- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
АРАБ ДАВЛАТЛАРИДА ДУНЁВИЙЛИК ВА ДИНИЙЛИК ТАМОЙИЛЛАРИНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МУАММОЛАРИ
Mukhammadolim MUKHAMMADSIDIQOV (Muallif)Ижтимоий-сиёсий трансформация тўлқини 2010 йил декабрь ойида Тунис ва Жазоир давлатларида бошланиб, «Араб баҳори» воқеалари мураккаб ички вазиятга қаршилик ҳаракати эканлиги, бу ҳодисаларни ҳаракатга келтирувчи ички ва ташқи сабаблар мавжудлигини исботлаш мазкур мақоланинг мақсади ҳисобланади.
Мақолада сиёсийлашган исломнинг араб давлатларидаги модернизация жараёнларига, ижтимоий-сиёсий ва геосиёсий жараёнларга таъсир даражаси аниқланди. Беқарорлик ўчоғига айланаётган Африка араб давлатларида рўй бераётган сиёсий воқеликларни, диний муносабатларни тартибга солишнинг илмий асосларини яратиш заруратини ўрганади. Шу нуқтаи назардан Шимолий Африка ва Яқин Шарқдаги сиёсий жараёнлар тадқиқ этилган. Ижтимоий-сиёсий трансформация жараёни минтақадаги Тунис, Миср, Ливия ва Форс кўрфазидаги бошқа мамлакатларга ўз таъсирини кўрсатди.
Бунда минтақадаги ҳар бир давлат ичидаги ижтимоий-сиёсий вазиятнинг ўзгариши қўшни давлатларга тўғридан-тўғри таъсир этади. Яқин Шарқ ва Шимолий Африкада сўнгги йилларда содир бўлган ўзгаришлар янада қийин ва ўзаро боғлиқ вазиятни вужудга келтириб, нафақат қўшни минтақалар, балки жаҳонда хавфсизлик ва барқарорлик нисбатининг ўзгаришига олиб келади.
Шунингдек, бу ижтимоий ва диний ҳаракатлар натижаси бўлиб, Тунис, Миср, Ливиядаги амалдаги режимлар қулаши, Ямандаги ҳокимият элитасидаги ўзгаришлар ва бугунги кунга қадар давом этаётган Суриядаги расмий ҳокимият ва мухолифат ўртасидаги кураш номаълум муддатгача давом этаётганини келтириш мумкин. Агар Тунис, Миср ва Яманда амалдаги режимга қарши намойишлар ички омиллар, ижтимоий-иқтисодий инқироз, ҳукмрон элитанинг коррупцияга ботиб кетгани, ҳақиқий демократик эркинликларнинг йўқлиги, этноконфессионал қарама-қаршиликларга асосланган бўлса, Ливия ва Сурияда эса ҳал қилувчи омилни мухолиф кучларнинг ташқаридан қўллаб-қувватланиши ташкил этди.
Араб баҳорининг Шимолий Африка ва Яқин Шарқ мамлакатларига таъсир даражаси турлича бўлди. Шартли равишда Араб баҳори ижтимоий-сиёсий ларзалари давлатлар сиёсий жараёнлари характерида чуқур из қолдирган Тунис, Миср, Яман, Баҳрайн, Ливия, Сурияни ва бу ҳодисалар ижтимоий-сиёсий ва иқтисодий жараёнларга қисман таъсир кўрсатган Марокаш, Иордания, Ливан, Жазоир, Қувайт, Саудия Арабистони, Ўмон каби давлатларни келтириш мумкин.
Бу воқеалар Сомали, Мавритания ва Қумур ороллари Республикасидан ташқари барча араб дунёсини қамраб олиб, давлатларнинг кейинги сиёсий тақдирини ўзгартириш билан бирга уларнинг сиёсий тизимлари ва тузумларида янгиланишлар олиб келди.
185 - 1911711724-06-2026 -
МУТААССИБ ШАХСЛАРНИ СОҒЛОМ ИЖТИМОИЙ МУҲИТГА ҚАЙТАРИШНИНГ ЖАҲОН ТАЖРИБАСИ
Nodir SHOMIRZAYEV (Muallif)Бугунги кунда турли бузғунчи оқимлар сафига қўшилиб қолган шахсларни жамиятга қайта мослаштириш масаласи муҳим аҳамият касб этмоқда. Дунё бўйлаб кузатилаётган бундай тенденция кўплаб мамлакатларга ҳам ўз таъсирини ўтказмоқда.
