- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Mavlyuda Sabirovna XODJAYEVA, Barno Batirovna SAYDAKHMEDOVA (Muallif)Masofaviy ta’limni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish – fanga kiritilayotgan yangi ma’lumotlarni tezkorlik bilan o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi. Shuningdek, virtual o’rganilayotgan mavzu doirasidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tezkorlik bilan kiritish imkoniyatlari yaratiladi. Demak, masofaviy ta’lim jarayonlarida raqamli texnologiyalarni kiritish usullari va ulardan samarali foydalanish uslublarini tadqiq etish, masofaviy ta’lim kurslarini yaratish, dolzarb ilmiy-texnik masalalar turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati juda yuqori. Tadqiqot ishining maqsadi – masofaviy ta’limda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish va uning samaradorligini tekshirishning nazariy asoslari. Maqolada Moodle tizimining imkoniyatlari, kurs elementlarining afzalliklari, fanni o‘qitishdagi samarali usullari keltirib o‘tilgan. Shuningdek zamonaviy raqamli texnologiyalar va aloqa vositalaridan masofaviy ta’limda foydalanish muhokama qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari keltirib o’tilgan, “Raqamli texnologiyalar”, “Raqamli ta’lim texnologiyalari” tushunchalarining ma’nosi va mazmuni aniqlangan. O’quv jarayonini qiziqarli tashkil etishda Kahoot va Quizizz dasturiy platformalari bo’yicha ma’lumotlar tavsifi berilgan. Mazkur platformaning imkoniyatlari o’quvchilarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirishdagi afzalliklari ta‘kidlanadi. Ta’lim jarayoni an’anaviy yoki masofaviy ta’lim bo‘lishidan qat’iy nazar talabalarning darsga qiziqishini orttirish, ularni o‘z ustida ishlashlari uchun undash, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Dars jarayonini o’yinli platformalarda tashkil etish, elеktron testlar kompleksini yaratish va uni ta’limda qo`llash, dars samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, darsga qiziqishini orttirish, o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’lishiga darsga bo’lgan qiziqishi rivojlanishiga, darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishda ko’nikma va malakalari shakllanishiga, o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltirishda shuningdеk, o‘quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda raqamli texnologiyalardan o`quv jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
59-6729523-07-2026 -
“ADIBLAR XIYOBONI - MA’NAVIYAT MASKANI” VEB-SAYTI LOYIHASINING AHAMIYATI
MAVLUDA Xodjayeva, NILUFAR Turopova (Muallif)Maqola Adiblar xiyoboni yagona interaktiv portali veb-saytini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, asosiy ko‘zlangan maqsad – Аdiblar xiyobonida qad rostlagan adabiyot nomoyondalari ilmiy va ijodiy faoliyatini bugungi kun zamonaviy veb-dasturlash sohasi imkoniyatlari bilan raqamlashtirishdan iboratdir. Unda milliy adabiyotimiz xazinasini internetda targʻib etish, zamonaviy texnologiya va dasturiy taʼminot sohasida maʼlumotlarni ulashishning eng qulay, tezkor va samarali uslublaridan foydalanish masalasi ko‘rilgan. Bunda Adiblar xiyoboni veb-saytini yaratish va unda Аdiblar xiyobonidagi barcha shoir va mutafakkirlar hayoti, ijodidagi boy ilmiy merosini yahlit bir tizimda umumlashtirish, loyihani ishlab chiqishni bir necha bosqichlarda amalga oshirish, ya‘ni, veb-saytini ishlab chiqish jarayoni bosqichlarini aniq vaqtlari bilan rejalashtirish uchun GanttPRO diagrammasi, rejalashtirish, sayt xaritasi va vireframe yaratish, dizayn, sahifalar tartibi, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash davri, kontentni yozish va yig‘ish, zamonaviy dasturlash texnologiyalaridan Python dasturlash tilining Django frameworki dan foydalaish,, ishlab chiqilgan loyihani sinovdan o ‘tkazish, ko‘rib chiqish va ishga tushirish, xizmat bosqichida fikrni monitoring qilish, muntazam yangilash jarayonlari keltirilgan. Shuningdek, Veb sayt mijoz va server qismini yaratish uchun foydalaniladigan texnologiyalar: Veb-saytning foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qiladigan qismi “Frontend”dan, u ilovaning “mijoz tomoni”, veb-saytning server tomoni qismi uchun Backend texnologiyasidan foydalanish, Adiblar xiyoboni veb-sayti va uning ma’lumotlar bazasi xavfsizligi ta’minlash modeli, uning asosiy elementi, ishlab chiqariladigan tizim xavfsizligi siyosatining forma spetsifikatsiyasini (tafsilotlarini ro‘yxatini) tuzish, himoya vositalarini amalga oshirish mexanizmlarni belgilovchi himoyalangan tizim arxitekturasining bazaviy prinsiplarini tanlash va asoslash jarayonlari bayon etilgan.
Zamonaviy texnologiya va dasturiy taʼminot sohasida maʼlumotlarni ulashishning eng qulay, tezkor va samarali uslubi shubhasiz internet va veb ilovalar hisoblanadi. Natijada, adiblar xiyobonidagi adabiyotimizning yirik namoyondalari ilmiy ijodini keng targ‘ib etish uchun veb ilovalarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.
92 - 10027408-07-2026
