Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ARAB MAQOLLARI ULARNING XUSUSIYATLARI, AHAMIYATI, TANLASH MEZONLARI VA ARAB TILIDA SO‘ZLASHMAYDIGANLARGA O‘RGATISH USULLARI

    MOHAMED ALI ABDELWAHID (Muallif)

    Maqollar arab tili va adabiyotining ajralmas qismi, arab madaniyatining ko‘zgusi bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida ham muhim rolga ega. Chunki u fikrlarni yaqinlashtiradi, tushunchalarni oydinlashtiradi va vaziyatlarni tushunishga yordam beradi. Shuning uchun u arab tilini o‘rgatish uchun har qanday akademik tarkibda ajralmas hisoblanadi. Bu jihatdan ushbu tadqiqot maqollarning arab tilida  so‘zlashmaydiganlarga o‘rgatishdagi ahamiyatini ko‘rsatib, uning arab tili o‘quvchilari uchun boy va foydali o‘quv materiali bo‘lishini ta’minlaydigan xususiyatlarini oydinlashtirib beradi. Shuningdek, arab tilida so‘zlashmaydiganlar bilishlari kerak bo‘lgan maqollarni tanlashni amalga oshiradigan ba’zi me’yorlarni aniqlashtirib, ularni o‘rgatish uchun mos usullarning ba’zisini tanlash bayon qilinadi.


    Ushby tadqiqotning ba’zi natijalarini ochiqlaydigan bo‘lsa, jumladan, maqollar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular arab tilini ona tili bo‘lmaganlarga o‘rgatishda, ularni o‘quvchi o‘rganayotgan lingvistik materialga integratsiyalashda muhim o‘quv materiali bo‘lib, ular darajasi va mazmuniga ko‘ra o‘zlariga mos mavzular bo‘yicha taqsimlanadi – ma’lumotlarni boyitadi va rivojlantiradi.


    O‘quvchilarning lingvistik, kommunikativ va madaniy kompetentsiyalarini oshiradi. Maqollarning arab tilini ona tili bo‘lmaganlarga o‘rgatishdagi ahamiyati tilning adabiyoti va madaniyatining muhim bo‘lagi ekanligidan kelib chiqadi va o‘quvchiga so‘zlarni tuzatish va kerak bo‘lganda ularni eslab qolish imkonini beradi. Arab madaniyati va adabiyotini tushunishga yordam beradi. Unga yuksak qadriyatlar va chuqur tajribalar berib, bevosita hayot san’atini o‘rgatadi.


    Maqollarga tarbiyaviy nuqtai nazardan yondashishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning lingvistik, kommunikativ va madaniy kompetensiyalarini egallashda maqolning ta’sirchanligiga qaratilishi kerak. Shuning uchun ham tadqiqot davomida maqollarning ta’lim-tarbiyaviy jihatdan tanlab olinadigan 
    bir qator mezonlari aniqlandi. Bu mezonlar maqollarni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishning samarali usulidir.


    Maqollarni o‘rgatishda o‘qituvchining roli faqat ma’nosini tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki arab tilida so‘zlashmaydigan o‘quvchilarga turli o‘rin va sharoitlarga ko‘ra ulardan foydalanish uchun zarur ko‘nikma hosil qilishi kerak. Bu asosga ko‘ra, mazkur tadqiqotda o‘qitish usullari, o‘rgatish texnologiyalari keltiriladi. 
    Bulardan o‘qituvchi maqollarni til sohiblari bo‘lmagan o‘quvchilarga o‘rgatishda foydalanishi mumkin.  

