- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
DEZINFORMATSIYA AXBOROT PSIXOLOGIK TA’SIR USULI SIFATIDA (ZAMONAVIY XORIJIY TADQIQOTLAR ASOSIDA)
Azamat IBRAKHIMOV, Zuhra IBRAKHIMOVA (Muallif)Mazkur maqolada ayni vaqtda eng dolzarb muammoga aylangan – dezinformatsiya axborot psixologik ta’sir vositasi sifatidagi ilmiy xulosalar zamonaviy xorij tadqiqotlari asosida tadqiq qilingan. Ommaviy axborot vosita(OAv)lari tomonidan berib borilayotgan ma’lumotlar amalda o’z mazmunidan ajrab, ta’sir o’tkazish vositasiga aylanib qoldi. Hayotning nihoyatda jadal suratlari, OAvlari xabar qiladigan voqealarni o’rganishga vaqtning yo’qligi, ba’zida esa bu xabarlarni tahlil etishga shaxs malakasining yetishmasligi shunday holga keldiki, keng auditoriya materiallarni axborot kanallari qay tarzda taqdim etsa, shu zaylda qabul etmoqdalar. Maqolada «dizinformatsiya»ning media muhitda hosil qilinishi, tarqalishini va ularning kognitiv(bilish) jarayonlariga ta’sirini nazariy anglashga harakat qilingan. “Dezinformatsiy” (Misinformation) atamasini keng ma’nosini to’liq ochib berishga va shuningdek, uning inson ongiga qay darajada ta’sir qilishi va psixologik xususiyatlari tadqiq qilingan. Agar “dezinformatsiya” atamasini nazariy tadqiq etadigan bo’lsak - bu stilistik nuqtayi nazaridan haqiqiydek hosil qilingan xabar bo’lib, aslida esa qisman yoki to’liq yolg’on bo’lib, insonlarni manipulyatsiya qilish uchun hosil qiligan soxta xabarlardir. Yolg’on va haqqoniy xabarlar; vaqt va makon haqiqiyligi nuqtayi nazaridan ma’lumotning haqqoniyligi; yangiliklarning muallifi va manbasi nuqtayi nazaridan; xabarlardagi esga olinuvchi shaxslar nuqtayi nazaridan; yangilikni vujudga keltiruvchi psixologik maqsadlardan kelib chiqqan holda; «yangilik»ni qabul etilishi; dezinformatsion (feyk xabarlar) ma’lumotlarning natijasida inson kognitiv jarayonlari holati va o’zgarishi natijasida feyk xabarlar klassifikatsiyasini taqdim etaman deganidir. Maqolada internet manbaalar va turli OAv dan yaqqol misollar bilan keltirilgan. “Feyk xabarlar” ning oldini olish va ularni neytralizatsiya qilish uchun psixologik ma’lumotlar keltirilgan. Olingan natija va xulosalardan talabalar, psixolog va sotsiologlar, shuningdek, OAvlari xodimlari foydalanishlari ko’zda tutilgan. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi fеyk xabarlarning global miqyosda yoyilishiga keng imkon yaratmoqda va bu o’z navbatida axborot xavfsizligi sohasidagi tadqiqotlarning dolzarblgini oshirmoqda.
183-1922753403-07-2026 -
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING SIYOSIY KOMMUNIKATSIYA SUBYEKTI SIFATIDA ETNO-MILLIY KONFLIKTLARGA TA’SIRI
Yunusjon Sh. AKHMEDOV (Muallif)Ushbu maqolada polietnik davlatlarning eng asosiy muammosi bo‘lgan milliy va etnik konfliktlar jarayoniga siyosiy kommunikatsiyaning muhim subyekti bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining o‘ziga xos ta’siri turli mamlakatlar misolida qiyosiy tadqiq etilgan. Etno-milliy konfliktlarning barchasi strukturaviy jihatdan bir-biridan farq qilganligi uchun ularni matbuotda yoritish jarayonida yondoshuvlarning qanday bo‘lganligi va ularning natijalari haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Ommaviy axborot vositalarining faoliyati milliy-etnik konfliktlar davomida muayyan qoidalarga asoslanishi lozimligi, aks holda konflikt fazasini o‘zgarishiga jiddiy ta’sir etish mumkinligi solishtirma misollar orqali asoslab berilgan. Postsovet mintaqadagi etno-milliy konfliktlarning kelib chiqishidagi o‘zaro o‘xshashlik misolida ommaviy axborot vositalarining ulardagi ishtirokining salbiy jihatlari, ayrim mamlakatlardagi matbuotda konfliktogen xususiyatga ega ma’lumotlarning e’lon qilinishi oqibatida milliy va etnik barqarorlikka bo‘layotgan tahdidlar qiyosiy tahlil qilingan.