Ушбу мақолада дин ниқоби остидаги айрим гуруҳларнинг сафига кириб қолган шахсларни жамиятга қайта мослаштириш (реабилитация қилиш)нинг аҳамияти ва бу борада психолог, исломшунос, диншунос мутахассислар олдига қўйиладиган муҳим вазифалар ҳақида баҳс юритилган.
Шунингдек, мутахассисларнинг мазкур тоифадаги шахсларни тарбиялашда эътибор бериши керак бўлган масалалар ҳақида ҳам тўхталиб ўтилган. Бундан ташқари мақолада радикал шахсларни реабилитация қилиш жараёни дунё мамлакатлари томонидан турли ёндашувлар асосида иш олиб борилаётгани ҳамда уларни умумий шаклда икки гуруҳга: “Асосий реабилитация дастурлари” ва “Кенгайтирилган реабилитация дастурлари”га ажратган ҳолда таснифланиши ёритилган.
Шунингдек, “Асосий реабилитация дастурлари”нинг компонентлари бўлган диний, ижтимоий ва психологик реабилитацион ёндашувлар ҳамда мазкур жараёнда мафкуравий ва қонли синовларни бошидан кечирган шахс учун мўлжалланган программа, ўқув, касбий кўникма ва амалий чора-тадбирлар қандай тартибда ишлаб чиқилиши дунёнинг илғор давлатлари мисолида тушунтирилади.
Шу билан бирга, “Кенгайтирилган реабилитация дастурлари” таркибига кирувчи, “Оила”, “Таълим-тарбия”, “Қўллаб-қувватлаш”, “Ижодий арт-терапия” “Онлайн жалб қилиш” методларининг мазмун-моҳияти, қўлланиш тартиби ва баҳолаш мезонлари борасида сўз юритилади.
Мақолада радикаллашувни олдини олишга қаратилган ҳамда экстремистик ғоялар таъсирига тушганларни реабилитация қилиш дастурларининг оддий ва универсал шакли мавжуд эмаслиги, ижтимоийлаштирув услубларини тўғридан-тўғри трансформация қилиб бўлмаслиги, дастурларни амалиётга татбиқ этишда миллий маданият меъёрлари ва қадриятларнинг инобатга олиниши сабаблари тушунтирилади.
Ушбу мақолада радикал шахсларнинг реабилитацияси узлуксиз ва давомли механизмлар бирлашмасидан ташкил топиши, муваффақиятли реабилитация дастури учун унга керакли бўлган шарт-шароитлар талаб қилиниши, шунингдек, соғломлаштириш дастурлари диний, психологик, ижтимоий ва оилавий реабилитация амалиётини қўллаган ҳолда амалга оширилиши жаҳон тажрибаси асосида тадқиқ этилган.
89 - 972092622-09-2026 -
KIBERMAKONDA XRISTIANLIKKA OID DINIY JARAYONLARNI O‘RGANISHNING ILMIY ASOSLARI
Mohira ABDULLAYEVA, Ibrohim NIGʻMATULLAYEV (Muallif)Bugungi kunda internet tarmoqlari ijtimoiy turmush tarzining barcha sohalariga kirib bormoqda va foydalanuvchilarga katta imkoniyat yaratmoqda. Diniy jarayonlar raqamli texnologiyalarda namoyon bo‘lmoqda. Xristian diniy amaliyotlarining kibermakondagi transformatsiyasi jadal davom etmoqda. Xristianlik amaliyotlari onlayn ko‘rinishga olib chiqilmoqda. Mazkur holatlarni diniy amaliyotlar, ya’ni muayyan ibodat va diniy marosimlarni bajarishda kuzatish mumkin. Cherkov amaliyotlarining kibermakonga transformatsiyasi kundan kunga rivojlanib bormoqda.
Xristianlikning internetga dastlab kirib kelgan oqimlaridan biri – protestantlik hisoblanadi. Protestantlik oqimlaridan biri bo‘lgan presviterianlikda diniy amaliyotlarning kibermakonga oʻtishi yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Kibermakonda protestantlik oqimlaridan biri bo‘lgan presviterianlik amaliyotlarining o‘ziga xos tomonlari, afzalligi, kamchiligi, sodir boʻlayotgan xristianlik bilan bog‘liq diniy jarayonlarning namoyon boʻlish xususiyatlarini ilmiy asoslangan holda tahlil qilish mavzuning dolzarbligini keltirib chiqaradi.
