Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • PASHTU TILIDA KOPULYATIV QO‘SHMA SO‘ZLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TAHLILI

    Ugiljon S. ABDUVALIYEVA (Muallif)

    So‘z yasalish masalasi, xususan, kopulyativ qo‘shma so‘z hosil bo‘lish yo‘llarini zamonaviy metodlar asosida tadqiq qilish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu masalaning dolzarbligi, ayniqsa, pashtu tili kabi kam o‘rganilgan tillar uchun ortib bormoqda, chunki til lug‘at boyligining zamon talabiga mos ravishda boyib borishi bilan bog‘lanib ketadi. Tilning lug‘at fondi dinamik xarakterga ega bo‘lganligi uchun unda kechayotgan jarayonlarni sinxron planda tadqiq etish hamisha ilmiy ahamiyatga molik. Pashtu tili grammatikasi borasida ingliz, rus, afg‘on hamda o‘zbek tilshunos olimlari tomonidan bir qator ishlar turli mavzularda amalga oshirilgan. Lekin aynan kopulyativ qo‘shma so‘zlarga to‘xtalgan joyini topish mushkul. Ko‘rib o‘tilayotgan mazkur ishda hind-yevropa tillar oilasining eroniy tillar guruhiga kiruvchi pashtu tilidagi fe’l so‘z turkumi ishtiroki orqali hosil bo‘lgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning strukturasi va semantikasi kompleks ravishda tadqiq etildi. Mazkur ilmiy maqola pashtu tilidagi ot + fe’l, fe’l + fe’l va aralash turdagi fe’l shakllari orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning tahliliga bag‘ishlanadi. Shuningdek, ushbu tadqiqot ishi kopulyativ qo‘shma so‘zlarning lug‘aviy qatlamlardagi o‘rni va vazifasini belgilash, ularning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi. Tahlil davomida fe’l so‘z turkumi orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar guruhlarga bo‘lib o‘rganildi. Tadqiqot ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad pashtu tilidagi aynan fe’l so‘z turkumi ishtiroki orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarni struktur va leksik jihatdan tahlil qilishdir. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida pashtu tilidagi fe’l turkumiga oid kopulyativ qo‘shma so‘zlar qanday ifodalanishi, uning faqat shu tilga xos xususiyatlari, nozik jihatlari o‘rganildi. Shuningdek, maqola kopulyativ qo‘shma so‘zlarning analitik va sintetik metodlari asosida tahlil qilindi. Maqolada masala konkret shaklda ̶ ot + fe’l, fe’l + fe’l va aralash turdagi fe’l shakllari yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar tadqiqot predmeti, hozirgi zamon pashtu tili materiallari esa tadqiqot ob’ekti etib belgilangan. Ishning ilmiy yangiligi mana shu masalalarda o‘z ifodasini topgan.

    78-83
    19
    3
    06-07-2026
  • PASHTU TILIDA INTERFIKS YORDAMIDA YASALGAN KOPULYATIV QO‘SHMA SO‘ZLAR

    Ugiljon ABDUVALIYEVA (Muallif)

    So‘z yasalishi masalasi hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu masalaning dolzarbligi, ayniqsa, pashtu tili kabi kam o‘rganilgan tillar uchun ortib bormoqda, chunki bu masala tilning lug‘at boyligining zamon talabiga mos ravishda boyib borishi bilan bog‘lanib ketadi. Hayotning turli sohalaridagi taraqqiyot tufayli yuzaga kelayotgan yangi tushunchalarni ifodalash zarurati tilda mavjud bo‘lgan imkoniyat va resurslar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilish zaruratini tug‘dirmoqda. Bu jarayonni ilmiy asosda o‘rganish, uning yo‘nalishlarini aniqlash, o‘ziga xos jihatlarini til materiali tahlili asosida belgilab berish bugungi kunda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Kopulyativ qo‘shma so‘zlar yasalishi mazkur mavzuning har tomonlama qiziqarli va deyarli o‘rganilmagan sohalaridan deyish mumkin. Fanda bu masalaga qisman to‘xtalib o‘tilgan ishlar mavjud, ammo ularning ham eng oxirgilari nashr qilinganiga 40 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bu muddat davomida pashtu tili lug‘at fondi tarkibida, shu jumladan kopulyativ qo‘shma so‘z yasalishi usullarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keldi. Tilning lug‘at fondi dinamik xarakterga ega bo‘lganligi uchun unda kechayotgan jarayonlarni sinxron planda tadqiq etish hamisha ilmiy ahamiyatga molik. Predlog-infikslar hamda bog‘lovchi infiks yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarni tadqiq etish ana shu masalaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqola pashtu tilida په [pә], نا [nā], پر [pәr], له [lә], د [dә] predlog-infikslari bilan birikib, hosil bo‘ladigan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning analitik va sintetik metodlari asosidagi tahlili shuningdek, او [aw] bog‘lovchi-infiksining kopulyativ qo‘shma so‘z yasashdagi o‘rniga bag‘ishlanadi. Maqolada masala konkret shaklda ̶ predlog-infikslar va او [aw] bog‘lovchi infiks yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar tadqiqot predmeti, hozirgi zamon pashtu tili materiallari esa tadqiqot ob’ekti etib belgilangan. Ishning ilmiy yangiligi mana shu masalalarda o‘z ifodasini topgan. Maqolada predlog-infikslar hamda bog‘lovchi infiks orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar         guruhlarga bo‘lib tahlil qilingan.

