- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Mavlyuda Sabirovna XODJAYEVA, Barno Batirovna SAYDAKHMEDOVA (Muallif)Masofaviy ta’limni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish – fanga kiritilayotgan yangi ma’lumotlarni tezkorlik bilan o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi. Shuningdek, virtual o’rganilayotgan mavzu doirasidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tezkorlik bilan kiritish imkoniyatlari yaratiladi. Demak, masofaviy ta’lim jarayonlarida raqamli texnologiyalarni kiritish usullari va ulardan samarali foydalanish uslublarini tadqiq etish, masofaviy ta’lim kurslarini yaratish, dolzarb ilmiy-texnik masalalar turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati juda yuqori. Tadqiqot ishining maqsadi – masofaviy ta’limda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish va uning samaradorligini tekshirishning nazariy asoslari. Maqolada Moodle tizimining imkoniyatlari, kurs elementlarining afzalliklari, fanni o‘qitishdagi samarali usullari keltirib o‘tilgan. Shuningdek zamonaviy raqamli texnologiyalar va aloqa vositalaridan masofaviy ta’limda foydalanish muhokama qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari keltirib o’tilgan, “Raqamli texnologiyalar”, “Raqamli ta’lim texnologiyalari” tushunchalarining ma’nosi va mazmuni aniqlangan. O’quv jarayonini qiziqarli tashkil etishda Kahoot va Quizizz dasturiy platformalari bo’yicha ma’lumotlar tavsifi berilgan. Mazkur platformaning imkoniyatlari o’quvchilarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirishdagi afzalliklari ta‘kidlanadi. Ta’lim jarayoni an’anaviy yoki masofaviy ta’lim bo‘lishidan qat’iy nazar talabalarning darsga qiziqishini orttirish, ularni o‘z ustida ishlashlari uchun undash, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Dars jarayonini o’yinli platformalarda tashkil etish, elеktron testlar kompleksini yaratish va uni ta’limda qo`llash, dars samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, darsga qiziqishini orttirish, o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’lishiga darsga bo’lgan qiziqishi rivojlanishiga, darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishda ko’nikma va malakalari shakllanishiga, o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltirishda shuningdеk, o‘quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda raqamli texnologiyalardan o`quv jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
59-6729523-07-2026