    19 - 30
    244
    25
    07-07-2026
  • TERMINOLOGIYA ZAMONAVIY ADABIY ARAB TILIDA MAXSUS TIL QATLAMI SIFATIDA

    Victoriya MAMADJANOVA (Muallif)

    Ushbu maqola arab mamlakatlarida zamonaviy terminologiyaning shakllanishi  va qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga bag’ishlangan.  Uning leksik – terminologik tarkibini shakllantirish jarayoniga ta’sir ko’rsatgan omillarni aniqlash juda muhim o’rin tutadi. Arab davlatlarining milliy ozodlik harakatlari jadallashgandan so’ng, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, arab tilining rasmiy maqomi masalasi mintaqaviy va global miqyosda bir necha bor ko’tarildi. Ta’limning milliylashtirilishi arab mamlakatlarining til siyosatning asosiy printsipiga aylandi. Gap butun xalq ta’limi tizimining arab tiliga o’tishi, o’rta asrlar mumtoz tilining kundalik aloqa tili sifatida joriy etilishi haqida edi. Arab mintaqasidagi siyosiy vaziyatning o’zgarishi mustamlaka tilidan tizimli ravishda chiqib ketishi, zamonaviy adabiy tilning leksik tarkibini boyitishi, milliy terminologiyaning rivojlanishi bilan birga kechdi. Bu jarayonda jamiyat va ta’lim muassasalari tomonidan qo’llab – quvvatlanadigan an’anaviy maktab nuqtai nazarlari ustunlik qildi. Arab mamlakatlarida tilga nisbatan an’anaviy qarashlardan uzoqlashish urinishlari ma’qullanmadi. Fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi arab tilida ko’plab yangi tushunchalarning paydo bo’lishiga va xorijiy atamalarni jadal o’zlashtirishga olib keldi. Vazifa jahon ilmiy va texnologik taraqqiyot talablariga javob beradigan ta’lim sohasidagi yangi mazmun bilan ta’minlash edi. Moslashuv jarayonida xorijiy atamalar arab tilining amal qilish sharoitlariga moslashtirildi. Mavzular noaniqligi va professional tarjimaning yetishmasligi tufayli juda ko’p sinonim nomlar paydo bo’ldi. Biroq, bu har qanday terminning shakllanishi va faoliyatining ekstralingvistik shartliligini aks ettiruvchi tabiiy hodisa. Arab terminologiyasini o’rganishga sotsiologik yondashuv uning rivojlanishidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi.

    147 - 156
    239
    22
    04-07-2026
  • ZAMONAVIY ARAB TILINING DOLZARB MUAMMOLARI

    Bakhrom DAMINOV (Muallif)

    Maqola arab tilshunosligining bugungi kungacha uning tarixi davomida arablarni qiziqtirgan eng dolzarb muammolarni o’rganishga bag’ishlangan.  Ushbu maqolada arab tilshunosligining turli sohalariga oid masalalarda markaziy o’rinni egallab turgan eng muhim muammolar ko’rib chiqiladi.


    Hozirgi vaqtda arab tilshunosligi leksikografiya, hududiy dialektlar va zamonaviy arab adabiy tilini o’rganish masalasi zamonaviy arabshunoslik uchun muhim vazifalardan hisoblanadi.


    Bahsning dolzarbligi arab tili muammolarini o’rganish zamonaviy tilshunoslik nazariyasining bir qismi ekanligi bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati zamonaviy arab adabiy tilining dialektlar, leksikologiya va fonetikaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan bog’liq bo’lib, ushbu muammoning tarixiy sohasi ham ko’rib o’tiladi.


    Maqola ahamiyatining yana birjihati shundaki unda, arab mamlakatlaridagi lingvistik vaziyatga alohida e’tibor qaratilib, umumiy adabiy tilni yaratishdagi to‘siqlarni yengib o‘tish muammosi, adabiy til va lahjalarning leksikologik xususiyatlari, shuningdek, arab tilshunosligining tarixiy bosqichlari haqida so’z yuritiladi.


    Maqolaning maqsadi, til va uning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan sotsiologik va etnolingvistik jarayonlarning asosiy tuzilmalarini , arab tilshunosligi aspektlarini o’rganishni tahlil qilishdan iborat.


    Muallif hududiy lahjalarni (ayniqsa, Magrib mamlakatlari dialektlarini) farqlashning murakkab muammosiga, fonetika, grammatika va leksikologiyada adabiy tildan qishloq va shahar lahjalari o’rtasidagi keng tafovutga e’tibor qaratadi. Ushbu muammo juda kam o’rganilgan va qo’shimcha tadqiqotlarni talab qiladi.


    Xulosada arab mintaqasidagi lingvistik vaziyatning mohiyatini ochib berish, arab mamlakatlarida olib borilgan arablashtirish muammolarini tavsiflash, sotsiologiyaning zamonaviy tilshunosligi nuqtai nazaridan arab tilining kelajagi xususida fikr yuritiladi.

    154 - 163
    392
    21
    23-06-2026
  • GERMAN FARHAT – «BAHS AL-MATALIB VA HASS AL-TALIB» GRAMMATIK ASARINING MUALLIFI

    Mukhlisabonu ISHANKHANOVA (Muallif)

    Maqolada Xalab (Aleppo, Suriya) shahridagi maronit arxiyepiskopi German Farhatning (1670-1732) hayoti va koʻp qirralik ijodi tadqiq qilingan. Oʻz navbatida, German Farhat arab adabiyoti tarixida muhim shaxs hisoblangan. Shuningdek, maqolada xristian-muallif tomonidan tuzilgan arab tili grammatikasi bо‘yicha birinchi grammatik asar «Bahs al-matalib va hass al-tolib» (“Masalalarni oʻrganish va talabalarini [arab tilini oʻrganishga] undash” tadqiq qilingan.


     Ushbu maqolada Isroil Milliy Kutubxonasi fondida saqlanayotgan qoʻlyozma nusxasidan foydalandik (Inv. № 397, V. 1в-150в) va maqolada uni yozilish sabablariga oid masala koʻrib chiqilgan. Bahs al-matalib arab tilida so‘zlashuvchi bo‘lmaganlar uchun qo‘llanma bo‘lib, keyinchalik u Usmonlilar imperiyasining arab viloyatlari, ayniqsa, Livan tog‘idagi yarim avtonom mintaqadagi aniqrog`i, Bayrut (Livan)da 200 yildan ortiq, XX asr oʻrtalarigacha maktablarda, o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan. Ushbu grammatika kursi arab dunyosida katta rezonansga ega boʻlib, nasroniy muallif  tomonidan yozilgan bu borada birinchi tadqiqot edi (hali ham ba’zi maktablarda oʻqitiladi). Arab adabiy uyg‘onish davri (Nahda) boshlanishidan bir asr oldin yashab, olim, yozuvchi va shoir sifatida tanilgan German Farhat, bu Nahdani amalga oshirish uchun kо‘p harakat qildi. Shuningdek, bu yerda arxiyepiskopning sintaksis, leksikologiya, morfologiya, stilistika, ritorika bо‘yicha yozgan asarlari ham qayd etilgan. U о‘z ishlari bilan Yaqin Sharqdagi xristian aholisining ta’lim darajasini oshirishga va “xristianlar Qur’onning muqaddas tilini mukammal о‘zlashtira olmaydi”, degan fikrni о‘zgartirishga harakat qilgan.


    German Farhat cherkov xizmatini ishtiyoq va g`ayrat bilan bajarishga intilgani bilan mashhur bo`lgan. Livan monastir ordenining g‘oyaviy jihatdan ilhom bag`ishlovchisi va Usmonli Suriyaning eng muhim shaharlaridan birining arxiyepiskopi lavozimida xizmat qilgan. Uning  faol  ma’rifiy va ilmiy faoliyati о‘sha davrning kо‘plab olimlari va yozuvchilari e`tiborini tortgan. Arxiyepiskopning shaxsiyati va uning asarlariga qiziqish ishlari XIX asr oxiri – XX asr boshlariga tо‘g‘ri keladi.

    68-76
    270
    13
    17-09-2026
  • ARAB TILINI CHET TILI SIFATIDA O’QITISH USULLARI

    Mashkhura Mirzaakbarovna KADYROVA (Muallif)

    Ushbu maqolada Arab tilini chet tili sifatida o'qitish metodikasi muammosi, shu jumladan, o'qitish maqsadlari, mazmuni, usullari va vositalari, shuningdek, chet tili yordamida o'qitish va tarbiyalash usullari ko'rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek, zamonaviy o'qitish metodikasi muammolari muhokama qilinib, chet tillarini o'qitishning turli usullari  taqqoslab berilgan. Arab tili o'ziga xos xususiyatlarga ega, lingvistik o'rganish ob'ekti sifatida ajralib turadi va tavsiflanadi: yozish, talaffuz, grammatika va boshqalar, umuman chet tillarining o'ziga xos xususiyatlari ajralib turadi va tavsiflanadi,  pedagogikaning tegishli fanlar bilan aloqalari tadqiq etilgan.