    159-166
    12
    4
    03-07-2026
  • FORS TILIDA PREFIKSLI FE’LLARNING MA’NO GURUHLARI VA ULARNING FUNKSIONAL EKVIVALENTLARI برداشتن) [bar-dāštan] fe’li misolida)

    Zokir ARIFDJANOV (Muallif)

    Maqolada tildagi variantlashuv hodisasida muhim o‘rin tutadigan funksional ekvivalentlik munosabatlari haqida so‘z yuritiladi. Mavzu doirasida yetuk tilshunos olimlarning fikrlari keltiriladi, tahlil qilinadi va xulosalar beriladi. Funksional ekvivalentlar tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda asosiy rollardan birini o‘ynashligi haqida ta’kidlanadi va fors tilidagi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan prefiksli fe’llardan biri sifatida برداشتن [bar-dāštan] fe’li tadqiqot obyekti sifatida keng tadqiq qilinadi, uning leksik-semantik variantlari aniqlanadi. Leksik-semantik variantlari klassifikatsiya qilinib, ma’no guruhlariga ajratiladi va har bir ma’no guruhining funksional-ekvivalentlari aniqlanadi. Aniqlangan funksional ekvivalentlar manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida برداشتن [bar-dāštan] prefiksli fe’lining 18ta leksik-semantik variantlari aniqlanib, ularni to‘rt ma’no guruhiga ajratilada va har bir ma’no guruhining funksionalekvivalentlari taqdim etiladi. Keyingi o‘rinda maqola hajmidan kelib chiqgan holda faqatgina uning ma’nolarining birinchi – “olish” ma’no guruhiga tegishli bo‘lgan (joyidan) olmoq, (joyidan ko‘tarib) olmoq, (qo‘liga) olmoq ma’nosidagi funksional ekvivalentlari to‘g‘risida batafsilroq so‘z yuritiladi. Tadqiqot so‘ngida natijalardan kelib chiqqan holda fors tilida sodda va qo‘shma fe’llarga nisbatan soni ancha kam hisoblangan prefiksli fe’llar ham ko‘pma’nolilik hususiyatiga ega ekanligi haqida xulosa qilinadi.

    68 - 74
    50
    8
    27-06-2026
  • O‘ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZOLIGI: HAMKORLIK VA ISTIQBOL

    Javoxirxon A. SOBIROV (Muallif)

    Ushbu maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti, uning rivojlanish bosqichlari va O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi ishtiroki yoritilgan. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi yaqin hamkorlik, hozirgi geosiyosiy keskinlik va buning natijasida jahon siyosatidagi notinchlik siyosiylashtirilmagan va noharbiy tashkilotlarning ahamiyati ortib borishida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun muqobil platforma bo‘lishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qilishi yoritib berilgan.


    Turkiy mamlakatlar yangi tashkilotining asosiy vazifasi shundaki, endi son emas, balki sifat ustida ish olib boriladi. Muxtasar qilib aytganda, a’zo davlatlar manfaatlariga haqiqatan ham juda mos keladigan sohalarga e’tibor qaratish va bu boradagi asosiy yo‘nalishlarga urg‘u berish lozim. Agar ushbu sohalarda yaxshi natijalarga erishilsa, bugungi kunda ustuvor bo‘lgan boshqa sohalarni rivojlantirish osonroq kechadi. Masalan, birinchi bosqichda iqtisodiy hamkorlik, transport yo‘laklarini yaratish, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun texnologiyalar almashinuvi masalalariga ko‘proq e’tibor qaratilsa, bu sarmoyaviy hamkorlik manfaatlariga javob beradi. Shundan so‘ngina huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorligi, xavfsizlik sohasidagi hamkorliklarni ko‘rib chiqish mumkinligi bayon qilingan.


    Turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihati hisoblanadi. O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turadi. Tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirishda integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qiladi. Qandaydir chuqur integratsiya haqida hali biror narsa deyish qiyin. Ammo ushbu bosqichda a’zolar tashkilot doirasidagi bunday integratsiyaga tayyor emasligi aniq. Shunga qaramay, gap maqolada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ayrim tashabbuslarni ilgari surish va muayyan tashqi siyosiy vazifalarni bajarish uchun bir-birining imkoniyatlaridan foydalanish haqida ketmoqda.

    86-93
    23
    4
    18-07-2026
1 - 4 from 4

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling