- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
IJTIMOIY TARMOQLARNING TALABALARNING SIYOSIY TARBIYASIGA SALBIY TA'SIRINING PSIXOLOGIK FENOMENI
Timur Sobirovich SATTAROV (Muallif)Ushbu maqolaning maqsadi ijtimoiy tarmoqlarning talabalarning siyosiy tarbiyasiga salbiy ta'sirining psixologik fenomenini kompleks tahlil qilish va Yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi kontekstida ushbu ta'sirni minimallashtirish bo'yicha pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqotning metodologik asosini quyidagilar tashkil etadi: siyosiy psixologiya, pedagogika va media tadqiqotlar sohasidagi o'zbek va xorijiy olimlarning ishlarini nazariy tahlil qilish; Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 18–23 yoshdagi 60 nafar talabasi ishtirokida o'tkazilgan empirik so'rovnoma, uchta diagnostik blokni o'z ichiga olgan (siyosiy axborot manbalari, hissiy reaksiyalar, siyosiy muloqotga tayyorlik); «O'zbekiston – 2030» Strategiyasi, «Davlat yoshlar siyosati to'g'risida»gi Qonun va Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasini o'z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar tahlili. Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoqlarning talabalarning siyosiy ongiga halokatli ta'sirining to'rtta asosiy psixologik mexanizmi aniqlandi va batafsil tizimlashtirildi: «eks-kameralari» shakllanishi va algoritmik mafkuraviy qutblanish; klip tafakkurining rivojlanishi va tizimli siyosiy tahlil qobiliyatining pasayishi; dofaminga qaramlik mexanizmlari orqali siyosiy idrokning emotsionallashuvi; siyosiy kontentni yuzaki iste'mol qilish fonida kompetentlik illyuziyasining shakllanishi. Empirik tarzda quyidagilar aniqlandi: respondentlarning 88% siyosiy axborotning asosiy manbai sifatida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi; 63% siyosiy kontentni iste'mol qilishda asosan tashvish va g'azabni boshdan kechiradi; atigi 28% boshqa siyosiy qarashlar egalari bilan konstruktiv muloqotga tayyor; 52% siyosiy opponentlarni dehumanizatsiya qilish elementlarini namoyish etadi. Nazariy va empirik ma'lumotlarning sintezi asosida O'zbekiston oliy ta'lim o'quv jarayoniga mafkuraviy immunitetni shakllantirishning integratsiyalashgan pedagogik modelini joriy etish zarurati asoslab berildi, u kognitiv komponent (media savodxonlik kurslari, faktcheking, algoritmlarni tushunish), hissiy-qadriyat komponenti (interfaol usullar, debatlar, rolli o'yinlar) va xulq-atvor komponentini (real fuqarolik ishtiroki, volontyorlik, talaba o'zini o'zi boshqarish) o'z ichiga oladi. Ishning amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan tavsiyalardan akademik guruhlar kuratorlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar o'qituvchilari, tarbiyaviy ishlar bo'yicha mutaxassislar va O'zbekiston oliy o'quv yurtlarining psixologik xizmatlari faoliyatida foydalanish imkoniyati bilan belgilanadi.
78-873462124-07-2026 -
UNITWIN AKADEMIK DIPLOMATIYA VA MADANIYATLARARO MULOQOT PLATFORMASI SIFATIDA
Nurulloh TURAMBETOV (Muallif)Maqolada UNESCOning UNITWIN va UNESCO kafedralari dasturi zamonaviy globallashuv sharoitida akademik diplomatiya, madaniyatlararo muloqot hamda tinchlikni mustahkamlash vositasi sifatida tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi 1992-yilda UNESCO tomonidan universitetlararo hamkorlik mexanizmi sifatida tashkil etilgan ushbu dastur qanday qilib diniy bag‘rikenglik va tinchlik madaniyatini rivojlantiruvchi “yumshoq kuch” kanaliga aylanganini aniqlashdan iborat.
Maqolada UNESCO hujjatlari, Buxoro deklaratsiyasi hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha UNESCO kafedrasi materiallari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi akademik diplomatiya va dinlararo hamkorlikning amaliy namunasi sifatida ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqot natijalari UNITWIN/UNESCO kafedralari dasturi nafaqat ta’lim va ilmiy faoliyat, balki diplomatik va tinchlikparvarlik vazifalarini ham bajarishini ko‘rsatadi. UNESCO kafedralari dinlararo muloqotni rivojlantirish, global fuqarolikni targ‘ib qilish hamda barqaror xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada universitetlar va xalqaro akademik tarmoqlar zamonaviy dunyoda tinchlikni mustahkamlash hamda madaniyatlararo o‘zaro tushunishni rivojlantirishning muhim subyektlari ekanligi haqida xulosa qilingan.
