiy oʼrta taʼlim tizimida “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligini taʼkidlagani bejiz emas. O'zbek jamiyatida oiladan boshlangan qadriyatlar tarbiyasini, tizimli ravishda o'rta va oliy ta'lim tizimida davom ettirilishi sog'lim va ma'nan yuksak naslning shakllanishi uchun zarur bo'lib bormoqda. Ta'limda yoshlarning faqatgina bilim olish va ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor qaratilishi jamiyat ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini saqlanib qolishiga, milliy o'zlikka xavf tug'diradi. Natijada jamiyat xudbin, axloqsiz, ma'nan qashshoq a'zolar sonining ortishi bilan tanazzulga yuz tutib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda ta'limda bilim va ko'nikma naqadar zarur bo'lsa, milliy-ma'naviy, diniy, axloqiy, insoniy va ijtimoiy qadriyatlar tarbiysi ham shu qadar zarurdir.

 Ushbu maqolaning asosiy mavzusi ham ana shunday asarlardan biri bo'lgan "adiblar adibi, fozillar boshi" deya ulug'langan adib Ahmad Yugnakiy tomonidan uzoq yillik ta'lim-tarbiya natijasida qalamga olingan va pandnoma ruhidagi "Hibatu-l-haqoyiq" asarida aks etgan qadriyatlardan ayrimlarini tahlil etish va ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishini baholashdan iboratdir. Bunda asosiy e'tiborimizni har qanday qadriyatning o'zagi bo'lgan bilim va uning qiymatini, bilimlilik targ'ibi va foydalarini o'zida ifodalagan to'rtliklarga qaratamiz. Zero, axloq va odob, ijtimoiy qadriyatlarning avloddan avlodga ko'chishi bilimga e'tibor berilgan jamiyatdagina bardavom bo'ladi.

O'zida xalqimizning uzoq yillik ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini, inson kamoloti borasidagi qarashlarini ifodalagan to'rtliklarning bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishi va kelajak nasllarning ham ulardan foydlanishi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Аbdullaeva, N. D. (1978). Sintaksicheskaya sinonimiya v sovremennom azerbaydjanskom yazыke (na osnove glagolьnыx oborotov i pridatochnыx predlojeniy) (Doctoral dissertation, Baku, 1978.—40 s).

2. Arat R. R. (1992). Atabetü-l Hakayık (Edib Ahmed b. Mahmud Yükneki), 2. Baskı, Ankara: Türk Tarih Kurumu Basımevi.

3. Birkan G. Z. (2016). Kutadgu Biligde Değerler Öğretimi. Yüksek Lisans Tezi, Inönü Üniversitesi Eğitim Bilimleri Enstitüsü Temel Eğitim Bölümü Sınıf Eğitimi Anabilim Dalı, Malatya.

4. Ercilasun, A. B. (2004). Başlangıçtan Yirminci Yüzyıla Türk Dili Tarihi, 1. Baskı, Ankara: Akçağ Yayıncılık.

5. Ertürk A. (2017) Edib Ahmet B. Mahmud Yüknekinin Atabetül Hakayık adlı eserinin sosyal bilgiler öğretim programında yer alan değerler açısından incelenmesi (Masters thesis, Adnan Menderes Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü)

6. Gülensoy, T. (1994). “Edib Ahmed Yükneki”, Diyanet Islam Ansiklopedisi, 10, 421–422.

7. Jirmunskiy, V. M. (1964). Ritmiko-sintaksicheskiy parallelizm kak osnova drevnetyurkskogo narodnogo epicheskogo stixa. Voprosы yazыkoznaniya, (4), 3-24.

8. Nig'monov Mr, A. (2020). Rhythmic-syntactic parallelisms in old turkic poetry (by example of extract from “Devon lugati-t-turk”). The Light of Islam, 2020(1), 185-191.

9. Nig'monov, A., Rustamiy, S., Nasirova, M., & Djafarov, B. (2020). Lexical Parallels Used In The Quatrains In The Dīwān Lughāt Al-Turk. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(3), 5301-5305.

10. Nigmonov A. (2022) Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asarida marifiy qarashlar/ “Moturidiylik talimoti va hozirgi zamon” mavzuidagi II xalqaro ilmiy amaliy simpozium materiallari. Toshkent, B. 140-143. https://moturidiy.uz/oz/news/2004

11. Okutan S. (2015). Kabusnamenin Değerler Eğitimi Açısından Ġncelenmesi, Yüksek Lisans Tezi, Mevlana Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü Türkçe Eğitimi Anabilim Dalı, Konya.

12. Vagıfkızı G. (2013). Etno-Kulturoloji Değerler Kodeksi Olarak: Edip Ahmet Yükneki`nin Atebetü-l-Hakâyık Eseri, Türk Dünyası Bilgeler Zirvesi: Gönül Sultanları Buluşması Mayıs, Eskişehir.

13. Yugnakiy Adib Ahmad (2019) Hibatu-l-haqoyiq. Q.Sodiqov transkripsiyasi, talqini va tahlili ostida. Akademnashr nashriyoti, Toshkent.

14. Yusuf Has Hacip. (2019). Kutadu Bilig. (Çev. Muzaffer Tunçel), T.C. Gençlik ve spor bakanliği yayinlari, Ankara

15. Homidiy H. va b. Аdabiyotshunoslik terminlari lugʼati. – T., 1970. – B. 153-154.

16. Hotamov, N., & Sarimsoqov, B. (1983). Аdabiyotshunoslik terminlarining ruscha-oʼzbekcha izohli lugʼati: oʼrta maktab oʼquvchilari, til va adabiyot oʼqituvchilari hamda filolog studentlar uchun. – T., Oʼqituvchi.