Mualliflar

  • Mavlyuda Sabirovna XODJAYEVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif
  • Barno Batirovna SAYDAKHMEDOVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2022/4/59-67

Kalit so‘zlar:

raqamlashtirish raqamli texnologiya on-line platformalar MOOC masofaviy ta’lim Moodle LMS Learningapps.org Google Form Kahoot Quizizz Google Classroom interaktiv.

Annotasiya

Masofaviy ta’limni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish – fanga kiritilayotgan yangi ma’lumotlarni tezkorlik bilan o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi. Shuningdek, virtual o’rganilayotgan mavzu doirasidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tezkorlik bilan kiritish imkoniyatlari yaratiladi. Demak, masofaviy ta’lim jarayonlarida raqamli texnologiyalarni kiritish usullari va ulardan samarali foydalanish uslublarini tadqiq etish, masofaviy ta’lim kurslarini yaratish, dolzarb ilmiy-texnik masalalar turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati juda yuqori. Tadqiqot ishining maqsadi – masofaviy ta’limda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish va uning samaradorligini tekshirishning nazariy asoslari. Maqolada Moodle tizimining imkoniyatlari, kurs elementlarining afzalliklari, fanni o‘qitishdagi samarali usullari keltirib o‘tilgan. Shuningdek zamonaviy raqamli texnologiyalar va aloqa vositalaridan masofaviy ta’limda foydalanish muhokama qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari keltirib o’tilgan, “Raqamli texnologiyalar”, “Raqamli ta’lim texnologiyalari” tushunchalarining ma’nosi va mazmuni aniqlangan. O’quv jarayonini qiziqarli tashkil etishda Kahoot va Quizizz dasturiy platformalari bo’yicha ma’lumotlar tavsifi berilgan. Mazkur platformaning imkoniyatlari  o’quvchilarning  intellektual  va  ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirishdagi afzalliklari ta‘kidlanadi. Ta’lim jarayoni an’anaviy yoki masofaviy ta’lim bo‘lishidan qat’iy nazar talabalarning darsga qiziqishini orttirish, ularni o‘z ustida ishlashlari uchun undash, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Dars jarayonini o’yinli platformalarda tashkil etish, elеktron testlar kompleksini yaratish va uni ta’limda qo`llash, dars samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, darsga qiziqishini orttirish, o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’lishiga darsga bo’lgan qiziqishi rivojlanishiga, darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishda ko’nikma va malakalari shakllanishiga, o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltirishda shuningdеk, o‘quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda raqamli texnologiyalardan o`quv jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Tegishli maqolalar

Utkir M. HASANBAEV, ҒАРБ МАМЛАКАТЛАРИДА РАДИКАЛИЗМ ВА ЭКСТРЕМИЗМГА ҚАРШИ КУРАШ ВА УНДА ИСЛОМ ТАШКИЛОТЛАРИНИНГ ЎРНИ , Islom ziyosi: Jild 6 № 1 (2023)

Zebo KASIMOVA, ТАЛАБАЛАРДА ДИНИЙ МАЗМУНДАГИ АХБОРОТЛАРНИ ИДРОК ЭТИШГА РАЦИОНАЛ ЁНДАШУВ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ , Islom ziyosi: Jild 6 № 1 (2023)

Nematullo NASRULLAEV, “ТАНҚИҲ АЛ-УСУЛ” АСАРИ ВА УНИНГ ШАРҲИДА МУАЛЛИФ МАҲОРАТИ , Islom ziyosi: Jild 7 № 1 (2024)

Тохир Абдумуталович ХАТАМОВ, ШАЙХ ҲИММАТИЙ – ЗАНГИ ОТА МЕРОСИНИНГ ЎРГАНИЛИШИ , Islom ziyosi: Jild 7 № 1 (2024)

Lazizaxon Abbasovna ALIDJANOVA, Lazzat Kasymbekovna RYSBEKOVA, ISLOM TA’LIMOTIDA INSON SALOMATLIGI VA MUSULMON MAMLAKATLARIDA SHIFOXONALAR EVOLYUTSIYASI , Islom ziyosi: Jild 7 № 1 (2024)

Matlyuba QAHHOROVA, Mirolim TASHMURODOV, ОИЛАВИЙ МУНОСАБАТЛАР:  МИЛЛИЙ ВА УМУМИНСОНИЙ МУРОСА ТАМОЙИЛЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 7 № 1 (2024)

Mumin Mirzo Murodjon ugli ABDUPATTAYEV, Bibigulnar Amalbaevna ERBOSYNOVA , O‘RTA ASR DINLAR TARIXIGA OID MANBALARDA YAHUDIYLIK OQIMLARI E’TIDOQLARINING AKS ETISHI , Islom ziyosi: Jild 7 № 1 (2024)

Javoxirxon A. SOBIROV, O‘ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZOLIGI: HAMKORLIK VA ISTIQBOL , Islom ziyosi: Jild 7 № 1 (2024)

Nematullo MUKHAMEDOV, МИСРЛИК ТАРИХЧИ ТОЖУДДИН СУБКИЙ «ТАБАҚОТ АШ-ШОФИЪИЯ  АЛ-КУБРА» АСАРИДА ШОШ (ТОШКЕНТ) ОЛИМЛАРИ ФАОЛИЯТИНИНГ ЁРИТИЛИШИ , Islom ziyosi: Jild 7 № 3 (2024)

Elyorbek TURDIMIRZAYEV, TEMURIYLAR DAVLATI TASHQI SIYOSATI ARAB MANBALARIDA: TEMURIYLAR VA MAMLUKLAR , Islom ziyosi: Jild 7 № 3 (2024)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.