50-571652124-07-2026 -
O‘ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZOLIGI: HAMKORLIK VA ISTIQBOL
Javoxirxon A. SOBIROV (Muallif)Ushbu maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti, uning rivojlanish bosqichlari va O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi ishtiroki yoritilgan. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi yaqin hamkorlik, hozirgi geosiyosiy keskinlik va buning natijasida jahon siyosatidagi notinchlik siyosiylashtirilmagan va noharbiy tashkilotlarning ahamiyati ortib borishida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun muqobil platforma bo‘lishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qilishi yoritib berilgan.
Turkiy mamlakatlar yangi tashkilotining asosiy vazifasi shundaki, endi son emas, balki sifat ustida ish olib boriladi. Muxtasar qilib aytganda, a’zo davlatlar manfaatlariga haqiqatan ham juda mos keladigan sohalarga e’tibor qaratish va bu boradagi asosiy yo‘nalishlarga urg‘u berish lozim. Agar ushbu sohalarda yaxshi natijalarga erishilsa, bugungi kunda ustuvor bo‘lgan boshqa sohalarni rivojlantirish osonroq kechadi. Masalan, birinchi bosqichda iqtisodiy hamkorlik, transport yo‘laklarini yaratish, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun texnologiyalar almashinuvi masalalariga ko‘proq e’tibor qaratilsa, bu sarmoyaviy hamkorlik manfaatlariga javob beradi. Shundan so‘ngina huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorligi, xavfsizlik sohasidagi hamkorliklarni ko‘rib chiqish mumkinligi bayon qilingan.
Turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihati hisoblanadi. O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turadi. Tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirishda integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qiladi. Qandaydir chuqur integratsiya haqida hali biror narsa deyish qiyin. Ammo ushbu bosqichda a’zolar tashkilot doirasidagi bunday integratsiyaga tayyor emasligi aniq. Shunga qaramay, gap maqolada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ayrim tashabbuslarni ilgari surish va muayyan tashqi siyosiy vazifalarni bajarish uchun bir-birining imkoniyatlaridan foydalanish haqida ketmoqda.
86-933312918-07-2026 -
ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLARDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI (INDONEZIYA, MALAYZIYA VA TURKIYA MISOLIDA)
Mirodil KHAYDAROV, Jasurbek ABDUKADIROV (Muallif)Bugungi kunda har bir sohani isloh qilish bilan birga, yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqish yangilanayotgan O’zbekiston davlatining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar mamlakat iqtisodiyotini, aholi turmush tarzini, shuningdek, O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’sini oshirishga xizmat qiladi. Ana shunday sohalardan biri turizmning “Ziyorat turizmi” tarmog’idir.
2020 yilda O’zbekistonga 1 mln 504 ming turist tashrif buyurib, ularga 261 mln dollarlik xizmat ko’rsatilishiga erishildi. O’zbekiston dunyoga qadimiy va ekzotik shaharlari bilan ziyorat turizmi infratuzilmasini barpo etish, sayyohlar uchun barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratish, ziyorat turizmi brendini ishlab chiqish bo’yicha yetarli salohiyatga ega mamlakat hisoblanadi.
O’zbekistondagi ko’plab madaniy yodgorliklarning YuNESKO tomonidan butunjahon madaniy meroslari sifatida ro’yxatga olingani e’tirofga loyiqdir.
Bugungi kunda Dunyoning Halol turizm boyicha ixtisoslashgan yetakchi tashkilotlaridan biri Crescent Rating taxminiy ma‘lumotlariga ko‘ra 2026-yilga kelib ziyorat maqsadida sayohat qiluvchilarning soni 230 mln. kishini tashkil etishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu esa kelajakda ziyorat turizmi jahon turizmining yetakchi yo‘nalishlaridan biriga aylanishi hamda ziyorat turizmi tarmog‘i dunyo davlatlari iqtisodining ajralmas bir qismiga aylanib borayotganligini ko‘rsatadi. Jumladan, Islom hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlarda ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘l harakati strategiyasi” nomli qo‘llanmaning nashr qilinganligi ham so‘zimiz isbotidir.
Maqolada Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda xalqaro ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati, xususan, mamlakatlardagi ziyorat turizmi rivoji uchun zarur bo‘lgan tarixiy sharoit, uning bugungi ziyorat turizmi obyekti sifatidagi o‘rni, bu boradagi o‘z yechimini kutayotgan vazifalar va istiqboldagi natijalar asosiy muhomaka mavzusi hisoblanadi. Jumladan, IHT ga a’zo Indoneziya, Malayziya va Turkiya davlatlarida ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlarning bayoni keltirilgan. Shuningdek, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
127 - 1341982306-07-2026 -
TA'LIM JARAYONIDA TEST TUZISHNING O'RNI
Dilbar KHASANOVA, Hugh CARTWRIGHT (Muallif)Deyarli har doim "test" so'zi deganda ko’z oldimizga to'rt yoki besh javobga ega savol gavdalanadi. O'quvchilarga test sinovlari topshirish haqida aytilganda, ular odatda bir nechta javobga ega savollarni tushunishadi. Aslida test deganda har xil savol shakllari orqali o'quvchilar bilimini tekshirishga aytiladi. Ushbu maqolada, O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyati tomonidan litsey va kollejlarning 2-kurs o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan oraliq test sinovlari haqida so’z boradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi - sinov savollarini o’rganib chiqish va agar ularning test jarayonlarida olingan natijalari sababi baholash printsiplari bilan bog'liq bo'lsa, ularning alternativ variantini taklif qilishdan iborat. Har ikkala oraliq testlar O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyatining mezonlariga asoslangan testlar sifatida ishlab chiqilgan. Tuzilgan testlar baholashga oson va aniq, shuningdek o'quv rejasiga asoslanganligi, hamda to’rt til kompetensiyasini tekshirishga mo’ljallangan bo’lganligi uchun, bu testni ishonchli va amaliy, testing to’rt prinsipidan ikkitasi rioya qilgan deb aytsak bo’ladi. Shuni aytish joizki, testing qolgan ikkita spetsifikatsiyasi, ya’ni ishlash uchun qulaylik hamda autentiklik darajasi test talablaridan, bizning fikrimizcha biroz uzoq. Garchi oraliq test sinov savollari to'rtta qobiliyatni tekshirishga qaratilgan bo'lsa-da, ushbu tadqiqot faqat talabalarga ishlashda qiyinchilik tug’diradigan qismini o’rganishga yo’naltirilgan, ya’ni o’qib tushunishni tekshirish qism savollarini rijojlantirishga. Maqolada yuqorida qayd etilgan test bo’limlari savollari tilshunos olimlar qarashlarini e’tiborga olgan va test prinsiplariga muvofiq bo’lgan holda tahlil qilinadi. Ingliz tili o'qituvchilari uchun ushbu test tahlili loyihasining ahamiyati shundaki, savollarni test prinsiplari va talablari asosida tuzilish, bo’lajak yoki kutilayotgan natijalarida muhim o’rin kasb etishini ko’rsaib beradi. Tushunarli bo'lishi uchun tayyor testlar va o'zgartirilgan variantlar o'rtasidagi farqlar quyidagi bosqichma bosqich test spetsifikatsiyalariga muvofiq tahlil qilinadi.
166-1742272603-07-2026 -
ISLOM TA’LIMOTIDA INSON SALOMATLIGI VA MUSULMON MAMLAKATLARIDA SHIFOXONALAR EVOLYUTSIYASI
Lazizaxon Abbasovna ALIDJANOVA, Lazzat Kasymbekovna RYSBEKOVA (Muallif)Jahonda sodir bo‘layotgan global jarayonlar insonning ruhiy va jismoniy salomatligi masalasiga uyg‘un holda yondashuvni talab etmoqda. Zamonaviy tibbiyot amaliyotida diniy ta’limotlarga asoslangan tibbiy-ruhiy muolajalar orqali mavjud muammolarga yechim topish mumkin. Jahon dinlaridan hisoblangan xristianlik va islom ta’limotida ko‘p mingyillik tarix davomida insonning nafaqat ma’naviy, balki tibbiy salomatligi masalasini ham tartibga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va ular hayotga tatbiq qilib kelinmoqda. 2020-yil dunyoda yuz bergan COVID-19 bilan bog‘liq pandemiya sharoitida tibbiy muolaja bilan birgalikda, ruhiy-psixologik davolash jarayonlarining ommalashuvi diniy tibbiyotning ahamiyatini oshirdi. Shu jihatdan, ularning inson salomatligi masalalariga doir e’tiqodiy-ijtimoiy asoslarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Islom ta’limotiga ko‘ra, har bir inson o‘z umri davomida bir qancha sinovlardan, jumladan, hosildorlik, qurg‘oqchilik, befarzandlik, boylik va boshqa yo‘llar bilan sinovdan o‘tadilar. Alloh tomonidan yuborilgan eng katta sinovlardan biri bu inson salomatligi va bemorligidir. Bu kabi sinovli kasalliklardan biri vabo bo‘lib, bu kasallik insoniyat tarixida katta jamiyatlarga ulkan tahdidlar solgan. XXI asrga kelib, Yer yuzida katta xavf solgan COVID-19 ham shu kabi vabo kasalligidandir. Shunga ko‘ra 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4668-son Prezident qarorida “Salomatlik, osoyishtalik, insonlarga qaratilgan tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatishni ta’minlash, tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan yalpi qamrab olishni kengaytirish hamda iste’molchilarga o‘z sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish borasida ongli tanlov uchun imkoniyatlar yaratishda xalq tabobatining salohiyatidan foydalanish” belgilab qo‘yildi.
Islom ta’limotida inson hayoti davomida uchraydigan barcha muammolarning yechimi ochiq bayon etilgan. Shuningdek, kasallik Alloh tomonidan berilganidek, uning shifosi va davosini ham Alloh taoloning o‘zi beradi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: “Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning o‘zi” (Shuaro surasi, 80-oyat). Shuningdek, kasallikdan saqlanish usullari ham Muhammad (s.a.v.) tomonidan Tibb an-Nabaviyda ochiq yoritib berilgan. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.)dan shunday deyayotganini eshitdim: “Idishlarning ustini yopib qo‘yinglar, suv meshlarni og‘zini mahkamlanglar, chunki yilning bir kechasida vabo tushadi. U usti yopilmagan idishlar va og‘zi ochiq meshlarga albatta tushadi” (Imom Muslim va imom Bayhaqiy rivoyati).
Ushbu maqolada islom ta’limotida inson salomatligi va musulmon mamlakatlarida shifoxonalar tarixi va evolyutsiyasi jarayonlari tadqiq etilgan.
47-582572218-07-2026 -
GLOBALLASHUV SHAROITIDA IJTIMOIY TARMOQ TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Zoirkhuja ULMASKHUJAYEV (Muallif)Jahonda kechayotgan keskin globallashuv jarayonlarida axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etilmoqda. Jumladan, zamonaviy ommaviy kommunikatsiyalar hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim voqeligiga aylangan, taraqqiy etgan davlatlarda muhim ehtiyoj vositasi hamda ommaviy muloqot subyekti darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda axborot makoni gomogenlashuvining yuzaga kelishi ilmiy-texnikaviy va texnologik yutuqlarning keng tarqalishi, ularning umumiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning mamlakat imijini shakllantirishdagi ya’ni, davlatlarning qo‘lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ‘ib qilishdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Biroq, inson qadriyatini noaxloqiy yo‘nalgan ko‘rinishlarining ommalashishi, shaxs dunyoqarashiga nisbatan yot g‘oyalar bilan ta’sir ko‘rsatish insoniyatning milliy zamini va o‘zligidan begonalashuviga olib kelmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu omillarni shaxs dunyoqarashiga ta’siri, oqibati va tahdid yo‘nalishlarini aniqlash dolzarb ahamiyatga ega.
Rivojlangan davlatlarda fuqarolarning siyosiy madaniyati, xulq-atvori hamda ijtimoiylashuvi jarayonlarini qamrab olgan siyosiy ong, siyosiy qadriyatlar, jamiyatda ishonch omilini mustahkamlovchi fenomen sifatida mafkuraviy tarbiya hamda ijtimoiy tarmoqlar vositasida mamlakat imijini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnolgiyalarni kashf etish va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda dunyoda globallashuv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan g‘oyaviy tuzoqlar va ularning madaniyat omiliga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongini manipulyatsiya qilish hamda har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarga raxna solish, siyosiy qadriyatlarga tajovuz qilish, insoniyatning tarixiy xotirasini buzishga urinishlarning oldini olishning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yechimlarini tadqiq etish ustuvor ahamiyat kasb etgan. Bu borada axborotlashgan jamiyatni yaratish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, ushbu sohalarning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir.
Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini ijobiy tomonga o‘zgartirish, ma’naviy va mafkuraviy qadriyatlar uyg‘unligida amalga oshirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jumladan, mamlakat tarixi va hozirgi yutuqlarini butun dunyoga targ‘ib qilishda va shu orqali davlat imiji, obro‘sini oshirishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, hozirda rivojlanishning yangi davrini boshlagan mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadigan shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini tizimli ravishda tadqiq etish ehtiyoji ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi.
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoq tushunchasi mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlardagi ijtimoiy-siyosiy, diniy-mafkuraviy, ommaviy madaniyatning turli ko‘rinishlari va uning jamiyat xavfsizligiga ta’siri masalalari tadqiq qilingan.
89-993122317-09-2026 -
“HIBATU-L-HAQOYIQ”DA KELGAN BILIM MAVZUSIDAGI TO’RTLIKLARNING MAZMUNIY VA SHAKLIY TAHLILI
Abdulazizkhan NIG‘MONOV (Muallif)Inson hayotiga shakl bergan, uning yashashi va prinsiplarini belgilab bergan eng muhim unsur insoniy qadriyatlardir. Jamiyat a'zolarining hayotida muhim o'rin egallagan qadriyatlar, ta'lim-tarbiya jarayonida ham muhim kategoriya holiga kelgan. Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida har bir jamiyatni bir orada tutgan va tarixan shakllangan qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimining eng old vazifalaridan biri ham milliy, ma'naviy, madaniy, insoniy va axloqiy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish va ularda bu qadriyatlarni shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi axborot almashinuvi jadal kechayotgan, kundan kunga yoshlar ongi uchun kurash avj olayotgan davrda bu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish va ularda milliy-ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishning ahamiyati yanada ortmoqda. Jamiyatning mavjudligi ana shu qadriyatlarning barqaror va bardavomligiga bog'liqligi, shubhasizdir. Prezidentimiz tomonidan maʼrifatparvar olim Mahmudxoʼja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʼi maktabdir” degan fikriga alohida urgʼu berganligi va umumiy oʼrta taʼlim tizimida “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligini taʼkidlagani bejiz emas. O'zbek jamiyatida oiladan boshlangan qadriyatlar tarbiyasini, tizimli ravishda o'rta va oliy ta'lim tizimida davom ettirilishi sog'lim va ma'nan yuksak naslning shakllanishi uchun zarur bo'lib bormoqda. Ta'limda yoshlarning faqatgina bilim olish va ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor qaratilishi jamiyat ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini saqlanib qolishiga, milliy o'zlikka xavf tug'diradi. Natijada jamiyat xudbin, axloqsiz, ma'nan qashshoq a'zolar sonining ortishi bilan tanazzulga yuz tutib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda ta'limda bilim va ko'nikma naqadar zarur bo'lsa, milliy-ma'naviy, diniy, axloqiy, insoniy va ijtimoiy qadriyatlar tarbiysi ham shu qadar zarurdir.
Ushbu maqolaning asosiy mavzusi ham ana shunday asarlardan biri bo'lgan "adiblar adibi, fozillar boshi" deya ulug'langan adib Ahmad Yugnakiy tomonidan uzoq yillik ta'lim-tarbiya natijasida qalamga olingan va pandnoma ruhidagi "Hibatu-l-haqoyiq" asarida aks etgan qadriyatlardan ayrimlarini tahlil etish va ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishini baholashdan iboratdir. Bunda asosiy e'tiborimizni har qanday qadriyatning o'zagi bo'lgan bilim va uning qiymatini, bilimlilik targ'ibi va foydalarini o'zida ifodalagan to'rtliklarga qaratamiz. Zero, axloq va odob, ijtimoiy qadriyatlarning avloddan avlodga ko'chishi bilimga e'tibor berilgan jamiyatdagina bardavom bo'ladi.
O'zida xalqimizning uzoq yillik ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini, inson kamoloti borasidagi qarashlarini ifodalagan to'rtliklarning bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishi va kelajak nasllarning ham ulardan foydlanishi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
73-812752516-07-2026 -
MОVERANAXR XALQLARINING ISLOM FANI VA MADANIYATIGA QO’SHGAN HISSASI
Shuxrat YOVQOCHEV (Muallif)Bugungi kunda Movarounnahr hududida yashab, islom ilm-fan va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlar merosi va ijodini o’rganish postsovet hududidagi yosh mustaqil davlatlarning o’zini-o’zi anglashidagi asosiy nuqtalardan biridir. Qolaversa, bu asarlar yosh avlod tarbiyasiga ko’maklashish bilan birga, diniy radikalizmga qarshi kurashishda ajoyib faktik va amaliy material bo’lib xizmat qilmoqda.
Maqolaning maqsadi Movaraunnahrning buyuk allomalari merosi naqadar boy ekanligini, undan nafaqat islom ilmlarini o’rganishda, balki yangi zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda, diniy ekstremizmga adekvat javob berishda ham foydalanish mumkinligini ko’rsatishdan iborat. Shuningdek, Movaraunnahr olimlarining islom madaniyati va fanlari rivojida qanday rol o’ynaganligini ko’rsatish. Ishda birlamchi manbalardan ham, XX-XXI asr boshlari olimlarining ikkilamchi tadqiqotlaridan ham foydalanilgan. Metodologiya asosi sifatida tarixiy va qiyosiy tahlillar olindi, xronologiya bo’yicha tizimlashtirish keng qo’llanildi. Maqolaning asosiy natijasi va xulosalaridan biri shundaki, u islom dinining mintaqa va undan tashqarida tarqalishi va rivojlanishida Movaraunnahr ulamo va zohidlarining mehnatlari, serqirra iste’dodlari naqadar ulkan bo’lganini haqiqatda yana bir bor isbotlaydi.
Maqolada Movaraunnahr xalqlarining islom ilm-fan va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasining ahamiyatini ko’rsatishga harakat qilingan. Ishda ko’rib chiqilgan asosiy mavzular mavzusi bo’yicha ishlar va ularning qisqacha tavsifi berilgan. Bugungi kunga qadar islom ilmlari va musulmon madaniyatining bayrog’i bo’lib kelayotgan ulamo va olimlarning asosiy asarlariga alohida e’tibor qaratilgan. Arablarning mintaqaga kirishi va ularning keyingi faoliyatiga imkon qadar tanqidiy va xolisona qaraladi. Maqolada o’rta asr olimlari faoliyatining bugungi kun bilan bog’liqligi ham tahlil qilishga harakat qilinadi. Maqolaning oxirida maqola bo’yicha umumiy xulosalar berilgan.
4 - 142123006-07-2026 -
PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISHDA PSIXOLOG KASBIY-ETIKAVIY TAMOYILLARGA AMAL QILISHINING AHAMIYATI
Nilufar RASULOVA, Dildorakhon ULMASOVA (Muallif)Bugungi kunda insonlarning psixolog hamdapsixoterapevtgamurojaatiyanahamommalashmoqda. Odamlar har kuni stressga tushiradigan, o’zi hal qilishi qiyin bo’lgan turli muammolar bilan to’qnash kelmoqdalar. Inson har doim ham o’zini qiynayotgan muammolarni yaqin insonlariga ayta olmagani bois psixologik xizmatga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham bugun yurtimizda ham psixologik xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirishha alohida e’tibor qaratilmoqda. xususan, Yoshlar ittifoqi muassisligda ham psixologik xizmat ko’rsatish markazlari tashkil etildi. vaziralar Mahkamasining 472-son 07.06.2019-yildagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra Respublikada bosqichma-bosqich reja asosida aholiga psixologik xizmat ko’rsatish sifatini oshirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilishi belgilab qo’yildi. Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatlarning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash uchun “Psixologik xizmat” konsepsiyasini yaratish, bolalar, kattalar ruhiyatidagi o‘zgarishlarni tezda aniqlash, bunga olib kelgan sabablarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida psixolog mutaxassislarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari huzurida “Psixologik xizmat ko‘rsatish labaratoriyalari”ni tashkil etish hamda ular uchun o‘quv va metodik adabiyotlar yaratilishini tashkil etish kabi chora tadbirlari ishlab chiqildi. Maqolada psixologik xizmat ko’rsatishning sifatli hamda samarali bo’lishi bevosita psixolog faoliyatiga bog’liqligi tadqiq etilgan. Psixolog faoliyatining samaradorligi uning shaxsiy sifalari, kasbiy malakasi hamda etikaviy tamoyillarga qanchalik amal qilgani bilan o’lchanadi. Etika masalasi psixologiyaning terapiya va tadqiqotlar bilan bog’liq bo’lgan sohasida muhimdir. Patsientlar bilan ishlash va psixologik tadqiqotlar o’tkazish turli xil axloqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Amerika psixologlar assotsiatsiyasining etikaviy kodeksi psixologiya sohasida ishlaydigan mutaxassislar ish jarayonida axloqiy dilemmalarga duch kelganda nima qilish kerakligi haqida yaxshiroq ma’lumotga ega bo’lishlari uchun ko’rsatmalar beradi. Etikaviy tamoyillar psixologlar duch keladigan ko’pgina holatlar va umumiy qoidalarni qamrab olish orqali ularni turli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishini ta’minlashga mo’ljallangan. Eng yuqori xulq-atvor standartlariga intilish har bir psixologning shaxsiy burchidir. Shuning uchun ham ushbu maqolada Amerika psixologlar assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 5 asosiy punktdan iborat psixologning etikaviy tamoyillari tizimli tahlil etiladi. Bundan tashqari turli olimlar ilmiy izlanishlari asosida psixologik maslahat jarayonida psixolog ega bo’lishi lozim bo’lgan shaxsiy sifatlar hamda kasbiy malakalar bayon etiladi.
192-2001992303-07-2026 -
ИСЛОМДА ҚОЗИЛИК МАҲКАМАЛАРИ ФАОЛИЯТИ (X-XIII АСРЛАР)
Ilhomjon BEKMIRZAEV (Muallif)Maqola dunyo islom va tarixiy ilm-fanning so'nggi yutuqlari, xulosalari va usullariga asoslangan. Tarixiy-qiyosiy usul manbalarni, shu jumladan Hanafiy qonunining turli qo'lyozmalarini va arab tilida yozilgan boshqa manbalarni o'rganish uchun ishlatilgan, ular O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Qo'lyozmalar fondida mavjud.
Maqola mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning etakchi olimlari Jozef Mine, Monika Gronke, Ulrich Rebstok, Chexata Chafik, Emil Tyan, Chalmeta P tomonidan ilgari surilgan O'rta Osiyo tsivilizatsiyasi tarixiga oid tavsiyalar, tadqiqot natijalari va tushunchalariga asoslanadi; Carriente F., Riberta J., Asin, Janette A. Wakin, Michael Thung, Wael Xallak, Karl Brockelmann.
Maqolaning maqsadi X-XIII asrlarda Transoksiyada ilohiyotshunoslik fanining rivojlanishida huquqiy hujjatlarga oid adabiyotlarning rolini ta'kidlash. Bundan tashqari, ushbu ishning jamiyatimiz madaniy hayotidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhimligini ta'kidlash. X-XIII asrlarda Islom dunyosida va transoksiyaliklarda jamoat hayotining muhim qismi bo'lgan huquqiy hujjatlarning tarixiy-huquqiy shakllari, nazariy va amaliy asoslarini yoritib berishdir.
