مجلد 8 عدد Special Issue 5 (2025)
مقالات
СУРХОН ВОҲАСИДАГИ БУЛОҚЛАР БИЛАН БОҒЛИҚ ЭКОТУРИСТИК ЗИЁРАТГОҲЛАР
Мазкур мақолада Сурхон воҳасидаги муқаддас зиёратгоҳларнинг шаклланиш тарихи, уларнинг илм-фан, ислом дини, касб-ҳунар, тиббиёт, табиат ва жамият ўртасидаги уйғунликни ривожлантиришга ҳисса қўшган буюк уламолар ҳаёти билан боғлиқлиги, у ерда ҳоки ётган кишиларни улуғлаш, зиёратгоҳларининг муқаддас жойларга айланганлиги масалалари ёритилган. Шу билан бирга экотуризм, булоқлар билан боғлиқ хўжалар номи билан аталган зиёрат объектлари тарихи, одамлар у ерга фақат зиёрат учун эмас, шифо излаб келиши каби муҳим жиҳатлари ҳам илмий маълумотлар асосида таҳлил қилинган.
JAHON ADABIYOTI VAMADANIYATI TARAQQIYOTIDAISLOM DININING O‘RNI
Islom dini Qurʼondan boshlab, arab va islom dunyosi sheʼriyati va nasrida davom etgan jahon adabiyotiga chuqur va rang-barang taʼsir koʻrsatdi. U “Ming bir kecha”, “Makamat” kabi qissa janrlarining rivojlanishiga hissa qo‘shdi. Islom dini Xudoning so‘zi hisoblangan Qur’on kabi asarlar va she’riyat va ilmiy asarlarni o‘z ichiga olgan keng mumtoz arab adabiyoti orqali jahon adabiyotiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu maqolada muallif Islom dinining jahon adabiyoti va madaniyatining rivojlanishidagi o‘rnini rus adabiyoti misolida o‘rganadi va ma’lum bir qarashlar qilgan
ARAB TILINI O‘QITISHDA VOSITATIL MASALASI: METODIK TAHLILVA TAVSIYALAR
Ushbu maqolada arab tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida vosita til (ona tili yoki boshqa yordamchi til)dan foydalanishning nazariy asoslari, afzalliklari va cheklovlari ilmiy-nazariy xulosalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, tilshunospedagog olimlarning qarashlari hamda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish jarayonida vosita tilning maqbul qo‘llanishi bo‘yicha metodik tavsiyalar keltiriladi. Arab tilini oʻqitishda vosita tilning mutanosib, strategik va ilmiy asoslangan jihatlari arab tilini o‘qitish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
QO‘LYOZMALARNI NASHRGATAYYORLASH VA ULARNI CHOPETISH ASOSLARI
Ushbu maqolada qo‘lyozmalarni tahlil etib nashrga tayyorlash mohiyati, vazifalari va uning islom ilmiy merosini o‘rganishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Tahlil jarayonida nusxalarni tanlash, matnlarni qiyoslash, yozuv va qog‘oz xususiyatlarini aniqlash, matnni ilmiy asosda tayyorlash kabi bosqichlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, nashrga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari ochib berilgan. Shuningdek, maqolada manbalardan misollar keltirilgan
СТРАТЕГИИ ИЗУЧЕНИЯЯЗЫКА В ЛИНГВОДИДАКТИКЕ:КЛАССИФИКАЦИЯИ МЕХАНИЗМЫЭФФЕКТИВНОСТИ
Данная статья посвящена анализу концепции стратегий изучения языка, являющихся ключевым фактором, определяющим успешность и автономность обучающегося в процессе овладения иностранным языком. В работе представлена классификация стратегий изучения языка, основанная на их функциональном назначении (когнитивные, метакогнитивные и социальноаффективные). Рассмотрены механизмы, посредством которых использование стратегии изучения языка, способствует повышению академической успеваемости и формированию навыка саморегуляции учебной деятельности. Особое внимание уделено роли метакогнитивных стратегий как модераторов, усиливающих эффективность прямых когнитивных действий
ARAB TERMINOLOGIYASIRIVOJIDA SIBAVAYHININGO‘RNI
Ushbu ilmiy maqola arab tilshunosligida terminologiya nazariyasining tarixiy evolyutsiyasi, metodologik asoslari, zamonaviy muammolari va kelajak istiqbollarini kompleks tahlil qiladi. Maqolaning ilmiy ahamiyati shundaki, u zamonaviy globalizatsiya sharoitida arab tilining ilmiy va texnologik diskursdagi o’rni haqida dolzarb xulosalar chiqaradi. Tadqiqot terminologik siyosatni ishlab chiqish, akademiyalararo hamkorlikni kuchaytirish va raqamli resurslarni rivojlantirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ham taklif etadi.