Ushbu maqolada “internet cherkov”, “onlayn cherkov”, “kibercherkov” yoki “raqamli (elektron) cherkov” kabi tushunchalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari, rivojlanish tendensiyalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, maqolada kibermakonda xristianlikka oid diniy jarayonlarni o‘rganishning ilmiy asoslari yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur sohada tadqiqot olib borgan Adair Windham, G.Reyngold, J.Barna, H.Campbell, T.Hutchings kabi olimlarning fikrlari tahlil qilingan, ularning kibermakonda xristianlikka oid diniy jarayonlarni o‘rganishga oid fikrlari bayon qilingan. Diniy amaliyotlarni raqamli texnologiyalarda aks etishi sifatida onlayn ibodat, onlayn din shakllari, diniy ma’lumotlarni onlayn to‘plash, onlayn ibodat va marosimlar, onlayn ishga qabul qilish va missionerlik, onlayn diniy hamjamiyat, din va internet bo‘yicha tadqiqotlar, onlayn din tadqiqotlarining umumiy mavzulari, onlayn diniy jamoa, diniy urf-odatlar xususidagi ma’lumotlar va olimlarning qarashlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada onlayn ibodatni o‘rganish, raqamli yevangelizm (xushxabar) va uning shakllari, onlayn jamoat, raqamli nashrlar va elektron adabiyotlar, ilovalar va o‘yinlarga qaratilgan tadqiqotlarga oid ma’lumotlar berilgan.
55-612011816-07-2026 -
ZAMONAVIY IJTIMOIY-SIYOSIY O’ZGARISHLARNING DOLZARB MASALALARINI TRANSFORMATSI YASI
Rustam DJUMAEV (Muallif)Maqolada dunyo aholisining davrlar bo’yicha «moddiy turmush darajasi» (umr ko’rish davomiyligi, aholi jon boshiga iste’mol tovarlari, xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi) bo’yicha taxminlar keltirilgan. Jahon tarixida iz qoldirgan ko’plab olimlar va mutaxassislar, siyosatchilar va davlat arboblari «taraqqiyot» tushunchasi haqida o’ylashdi. Ularning aksariyati «taraqqiyot» g’oyasini faqat pastdan yuqoriga qarab qo’llab-quvvatladilar. Biri taraqqiyotning eng yuqori cho’qqisini «Xitoy kommunizmi» deb ta’riflasa, boshqasi uni «G’arb demokratiyasi» deb atagan. Ushbu bir tomonlama tushuntirish «beshta shaxs» nazariyasida aks ettirilgan (ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm yoki g’arbiy demokratiya). Barcha millatlar ushbu shakllanishlardan o’tishlari kerakligi ta’kidlandi.
Yigirmanchi asrning oxiri nafaqat G’arbda «uzoq kutilgan» sotsialistik tizimning buzilishi, ikki qutbli dunyoning yo’q bo’lib ketishi va jahon kuch markazlarining paydo bo’lishi, barcha keyingi oqibatlari bilan oldindan aytib bo’lmaydigan aqldan ozgan globallashuv bilan tavsiflandi, ammo, allaqachon aniq bo’lganidek, yangi, ilgari ko’rilmagan tahdidlar va chaqiriqlar paydo bo’lishi bilan nafaqat ayrim mamlakatlarning suverenitetiga, balki, eng avvalo, har bir alohida shaxsning mavjudligiga tahdidlar bilan ta’riflanadi. 21-asrning birinchi choragi, har qachongidan ham, barcha og’riqli muammolarni - atrofmuhit, iqtisodiy, geosiyosiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa muammolarni tashqariga chiqarib qo’ydi va eng yuqori darajaga etkazdi. Nafaqat oddiy, balki birinchi navbatda ilmiy bilimlar darajasida ushbu tahdidlar va tahdidlarni adekvat tahlil qilish, bashorat qilish muammolari to’liq sinovdan o’tkazilmaganligi, uslubiy jihatdan tasdiqlanmaganligi katta tashvish uyg’otmoqda. Tahlil Yerdagi global, milliy xavfsizlik masalasi har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biri ekanligi va hozirgi talablarni o’z vaqtida anglash tahdid omili paydo bo’lishining oldini olishda muhim rol o’ynaydi degan xulosaga kelishimizga imkon berdi. Shunday qilib, davrni anglash tahdid omilining paydo bo’lishining oldini olishdagi eng muhim ehtiyojlardan biridir.
54 - 594002005-07-2026 -
TERMINOLOGIYA ZAMONAVIY ADABIY ARAB TILIDA MAXSUS TIL QATLAMI SIFATIDA
Victoriya MAMADJANOVA (Muallif)Ushbu maqola arab mamlakatlarida zamonaviy terminologiyaning shakllanishi va qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga bag’ishlangan. Uning leksik – terminologik tarkibini shakllantirish jarayoniga ta’sir ko’rsatgan omillarni aniqlash juda muhim o’rin tutadi. Arab davlatlarining milliy ozodlik harakatlari jadallashgandan so’ng, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, arab tilining rasmiy maqomi masalasi mintaqaviy va global miqyosda bir necha bor ko’tarildi. Ta’limning milliylashtirilishi arab mamlakatlarining til siyosatning asosiy printsipiga aylandi. Gap butun xalq ta’limi tizimining arab tiliga o’tishi, o’rta asrlar mumtoz tilining kundalik aloqa tili sifatida joriy etilishi haqida edi. Arab mintaqasidagi siyosiy vaziyatning o’zgarishi mustamlaka tilidan tizimli ravishda chiqib ketishi, zamonaviy adabiy tilning leksik tarkibini boyitishi, milliy terminologiyaning rivojlanishi bilan birga kechdi. Bu jarayonda jamiyat va ta’lim muassasalari tomonidan qo’llab – quvvatlanadigan an’anaviy maktab nuqtai nazarlari ustunlik qildi. Arab mamlakatlarida tilga nisbatan an’anaviy qarashlardan uzoqlashish urinishlari ma’qullanmadi. Fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi arab tilida ko’plab yangi tushunchalarning paydo bo’lishiga va xorijiy atamalarni jadal o’zlashtirishga olib keldi. Vazifa jahon ilmiy va texnologik taraqqiyot talablariga javob beradigan ta’lim sohasidagi yangi mazmun bilan ta’minlash edi. Moslashuv jarayonida xorijiy atamalar arab tilining amal qilish sharoitlariga moslashtirildi. Mavzular noaniqligi va professional tarjimaning yetishmasligi tufayli juda ko’p sinonim nomlar paydo bo’ldi. Biroq, bu har qanday terminning shakllanishi va faoliyatining ekstralingvistik shartliligini aks ettiruvchi tabiiy hodisa. Arab terminologiyasini o’rganishga sotsiologik yondashuv uning rivojlanishidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi.
147 - 1562392204-07-2026 -
ШАРҚ ВА ҒАРБ ОЛИМЛАРИ ДИНИЙ ФАЛСАФИЙ ҚАРАШЛАРИДА КРОССМАДАНИЙ ФЕНОМЕННИНГ НАМОЁН БЎЛИШИ
Feruza BOZAROVA (Muallif)Мазкур мақолада Ғарб ва Шарқ олимларининг диний-фалсафий қарашларига кроссмаданият таъсири тадқиқ этилади. Шахслараро муносабатларда дин коммуникатив функцияни бажарган. У инсон дунёқарашининг асоси сифатида ўрганилади ва ўзини ҳар хил шаклларда намоён қилади. Яъни, чин эътиқод кўринишида ёки сохта уйдирмаларга асосланган қарашларда ўзини намоён қилади. Ғайритабиий идеал – коинотнинг яратувчисига муносабат ва ишонч ҳақиқий эътиқод қўйган диндорлар ва шунчаки дин вакиллари ўртасида ажралиб туради. Ғарб ва Шарқ даҳолари И. Кант, Ибн Рушдд, Газзали каби олимларнинг диний қарашлари ўзига хос бўлиб ушбу соҳадаги кўплаб фундаментал масалаларни англаб етишда алоҳида аҳамият касб этади. Илмий билишда инсон ақли устуворлик қилади, юқоридаги олимлар уни диний билишда ҳам устувор деб билади. Эҳтимол шу сабабли ҳам уларнинг таълимотлари ўзига хос ва бугунги кунгача дунё илмий ҳамжамиятини жалб қилиб келмоқдалар. Яратувчининг дунёни бино қилишдаги принципи, унинг содир бўлаётган воқеаларга алоқаси, яхшилик ва ёмон лик, инсон тақдири ва бошқа кўплаб масалалар ҳақида фикр-мулоҳаза юритади. Хусусан, Кант бу ҳодисаларнинг моҳиятини тушуниш учун, мумкин бўлган тажрибадан четга чиқиш керак, деб ҳисоблайди.