98 - 1092753628-06-2026 -
XVII - XIX ASR BOSHLARIDA MOSKVA MUSULMON JAMOASI AN’ANALARINI SAQLAB QOLISHDA O‘ZBEKISTON MUSULMONLARINING O‘RNI
Damir KHAYRETDINOV (Muallif)Мақолада Бухоро ваХива вакилларининг XVII - XIX аср бошларида Москвадаги ислам турмуш тарзига ривожига қўшган ҳиссаси ўрганилган. Инқилобгача бўлган тарихий манбалар ва архив уужжатлари асосида Бухоро ва Хива элчихоналари қабул уйлари, уларнинг вазифалари ҳамда Москва давлати билан Марказий Осиё хонликлари ўртасидаги савдо-дипломатик алоқалардаги ўрни тахлил қилинган. Алоҳида эътибор Замоскворечье ҳудудидаги Татар слободасига - асрлар давомида татарлар, бухороликлар, хиваликлар ва бошқа мусулмон халқлар истиқомат қилган диний марказга қаратилган. 1823-1824 йилларда бу ерда Катта Татарская кўчасида масжид барпо этилиб, у мусулмон жамоасининг маънавий марказига айланган.
Биринчи марта бухоролик савдогар Назарбой Алибаевич Хошаловнинг фаолияти батафсил ёритилган. У Москвадаги биринчи тош масжид - ҳозирги Тарихий масжид қурилишининг ташаббускори ваҳомийси бўлган. Унинг оиласи, савдо ва жамоат ишларидаги фаолияти ҳақиба маълумотлар келтирилади. Шунингдек, XVII асрда Москва мусулмонларининг маънавий ҳаётига раубарлик қилган хивалик имомлар - Бакей-сейид Абдулов, Маҳмет-Солиҳ Муҳамметов ва Девлет-Али Маликов фаолияти ҳам таҳлил этилган.
Тадқиқот натижаларига кўра, Татар слободаси нафақат диний, балки маданий марказ бўлиб, унда исломдаги тақво ва таълим анъаналари сақланиб қолган. Мақола янги уужжатлар асосида Москвадаги марказий осиёлик мусулмонларнинг - айниқса. бухоролик ва хиваликларнинг - маънавий ҳамда маданий манзарани шакллантиришдаги ҳиссасини ёритади.10-191612718-05-2026 -
SIYOSIY MADANIYATNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDAGI AHAMIYATI
Bakhtiyor ARABOV (Muallif)Annotatsiya. Hozirgi kunda korrupsiya global muammo sifatida nafaqat ayrim davlatlar, halki jahon hamjamiyatining barqaror rivojlanishiga tahdid solayotgan illatga aylanib ulgurdi. Korrupsiya jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida, turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumlarda turlicha ko'rinishlarda namoyon bo‘lib kelgan. Afsuski, bu hodisa barcha davlatlarga xos bo ‘lib, bugungi kunda ham rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ham uchramoqda.
Darhaqiqat, korrupsiya barcha davlatlar uchun jiddiy muammo hisoblanadi, и iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini ishdan chiqaradi, ijtimoiy adolat tamoyillarini buzadi va demokratiya asoslarini yemiradi. Hech bir davlat ushbu illatdan butunlay xalos bo'lmagan, biroq ba'zi davlatlar korrupsiya darajasini sezilarli darajada pasaytirishga erishganlar. Bu jarayonda albatta, jamiyat siyosiy madaniyati muhim ahamiyat kash etadi.
Jamiyat siyosiy madaniyati - bu jamiyatning siyosiy tizimga bo ‘Igan munosabati, uning me yorlarini qabul qilishi, siyosiy faollikning turli shakllari, siyosiy faoliyatning ijobiy va salbiy ко ‘rinishlariga munosabatini о ‘z ichiga oladi. Shu jihatdan, siyosiy madaniyatningyuksak darajasi jamiyatning korrupsiyaga bo 'Igan salbiy munosabati, korrupsiyaga qarshi kurashdagi faol ishtiroki, shaffofiik va ochiqlikka bo'lgan intilishini ta ’minlaydi.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish faqat huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishnigina emas, balki jamiyatning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirishni ham talab etadi. Chunk! siyosiy ong va madaniyat yuksak bo ‘Igan jamiyatda har bir fuqaro о ‘zini davlat va jamiyat ishlarining faol ishtirokchisi deb his etadi, davlat organlari faoliyatining shaffofligini talab qiladi va korrupsiyaga mutlaqo yo 7 qo ‘ymaydi.
Siyosiy madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyatini, uning jamiyat hayotidagi о ‘rni va ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Siyosiy madaniyat - bu nafaqat siyosiy bilim va qarashlaryig ‘indisi, balki fuqaroning siyosiy faoliyatga, davlat boshqaruviga bo ‘Igan munosabati, unga nisbatan mas 'uliyat hissi va ishonch darajasini ifodalaydi. Bugungi globallashuv va tezkor siyosiy jarayonlar sharoitida siyosiy madaniyat darajasining yuksak bo ‘lishi - davlat va jamiyat о ‘rtasida barqaror, sog 'lorn aloqalarni ta 'minlovchi muhim omillardan biridir.