Maqolada ommaviy axborot vositalarining polietnik mamlakatlardagi milliy barqarorlikka destruktiv ta’sir o‘tkazmasliklari uchun amal qilishi mumkin bo‘lgan ba’zi tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga rioya qilish orqali etno-milliy muhitni sog’lomlashtirish imkoniyati yuzaga kelishi asoslangan. Polietnik mamlakatlardagi ommaviy axborot vositalarining milliy-etnik konfliktlar davridagi samarali faoliyatidagi o‘ziga xos jihatlar mamlakatlarning hududiy yaxlitligi, siyosiy barqarorligini saqlab qolishga yordam berganligiga alohida e’tibor qaratilgan. Etnik mavzuda axborot yetkazuvchi manbalarning faoliyatida axborot oluvchilar tafakkurida konstruktiv qarashlarni shakllantirishni maqsad qilgan ma’lumotlar yetkazishning ahamiyati, etnojurnalistika prinsiplariga rioya qilishning muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilingan.
Polietnik mamlakatlardagi siyosiy tizim elementlarini samarali ishlashi uchun ommaviy axborot vositalarining bajarishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalari mazmuni, ularni amalga oshirishda konfliktogen muhitni yuzaga keltirishdan saqlanishning ahamiyati muhokama qilingan. Ommaviy axborot vositalarining etno-milliy konfliktlarga ta’sirining konstruktiv va destruktiv jihatlariga yondoshuvni ko‘rsatish bilan bir qatorda qanday holatlarda matbuot o‘zining konstruktiv funksiyasini saqlab qolishi mumkinligiga oid takliflar berilgan.
78-862372820-07-2026 -
GLOBALLASHUV SHAROITIDA IJTIMOIY TARMOQ TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Zoirkhuja ULMASKHUJAYEV (Muallif)Jahonda kechayotgan keskin globallashuv jarayonlarida axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etilmoqda. Jumladan, zamonaviy ommaviy kommunikatsiyalar hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim voqeligiga aylangan, taraqqiy etgan davlatlarda muhim ehtiyoj vositasi hamda ommaviy muloqot subyekti darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda axborot makoni gomogenlashuvining yuzaga kelishi ilmiy-texnikaviy va texnologik yutuqlarning keng tarqalishi, ularning umumiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning mamlakat imijini shakllantirishdagi ya’ni, davlatlarning qo‘lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ‘ib qilishdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Biroq, inson qadriyatini noaxloqiy yo‘nalgan ko‘rinishlarining ommalashishi, shaxs dunyoqarashiga nisbatan yot g‘oyalar bilan ta’sir ko‘rsatish insoniyatning milliy zamini va o‘zligidan begonalashuviga olib kelmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu omillarni shaxs dunyoqarashiga ta’siri, oqibati va tahdid yo‘nalishlarini aniqlash dolzarb ahamiyatga ega.
Rivojlangan davlatlarda fuqarolarning siyosiy madaniyati, xulq-atvori hamda ijtimoiylashuvi jarayonlarini qamrab olgan siyosiy ong, siyosiy qadriyatlar, jamiyatda ishonch omilini mustahkamlovchi fenomen sifatida mafkuraviy tarbiya hamda ijtimoiy tarmoqlar vositasida mamlakat imijini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnolgiyalarni kashf etish va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda dunyoda globallashuv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan g‘oyaviy tuzoqlar va ularning madaniyat omiliga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongini manipulyatsiya qilish hamda har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarga raxna solish, siyosiy qadriyatlarga tajovuz qilish, insoniyatning tarixiy xotirasini buzishga urinishlarning oldini olishning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yechimlarini tadqiq etish ustuvor ahamiyat kasb etgan. Bu borada axborotlashgan jamiyatni yaratish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, ushbu sohalarning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir.
Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini ijobiy tomonga o‘zgartirish, ma’naviy va mafkuraviy qadriyatlar uyg‘unligida amalga oshirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jumladan, mamlakat tarixi va hozirgi yutuqlarini butun dunyoga targ‘ib qilishda va shu orqali davlat imiji, obro‘sini oshirishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, hozirda rivojlanishning yangi davrini boshlagan mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadigan shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini tizimli ravishda tadqiq etish ehtiyoji ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi.
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoq tushunchasi mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlardagi ijtimoiy-siyosiy, diniy-mafkuraviy, ommaviy madaniyatning turli ko‘rinishlari va uning jamiyat xavfsizligiga ta’siri masalalari tadqiq qilingan.
89-993122317-09-2026 -
YOSH AVLODDA SIYOSIY BILIM TUSHUNCHALARI, MAZMUNI VA VAZIFALARINING NAZARIY ASOSINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK ASPEKTLARI
Timur SATTAROV (Muallif)Annotatsiya. Zamonaviy sharoitlarda, dinamik ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va axborot texnologiyalarining o‘sib borayotgan roli bilan xarakterlanadigan bir paytda, yosh avlodning siyosiy bilimlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy bilimlar shunchakifaktlar va tushunchalar to ‘plami emas, balki yoshlarning siyosiy madaniyati.fuqarolik identiti va faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish uchun poydevor hisoblanadi. Maqolada yosh avlodning siyosiy bilimlari tushunchalari, mazmuni vafunksiyalarining nazariy asoslarining ijtimoiy-psixologik jihatlari ко ‘rib chiqiladi.
Ilmiy adabiyotlar tahlili “siyosiy bilimlarini davlat tuzilishi, siyosiy institutlar, ideologiyalar, siyosiy voqelikni shakllantiruvchi jarayonlar va sub 'ektlar haqidagi tasavvurlar tizimi sifatida ta 'riflash imkonini beradi. Siyosiy bilimlar mazmuni konstitusiyaviy normalar, saylov huquqi.
hokimiyat organlarifaoliyati, siyosiy partiyalar va harakatlar haqidagi bilimlami. shuningdek, asosiy siyosiy ideologiyalar va qadriyatlarni tushunishni о 'z ichiga oladi.
Maqolada yoshlarni ijtimoiylashtirish jarayonlaridagi rolini belgilovchi siyosiy bilimlar funksiyalariga alohida e 'tibor qaratilgan. Kognitivfunksiya siyosiy voqelikni bilish. siyosat dunyosining yaxlit manzarasini shakllantirishni ta ’minlaydi. Tartibga soluvchi funksiya yoshlarning siyosiy xulq-atvorini yo'naltiradi, ularning fuqarolik huquq va majburiyatlarini anglashiga, huquqiy madaniyatni shakllantirishga yordam beradi. Prognostik funksiya siyosiy voqealar va jarayonlarni tahlil qilish, ularning rivojlanishini prognoz qilish qobiliyatini rivojlantiradi, kommunikativ funksiya esa siyosiy sohada samarali о 'zaro hamkorlikni. munozaralar va muhokamalarda ishtirok etishni ta minlaydi.
Ishda siyosiy bilimlarni о ‘zlashtirish jarayoni ijtimoiy jihatdan shartlangan xarakterga ega ekanligi va ijtimoiy institutlar ta ’siri bilan chambarchas bog liqligi ta 'kidlanadi. Oila, ta'lim muassasalari, О AV va internet muhiti yoshlarning siyosiy sosializasiyasi amalga oshiriladigan axborot maydonini shakllantiradi. Bunda yoshlarning yangi g'oyalarga yuqori darajadagi moyilligi, tanqidiy fikrlash. qaror qabul qilishda mustaqillikka intilish kabi psixologik xususiyatlarini hisobga olish muhimdir, chunki bular siyosiy axborotni о ‘zlashtirish xarakteri va chuqurligiga ta sir qiladi.
Zamonaviy sharoitlarda axborot texnologiyalari alohida rol 'o ‘ynaydi. Bir tomondan, ular yoshlarning keng ко ‘lamli siyosiy bilimlarga ega bo ‘lishiga, axborot madaniyatining shakllanishiga yordam beradi. Boshqa tomondan. internet makoni manipulyasiya, dezinformasiya va propaganda manbaiga aylanishi mumkin, bu esayoshlarda tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligi ко ‘nikmalarini rivojlantirishni talab qiladi.
Maqolada yoshlarda tanqidiy fikrlash, axhorotni tahlil qilish, media savodxonlik va ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda ishtirok etish ко ‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta 'Um dasturlarini ishlah chiqish zarurligi ко ‘rsatilgan. Muhim jihat yosh fuqarolarda manipulyasiya va propagandaga qarshi chidamlilikni, ishonchli axhorotni feyklardan ajrata olish va siyosiy masalalar bo'yicha о ‘zlarining asoslangan pozisiyasini shakllantirish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.67-723122801-04-2026
