- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ABU YUSUF – BUYUK FAQIH
Dr Abduqahhor (Muallif)Аbu Yusuf VIII asrning so‘nggi choragida yashagan islom olamidagi eng muhim shaxslaridan biridir. U islom ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan mujtahid olim sifatida fiqh ilmi maktablaridan biri bo‘lgan hanafiylik mazhabining nazariy asoslarining shakllanishida beqiyos o’ringa ega.
Ushbu maqolada Аbu Yusuf yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhit, ilmiy-ma’naviy holat, uning tavalludi va nasl-nasabi, yoshligi, hayoti-faoliyati va ilmiy merosi, kimlardan qanday talim olganligi, shogirdlari, qozilik davri va ayrim fiqhiy qarashlari tadqiq etilgan.
Abu Yusuf hanafiylik mazhabida Abu Hanifadan keyingi hurmatga sazovor shaxs bo‘lgan va mazhabning usulini belgilovchi juda muhim faqihdir. Afsuski, Abbosiylar davlatida bosh qozi bo‘lib ishlagan, ayni paytda mazhab uslubini bevosita tatbiq etgan va uni qo‘llashning ilk namunalarini ko‘rsatgan Abu Yusuf haqida mamlakatimizda ko‘p tadqiqotlar olib borilmaganini ko‘rishimiz mumkin.
Yurtimiz musulmonlarining aksariyati hanafiy mazhabiga mansub ekanini hisobga olsak, hanafiy mazhabini keng targ‘ib qilgan imom Abu Yusufning ilmiy merosi va uning fiqh ilmini chuqur bilishi muhim sanaladi. Abu Yusuf nafaqat Abu Hanifaning eng zabardast shogirdi edi, balki u Abu Hanifa usulini amaliy hayotga tatbiq qiluvchi mazhab nazariyotchisi hamdir. U islom olamida ulkan davlat bo‘lgan Abbosiylar xalifaligi davrida bosh qozi sifatida davlat boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan. U 100 ga yaqin shogirdlarni yetishtirgan. Abu Yusufning mana shunday yuksak fazilatlari uning ilmiy merosini har tomonlama tadqiq etishni talab qiladi. Biroq uni bir maqola doirasida har tomonlama ochib berishning iloji yo‘q. Shu bois maqolada u zotning hayoti, ijodi va fiqhiy qarashlari tadqiq etiladi.
47-562592617-07-2026 -
ZOHID KAVSARIY VA UNING ILMIY MEROSINI O‘RGANISHGA OID ZAMONAVIY TADQIQOTLAR
Boburshox XABIBIDINOV (Muallif)Mazkur maqolada hanafiy fiqhining so 'nggi davr yirik namoyandalaridan biri — Muhammad Zohid al-Kavsariy (1879-1952) hayoti, ilmiy faoliyati va merosining zamonaviy islomshunoslikdagi o'rni tahlil qilingan. Tadqiqotda olimningfiqh, usuhd-fiqh, kalom, hadis va manbashunoslik sohalaridagi asarlari, ularning ilmiy-metodologik yondashuvlari hamda hanafiy!ik maktabining keyingi rivojlanish bosqichlariga ко ‘rsatgan ta siri chuqur о 'rganilgan. Zohid Kavsariy о 'z davrida diniy tafakkurda ijtihodiy fikr yuritish, ilmni zamon ehtiyojlari bilan uyg 'unlashtirish, shuningdek. shariatni zamonaviy ijtimoiy muammolarga tatbiq etish g 'oyalarini ilgari slogan.
Uning "Maqolot”, “al-Tanbih al-waqi'at" va “aliiavi fi tarajim al-Hanafiyya ” kabi asarlari nafaqat fiqh ilmi, balki musulmon tafakkurining metodologik asoslarini mustahkamlashda ham muhim о ‘rin tutadi. Kavsariy ilmiy merosida hanafiy fiqhi va kalom о ‘rtasidagi о ‘zaro bog ‘liqlik, diniy-mantiqiy tafakkurning falsafiy asoslari, shuningdek. manbashunoslik yondashuvining yangi tamoyillari yoritilgan. Tadqiqotda tarixiy-taqqosiy, kontent-tahlil va manbashunoslik uslublari qo 'llanilib, Kavsariy merosiga zamonaviy arab, turk va о ‘zbek olimlari tomonidan berilgan baholar tahlil qilingan.
