- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
PASHTU TILIDA INTERFIKS YORDAMIDA YASALGAN KOPULYATIV QO‘SHMA SO‘ZLAR
Ugiljon ABDUVALIYEVA (Muallif)So‘z yasalishi masalasi hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu masalaning dolzarbligi, ayniqsa, pashtu tili kabi kam o‘rganilgan tillar uchun ortib bormoqda, chunki bu masala tilning lug‘at boyligining zamon talabiga mos ravishda boyib borishi bilan bog‘lanib ketadi. Hayotning turli sohalaridagi taraqqiyot tufayli yuzaga kelayotgan yangi tushunchalarni ifodalash zarurati tilda mavjud bo‘lgan imkoniyat va resurslar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilish zaruratini tug‘dirmoqda. Bu jarayonni ilmiy asosda o‘rganish, uning yo‘nalishlarini aniqlash, o‘ziga xos jihatlarini til materiali tahlili asosida belgilab berish bugungi kunda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Kopulyativ qo‘shma so‘zlar yasalishi mazkur mavzuning har tomonlama qiziqarli va deyarli o‘rganilmagan sohalaridan deyish mumkin. Fanda bu masalaga qisman to‘xtalib o‘tilgan ishlar mavjud, ammo ularning ham eng oxirgilari nashr qilinganiga 40 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bu muddat davomida pashtu tili lug‘at fondi tarkibida, shu jumladan kopulyativ qo‘shma so‘z yasalishi usullarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keldi. Tilning lug‘at fondi dinamik xarakterga ega bo‘lganligi uchun unda kechayotgan jarayonlarni sinxron planda tadqiq etish hamisha ilmiy ahamiyatga molik. Predlog-infikslar hamda bog‘lovchi infiks yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarni tadqiq etish ana shu masalaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqola pashtu tilida په [pә], نا [nā], پر [pәr], له [lә], د [dә] predlog-infikslari bilan birikib, hosil bo‘ladigan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning analitik va sintetik metodlari asosidagi tahlili shuningdek, او [aw] bog‘lovchi-infiksining kopulyativ qo‘shma so‘z yasashdagi o‘rniga bag‘ishlanadi. Maqolada masala konkret shaklda ̶ predlog-infikslar va او [aw] bog‘lovchi infiks yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar tadqiqot predmeti, hozirgi zamon pashtu tili materiallari esa tadqiqot ob’ekti etib belgilangan. Ishning ilmiy yangiligi mana shu masalalarda o‘z ifodasini topgan. Maqolada predlog-infikslar hamda bog‘lovchi infiks orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar guruhlarga bo‘lib tahlil qilingan.
159-16612403-07-2026 -
PASHTU TILIDA KOPULYATIV QO‘SHMA SO‘ZLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TAHLILI
Ugiljon S. ABDUVALIYEVA (Muallif)So‘z yasalish masalasi, xususan, kopulyativ qo‘shma so‘z hosil bo‘lish yo‘llarini zamonaviy metodlar asosida tadqiq qilish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu masalaning dolzarbligi, ayniqsa, pashtu tili kabi kam o‘rganilgan tillar uchun ortib bormoqda, chunki til lug‘at boyligining zamon talabiga mos ravishda boyib borishi bilan bog‘lanib ketadi. Tilning lug‘at fondi dinamik xarakterga ega bo‘lganligi uchun unda kechayotgan jarayonlarni sinxron planda tadqiq etish hamisha ilmiy ahamiyatga molik. Pashtu tili grammatikasi borasida ingliz, rus, afg‘on hamda o‘zbek tilshunos olimlari tomonidan bir qator ishlar turli mavzularda amalga oshirilgan. Lekin aynan kopulyativ qo‘shma so‘zlarga to‘xtalgan joyini topish mushkul. Ko‘rib o‘tilayotgan mazkur ishda hind-yevropa tillar oilasining eroniy tillar guruhiga kiruvchi pashtu tilidagi fe’l so‘z turkumi ishtiroki orqali hosil bo‘lgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning strukturasi va semantikasi kompleks ravishda tadqiq etildi. Mazkur ilmiy maqola pashtu tilidagi ot + fe’l, fe’l + fe’l va aralash turdagi fe’l shakllari orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning tahliliga bag‘ishlanadi. Shuningdek, ushbu tadqiqot ishi kopulyativ qo‘shma so‘zlarning lug‘aviy qatlamlardagi o‘rni va vazifasini belgilash, ularning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi. Tahlil davomida fe’l so‘z turkumi orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar guruhlarga bo‘lib o‘rganildi. Tadqiqot ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad pashtu tilidagi aynan fe’l so‘z turkumi ishtiroki orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarni struktur va leksik jihatdan tahlil qilishdir. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida pashtu tilidagi fe’l turkumiga oid kopulyativ qo‘shma so‘zlar qanday ifodalanishi, uning faqat shu tilga xos xususiyatlari, nozik jihatlari o‘rganildi. Shuningdek, maqola kopulyativ qo‘shma so‘zlarning analitik va sintetik metodlari asosida tahlil qilindi. Maqolada masala konkret shaklda ̶ ot + fe’l, fe’l + fe’l va aralash turdagi fe’l shakllari yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar tadqiqot predmeti, hozirgi zamon pashtu tili materiallari esa tadqiqot ob’ekti etib belgilangan. Ishning ilmiy yangiligi mana shu masalalarda o‘z ifodasini topgan.
78-8319306-07-2026