Maqolada korrupsiyaning chuqur ildiz otgan jamiyatlarda siyosiy befarqlik, fuqarolarning huquqiy va siyosiy ongining pastligi ushbu illatning ildiz otishiga zamin yaratishini ta 'kidlayman. Shu bois, men siyosiy madaniyatni oshirish - fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz qarashni shakllantirish, adolatga intilish va davlat ishlarida faol ishtirok etish madaniyatini rivojlantirish orqali bu illatga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
Maqolada 0‘zbekiston tajribasi asosida olib borilayotgan siyosiy va huquqiy islohotlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi, davlat organlari ochiqligi va hisobdorligini ta'minlashdagi о‘rni tahlil qilingan. Korrupsiyaga qarshi kurashda faqat jazoga asoslangan yondashuv emas, balki ijtimoiy ongni, xususan, siyosiy madaniyatni yuksaltirish orqali barqaror va samarali natijalarga erishish mumkinligi ilgari surilgan.67-752472615-05-2026 -
MILLIY MAFKURA – JAMIYATNI MODERNIZATSIYALASH JARAYONINING ASOSIY POYDEVORI
Matluba YULDASHEVA (Muallif)O‘zbekistonda g'oyaviy-mafkuraviy islohotlar diskursini ijtimoiy-falsqfiy nuqtai-nazardan tahlil qilishning asosiy masalalari, bu islohotlarning nafaqat davlat va jamiyat rivojiga, balki milliy ong va ruhiyat shakllanishiga tasirini o'rganishga qaratilgan. G‘oya jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo 'lib, it insonlarning tafakkuri, orzulari, maqsadlariga asoslanadi. Ushbu tushunchajamiyatning ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va huquqiy yo ‘nalishlarini belgilah beradi. Falsafiy nuqtai nazardan, g ‘oyajamiyatning umumiy ma "naviy asosi bo 'lib, и bunyodkor yoki vayronkor yo ‘nalishlarda ta sir ко ‘rsatishi mumkin. Milliy mafkura har qanday jamiyatning barqarorligini ta 'minlaydigan va uning istiqboliga yo ‘naltirilgan g ‘oyalar tizimidir. Bu mafkura nafaqat milliy birlikni, balki umuminsoniy qadriyatlarni ham о ‘zida mujassam etadi. О ‘zbekistonning zamonaviy milliy mafkurasi umumiy tinchlik, hamkorlik, va taraqqiyot g'oyalarini о ‘z ichiga olgan bo ‘lib, mamlakatdagi barcha millat vakillarini birlashtirishga qaratilgani ham tadqiqotning asosiy maqsadlaridan hiri hisoblanadi.
Shuningdek analiz va sintez, kompleks yondashuv, tizimli-funksional yondashuv, kontent analiz, retrospektiv tahlil. dialektik, sinergetik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanilgan hamda quyidagi amaliy natijalari ко 'rsatib о 'tilgan: G'oyalar inson ruhiyatiga ta ’sir qilib, uning ichki dunyosini, jamiyatdagi о ‘mini va maqsadini belgilaydi. Ijtimoiy ruhiyatga ta sir о ‘tkazuvchi g'oyalar turli targ ‘ibot vositalari orqali jamiyatga singdiriladirilishi. falsafaning alohidalik va umumiylik kategoriyalari vositasida nazariy jihatdan asoslangan; Falsafiy nuqtai nazardan, g 'oyalarning jamiyatdagi ta sirchanligi ularning haqiqiy ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelishi bilan belgilanadi. Mqfkuraviy bo ‘shliq yoki zararli g 'oyalarning ta siri jamiyatni ichki qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin. Binobarin, ezgu g ‘oyalar orqali jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni boshqarish muhim ahamiyatga ega. Zero, diniy g ‘oyalar jamiyatda ma’naviy ustunlikni ta’minlaydi, obyektiv va subyektiv omillari aniqlangan hamda uni boshqarishning institusional tizimini takomillashtirishga oid metodologik taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; Ilmiy g‘oyalar fan taraqqiyotining asosini tashkil etib, jamiyalni amaliy yutuqlarga erishishga yo ‘naltiradi. Badiiy g ‘oyalar esa jamiyatning madaniy ongini boyitib, insonlarga yetuk shaxs sifatida shakllanish imkoniyatini berishi barobarida tizimli yondashuv asosida turkumlashtirilgan va ularning milliy, mintaqaviy xususiyatlari ochib berilgan.
Maqolada О ‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarni majkuraviy asoslarini о ‘rganishga oid nazariy va uslubiy yondashuvlar ко 'rib chiqilgan. О 'zbekistonda majkuraviy plyuralizmningzaruriy shartlari aniqlanadi, о ‘zbek xalqidagi demokratik о ‘zgarishlarning majkuraviy yo ‘nalishlari, о ‘zbek xalqi milliy majkurasining tarixiy mafkuradan о ‘zgarishi jarayoni ilmiy-amaliy nuqtai-nazardan tahlil qilingan.3821813-05-2026