    Maqolaning maqsadi – Arab tilini o'qitish usullarini o'rganishni tahlil qilish, shuningdek, Arab tilining lingvistik xususiyatlari va umuman chet tillarini o'qitish metodikasining xususiyatlariga alohida e'tibor berishdir. U kategorik rejaning asosiy, adabiy dolzarb muammolariga ta'sir qiladi: o'quv maqsadlari, o'quv mazmuni, o'qitish usullari, vositalari, tamoyillari va o'quv jarayonida ularning pragmatik, amaliy jihatlari. Chet tillarini o'qitishning zamonaviy talablariga muvofiq, ba'zi uslubiy savollar darslikda tubdan yangi ovozga ega bo'ladi: zamonaviy o'quv vositalari, o'quv-uslubiy to'plamlarni yaratishga innovatsion yondashuvlar. Shuningdek, maqolada maktab, fakultativ va oliy o'quv yurtlari kabi turli jamoat muassasalarida Arab tilini o'qitishning asosiy bosqichlari ko'rib chiqilgan. Arab tilini o'qitishda boshqa chet tillariga nisbatan umumlashtirilgan tavsiflar berilgan.


    So'nggi yillarda chet tillarini o'qitish metodikasi masalasi o'quv sohasidagi mutaxassislarning tadqiqotlari markazida bo'lib kelmoqda. Chunki bugungi kunda bu muammo kam o'rganilgan va filolog o'qituvchilarning diqqat-e'tiborini talab qilmoqda.


    Chet tillarni o'qitish omillariga, masalan, o'qitish maqsadlari, uning mazmuni, shakllari va  usullari, shuningdek, o'qitish vositalari va chet tillarini o'qitish qonuniyatlariga alohida e'tibor qaratilgan.


    Xulosa qilib aytganda, ushbu maqola dolzarbligining asosiy qoidalari ochib berilgan va xulosalar berilgan.

    82-90
    374
    18
    16-07-2026
  • ARAB TILIDA TUB KO’MAKCHILARNING MA’NOLARI  (AL-MUFASSAL ASARI MISOLIDA )

    Malika NASIROVA (Muallif)

    Mahmud Zamakhshariy arab tili grammatikasini so‘z turkumlari bo‘yicha bayon qilgan “al-Mufassal fi san’ati-l-i’rab” asarida arab tilidagi “harf” so‘z turkumi haqida shunday fikrni bildirgan: “الحرف ما دل على معنى في غيره و من ثم لم ينفك من اسم وفعل يصحبه الا في مواضع مخصوصة حذف فيها الفعل و اقتصر على الحرف فجرى مجرى النائب  –Harf [bu  shunday so‘z turkumi-ki] uning ma’nosi  boshqa  so‘z turkumida topiladi. Shuningdek, u ism va fe’l ma’nosidan holi bo‘lgan so‘z bo‘lib, ba’zi holatlarda fe’l tushib qolganda, harf uning o‘rnida keladi va ma’nosini saqlab qoladi”. Harf, ya’ni yordamchi so‘zlar tasnifi asarning 3-bobida  bayon etilgan.  Bob 23 ta faclga bo‘lingan bo‘lib, ularda arab tilidagi yuklama, bog‘lovchi, old ko‘makchilar haqida ma’lumot beradi. (Nasirova, Malika. 2021:6650)


     Ularning tasnifi quyidagicha:


    حروف الإضاف– ismlarni qaratqich kelishigida boshqaradigan old ko‘makchilar;   والحروف المشبهة بالفعل- fe’llarga o‘xshash yuklamalar, deb nomlangan mazkur turga  oltita yuklama kiradi, ular o‘zidan keyin fe’l kabi tushum kelishigini talab qiladi; حروف العطف – bog‘lovchilar; حروف النفي – inkor yuklamalari;  حروف التنبيه – ogohlantirish ma’nosidagi yuklamalar; حروف النداء– undov yuklamalar; حروف التصديق– tasdiq yuklamalar; حروف الاستثناء – istisno yuklamalar; حرفا الخطاب– xitob yuklamalari; حروف الصلة– nisbiy olmoshlar; حرفا التفسير– tushuntirish, izoh berish yuklamalari; الحرفان المصدريان–  ikki masdar yuklamasi (fe’llarning otlashishiga sabab bo‘ladigan yuklamalar) ; حروف التحضيض – undash, da’vat yuklamalari; حرف التقريب–yaqinlatiruvchi yuklama; حروف الاستقبال – kelasi zamon yuklamalari;  حرفا الاستفهام – [ikki] so‘roq yuklamasi; حرفا الشرط– [ikki] shart yuklamasi; حرف التعليل– maqsad, sabab yuklamasi; حرف الردع    – qat’iy inkor yuklamasi; اللامات– [ turli vazifalarda keluvsi] ل yuklamasi; تاء التأنيث الساكنة– o‘tgan zamon birlik, muannas jins uchinchi shaxs, fe’liga qo‘shiladigan ت harfi;  النون المؤكدة – fe’llarga qo‘shiladigan ta’kidni anglatuvchi ن harfi,  هاء السكت– pauzal “h”  harfi (pauzada qo‘llanadigan ه  harfi.).


            Ushbu maqoada arab tilida tub ko’makchilarning ma’nolari  Zamaxshariyning “al-mufassal” asari misolida tadqiq qilingan.

    4-10
    235
    24
    16-07-2026
  • SOMONIYLAR DAVLATIDA ILMIY HAYOT JABHALARI VA MOVAROUNNAHR OLIMLARINING ILM-FANGA QO‘SHGAN HISSASI

    Ahmad SAAD AL-DAMANHURI (Muallif)

    Ushbu maqolada Movarounnahr tarixining muhim davrlaridan biridagi ilmiy hayotning ba’zi muhim jihatlari tadqiq etilgan. O‘rganilgan davr yuksak ilmiy taraqqiyotga erishgan Somoniylar davridir. Maqola Somoniylar davlatining kelib chiqishi va uning tarixdagi o‘rnini yoritish bilan boshlangan. So‘ngra mazkur davrdagi ilmiy hayotni o‘zida aks ettiruvchi bir qator jihatlar qamrab olingan. Avvalo, somoniylar davlati va somoniy amirlar haqida so‘z yuritilgan. Islomning Movarounnahr diyoriga kirib kelish jarayoni tahlil qilingan. Bunda islom tufayli mazkur o‘lka yuksak mavqega erishgani, mahalliy aholiga islomni ta’lim bergan ilk muallimlar, sahoba va tobeinlar bo‘lganiga e’tibor qaratilgan. So‘ngra tolibi ilmlar uchun ilm bekati vazifasini o‘tagan muhim ilmiy markazlar va olimlar haqida so‘z yuritilgan. Mazkur davrda Movarounnahrdagi ilmiy muhit, faqih, muhaddis va mutakallim olmilar faoliyatiga to‘xtab o‘tilgan. So‘ngra olimlarning mavqeyi va somoniy amirlarning ilm-fanga homiylik qilganlari va buning ilmiy muhitga ijobiy ta’sir ko’rsatgani ochib berilgan. O’sha davrda faol bo‘lgan din va mazhablar, ularning xilma-xilligi natijasida ro‘y bergan ilmiy faollik ko‘rib chiqilgan. Mazkur davrda ilm-fan va adabiyot tili bo‘lgan arab tili bilan raqobatlasha boshlagan fors tili va madaniyatining keng tarqalishi bilan bog’liq muhim jihatlar tahlil qilingan. So‘ngra, ilmiy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan yana bir jihat, ya’ni tasavvufda muhim sanalgan maqbara va ziyoratgohlar bilan bog‘liq  omma orasidagi rivoyatlar va qarashlar yoritilgan.

    4-10
    67
    29
    22-07-2026
1 - 7 from 7

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling