- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
YAHUDIYLIK DINIY MANBALARI SHAKLLANISHI TARIXI: NEVIIM KITOBI
Odiljon ERNAZAROV (Muallif)Yahudiylik diniy manbalarining aksariyat qismini jamlagan to‘plam TaNaX deb nomlanadi. TaNaX tarkibidagi birinchi qism Tavrotga 5 ta, ikkinchi qism Neviimga 8 ta va uchinchi qism Ketuviimga 11 ta kitob to‘g‘ri keladi. Yahudiylik e’tiqodiga ko‘ra, mazkur kitoblar payg‘ambarlarga vahiy qilingan yoki payg‘ambarlar vasiyati asosida shakllantirilganligi jihatidan “muqaddas” (kanonik) hisoblanadi.
TaNaX tarkibidagi “Neviim” bo‘limi kitoblari yahudiylik tarixini payg‘ambarlar obrazida yoritib bergani uchun uni din tarafdorlari yuksak izzat-hurmat qilinadi. Neviim bo‘limi shartli ravishda ikki qismga taqsimlanadi: "Birinchi Payg'ambarlar” (Neviim Rishonim) va "Keyingi Payg'ambarlar” (Neviim Aharonim). Bu bo‘linish payg'ambarlar xronologiyasiga ko‘ra TaNaXda ularning nomlari paydo bo‘lish tartibini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Neviim tarkibidagi kitoblarda uchraydigan umumiy xususiyat, bu – ularning yozuv uslubidir. Yana bir umumiy xususiyat sifatida kitoblarning mazmunini ko‘rsatish mumkin. “Yunus” kitobidan tashqari, boshqa Neviim kitoblari, odatda, rivoyatlar, bashoratlar va payg'ambar haqidagi kichik ma'lumotlardan iborat. Neviim tarkibidagi matnlarni tanlashda asosiy mezon sifatida xalq og‘zaki ijodida eng ko‘p qo‘llaniladigan rivoyatlar tanlab olingan. Neviim kitoblarini kanonlashtirish jarayonida “banu isroilliklardan Ruach ha-Kodeshning ko‘tarilishi bilan payg'ambarlikning tugaganligi” haqidagi rivoyat, kitoblarning mazmuni va ular yozilgan davr, turli adabiyotlarda ushbu kitoblarga havolalar keltirilishi kabi mezonlar hisobga olingan. Neviim bo‘limi o‘zining yakuniy shaklini olgan sana – “Doniyor kitobi”ning so‘nggi boblari tugallangan deb taxmin qilinadigan miloddan avvalgi II asrga to‘g'ri keladi. TaNaX turli bosqichlardan o‘tib hozirgi ko‘rinishiga yetib kelgan. Sahifalangan va jildlangan shaklda Neviim kichik o‘zgarishlarga duch kelgan. Ushbu jarayonda soferim (muqaddas kitob yozuvchilari) faoliyati katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu ta’sir bosmaxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan yo‘nalishini o‘zgartirdi. Neviimning bosmaxonada bosilgan dastlabki matnlari va bugungi kundagi variant o‘rtasida kitoblarning tartibi va nomlanishida muayyan farqlarni uchratish mumkin. Dastlabki ba’zi qo‘lyozmalarda Neviim bo‘limi kitoblari tartibi Talmudda keltirilgan ro‘yxatga mos kelsa, ba'zilarida Masoret (an'ana) matnlari bo‘yicha shakllantirilgan. Mikra (TaNaX) ilk marotaba 1488 yilda Italiyaning Sonchino shahrida, keyinroq 1493 yilda Breshiyada nashr qilinganda Masoret matnlari va Talmudda zikr qilinaganidan farqli tartibda bosib chiqarilgan. Keyinchalik, bu tartib asos sifatida qabul qilindi va bosmaxona tomonidan ommalashtirildi.
Ushbu maqolada TaNaX tarkibidan joy olgan Neviim bo‘limining shakllanish tarixi, undagi kitoblarning tartiblash shartlari va kanonlashtirish mezonlari hamda bosmaxona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mazkur bo‘lim kitoblari bilan bog‘liq kechgan tarixiy jarayonlar tadqiq va tahlil etilgan.
57-6431317-07-2026 -
АБУ ЖАЪФАР МУҲАММАД ИБН ЖАРИР ТАБАРИЙНИНГ ИЛМИЙ МЕРОСИ
Muhabbatxon AGZAMOVA (Muallif)Абу Жаъфар Табарий ҳаёти Аббосийлар давлати заифлашиб, парчаланаётган, халифаликнинг турли ҳудудларида тўқнашувлар, келишмовчиликлар юз берган даврда ўтди. Мана шундай ҳолатга қарамай илм-маърифат ривожланиб, турли соҳаларда мўътабар асарлар ёзилди.
Абу Жаъфар Муҳаммад ибн Жарир Табарий исломшунослик хусусан, тафсир, фиқҳ, адаб, тарих каби соҳаларга оид муҳим асарларни яратди. Мақолада олимнинг ҳаёти ва илмий меросининг кенг қамровли таҳлили амалга оширилган. Табарий асарларининг манбашунослик таснифи келтирилиб, асарларининг ўзига хос жиҳатлари илмий ўрганилган. Олимнинг “Китоб таҳзиб ул-осор”, “Жомеъ ул-баён фи тафсир ал-Қуръон”, “Жомеъ ул-қироат мин-аш-шуҳур ва-ш-шозз”, “Китоб ихтилоф ал-фуқаҳо”, “Китоб ул-вақф”, “Китоб ал-латиф ал-қавл фий ахком шариал ислом”, “ал-Хафиф фи аҳком шаръия ислом”, “Адаб ал-қузот”, “Адаб ал-маносик”, “Басит ул-қавл фи аҳками шараиъул ислами”, “Китоб шарҳ ас-сунна”, “Китоб ат-табсир фи усул ад-дин”, “Адаб ан-нуфус ал-жаййида вал ахлоқ ан-нафиса” каби асарлари амалга оширилган тавсифлари билан илмий истифадага киритилган.
Абу Жаъфар Табарий илмий меросида тарих ҳам алоҳида ўрин эгаллайди. Унинг ислом дунёсида машҳур бўлган ва кўпгина олимлар томонидан ўрганилган “Тарих ар-русул ва-л-мулук” – “Пайғамбарлар ва подшоҳлар тарихи” номли асари катта илмий аҳамиятга эга. Мазкур асар олимнинг ислом илмлари билан бирга исломгача бўлган қадимги давр тарихи, адабиёти, халқ оғзаки ижодини мукаммал билганлигини кўрсатади. Табарий мазкур манбаларни асарда усталик билан истифода эта олган, маълумотларнинг илмий аҳамияти ҳозирги кунда ўз долзарблигини йўқотмаган. Алломанинг ушбу асарига кўплаб кейинги давр олимлари бирламчи манба сифатида мурожаат қилганлар.
33 - 3942906-07-2026 -
NAJMIDDIN KUBRONING “TA’VILOT ANNAJMIYA” ASARIDA DOVUD PAYG‘AMBAR OBRAZI: GERMENEVTIK TAHLIL
Durbek RAKHIMDJANOV, Ziyoda YAKUBOVA (Muallif)Najmiddin Kubroning “Ta’vilot an-Najmiya ” kitobi islom adabiyotida markaziy о ‘rin egallaydi va tasavvujiy tafsirning muhim namunasi hisoblanadi. Muallif Qur ’on matnining ichki, ruhiy vafalsafiy ma ’nolarini ochib berishga intiladi hamda bunda an ’anaviy tarixiy talqin doirasidan chiqmaydi. Najmiddin Kubro asarida payg ‘ambarlar obrazlariga alohida e ’tibor qaratilib, ular insonning ruhiy rivojlanishining ramziy modellar sifatida ко ‘rib chiqilgan. Shu nuqtai nazardan, Dovud (a.s.) qissasi axloqiy-falsafiy jihatlarni о ‘zida mujassam etgan ко ‘p qatlamli talqinga ega.
Najmiddin Kubro Dovud (a.s.)ni nafaqat tarixiy shaxs, balki podshoh va payg ‘ambar sifatida ham tasvirlaydi, и doimiy ichki kurash holatida bo ‘Igan. Uning hayoti aql va nafs о ‘rtasidagi qarama-qarshilikni ramziy tarzda ifodalaydi. Muallif Dovud (a.s.)ning g‘alabalari va sinovlariga ruhiy mazmun bag‘ishlaydi. Dushmanlar ustidan qozonilgan g ‘alabalar ichki tabiatniyengishni ifodalasa, tavba va ibodat lahzalari ruhiy poklanish va Yaratganga bo ‘Igan muhabbat ramziga aylanadi.
“Ta’vilat an-Najmiya ” asarida Dovud (a.s.) qissasining yoritilishi Najmiddin Kubro nazarida payg ‘ambarlar yo ‘li ichki о 'zgarishyo ‘li ekanini ко ‘rsatadi; buyo ‘Ida о ‘z ustidan g‘alaba qozonish, tavba va ilohiy muhabbat ma’naviy yuksalishning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Ushbu maqolada Najmiddin Kubroning “Ta’vilot an-Najmiya” asari islom adabiyotida va tasavvufiy tafsirning muhim namunasi ekani о ‘z ifodasini topgan. Maqolada Dovud (a.s.)ni nafaqat tarixiy shaxs, balkipodshoh vapayg'ambar sifatida ham tasvirlagan oyatlar tadqiq qilingan.50-57132723-05-2026