Maqolada Kavsariy fikrlarining bugungi islomshunoslikda, xususan, fiqhiy yondashuvlarning modernizatsiyasi va ma 'rifiy tafakkurning rivojida tutgan о 'rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ко 'rsatadiki. Muhammad Zohid al-Kavsariy о 'z davrida ilmiy an ’analarni yangicha tafakkur bilan uyg ‘unlashtirgan, ijtihod eshigini ochiq saqlash zarurligini ta'kidlagan va diniy tafakkur mustaqilligini himoya qilgan allomadir. Uning ilmiy merosi bugungi kunda ham hanafiylik metodologiyasini, islom tafakkuri tarixini hamda diniy-ma 'naviy yangilanish g ‘oyalarini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida e ’tirof etiladi.81-882652418-05-2026 -
ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA ISLOM IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI
Dr (Muallif)Ushbu maqolada islom tafakkuri tarixida ulkan iz qoldirgan, hanafiylik mazhabi nazariy asoslarining shakllanishida o’zining katta hissasini qo’shgan mujtahid olim Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari uning “Kitob al-xaroj” asari asosida tahlil qilingan. “Kitob al-xaroj” islom ta’limotidagi hanafiy mazhabi bo’yicha bitilgan ilk yozma manba hisoblanadi. Uning soliq solish muammolari to‘gʼrisidagi ushbu risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan asar bo’lib, Abu Yusuf VIII asr oxirlarida Abbosiylar xalifaligining bosh qozisi bo‘lib ishlagan paytida yozgan.
Islomning ilk davrida musulmon iqtisodchilari fiqh olimlari bo‘lishgan. Islom shariyati qoidalariga tayangan musulmon olimlari tomonidan o‘z davrlari uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni tadqiq etilishi yangi bilimlarning rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatgan. Horun ar-Rashid davrida bosh qozi bo‘lgan fiqh olimi Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asari buning yorqin dalili hisoblanadi. Unda nafaqat soliqqa tortishning huquqiy jihatlariga, balki davlatning iqtisodiy siyosati borasidagi masalalarga ham murojaat etgan.
Ushbu maqolada Abu Yusufning hayoti va faoliyati, ilk islom davridagi soliq tizimining shakllanishi, iqtisodiy-madaniy hayot, yer va suvdan foydalanish tartibi, xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosat, turli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarga yechim sifatida berilgan takliflari birma-bir ko’rib chiqilgan. Mavzu keng miqyosda fiqh ilmiga oid manbalar orqali tahlil qilinsa-da, biroq “Kitob al-xaroj”da keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilinadi.
Maqolada davlat boshqaruvi, xalifalik tarixi va anʼanalari haqida qimmatli maʼlumotlar ham keltirilgan. “Kitob al-xaroj” asari islom davlati hududi kengaygan davrda, turli o‘lkalardagi ayrim masalalar tufayli yuzaga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib, Аbu Yusuf uni asosan Аbu Hanifaning huquqiy nazariyasiga tayangan holda, shuningdek, eng ishonchli hadislar, sahobalarning aytgan so‘zlari, qo‘llagan usul va qoidalardan foydalanib yozgan. Abu Yusuf mujtahid olim sifatida o’z darining muhim diniy masalalari, jumladan, iqtisodiy soha bilan ham shug’ullanishga majbur bo’lgan. “Kitob al-xaroj” asari undan keyin Yaxyo ibn Odam, Аbu al-Аbbos Muhammad Kotib, Аbu al-Faraj Qudama ibn Jaʼfar, Nasr ibn Muso ar-Romiy, Xasan ibn Ziyod tomonidan ushbu nomda yozilgan kitoblar orasida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ilmiyligi va daqiqligi bilan ulardan ajralib turadi. Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asarida bayon etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy-falsafiy va islom soliq tizimiga oid tahliliy ma’lumotlar bilan bir qatorda VIII – IX asrlarda Musulmon sharqidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ilk abbosiylar xalifaligi davrida madaniy-maʼrifiy aloqalar, Abu Yusuf qarashlari xalq farovonligi va ijtimoiy adolat g’oyasining iqtisodiy-falsafiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
52-643132918-07-2026 -
SOMONIYLAR DAVLATIDA ILMIY HAYOT JABHALARI VA MOVAROUNNAHR OLIMLARINING ILM-FANGA QO‘SHGAN HISSASI
Ahmad SAAD AL-DAMANHURI (Muallif)Ushbu maqolada Movarounnahr tarixining muhim davrlaridan biridagi ilmiy hayotning ba’zi muhim jihatlari tadqiq etilgan. O‘rganilgan davr yuksak ilmiy taraqqiyotga erishgan Somoniylar davridir. Maqola Somoniylar davlatining kelib chiqishi va uning tarixdagi o‘rnini yoritish bilan boshlangan. So‘ngra mazkur davrdagi ilmiy hayotni o‘zida aks ettiruvchi bir qator jihatlar qamrab olingan. Avvalo, somoniylar davlati va somoniy amirlar haqida so‘z yuritilgan. Islomning Movarounnahr diyoriga kirib kelish jarayoni tahlil qilingan. Bunda islom tufayli mazkur o‘lka yuksak mavqega erishgani, mahalliy aholiga islomni ta’lim bergan ilk muallimlar, sahoba va tobeinlar bo‘lganiga e’tibor qaratilgan. So‘ngra tolibi ilmlar uchun ilm bekati vazifasini o‘tagan muhim ilmiy markazlar va olimlar haqida so‘z yuritilgan. Mazkur davrda Movarounnahrdagi ilmiy muhit, faqih, muhaddis va mutakallim olmilar faoliyatiga to‘xtab o‘tilgan. So‘ngra olimlarning mavqeyi va somoniy amirlarning ilm-fanga homiylik qilganlari va buning ilmiy muhitga ijobiy ta’sir ko’rsatgani ochib berilgan. O’sha davrda faol bo‘lgan din va mazhablar, ularning xilma-xilligi natijasida ro‘y bergan ilmiy faollik ko‘rib chiqilgan. Mazkur davrda ilm-fan va adabiyot tili bo‘lgan arab tili bilan raqobatlasha boshlagan fors tili va madaniyatining keng tarqalishi bilan bog’liq muhim jihatlar tahlil qilingan. So‘ngra, ilmiy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan yana bir jihat, ya’ni tasavvufda muhim sanalgan maqbara va ziyoratgohlar bilan bog‘liq omma orasidagi rivoyatlar va qarashlar yoritilgan.
4-10662822-07-2026 -
ABU ISO TERMIZIYNING AQIDA VA FIQHDAGI MAZHABI
Ahmad SAAD Al-DAMANHURI (Muallif)Ushbu maqola “as-Sunan” nomi bilan mashhur boʻlgan “Jome” kitobining muallifi Imom Abu Iso at-Termiziy shaxsiga bagʻishlangan boʻlsa-da, unda asosan olimning aqidaviy va fiqhiy qarashlari borasidagi haqiqatini ochib berishga e’tibor qaratilgan. Bunda ba’zilar tasavvur qilganidek, Imom Termiziy qarashlari Ahli Sunnaga zidmi yoki yo’qmi degan savolga javob izlangan.
Mazkur jihatlar maqolada uch band asosida ko’rib chiqilgan. Birinchi band “Imom Termiziyning ilmdagi maqomi va “al-Jome’ as-Sahih” kitobining ahamiyati” deb nomlanadi. Bu bandda Imom Termiziyning maqomiga ta’rif berilib, undan meros qolgan “Jome’” kitobining ahamiyati ochib berilgan.
“Imom Termiziyning aqidasi” nomli ikkinchi bandda Imom Termiziyning ahli hadis mazhabida bo’lgani ta’kidlangan. Bu bandda olim ba’zi oyatlarni ta’vil qilish yo’lidan borgani ochib berilgan bo’lib, bu Ahli Sunnaning ham yo’li hisoblanadi. Shuningdek, Imom Termiziyning gunohi kabira qilgan kishi, imon masalasi hamda amal imonning kamolot sharti ekani borasidagi qarashlari Ahli sunnaga muvofiqdir.
“Imom Termiziyning fiqhi” deb nomlangan uchinchi bandda olimning fiqhiy masalalar borasida tutgan yo’li o’rganib chiqilgan. Bu o’rinda Imom Termiziyning hadis va fiqhni jamlagan olim bo’lgani, lekin hadis ilmiga ko’proq e’tibor qaratgani, sahoba va tobeinlarning fiqhga doir so’zlarini, mazhablarning dalillarini naql qilgani va ular orasidan ba’zilarini afzal bilgani ko’rsatib berilgan.
Tadqiqot so’ngida Imom Termiziy Abu Hanifa va Shofeiylar kabi mutlaq mustaqil mujtahid emas, balki hadisga tayanib tarjih qila oluvchi mujtahid olim bo’lgani to’g’risidagi xulosaga kelingan. So’ngra natijalar birga muhim fikr va xulosalar ham taqdim qilingan.
4 - 9462106-07-2026
