- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MUSULMON OLIMLARINING DINLARNI TADQIQ ETISHDAGI USLUBLARI
Muborakxon IBROHIMOVA (Muallif)Ushbu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari tarixiy, nazariy va metodologik jihatdan keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan dinshunoslik yondashuvlarining manbalari, rivojlanish bosqichlari hamda ularning zamonaviy dinshunoslikfanidagi о ‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Xususan, Qur’on va hadisda boshqa dinlarga munosabat masalasi, ilk musulmon olimlarining ilmiy xolislik va bag ‘rikenglik tamoyillariga asoslangan qarashlari tadqiq etilgan.
Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy, Shahristoniy, Ibn Hazm, Farobiy, Ibn Sino kabi buyuk musulmon mutafakkirlarining asarlari asosida tarixiy-taqqoshlash, manbashunoslik, filologik-tahliliy, ratsional-falsafiy, empirik va fenomenologik uslublarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida qo ‘llangan empirik va qiyosiy metodlar, Shahristoniyning «Al-Milal va-n-nihal» asaridagi tizimli tasniflash uslubi, Ibn Hazmning matnshunoslikka asoslangan tanqidiyyondashuvi alohida ilmiy tahlil qilingan. Musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari G'arb dinshunosligi metodlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, ularning zamonaviy diniy tadqiqotlar, konfessiyalararo muloqot va diniy bag ‘rikenglikni ta ’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bugungi globallashuv sharoitida diniy ekstremizm va mutaassiblikka qarshi ilmiy yondashuvlarni rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kash etadi.
Mazkiir maqola dinshunoslik, islomshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda mutaxassislar uchun ilmiy-uslubiy manba ho ‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ushhu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari keng qamrovli va ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan metodologik yondashuvlar, xususan, isnod va rivoyat tanqidi, usul al-fiqhga tayangan matn tahlili, maqosid ash-shari'a konsepsiyasi, bahs va munozara madaniyati hamda polemik adabiyot an ’analari batafsil yoritilgan. О ‘z navbatida, dinlarni tarixiy, ijtimoiy, huquqiy va siyosiy kontekstda о ‘rganishga asoslangan yondashuvlar ham tahlil qilingan. Maqolada musulmon olimlarining boshqa dinlarga oid ma ’lumotlami asl manbalar orqali о ‘rganishga intilgani, ilmiy xolislik, mantiqiy dalillash va metodologik aniqlik tamoyillariga amal qilgani asoslab berilgan. Tadqiqotjar ayonida dinlarningjamiyat hayotidagi о ‘rni, diniy ta 'limotlarning ijtimoiy va axloqiy funksiyalari ham e’tiborga olingan. Maqola musulmon dinshunoslik merosining zamonaviy qiyosiy dinlar tadqiqoti va umumiy dinshunoslikfanini rivojlantirishdagi nazariy va metodologik ahamiyatini ochib berilgan.66-7690823-05-2026