Юқоридаги олимлар фикрича, ақл – дин ва диндорликнинг асосий омили, у трансдентент оламни билиш назариясида ҳал қилувчи аҳамиятга эга бўлади. АҚЛ тушуниш, ўйлаш мумкин бўлган ҳамма нарсани тизимга бирлаштириш, тизимлаштириш қобилияти ҳамдир. Хусусан, Кант ақл “тизимли билимларни” амалга оширишга интилади, деб ҳисоблайди. Диннинг мақсади ва маъноси фақат ақл тизимида аниқланади, бу онгли мавжудод билиш қобилиятига қўйиладиган асосий талаб ҳисобланади. Шарқ олимларининг бу борада диний фалсафий қарашлари қандай бўлган, ўзига хослиги нимада? Мазкур мақолада ушбу масала фалсафий жиҳатдан қиёсий таҳлил қилинади.
116 - 1222702329-06-2026 -
MALAYZIYA TARIXIDA DINIY SINKRETIZM VA MILLIY O’ZIGA XOSLIKNING SHAKLLANISHI
Guzal SHARIPOVA (Muallif)Ushbu maqolada Malayziyada diniy sinkretizmning evolyutsiyasi va uning ibtidoiy kommunal tizimdan postkolonial davrgacha bo ‘Igan tarixiy davomiylik bo'yicha milliy o'ziga xoslikning shakllanishiga ta’siri о ‘rganilgan. TadqiqotKota Tampan, Nya vaSungai Batudan topilgan arxeologik dalillar, jumladan, assimilyatsiya, migratsiya va madaniyatlararo almashinuvning dastlabki mexanizmlarini ко ‘rsatuvchi artefaktlar bilan tasdiqlangan ko‘p madaniyatli muhit dinamikasiga qaratilgan. Bu jarayonlar Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq bilan savdo aloqalari orqali hinduiylik, buddaviylik va islom bilan animistik qarashlarning sintezini osonlashtirdi.
Maqolada milodiy I-V asrlarda qabila jamiyatidan Ganga Negara va Langkasuka kabi dastlabki davlat shakllanishiga o'tish batafsil bayon etilgan, bu yerda urbanizatsiya va ijtimoiy tabaqalanish diniy sinkretizmni rag'batlantirgan. Mustamlakachilikdavrida, XVI-XIXasrlar oralig ’ida, xitoylik, hind va yavalik migrantlarning oqimi bilan etnik xilma-xillik kuchaydi, ammo 1874-yilgi Pangora shartnomasida mustahkamlangan sultonlarning diniy avtonomiyasi tufayli bag ’rikenglik an ’analari saqlanib qoldi. 1957-yildan beri mustaqillikdan keyingi davr konstitutsiyaviy islohotlar, Yangi iqtisodiy siyosat va mo ‘tadil shofiiy mazhabi, dinlararo uyg'unlik va malaylashtirish asosida o'ziga xoslikni mustahkamlagan va ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishga yordam bergan Rukunegara dasturi bilan tavsiflanadi.
Tadqiqotning metodologik asosi tarixiylik, qiyosiy tarixiy va tizimli tahlil, muammo-xronologik usul va fanlararo yondashuv tamoyillariga asoslangan. Bu esa о z navbatida, Majid Z., Higham C., AndayaB. va boshqalar kabi mutaxassislarning asarlarini, shuningdek, arxiv manbalarini integratsiyalashga yordam beradi.
Tadqiqot natijalari mandakatning IK.IM va SYARAK kabi davlat institutlarining rolini, mamlakatning tashqi siyosat strategiyalarini vaASEANdagi ishtirokini ta 'kidlaydi. ZOPFAN konsepsiyasiga va lining ко ‘p madaniyatli birga yashashning barqaror modelini ta’minlashdagi roliga alohida e ’tibor qaratish lozim. Yuqoridagi barcha omillar Malayziyaning hozirgi paytda uyg ‘unlik va tinchlik asosiy maqsadlar bo ‘Igan rivojlangan davlat tizimiga ega mamlakat sifatidagi mavqeiga hissa qo ‘shadi.58-65722723-05-2026
